Digital Generation Uzbekistan
5.66K subscribers
2.4K photos
263 videos
1 file
791 links
O’zbekistondagi eng katta IT hamjamiyati!🇺🇿

Keling safimizga qo’shiling, bilimingizni oshiring, dasturlashni o’rganing, dunyoni o’zgartiring!


Facebook.com/digitalgeneration.uz
Instagram.com/DGUzbekistan
Telegram.me/digitalgeneration_uz
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Raqamli_avlod_qizlari

Loyiha ishtirokchiligidan mentorlikkacha — Charos Abdusattorova
"Raqamli avlod qizlari" haqida...

"Yangi O‘zbekiston" universiteti talabasi Charos Abdusattorova 2022-yildan buyon "Raqamli avlod qizlari" loyihasida ishtirok etib kelmoqda.

Shu kunga qadar ushbu IT tadbirda uning Quyosh panellari samaradorligini oshirish va LMS — ta'limni raqamlashtirish kabi Startap loyihalari g‘olib bo‘lgan.


✈️O‘tgan yili g‘oliblar qatorida u ham Birlashgan Arab Amirliklarida ta'lim sayohatida bo‘ldi.

🌐 Batafsil videoda.
___________
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda qizlar.raqamliavlod.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari davom etmoqda.

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
18👍9🔥5🆒3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Raqamli_avlod_qizlari

"RAQAMLI AVLOD QIZLARI" ning FAOL QIZLARI: ishtirokchidan koordinatorlikkacha

Ummatoy Yo‘ldosheva — loyiha koordinatori:

"Men ushbu loyihaning har yilgi mavsumida qatnashib kelmoqdaman. Dastlab ishtirokchi, keyin spiker, endi esa koordinatorman.

Yangi mavsumda ham malakali spiker va mentorlar bilan birgalikda yurtimizga manfaatli loyihalarni amalga oshiramiz"

Yutuqlari:
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri maslahatchisi,
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori;
Parij shahridagi ESCP Biznes maktabining Liderlik moduli bitiruvchisi;
Markaziy Osiyo bo‘ylab ayollarni raqamli ko‘nikmalar va neyron tarmoqlar bo‘yicha o‘qitadigan "Anora" platformasi asoschisi.

Madina Namozova — loyiha koordinatori:

"Raqamli avlod qizlari" jamiyatda va IT sohasida o‘z bilimlarini oshirishga yordam beradi. Mening yutuqlarimda ham bu loyiha poydevor vazifasini o‘tagan".

Yutuqlari:
“Islom Karimov” nomidagi Davlat stipendiyasi sohibasi;
Uzbek-Chicago assotsiatsiyasi granti sovrindori;
"Yangi O‘zbekiston" universiteti mustaqil tadqiqotchisi.

Muxlisa Mamajonova — loyiha koordinatori:

"Dunyoning TOP 100 ro‘yxatiga kirgan universitetga magistratura bosqichiga o'qishga qabul qilinishimda "Raqamli avlod qizlari" dagi faoliyatim katta yordam bergan".

Yutuqlari:
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori;
"El-yurt umidi" jamg‘armasi Stipendianti;
Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sohibasi;
Dunyoning TOP-100 ro‘yxatidagi University of Glasgow magistratura bosqichi bitiruvchisi.

______________
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda qizlar.raqamliavlod.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari davom etmoqda.

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18🔥61👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📰📰📰📰📰📰📰
#Raqamli_avlod_qizlari

"Raqamli avlod qizlari" ning xitoylik ishtirokchilari: "O‘zbekistonga safarimizni intizorlik bilan kutyapmiz"

"Raqamli avlod qizlari-2025" tadbirida malakali mentorlar va spikerlar bilan birgalikda xorijiy mamlakatlardan ham ishtirokchilar qatnashadi.

Xitoyning “Yinghua Academy” o‘quvchilari va ustozlaridan iborat jamoa mazkur IT tadbirda o‘zbekistonlik o'quvchilar bilan birgalikda tajriba almashishlari kutilmoqda:

Qadimgi Ipak yo‘lidan tortib to bugungi raqamli davrgacha Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida mustahkam do‘stlik mavjud bo‘lib kelgan.

Mazkur sayohatimiz orqali biz nafaqat texnologiyalar va yangi bilimlarni egallash niyatidamiz, balki o‘zbek yoshlari bilan yanada yaqin do‘stlik aloqalarini o‘rnatamiz, deb umid qilaman.


"Raqamli avlod qizlari" loyihasi orqali o‘z g‘oyalarimizni o‘rtoqlashish, turli davlatlardan do‘stlar orttirish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. O‘zbekistonga safarimizni intizorlik bilan kutyapmiz.


Maktabimizda o‘zbekistonlik ko‘plab sinfdoshlarimiz ham bor. Biz ular bilan ko‘pincha birga shug‘ullanamiz. Oramizda samimiy do‘stlik aloqalari shakllanib ulgurgan.

____________

Ro‘yxatdan o‘tishga ulgurmadingizmi? Unda shoshiling!

🔴
qizlar.raqamliavlod.uz platformasi orqali arizalar qabuli davom etmoqda.

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍146🔥6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Raqamli_avlod_qizlari

So‘z loyihaning faol qizlariga
"Yutuqlarimda menga ilhom va bilim bergan eng katta yordamchim — "Raqamli avlod qizlari" bo'ldi"

Iroda Shokirova — "Raqamli avlod qizlari" loyihasining faol ishtirokchisi. U mazkur tadbirning barcha mavsumlarida ishtirok etgan holda Digital Art yo‘nalishida o‘z bilimlarini oshirib kelmoqda.

✈️Iroda 2024-yilgi mavsumda g‘oliblar safidan o‘rin olib, Birlashgan Arab Amirliklarida ta'lim sayohatida ham bo‘ldi.


Iroda Shokirova shuningdek, Ozarbayjonning Boku shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro tanlovning rassomchilik yo‘nalishida 1-o‘rinni egallagan.

🌐 Batafsil videolavhada.

______________
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda qizlar.raqamliavlod.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari davom etmoqda.

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍164
#Spikerlarni_tanishtiramiz
#Raqamli_avlod_qizlari

Raqamli avlod qizlari-2025” tadbiri uchun malakali xorijlik va mahalliy spikerlar ham jalb etilgan.

❗️Ular mashg’ulotlar davomida o‘z tajribalari bilan bo‘lishishadi va amaliy darslar tashkil etishadi.

____
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda qizlar.raqamliavlod.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari davom etmoqda.

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍177🔥3
#Raqamli_avlod_qizlari


"Raqamli avlod qizlari—2025": mavsum boshlandi

🔴 Ayni damda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan "Renessans" bolalar oromgohida mashg‘ulot jarayonlari boshlab yuborilgan.

Bu yilgi mavsumda ishtirokchilar 4 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘z startap loyihalar ustida ish olib borishmoqda.

📊 Ma'lumot o‘rnida: "Raqamli avlod qizlari-2025" da ishtirok etish uchun 5 ming nafardan ortiq qizlar royxatdan o‘tishdi.


Ular orasidan 120 nafardan ortiqroq qizlar offlayn mashg‘ulotlar uchun saralab olindi.

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍215🔥3😍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Raqamli_avlod_qizlari

"Raqamli avlod qizlari-2025" tadbiri ishtirokchilari 24-aprel — Xalqaro IT sohasidagi qizlar kuni bilan tabrik yo‘llashdi.
________

✈️ "Raqamli avlod qizlari"— biz bilan yangi cho‘qqilarni zabt eting!

Digital Generation Uzbekistan

Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22🔥3😍32
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Raqamli_avlod_qizlari
#NO_COMMENT

"Raqamli avlod qizlari—2025" IT tadbirining 1- va 2-kundagi jarayonlaridan videolavha.

📊 Ma'lumot o‘rnida: ushbu tadbirda qizlar:


Ta’lim,
Sun’iy intellekt,
Yashil iqtisodiyot,
Iqlim ozgarishi kabi yo‘nalishlarda startap loyihalari ustida ish olib borishmoqda.

Shuningdek xorijiy va mahalliy spikerlar ishtirokida davra suhbatlari ham tashkil etilgan.

Digital Generation Uzbekistan

Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥94🤯1😱1
#Raqamli_avlod_qizlari
#Fotoreportaj

"Raqamli avlod qizlari—2025" tadbiri doirasida mashg‘ulotlar davom etmoqda.

Jarayonlar qizg’in tarzda, bahs munozalarga boy holda tashkil etilgan.

Kun yakunida ishtirokchi qizlar musobaqalarda ishtirok etib, yangi ko’nikmalarga ega bo‘lishmoqda.

Digital Generation Uzbekistan

Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥11👍86😱2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Raqamli_avlod_qizlari
#Сўровнома

Raqamli avlod qizlari—2025” tadbiri ishtirokchilari loyiha tarixi, qizlar uchun imkoniyatlar va taassurotlari haqida.

Siz-chi? Siz loyiha haqida nimalarni bilasiz?


Digital Generation Uzbekistan

Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10👍73😍1
#Raqamli_avlod_qizlari
#Ochiq_muloqot

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova "Raqamli avlod qizlari-2025" tadbiri ishtirokchilari bilan muloqot qildi.

