Digital Generation Uzbekistan
8.67K subscribers
2.67K photos
304 videos
1 file
899 links
O’zbekistondagi eng katta IT hamjamiyati!🇺🇿

Keling safimizga qo’shiling, bilimingizni oshiring, dasturlashni o’rganing, dunyoni o’zgartiring!


Facebook.com/digitalgeneration.uz
Instagram.com/DGUzbekistan
Telegram.me/digitalgeneration_uz
Download Telegram
👩‍💻👩‍💻“DG Design Week” | 2-kun yakunlandi.

Bugungi amaliy darsimizda qatnashchilar “SMM dizayn” tayyorlash, ushbu yo’nalishdagi trendlar hamda ularning muhimligi haqida bilib olishdi.

Shuningdek, o’zlari ham mentor bilan birgalikda Adobe Photoshop dasturida ilk dizaynlarini yaratishdi.

Ertaga ishtirokchilarimizni judayam katta va kerakli mavzu kutib turibdi. O’ylaymizki, ular bugungi vazifalarini a’lo darajada bajarib, ertangi darsda katta energiya bilan ishtirok etishadi.

PS: Darslar YouTube kanalimizga qo'yib boriladi.
_______
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
“DG Design Week” ning so’nggi kuni kutilgan spikerini kutib oling!

AdAsia “Kreativlik va malaka reytingi”da birinchi raqamli brending agentligi - “Maʼno branding” asoschilaridan biri, eng katta dizayn festivallaridan biri bo'lmish "Ad Forum Phoenix" hakami, ko'plab xalqaro dizayn tanlovlar g'olibi, Toshkent shahri logotipi muallifi — Temur Saʼdiy.

Temur Sa’diy tinglovchilarga brending asoslari hamda birinchilik sirlari haqida gapirib beradi. Barcha qiziquvchilarni ushbu foydali tadbirimizga mamnuniyat ila taklif etamiz.
___________________
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Design Week haftaligi yakuni! (LIVE)

Marketing, grafik dizayn, brending sohasiga qiziquvchilarni bugun youtube kanalimizda 17:00 da jonli efirda kutib qolamiz.

🗣Bugungi spikerlarimiz: Ma’no Branding - O’rta Osiyodagi eng birinchi brending agentligi asoschisi Temur Sa’diy hamda, ayni shu agentlik Art direktori Zokir Xalmatov.

🖥Jonli efir: https://www.youtube.com/watch?v=3AFrV0islw0
_______
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🖥“DG Design Week” haftaligi yakuni.

Loyihaning so’nggi kunida tajribali dizayner Temur Sa’diy qatnashchilarga brending bo’yicha bir necha yillik ishlari jamlangan taqdimotini namoyish etdi. Namoyish chog’ida o’z faoliyatida yo’l qo’ygan xatolari va yutuqlari haqida ham aytib o’tdi.

Tadbir so’nggida ishtirokchilarga haftalikdagi faol ishtiroklari uchun maxsus sertifikatlar topshirildi.

Sizga kichik sirni ochmoqchimiz, bu kabi loyihalarimiz turli yo’nalishlar bo’yicha yana davom etishi mo’ljallangan. Barcha bo'lib o'tgan darslarning videolari ertaga ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilinadi.
_______
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🏆🧮 Respublika Matematika musobaqasiga start beramiz!

Respublika bo'ylab 7-10-sinf bo'lgan barcha matematika bilimdonlarini iyun oyida bo'lib o'tadigan yirik matematika musobaqasiga chorlab qolamiz! Musobaqa onlayn va offlayn tarzda bo'lib o'tadi. Ishtirokchilar final bosqichini offlayn tarzda maxsus oromgohda davom ettiradilar.

🏆G'oliblarni hamkor tashkilotlarimiz tomonidan qimmatbaho sovg'alar va pul mukofotlari kutmoqda!

📄Musobaqa nizomi: https://telegra.ph/Respublika-Matematika-Musobaqasi-2021-05-28

Ro'yxatdan o'tish: https://uzmia.uz/#/core/auth/register

⚠️Ro'yxatdan o'tish 2021-yil, 5-iyunga qadar davom etadi.
____________________
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube