Digital Generation Uzbekistan
8.68K subscribers
2.67K photos
304 videos
1 file
899 links
O’zbekistondagi eng katta IT hamjamiyati!🇺🇿

Keling safimizga qo’shiling, bilimingizni oshiring, dasturlashni o’rganing, dunyoni o’zgartiring!


Facebook.com/digitalgeneration.uz
Instagram.com/DGUzbekistan
Telegram.me/digitalgeneration_uz
Download Telegram
Forwarded from Dilmurod Olimjonov
Women Techmakers IWD Tashkent 2021! #LIVE

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi, Digital Generation Uzbekistan va GDG Uzbekistan tomonidan tashkil qilingan ushbu tadbir qizg'in tarzda davom etmoqda.

Oldinda ishtirokchilarni 2 yo'nalishda mahorat darslari kutib turibdi.

#live #jarayon #wtmtashkent
_________
Digital Generation Uzbekistan 🤳🏼
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Zamin Foundation
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Bu birinchi qadamlaringiz, amalga oshirayotgan yangi ijtimoiy loyihalaringiz - avvalo, sizning ulkan g'alabangiz, qolaversa, ota-onangiz, ustozlaringiz yutug'idir.

Shubhasiz, siz bu imkoniyatlardan to'laqonli foydalanasiz, qiziqarli dasturlar ustida ishlaysiz, bilimingizni yanada oshirib, nufuzli o'qiv yurtlariga kirasizlar. "Zamin" fondi bu yo'lda sizga doim yelkadosh bo'ladi, qo'llab-quvvatlaydi!"

"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva

———

«Это ваши первые шаги, первые социальные проекты, которые вы реализуете. Это, в первую очередь, ваша большая победа, а также заслуга ваших родителей и учителей.

Уверена, что вы воспользуетесь этими возможностями, поработаете над интересными программами, расширите свои знания, поступите в престижные образовательные учреждения. Фонд Zamin всегда будет рядом с вами на этом пути и поддержит вас!»

Председатель Попечительского совета фонда Zamin Зироат Мирзиёева
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mamlakat taraqqiyotini malakali kadrlar ta'minlaydi

🔹Bugungi kunda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi maktablarga malakali, innovatsion va kreativ fikrlaydigan, zamonaviy kadrlarni jalb qilish va ularning malakasini oshirishni doimiy asosda ta'minlash borasida keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda.

Zamonaviy pedagog eng avvalo, o'quvchilarni bilimga qiziqtira olishi, o'z qobiliyatini namoyon qilishida o'quvchiga to'g'ri yo'l ko'rsata bilishi, bolalarda mantiqiy va erkin fikrlashni, o'zgalar
fikrini anglash va o'z fikrini to'g'ri yetkazib berish qobiliyatini shakllantira olishi zarur.

Bir so'z bilan aytganda, ta'limning muvaffaqiyati ustoz salohiyatiga bog'liq. Biz ana shunday salohiyatli ustozlarni Agentlik tizimidagi maktablarga ishga taklif qilmoqchimiz.

📌Marhamat, Siz uchun qulaylik va shaffoflik yaratish maqsadida tashkil etilgan job.piima.uz sayti orqali ro'yxatdan o'ting va safimizga qo'shiling!

❗️Yurtimizdagi eng iqtidorli o'quvchilar aynan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
9 may ­– Xotira va qadrlash kuni

Ayovsiz urushning qonli maydonlarida qurbon bo'lgan ajdodlarimizning xotirasini abadiylashtirish, ularga g'amxo'rlik va e'tibor ko'rsatish insoniy burchimizdir.
Bayram munosabati bilan vatan ozodligi uchun kurashgan barchani, ularning farzandlarini, butun yurtimiz ahlini bayram bilan tabriklaymiz! Barchaga mustahkam sog'lik, ko'tarinki kayfiyat va va oilaviy xotirjamlik tilaymiz!

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi
DG Design Week- dizayn haftaligi mentori bilan tanishing!

Nurjahon Farmonov - grafik dizayner, eventmaker. Design Club Uzbekistan asoschisi.

Dizayn sohasida 3 yildan beri professional faoliyat olib boradi. Shu kungacha ko’plab milliy va xalqaro (UNDP) tashkilotlar hamda asaxiy.uz va boshqa proyektlarda ishlagan. O’zbekistonda ilk bor chop etilgan “Stiv Jobs”, “Raqamli Qal'a” kabi jahon bestsellerlari dizayni muallifi.
👩‍💻👨‍💻Prezident maktablari o’quvchi qizlari uchun tashkil etilgan “DG Design Week” ning birinchi kuni o’z nihoyasiga yetdi.

Ishtirokchilarga grafik dizayn olamiga kirish, uning sohalari, tayyor dizaynni sotish, mijoz bilan ishlash borasida asosiy bilim va ko’nikmalar berildi.

Yakunda esa qatnashchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda ertangi kungi rejalar kelishib olindi.

Aytish lozimki, bugungi tadbirda Namangan va Toshkent shahridagi Prezident maktabi o’quvchilari ancha faol ishtirok etishdi. Ertangi darsda qaysi viloyat Prezident maktabi o’quvchilari faol ishtirok etadi? Eng qiziqarli mavzular esa hali oldinda, bizni kuzatib boring!

PS: Darslar YouTube kanalimizga qo'yib boriladi.
_______
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👩‍💻👩‍💻“DG Design Week” | 2-kun yakunlandi.

Bugungi amaliy darsimizda qatnashchilar “SMM dizayn” tayyorlash, ushbu yo’nalishdagi trendlar hamda ularning muhimligi haqida bilib olishdi.

Shuningdek, o’zlari ham mentor bilan birgalikda Adobe Photoshop dasturida ilk dizaynlarini yaratishdi.

Ertaga ishtirokchilarimizni judayam katta va kerakli mavzu kutib turibdi. O’ylaymizki, ular bugungi vazifalarini a’lo darajada bajarib, ertangi darsda katta energiya bilan ishtirok etishadi.

PS: Darslar YouTube kanalimizga qo'yib boriladi.
_______
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
“DG Design Week” ning so’nggi kuni kutilgan spikerini kutib oling!

AdAsia “Kreativlik va malaka reytingi”da birinchi raqamli brending agentligi - “Maʼno branding” asoschilaridan biri, eng katta dizayn festivallaridan biri bo'lmish "Ad Forum Phoenix" hakami, ko'plab xalqaro dizayn tanlovlar g'olibi, Toshkent shahri logotipi muallifi — Temur Saʼdiy.

Temur Sa’diy tinglovchilarga brending asoslari hamda birinchilik sirlari haqida gapirib beradi. Barcha qiziquvchilarni ushbu foydali tadbirimizga mamnuniyat ila taklif etamiz.
___________________
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Design Week haftaligi yakuni! (LIVE)

Marketing, grafik dizayn, brending sohasiga qiziquvchilarni bugun youtube kanalimizda 17:00 da jonli efirda kutib qolamiz.

🗣Bugungi spikerlarimiz: Ma’no Branding - O’rta Osiyodagi eng birinchi brending agentligi asoschisi Temur Sa’diy hamda, ayni shu agentlik Art direktori Zokir Xalmatov.

🖥Jonli efir: https://www.youtube.com/watch?v=3AFrV0islw0
_______
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🖥“DG Design Week” haftaligi yakuni.

Loyihaning so’nggi kunida tajribali dizayner Temur Sa’diy qatnashchilarga brending bo’yicha bir necha yillik ishlari jamlangan taqdimotini namoyish etdi. Namoyish chog’ida o’z faoliyatida yo’l qo’ygan xatolari va yutuqlari haqida ham aytib o’tdi.

Tadbir so’nggida ishtirokchilarga haftalikdagi faol ishtiroklari uchun maxsus sertifikatlar topshirildi.

Sizga kichik sirni ochmoqchimiz, bu kabi loyihalarimiz turli yo’nalishlar bo’yicha yana davom etishi mo’ljallangan. Barcha bo'lib o'tgan darslarning videolari ertaga ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilinadi.
_______
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube