Digital Generation Uzbekistan
8.67K subscribers
2.67K photos
304 videos
1 file
899 links
O’zbekistondagi eng katta IT hamjamiyati!🇺🇿

Keling safimizga qo’shiling, bilimingizni oshiring, dasturlashni o’rganing, dunyoni o’zgartiring!


Facebook.com/digitalgeneration.uz
Instagram.com/DGUzbekistan
Telegram.me/digitalgeneration_uz
Download Telegram
🖥“DG Design Week” haftaligi yakuni.

Loyihaning so’nggi kunida tajribali dizayner Temur Sa’diy qatnashchilarga brending bo’yicha bir necha yillik ishlari jamlangan taqdimotini namoyish etdi. Namoyish chog’ida o’z faoliyatida yo’l qo’ygan xatolari va yutuqlari haqida ham aytib o’tdi.

Tadbir so’nggida ishtirokchilarga haftalikdagi faol ishtiroklari uchun maxsus sertifikatlar topshirildi.

Sizga kichik sirni ochmoqchimiz, bu kabi loyihalarimiz turli yo’nalishlar bo’yicha yana davom etishi mo’ljallangan. Barcha bo'lib o'tgan darslarning videolari ertaga ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilinadi.
_______
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🏆🧮 Respublika Matematika musobaqasiga start beramiz!

Respublika bo'ylab 7-10-sinf bo'lgan barcha matematika bilimdonlarini iyun oyida bo'lib o'tadigan yirik matematika musobaqasiga chorlab qolamiz! Musobaqa onlayn va offlayn tarzda bo'lib o'tadi. Ishtirokchilar final bosqichini offlayn tarzda maxsus oromgohda davom ettiradilar.

🏆G'oliblarni hamkor tashkilotlarimiz tomonidan qimmatbaho sovg'alar va pul mukofotlari kutmoqda!

📄Musobaqa nizomi: https://telegra.ph/Respublika-Matematika-Musobaqasi-2021-05-28

Ro'yxatdan o'tish: https://uzmia.uz/#/core/auth/register

⚠️Ro'yxatdan o'tish 2021-yil, 5-iyunga qadar davom etadi.
____________________
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKT maktabida “ICT Fest” festivali bo'lib o’tdi. Mazkur festivalning boshida Prezident, ijod va ixtisoslashtrilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Hilola Umarova hamda O‘zbekistondagi HUAWEI kompaniyasining direktori Liu Jiaxin so'zga chiqib, yoshlarning innovatsion g'oyalari doimiy qo'llab-quvvatlanishi lozimligi, ushbu tadbir ham ayni shu maqsadga xizmat qilishini ta'kidlab o'tdilar.

Maktab hovlisida, HUAWEI kompaniyasining maxsus axborot-texnologiyalari hamda innovatsiyalarga bag‘ishlangan qurilmalar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Shuningdek, festival mehmonlari PIIMA tasarrufidagi maktablar ustoz va o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan kitoblar, hamkor tashkilot va o’quvchi yoshlar tomonidan ishlab chiqilgan robototexnik uskunalar (robot, dronlar) ko‘rgazmalarini ham katta qiziqish bilan kuzatishdi.

Kibersport bo‘yicha yoshlar orasida mashxur bo’lib ulgurgan “Yakudza” tomonidan maxsus master klass ham bo’ldi. Qatnashuvchilar o‘zlari ham PUBG mobil o‘yinlarida ishtirok etishdi va ayni shu damda yozgi ta'tilning ilk kunlari boshlanganini his etishdi.

Festival doirasida robototexnikaning 4 yo'nalishi:
-robosumo;
-robosoccer;
-linefollower;
-freestyle bo'yicha respublika turniri (kattalar va kichkinalar kategoriyasi) o‘tkazildi.

Festival yakunida g‘oliblarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
__________
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKT maktabi axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💻👩‍💻 ICT Fest 2021 | Video

Joriy yilning 3-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Al-Xorazmiy avlodlari” axborot-kommunikatsion texnologiyalari festivali bo’lib o’tdi. Festival “Digital Generation Uzbekistan” NNT tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamda Prezident ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi hamkorligida tashkil etildi.

🙋‍♂️🙋‍♀️Unda 200 nafardan ziyod yoshlar eng zamonaviy texnologiya va innovatsiyalar ko'rgazmalari, robototexnika bo'yicha musobaqalar, kiber sport bo'yicha master-klassda ishtirok etdilar.

🏆🎁G'olib va sovrindorlar hamkorlarimizning qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlandilar.
_______
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👩‍💼👨‍💼IT Professional Orientation Day

Ayni vaqtda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabda Oliy Majlis huzuridagi nodavlat-notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat fondi, Digital Generation Uzbekistan NNT hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tomonidan axborot-texnologiyalariga qiziquvchi bitiruvchilar uchun "IT Professional Orientation Day" bo'lib o’tmoqda.
__________
Digital Generation Uzbekistan