Muloqot avvalida vazir Hilola Umarova ta'limdagi o‘zgarishlar, mamlakatimizda qizlarga yaratilayotgan sharoitlar, yangi tashabbuslar va kelgusidagi rejalar haqida so‘z yuritdi.


Uchrashuv davomida ishtirokchi qizlar tomonidan:

startap loyihalarni amaliyotga joriy etish va ularni xalqaro darajaga olib chiqish;
talaba yoshlar bilan intervyular tashkil etish;
kiberbulling va mediasavodxonlik loyihalarini ishlab chiqish,
yoshlarga o‘zlarini qiziqtirgan yo‘nalishlarda amaliyot o‘tash imkoniyatini taqdim etuvchi loyihalarga bo'lgan zarurat haqida savollar va takliflar bildirildi.

📍 Vazir "Raqamli avlod qizlari-2025" IT tadbiri ishtirokchilarining barcha savollariga batafsil javob berdi.

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥86👍5😍4🤯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Raqamli_avlod_qizlari

Raqamli avlod qizlari-2025” tadbiri uchun malakali spikerlar taklif etilganidan xabaringiz bor.

📍 Ular ishtirokida tashkil etilgan davra suhbatlari jarayonidan videolavha.

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍103
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Raqamli_avlod_qizlari
#Ishtirokchilar_nima_deydi

Raqamli avlod qizlari-2025” ishtirokchilariga quloq tutdik.

📊 Qizlar o‘zlarining startap loyihalari, ulardan kutilayotgan natijalari haqida so’zlab berishdi.


✈️ Eslatib o‘tamiz, mazkur mavsumda o‘z loyihalari bilan g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar xorijga ta’lim sayohatini qo‘lga kiritishadi.

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍122🔥2😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Raqamli_avlod_qizlari
#Xorijlik_ishtirokchilar_taassurotlari

Raqamli avlod qizlari-2025” IT tadbirining xorijlik ishtirokchilari Samarqand haqida.


Bu yerni odamlari juda mehmondo’st ekan, madaniyati ham anchagina boy. Allaqachon bu yerning tarixi va madaniyati haqida ko’p narsa o‘rgandim.

Menga Samarqand juda yoqdi, shaharning arxitekturasi ham katta taassurot qoldirdi.

Tez orada biz ham “
Raqamli avlod qizlari” dan biri bo’lamiz.

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#Raqamli_avlod_qizlari
#loyiha_taqdimoti

Raqamli avlod qizlari-2025” da loyihalar taqdimoti bo'lib o'tmoqda.

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
👍13🔥64
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Raqamli_avlod_qizlari
#No_comment

Raqamli avlod qizlari-2025” IT tadbiri doirasidagi mashg’ulot jarayonlaridan videolavha.

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Raqamli_avlod_qizlari
#Ishtirokchilar_fikri

"Raqamli avlod qizlari—2025" IT tadbiri qatnashchisi Gulasal Salimova o‘zi ishlayotgan loyiha va undan kutilayotgan natijalar haqida so‘zlab berdi.

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
🆒13🔥62👍2👏1😍1
#Raqamli_avlod_qizlari

"Raqamli avlod qizlari—2025" IT tadbiri doirasida loyiha ishlari taqdimotining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu final bosqichida MIT RAISE dasturi global hamkorliklar rahbari Julia Reynolds va Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti xorijiy maslahatchisi Islam El Hadari tomonidan qizlarning loyihalari baholandi.

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
👍19🔥63
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Raqamli_avlod_qizlari

Raqamli avlod qizlari-2025” IT tadbiri jarayonlaridan videolavha.

📍 Joriy yilgi mavsum Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi "Renessans" bolalar oromgohida bo‘lib o‘tdi.


📊 Unda 5 ming nafardan ortiq qizlar qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tishdi. 150 nafardan ortiq mahalliy va xorijiy ishtirokchilar 6 kun davomida yangi bilim hamda ko‘nikmalarni egallashdi.

Digital Generation Uzbekistan

Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍186
#таълим_саёҳати
#Raqamli_avlod_qizlari

Ayni kunlarda ta’lim sayohati bilan AQSHda bo‘lib turgan "Raqamli avlod qizlari-2025" tanlovi g‘oliblari "Yoshlar forumi"da ishtirok etishdi.

Mazkur forum O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi va “El-yurt umidi” jamg‘armasi hamkorligida tashkil etilgan.

📍 Forum davomida "Digital Generation Uzbekistan" NNT rahbari Azamat Djalalov spiker sifatida ishtirok etib, loyiha maqsadi, kelgusidagi vazifalar va rejalar haqida batafsil ma’lumot berdi.


Taqdimot qizg‘in muhokamalar, takliflar va savol-javoblarga boy holda o‘tdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
19👍8🔥7😍5