Digital Generation Uzbekistan
8.76K subscribers
2.67K photos
304 videos
1 file
898 links
O’zbekistondagi eng katta IT hamjamiyati!🇺🇿

Keling safimizga qo’shiling, bilimingizni oshiring, dasturlashni o’rganing, dunyoni o’zgartiring!


Facebook.com/digitalgeneration.uz
Instagram.com/DGUzbekistan
Telegram.me/digitalgeneration_uz
Download Telegram
Media yo'nalishi mahorat darsi | Online Digital Camp "Raqamli Avlod 2021"

Mahorat darsi mehmoni - Ikram Xudaybergenov

O'zbekiston mobilograflar harakati asoschisidan mobil telefoningiz yordamida bir-biridan ajoyib media mahsulotlar tayyorlashni o'rganamiz!😉

📅Qachon?
8-yanvar, 14:30

🖥Qayerda?
https://youtu.be/HBd_SIeuZ10
________________
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
O'zbekistondagi #1 GitHub dasturchisi | Online Digital Camp "Raqamli Avlod 2021"

Mahorat darsi mehmoni - Sokhibjon Orzikulov (Genemator)

Sokhibjon Orzikulov (Genemator) - Senior Full-Stack Developer bilan mahorat darsini o'tkazib yubormang!

Ko'plab qatnashchilarimizning talab va takliflariga binoan O'zbekistondagi 1-raqamli GitHub dasturchisi bilan jonli mahorat darsi. Bir finjon qahva ustida 7 xil dasturlash tili: JavaScript, TypeScript, Java, Kotlin, C, C++, Assembler, Python2, Python3 haqida gaplashamiz va birgalikda Telegram bot yaratamiz.

Xullas, kelgusida senior developer bo'lishni maqsad qilganlar, sizlarni kutyapmiz😎

📅Qachon?
8-yanvar, 19:00

🖥Qayerda?
https://youtu.be/0HAE53Hr6LU
____________
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Kun sarhisobi, 5-kun | Online Digital Camp Raqamli Avlod 2021

Loyiha ishtirokchilari va barcha yo'nalish mentorlari ishtirok etadigan jonli efirimizda bugungi kun tafsilotlarini siz bilan bo'lishamiz.

📅Qachon?
8-yanvar, 17:30

🖥Qayerda?
https://youtu.be/z5V1Nb7P5Wo
____
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Yopilish marosimi | Online Digital Camp "Raqamli Avlod 2021"

Mana 5 kunlik onlayn oromgohimiz ham o'z nihoyasiga yetdi. Endi, loyihamizni sarhisob qilib, eng saralarni taqdirlash vaqti keldi. Bugun soat 14:30ga barcha ishtirokchilarni imkoniyatlaridan kelib chiqqan xolda, onlayn oromgohimizning yopilish marosimiga taklif qilamiz!

📅Qachon?
9-yanvar, 14:30

🏢Qayerda?
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKT maktabi

📝Yopilish marosimida ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tish 👇
https://forms.gle/gbxdETrycZXAM1ka9
____
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
''Raqamli avlod-2021'' onlayn qishki oromgohi o'z yakuniga yetdi.

Loyihaning yopilish marosimi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabda bo'lib o'tdi.

Onlayn oromgohda 1000 dan qatnashchilar respublikamizning turli hududlaridan ishtirok etdilar va IT sohasining 7 yo'nalishi bo'yicha bilim va ko'nikmalarini oshirdilar.

Tadbir so'nggida Zamin Education sinfidagi eshitish qobilyati zaif bolalar uchun onlayn oromgoh doirasida tashkil etilgan inklyuziv ta'lim — ''Scratch'' yo'nalishi ishtirokchilari o'zlari yaratgan o'yinlarni mehmonlar va yig'ilganlarga taqdim etdilar.

Digital Generation Uzbekistan jamoasi oldinda bundanda katta loyihalar tayyorlab qo'ygan, bizni kuzatishda davom eting!
________
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🎙Talablarga binoan yana bir intervyu! Googleda ishlagan O'zbekistonlik mutaxassis - Anna Rasulova bilan suhbat!

Anna Rasulova
6 yildan ortiq vaqt mobaynida Googleda ishlagan. Ayni paytda dunyoga mashxur ''Shopify'' (Kanada) kompaniyasida tijorat menejeri sifatida faoliyat olib bormoqda.

Bugungi maxsus efirimizda Mehmonimiz ko'pgina dasturchilar orzusi bo'lgan– Kremniy vodiysidagi faoliyati, menejment, biznes boshqaruvi haqida qimmatli ma'lumotlar beradilar.

📅Qachon?
12-yanvar, 20:30

🖥Qayerda?
https://youtu.be/83LmnzT1VCg
____________
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Faqat xorijda emas bizda ham kuchlilar bor"

🔥 @hududtv
Sizni hech texnologiyalar sohasidagi yetakchi ayollar kim ekanligi qiziqtirganmi?

