Digital Generation Uzbekistan
8.73K subscribers
2.67K photos
304 videos
1 file
899 links
O’zbekistondagi eng katta IT hamjamiyati!🇺🇿

Keling safimizga qo’shiling, bilimingizni oshiring, dasturlashni o’rganing, dunyoni o’zgartiring!


Facebook.com/digitalgeneration.uz
Instagram.com/DGUzbekistan
Telegram.me/digitalgeneration_uz
Download Telegram
👩‍💼👩‍💻Raqamli Avlod Qizlari Forumi | 3-kun sarhisobi

Facebook kompaniyasida Product manager sifatida faoliyat olib borayotgan Twinkle Vashishth bugungi onlayn uchrashuvimiz mehmoni bo'ldi.

Undan so'ng, ishtirokchilarimiz mentorlaridan o'z yo'nalishlari bo'yicha ta'lim oldilar. Shuningdek, tayyorlayotgan loyihalariga doir maslahatlar tingladilar.

Keyin esa mahalliy spikerlarga ta'lim, turizm, tibbiyot yo'nalishlarida tayyorlayotgan loyihalarini taqdim etdilar. Ekspertlar ular tayyorlayotgan ishlarga baho berib, xato va kamchiliklari haqida aytib o'tdilar.

Eslatib o'tamiz, qizlarimiz tayyor loyihalarini 9-mart kuni bo'lib o'tadigan yopilish marosimida nufuzli hakamlar hay'atiga taqdim etadilar.
__
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Bugun ''Raqamli avlod qizlari-2021" forumining so'nggi kuni.

Dastlab ishtirokchilar jamoalarga bo'lingan holda, o'zlari hafta davomida o'rganganlari asosida ishlab chiqqan loyihalarini hakamlar hay'atiga taqdim etadilar. Loyihalar g'oyaning originalligi va dolzarbligi, muammo va uning yechimi to'liq ochib berilganligi, mavzuga mosligi, jamoa ishtirokchilari tayyorlagan ishlarining o'zaro uyg'unligi kabi mezonlar asosida baholanadi.

Ayni daqiqalarda taqdimot jarayoni bo'lib o'tmoqda.
________
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👩‍💼👩‍💻Raqamli Avlod Qizlari Forumi 2021 | Yopilish marosimi!

#jarayon #live
______
Digital Generation Uzbekistan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👩‍💻👩‍💼Raqamli Avlod Qizlari Forumi 2021 | Yopilish marosimi

Respublika bo'ylab 45 ta iqtidorli qizlar 👩🇺🇿, inklyuziv ta'lim ishtirokchilari 🙋‍♀, 10dan ziyod mentrolar 👩‍💼👨‍💼, 6 ta xalqaro spikerlar 🌐 ,15 dan ziyod loyihalar📑, bularning barchasi Digital Generation Ladies - Raqamli Avlod Qizlari Forumida jamlandi. Forum ishtirokchilari 5 kun davomida AKT soxasida unutilmas tajribaga ega bo'ldilar va qizlar orasida IT hamjamiyatini yaratishga muvaffaq bo'ldilar.

Digital Generation Uzbekistan jamoasi ushbu loyihani tashkil qilishda o'z yordamini ayamagan tashkilotlar (Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi, AKT vazirligi, Zamin Xalqaro jamoat fondi, Uzcard, Ucell)ga o'z minnatdorchiligini bildiradi. Loyihamiz doimiy ravishda Respublikaning barcha viloyatlarida o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Bizni kuzatishda davom eting! 😉
____
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from WTM Tashkent (Dostonkhon Ozodkhujaev)
💥 Women Techmakers IWD Tashkent 2021-ga ro'yxatdan o'ting!

Women Techmakers – bu Google tomonidan ayollar uchun texnologiyalar olamiga aloqador o’tkaziladigan xalqaro dastur.

Women Techmakers dasturi ayollarni texnologiyaga jalb etish uchun shart-sharoitlarni yaratishga yordam beradi. Biz ayol dasturchilar, dizaynerlar va texnologlarni rag’batlantirish, rivojlantirish va e’tirof etishni maqsad qilamiz.

Jahon hamjamiyatining bir qismi bo'lishni va vaqtingizni samarali o'tkazishni xohlaysizmi? WTM IWD Tashkent 2021-ga ro'yxatdan o'ting:

https://gdg.community.dev/events/details/google-gdg-tashkent-presents-women-techmakers-iwd-tashkent-2021/

📆 Sana: 10 aprel
🕓 Vaqt: 9:30 - 17:00
📍 Joy: Toshkent shahridagi Prezident Maktabi

🎟 Kirish faqat chipta orqali amalga oshiriladi. Bepul chiptani yuqoridagi havoladan yuklab olishingiz mumkin!

@wtmtashkent
Forwarded from WTM Tashkent (Sarvinoz Maksudova 🌾)
📢 Tadbir Manzili O'zgardi

📍 Yangi Manzil: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan AKT maktabi

📆 Sana: 10 aprel
🕓 Vaqt: 9:30 - 17:00

🎟 Kirish faqat chipta orqali amalga oshiriladi. Bepul chiptani quyidagi havoladan yuklab olishingiz mumkin!

https://gdg.community.dev/events/details/google-gdg-tashkent-presents-women-techmakers-iwd-tashkent-2021/

#IWD21 #CouragetoCreate

@wtmtashkent
Forwarded from WTM Tashkent (Dostonkhon Ozodkhujaev)
💥 Women Techmakers IWD Tashkent 2021 bugun bo'lib o'tadi!

Bugungi kun jadvalini quyidagi rasmlardan toping.

Sizni soat 9:30dan boshlab Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabda kutamiz! Ko'rishguncha!

#IWD21 #CouragetoCreate

@wtmtashkent
💥 Women Techmakers IWD Tashkent 2021! #Live

Bugun dunyoga mashhur GOOGLE kompaniyasining texnologiyalar sohasida xotin-qizlar faoliyatini qo'llab-quvvatlashga va rag'batlantirishga qaratilgan "Women Techmakers" loyihasiga start berildi!

Loyiha 10-aprel (2021-yil) sanasida Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi axborot-texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabida bo'lib o'tmoqda.

Qatnashchilarni aynan shu manzilda yangidan-yangi bilimlar, do'stlar, qiziqarli sessiyalar va olam-olam motivatsiya kutmoqda!
___________
Digital Generation Uzbekistan 🤳🏼
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube