Diliston
539 subscribers
99 photos
16 videos
5 files
91 links
Bor yo‘g‘imiz dil! )

Biz kim: @nurzad_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Alsgeymer kasalligiga chalingan sobiq balerina Marta Gonsalez. Uning hotira bilan jiddiy muammolari mavjud.
Ammo, 1960-yillar o’zi ijro etgan Chaykovskiyning “Лебединое озеро” sini eshitganda uning tanasi harakatga keladi.

@dilistoon
Diliston
<unknown> – Rise Like A Phoenix Conchita Wurst
Konchita haqida eshitganlar yoki uni ko‘rganlar ''Astag‘firulloh'' deb ko‘ksiga tuflab qo‘yadi. Ayniqsa biznikilar. )))
Lekin san'atni sevgan odam uchun har qanday noodatiy narsa tabiiydir. Qoliplarni tan olmaydi bunday ruh! Har qanday gapga tupurib qo‘ygan holda san'atdan bahra oladi, tamom!
Shu qo‘shiqni eshitayotganimda har bir hujayram yayraydi! Parvoz qilaman! Ilindim sizgayam!))
Oy to‘lganda bir qalbing emas, lablaring, usiz qolgan quchog‘ing ham og‘riydi ba'zan...
Nurlarni sog‘inib qaqshar qovurg‘am...
Kuz...
Kuz kutilganiday kelmadi...
Kutilganiday bo‘lmayapdi o‘zi hayot.
Yomg‘ir ham yo‘q, Jin ursin!
Dil Notinch (Topmuzon.net)
Shahzod
Yog‘adi yomg‘irlar, dil notinch...
"Qo'zichoq chizib bering!"

Bu istak hayron qoldirgandi meni. Keyin, rostmanasiga chizib bergim keldi. Chizishga chizdim-u, shunday beo'xshov chiqdiki...
Men o'xshatolmadim!
Nega mening qo'zichoqlarim o'xshamaydi, Kichkina?!

Odamlarning orasida bo'lgim kelmaydi, yolg'izlik yutib yuboradi. Tushunmayman, nima kerak?!
O'qilmagan kitoblar, tugallanmagan bitiklar ichida tentiragan ko'yi kun o'tkazyapman! Shunchaki...
Yasama kulgu, majburiy uyqu. Bularning hammasi shunchakilikda bo'lyapdi. Derazamni atay yopmayman, lekin nega yorug'lik yo'q?!

Kel, menga ham feruza gulingni keltir!
Nega menga hech kelmaysan?!
Nima, men shunchalar yomonmanmi, Kichkina!


Aziz


@dilistoon
Eyy, chida dil! Shunchasiga chidadik, shunchasini yengdik, bundan ham o‘tamiz! Shu dovondan o‘tsak, uyog‘i bahor! Ishon, bahor!!!
Aybga buyurma dunyo, biz sen bilan kelisholmaymiz.
Yo men senga ortiqchaman,
Yo sen mening xayollarimga tor
Bizni ajrashtir sudya
Chunki biz ko'rish orqali turmush qurdik.
Na undan so'rdilar buni olasanmi deya
Na mendan so'rdilar bu dunyoga kelasanmi deya...


©Kichik Iskandar

📝Alp Asli
«La ilaha illallohu muhammadur rasululloh».
Og‘ir! Bir yigit boshni ayni navqiron yoshda bosh egishi juda og‘ir! Ammo chorasiz qolgan onangning ko‘ziga qarash, shu kungacha yukingni ko‘tarib kelayotgan oilangni qiyin ahvolga tushib qolsa-da senga sezdirmaslikka urinayotganini bilish og‘irroq ekan! Men bugun shu og‘irliklar oldida bosh egib sizdan yordam so‘rayapman yaxshi odamlar! Har ne bo‘lsin, har qanday holda bo‘lsin odam hayotga tashna bo‘larkan. Har ne iloj bilanda uzoqroq yashagisi kelarkan, shunchaki bo‘y berib ketgisi kelmas ekan. Ikki yarim yilki dard bilan kurashyapman, ikki yarim yilki umrim shifoxonaga, muolajalarga bog‘langan. Har qanday og‘ir damda taslim bo‘lmay umid bilan ertamni kutaman! Bugun ana shu umidimga tirgak kerak, menga yordam kerak yaxshilar!

Tashxis: Surunkali glomulonefrit, buyraklar qurishi. 2019-yildan buyon haftasiga uch marta gemodializ muolajasi. Ayni damda jigar va yurak muammolari va boshqa ikkilamchi kasalliklar.

UZCARD 8600061076558492
Tojimatov Azizbek

HUMO 9860350102401345
Tojimatov Azizbek
Forwarded from Bobil Kutubxonasi
***
(madrigal-1)

Salvatore, si hanc vitam donavero, mendici tollent eam?
(...)

Ayt, o'lim bormidi o'sha kunlar ham
Dengizdek ko'pchigan ko'ksing sahnida
Va yana bormidi mening hur umrim
Tiriklikning oshiq, sarxush vahmida.
Bormidi gullagan ko'cha jimligin
Qoq bo'lib yugurgan ishqning husroni
Yo tangri nafasin ko'ziga surtib
Yo'lga chiqqan sharpa -
İblis suroni?
Men eslay boshladim bari barini,
Xotiram g'ussadan hirqalar kiydi
Va yana umrimning sahfalarini
İsmingla yondirdim,
Yodingla qiydim.
Ko'zim vodiysida jon berdi ranglar,
Ranglar mozoriga aylandi ko'zim.
Yo'qligim bag'rida bor bo'ldi janglar,
Yo'qligim bag'rida sob bo'ldi to'zim.
Moviylikda kulrang sharpani ko'rdim,
Dedingki,
Ul manzil Yolg'izlar shahri.
Men seni unutdim,
Borimni bosdi
Tiriklikning oshiq, sargashta vahmi.
Ketdim, shamollarga topindim ming bor,
Quyosh so'ndi yuzim qoralig'ida.
Men seni, jonimni yo'llarga to'kdim
İstanbul - Anqara oralig'ida.


... Endi bu so'zlardan topilmas ovunch,
Topilmas qilingan gunohning afvi.
Topilmas bir najot bu jahannamdan,
Topilmas hayotda qolmoqlik havfi.
Men barin pokladim, yuvdim, quritdim
Vujudimda qolgan bo'sa izlarin
Lek hamon achishib, qaqshab boradi
Faqat senga cho'kkan qonvash tizlarim.

Ayt, o'lim bormidi o'sha kunlar ham?..

Mirzohid
10.11.2021, Anqara
Qisham kelubdi! Sezmabman!