Forbes 2020-yilda jahonda o'z o'rniga ega bo'lgan lider ayollar ro'yxatini tuzdi.

Ushbu ro'yhatda 13-o'rinda Susan Wojcicki e'tirof etildi. U oyiga 2 milliard foydalanuvchiga ega Youtubening Alphabet filiali bosh direktori. U bunga qadar Google hamda Intel kompaniyasi va Brain&Companyda faoliyat olib borgan.

Shuningdek ro'yxatdan quyidagi ayollar o'rin olgan:

Safra Catz- Oracle dasturiy ta'minot firmasining bosh direktori.

Ruth Porat- Googlening Alphabet kompaniyasida bosh moliyaviy xodim.

Sheryl Sandberg- Facebookning Operatsion direktori. U ijtimoiy tarmoqni kichik biznes reklama platformasiga aylantirish orqali kompaniya daromadlarini 27 foizga oshirishga erishdi.

Amy Hood- Microsoft kompaniyasining moliya direktori. Uning faoliyati davomida kompaniya aksiyalari qariyb 300% ga o'sdi.
____________
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
G’ofil o’lma, ey soqiy, gul chog’in g’animat tut!
Vaqti aysh emas boqiy, ol chog’ir, ketur, bot tut!
Bu nasihatim tingla: ne bo’lur kishi yongla,
Ne bo’lur ekin tongla, sen bu kun g’animat tut!

14-fevral — Vatan sog'inchi, birdamlik, muhabbat kabi tuyg'ularni tarannum etgan buyuk sarkarda, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.
____________
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
"Digital Generation Uzbekistan"dan yangi loyiha!

👩🏻‍💻👩‍💼RAQAMLI AVLOD QIZLARI

Qizlarimizning IT sohasidagi faoliyatini rivojlantiramiz, rag'batlantiramiz hamda yangi bilimlar beramiz. Yana bir yangilik, endi bizda nafaqat axborot-texnologiyalari, balki biznes yuritish va yetakchilik qobiliyatini shakllantirish bilan bog'liq yo'nalishlar ham bor:
—Dasturlash (Programming);
—Grafik dizayn (Graphic design);
—Loyihalarni boshqarish (Project Management).

Biz bilan unutilmas tajribaga ega bo'ling!

Oldinda sizni tajribali mentorlar bilan 4 kunlik noan'anaviy darslar hamda Microsoft, Facebook kabi ko'plab dunyoning yirik kompaniyalaridan Xalqaro spikerlar bilan yodda qolarli muloqotlar kutmoqda!

Ushbu ajoyib forumda ishtirok etish uchun ikki bosqichli saralashdan muvaffaqqiyatli o'tishingiz lozim.

📄Arizani ushbu
havola orqali to'ldirishingiz mumkin.

✍️Arizalar qabul qilish muddati: 25-fevral, 23:59

qizlar.raqamliavlod.uz
___
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👩🏻‍💻👩‍💼DIGITAL GENERATION LADIES FORUM 2021

Are you IT Girl?👩‍💻 Do you want to meet professionals from top international companies like Microsoft and Google? What about improving your IT skills? Then, this forum is for you!

🖥Our courses:
—Programming;
—Graphic design;
—Project Management.

In 4 days you will gain unforgettable experience with our mentors as well as international speakers! Do not miss your chance!

🎁At the end of the forum the best participants will get valuable prizes from our sponsors!

📄In order to participate in our forum you should pass our 2 step exam by filling the form 👉 Register

✍️Deadline for Registration: February 25, 23:59
Fee: Free of charge (accommodation will not be provided)

qizlar.raqamliavlod.uz
___
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👩‍💻👩‍💼"Raqamli Avlod Qizlari" forumida ishtirok etish uchun eng birinchi qadam - bu ro'yxatdan o'tishdir.

📄Siz ariza to'ldirish jarayonida o'z imkoniyat, tajribalaringizni namoyish etishingiz, ishtirokdan aniq maqsadlaringizni tushuntirishingiz, portfolio taqdim etishingiz hamda o'zingiz va IT sohasidagi faoliyatingiz aks etgan qisqa video joylashingiz kerak.

🌐Forum davomida xalqaro spikerlar bilan muloqotlar o'tkazilgani bois, ariza ingliz tilida to'ldirilishi va qisqa video ham ingliz tilida taqdim etilishi lozim.

👩‍💻Birinchi bosqichdan muvaffaqqiyatli o'tgan qizlarimiz uchun tashkilotchilar va professional mentorlar ishtirokida onlayn intervyu bo'lib o'tadi. Intervyu jarayoni zoom platformasi orqali amalga oshiriladi.

Saralash bosqichlarida eng yuqori natijalarga erishgan 45 nafar qiz (3 yo'nalishdan 15 nafardan) ushbu ajoyib forumda ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritadi!

✍️Arizalar 25-fevral saot 23:59ga qadar qabul qilinadi.
qizlar.raqamliavlod.uz
____
Digital Generation Uzbekistan