Diliston
547 subscribers
99 photos
16 videos
5 files
91 links
Bor yo‘g‘imiz dil! )

Biz kim: @nurzad_bot
Download Telegram
ИЗҲОР

1
Ўзим – қафас, ўзим – қушман,
Ўзим дўсту ўзим – душман.
Бирда ундоқ, бирда мундоқ,
Хуршидрў-ю шабихушман.
Еру-кўкда, еру-кўкда!

Гоҳ абдолу гоҳи кофир,
Гоҳ хушёру гоҳи ғофил.
Май шавқи-ла қўлда сози,
Ҳам қаландар, ҳам мусофир.
Еру-кўкда, еру кўкда!

Танноз ёрнинг ғами тунлар,
Авбош руҳим шабихунлар.
Азайимхон, дуолаб қўй,
Ким афсунгар?
Ким афсунлар?
Еру-кўкда, еру-кўкда!

Йўл юрарман, адоғи йўқ,
Изтиробнинг қадоғи йўқ.
Юлдузларнинг саноғи бор,
Мандайларнинг қўноғи йўқ.
Еру -кўкда, еру-кўкда!

2
Жисмим қамиш,
шинакларим
ҳижоб тортмиш пўпанакдан.
Ул чолғучим пинакдадир –
қайга юрай тўпалангда?

Лайликўйлар мани қумсаб
туш кўрармиш хонишимни.
Ой хижолат
тунга кўмсам,
гур-гуриллаб ёнишимни.

Уйғон машшоқ,
қўзғалгин, ҳо!
Безиктирди сабр этмак.
пешонамга битганми ё,
Чалинмасдан чуриб битмак?!

3
тарвақайлаб борар ғуссам
кел нигоро
баҳмал баҳмал меҳримга қамай
ичиб ўссам
ва ё тўзсам
йиғламагин кўзёшларинг
на ширу на май

азобларга жиҳод бошла
сочларингни кўксимга ёз
чуқур илдиз отсин
роҳат
узоқлашсанг қирра тошлар
отилгандай
зўр қабохат

гир атрофинг макру майдон
хилватимга ташриф буюр
эҳсонингдан бўлиб пайдо
томиримда қайнаб чопсин
туйғуларим уюр уюр

сенга севгим маҳфий эрур
жаҳрий эмас
худди сурат жозибасин
беркитгандай қуюқ ранглар
муҳаббатла тикилсанг ҳур
пайқагайсан
элас элас
бу тугунни ўзинг ечгин
ўзинг англа
ўзинг англа


Жонтемир
Tong...
Diliston
Tong...
Shu yaqinroqda masjid bor. Azon tovushi eshitiladi. Kelgan ilk kunlarim vaqt hisobini azon sanab bilayotgandim. Keyin undan ham adashib ketdim. Bugun nihoyati o‘rnimdan turib tovush kelayotgan tarafga qaray oldim! Nihoyati yana osmonni ko‘rdim! Totli his!!!
Qahramonlari og‘ir hasta bo‘lgan filmlar, asarlarga mehrim balandligini bilasizlar. ''Yulduzlar aybdor'', ''Muhabbat masofasi'', ''Stigmalion'' aynan shuning uchun sevilgan. Ulardagi og‘riqni chuqurroq anglay olishim, hislarning juda ko‘p kesishmalari o‘zimdagi xastalik bilan bog‘liq. Balki, shunchaki sog‘lom odam bo‘lganimda bu asarlarni bu qadar sevmagan, filmlardan bu darajada ta'sirlanmagan bo‘lardim. Xullas, shu sevimlilarim qatoriga yana bir ajoyib film-asarni qo‘shmoqchiman. ''To seni topgunimcha''! Hozircha faqat filmini ko‘rdim, kitobi qanday bilmayman. Lekin bilish niyatim ham bor. Filmni kasalxonada ko‘rdim. Ayni falajlikda, ayni to‘shakka mixlanib, ayni qahramondek. Va men birinchi marta sevimli qahramonim vafotida unga achinmadim. Siz tasavvur qilolasizmi kunlar, oylar, yillar har tong ko‘z ochganingizda sizni faqat bir manzara qarshi olishini?! Eng daxshati, bu manzaradan yuz ham burolmaysan. To burib qo‘yishmaguncha! Bugun men oyoqqa turyapman, derazadan yon-atrofni tomosha qila olaman. Biroz vaqt o‘tib yana chopqillagan hayotimga qaytarman ham. Rosti mana shu umid bilan tong ottiraman. Yana o‘sha xiyobonlarni keza olishim, churvaqalarga qo‘shilib anhorda cho‘milishim, bu muvozanatsizlik, bu harakatsizlik, bu bosh aylanishlar abadiy emasligini aytib o‘zimni ovutaman. Ammo Uill... Ertasida hech nimasi bo‘lmagan odamga o‘limdan ortiqroq mukofot bormi?! Va o‘limdan ortiq shifo va orom-chi?!
Ishoning hech narsa boylik, mansab, obro‘ kishiga sog‘lik berolgan lazzat va totni berolmas ekan. Borida asrang, borida seving va qadrlang! Sog‘likni, yaqin insoningizni, yuragingizni!!! O‘zingizni asrang dildosh!
Dilistonda tirilish va kinomaniya kunlari! 😁😁😁

Chunki faqat kino ko‘rishga yarayapman holos. Bir yaqinimning bir ajoyib odati bor edi avval. Har kun uxlashdan avval yoki xayrlashayotib aytardi Assalomu alaykumni. Kecha shu odatni qayerdan olganini bildim. Bilmadim, balki u buni mohiyatan o‘zi bilib qilarmidi yoki?!
''Muhabbat oyatlari'' degan filmni shu kungacha ko‘rmagan ekanman. Ayni shu odat bor qahramonlardayam. Xayrlashayotib Assalomu alaykum deyish. Asli salom yaxshilik tilash ekanini bilaman men ham bolaligimdan, ammo tilimizda faqat ilk ko‘rishilgandagina aytiladigan kalomga o‘rganib qolganim uchun tanishimning odati menga biroz notabiiy tuyulardi. Bugun esa bu odat o‘zimga ham yoqib qoldi shu filmdan keyin. Ha-ya, filmga qaytsam! Tan olaman dindan anchagina uzoqlaganman hozir. Olomonning ko‘r-ko‘rona diniy fanatizmini, radikalligini qoralayman. Ikkita oyat yodlab- yodlamay mullalikka da'vo qilib, kishilarni jannat-do‘zaxini naqd qilib qo‘yadiganlarga ayniqsa asablarim dosh bermaydi. ''Muhabbat oyatlari''da esa asl Islom qanday bo‘lishi, asl muslim kim ekani juda chiroyli ko‘rsatilgan. Men shunday dinda bo‘lishni xohlardim! Faqat va faqat ezgulik va yaxshilik! Hamma e'zozlangan dinda! Tavsiya qilaman, dildoshlar!

Assalomu alaykum!
O, buvijon hanuz yerda sargardon,
Laylak tashlab ketgan osmon bolasi...

Movi
#ayni_dam

Bu dunyoda hech narsa yoz kunlari saharlab, hovlida, uyquning eng shirin joyini uhlayotganingda uyqungni buzib tinmay qichqiradigan xo‘rozchalik nafratga loyiq emas! 😭😭😭 Pating yulinib, qozonga bosilib ketgur, iloyo! Qandoq go‘zal tushimni rasvo qilding?! 😐😐😐
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Alsgeymer kasalligiga chalingan sobiq balerina Marta Gonsalez. Uning hotira bilan jiddiy muammolari mavjud.
Ammo, 1960-yillar o’zi ijro etgan Chaykovskiyning “Лебединое озеро” sini eshitganda uning tanasi harakatga keladi.

@dilistoon
Diliston
<unknown> – Rise Like A Phoenix Conchita Wurst
Konchita haqida eshitganlar yoki uni ko‘rganlar ''Astag‘firulloh'' deb ko‘ksiga tuflab qo‘yadi. Ayniqsa biznikilar. )))
Lekin san'atni sevgan odam uchun har qanday noodatiy narsa tabiiydir. Qoliplarni tan olmaydi bunday ruh! Har qanday gapga tupurib qo‘ygan holda san'atdan bahra oladi, tamom!
Shu qo‘shiqni eshitayotganimda har bir hujayram yayraydi! Parvoz qilaman! Ilindim sizgayam!))
Oy to‘lganda bir qalbing emas, lablaring, usiz qolgan quchog‘ing ham og‘riydi ba'zan...
Nurlarni sog‘inib qaqshar qovurg‘am...
Kuz...
Kuz kutilganiday kelmadi...
Kutilganiday bo‘lmayapdi o‘zi hayot.
Yomg‘ir ham yo‘q, Jin ursin!
Dil Notinch (Topmuzon.net)
Shahzod
Yog‘adi yomg‘irlar, dil notinch...
"Qo'zichoq chizib bering!"

Bu istak hayron qoldirgandi meni. Keyin, rostmanasiga chizib bergim keldi. Chizishga chizdim-u, shunday beo'xshov chiqdiki...
Men o'xshatolmadim!
Nega mening qo'zichoqlarim o'xshamaydi, Kichkina?!

Odamlarning orasida bo'lgim kelmaydi, yolg'izlik yutib yuboradi. Tushunmayman, nima kerak?!
O'qilmagan kitoblar, tugallanmagan bitiklar ichida tentiragan ko'yi kun o'tkazyapman! Shunchaki...
Yasama kulgu, majburiy uyqu. Bularning hammasi shunchakilikda bo'lyapdi. Derazamni atay yopmayman, lekin nega yorug'lik yo'q?!

Kel, menga ham feruza gulingni keltir!
Nega menga hech kelmaysan?!
Nima, men shunchalar yomonmanmi, Kichkina!


Aziz


@dilistoon
Eyy, chida dil! Shunchasiga chidadik, shunchasini yengdik, bundan ham o‘tamiz! Shu dovondan o‘tsak, uyog‘i bahor! Ishon, bahor!!!