Digital Generation Uzbekistan
8.75K subscribers
2.67K photos
304 videos
1 file
899 links
O’zbekistondagi eng katta IT hamjamiyati!🇺🇿

Keling safimizga qo’shiling, bilimingizni oshiring, dasturlashni o’rganing, dunyoni o’zgartiring!


Facebook.com/digitalgeneration.uz
Instagram.com/DGUzbekistan
Telegram.me/digitalgeneration_uz
Download Telegram
👨‍💻👩‍💻Express Hackathon!

Onlayn Digital Camp loyihasining Mobil dasturlash ishtirokchilari diqqatiga!

29-avgust kuni mobil dasturlash bo’yicha “Express Hackathon” bo’lib o’tadi. Ishtirokchilar kun davomida KKal Calculator mobil dasturini tuzishlari kerak bo’ladi. G’olib ishtirokchilar maxsus sovg’alar va sertifikatlar bilan taqdirlanadilar. Batafsil ma’lumot va sizni qiziqtirgan savollaringizga bugungi efirda javob beramiz.

Jonli efir (28-avgust,16:00):
https://youtu.be/-xJEWPkFkFA
__
Digital Generation Uzbekistan 🤳🏼
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
5-kunimizni sarhisob qilamiz!

Loyiha tashkilotchilari va barcha yo'nalish mentorlari ishtirok etadigan jonli efirimizda bugungi kun tafsilotlarini siz bilan bo'lishamiz.

Shu bilan birga, siz bemalol o'zingiz uchun qiziq deb bilgan savollaringiz bilan murojaat qilishingiz va ularga to'liq javob olishingiz mumkin.

Barchangizni bugun 17:00da kutib qolamiz 👇
https://youtu.be/ZWjz9iMo7dc
______
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Online Digital Camp yakuniy imtihon!

5 kunlik onlayn oromgohimiz ham o'z yakuniga yetdi. Ushbu oromgohda siz nimalar o'rgandingiz? 🤔
Buni aniqlashda loyihamizning barcha ishtirokchilari uchun 31-avgust (bugun), soat 16:00dan 16:30ga qadar yakuniy onlayn test bo'lib o'tadi. Barcha imtihonda qatnashganlar sertifikat bilan taqdirlanadilar.

Imtihon manzili: https://195.158.4.213/

PS: Login va parollar ishtirokchilarga sms tarzida yuborilgan.
_
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🇺🇿🎉Aziz yurtdoshlar, Sizlarni Respublikamiz Mustaqilligining 29 yilligi bilan chin yurakdan tabriklaymiz!

Sizga va oilangizga sihat-salomatlik, oilaviy hotirjamlik, ishlaringizda muvaffaqiyatlar, xalqimiz va davlatimiz farovonligi yo'lidagi barcha ishlaringizda ulkan zafarlar va yutuqlar tilaymiz!

Hurmat bilan, Digital Generation Uzbekistan jamoasi!
==========
🇺🇿🎉Дорогие соотечественники, мы от всей души поздравляем вас с 29 летием Независимости нашей Республики!

Мы искренне желаем вам и вашим семьям крепкого здоровья, семейного благополучия, больших успехов в вашей деятельности, удач и свершений во всех начинаниях на благо нашего народа и государства!🇺🇿🕊

С уважением, команда Digital Generation Uzbekistan!
_
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
📱🏆“Express Hackathon” g’olibini tabriklaymiz!

29-avgust kuni mobil dasturlash bo’yicha bo’lib o’tgan “Express Hackathon” g’olibi Abdulaziz Abduqodirovni tabriklaymiz. Ishtirokchimiz bir kun davomida KKal Calculator mobil dasturini yaratdi va barcha qolgan vazifalarni a’lo bajarib eng yuqori ball topladi. Abdulaziz loyihamiz tomonidan maxsus sovrin bilan taqdirlandi.
_________________
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Online Digital Camp - "Raqamli avlod-2020" natijalar!

👥Loyihada jami 3794 saralab olingan qatnashchilar ishtirok etdi. Ulardan eng ko'pi Toshkent shahridan (1458).

👨‍💻👩‍💻Ishtirokchilarga 5 kun davomida 6 xil yo'nalish bo'yicha onlayn tarzda bilimlar berildi.

📄Barcha qatnashchilar maxsus bot orqali o'zlarining maxsus shtrix kodga ega sertifikatlarini qabul qilib oldilar!

Aziz ishtirokchilar, endi siz katta oilaning bir bo'lagisiz! IT olamiga tashlagan ilk qadamingiz muvaffaqqiyatli bo'lsin! Bizni kuzatishda davom eting, oldinda sizni bundan-da katta loyihalar kutmoqda!
_____________
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👨‍💼🇺🇿Digital Generation Uzbekistan eksperti endi Facebookda!

Digital Generation Uzbekistan eksperti, Toshkent shahridagi Inha universiteti bitiruvchisi -Nuruddin Iminoxunov Facebook (Pro Unlimited @ Facebook kompaniyasi orqali) kompaniyasida mahsulot rivojlanishiga ma'sul mutaxassis (Product Growth Specialist) lavozimiga tayinlandi. Endi Nuruddin O’rta Osiyoda Facebook, Whatsapp, Instagram dasturlarida yangi imkoniyatlar yaratilishiga o'z hissasini qo'shib boradi.

🎉Ekspertimizni butun jamoamiz nomidan tabriklaymiz va kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz!

🖥Shu munosabat bilan ertaga, 16 sentabr kuni, soat 18:00 Nuruddin Iminoxunov bilan jonli efirda bo'lib o'tadigan suhbatga barchangizni chorlab qolamiz.

Jonli efir: https://youtu.be/LPlbxUOANsE
__________
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🎉🥳Tug'ilgan kuningiz muborak, Azamat Djalalov!

Hurmatli Azamat Djalalov, sizni tavvallud ayyomingiz bilan jamoamiz nomidan chin qalbimizdan tabriklaymiz. Sizga sog‘lik-salomatlik, baxt, omad va cheksiz yutuqlar tilaymiz. Siz qo‘l urgan barcha xayrli ishlar muvaffaqqiyat cho‘qqilarini zabt etsin va yaxshi kayfiyat hech qachon Sizni tark etmasin! Tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin! 🎉🤩

Hurmat bilan Digital Generation Uzbekistan jamoasi!
__________
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Zamin Foundation
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tasavvur qiling, bolajon tovushlarga eʼtibor bermayapti, ismini aytsangiz – eshitmayapti, musiqaga raqs tushmayapti, qushlarning chug‘uri, suvlarning shildirashini his qilmayapti. Tug‘ma yoki orttirilgan nuqson tufayli bolajon tinglash va so‘zlash baxtidan benasib. Bu iztirob uning murg‘ak dunyosi va ota-onasi uchun naqadar og‘ir ekanini his qilish qiyin emas.

Aslida bola ulg‘ayguniga qadar zamonaviy tibbiyotning yutuqlari tufayli unga bu baxtni qaytarish mumkin.

“Zamin” fondi eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning taʼlimini rivojlantirish dasturi doirasida koxlear implantatsiya operatsiyasini o‘tkazishga qaratilgan xayriya.online kraundfanding platformasini ishga tushirdi.

Batafsil: https://xayriya.online/uz/

https://xayriya.online/crowdfunding/

@zaminfoundation
🌐Digital Generation Uzbekistan mentorini qo'llab-quvvatlashga chorlaymiz!

Raqamli Avlod loyihasining mentori Muhammadkarim To`xtaboyev o'z jamoasi bilan birgalikda Sahiya nomli mobil va desktop daturlarini ishlab chiqishdi. Loyihadan asosiy maqsad - nogironlar, shuningdek, sog'lom odamlar hayotining turli sohalarida yordam berish. Endi ushbu loyihani keng ommaga targ'ib qilib, uni moliyalashtirish maqsadida mGovAward tanlovida qatnashib kelishmoqda! Biz sizdan @mGovAward_bot orqali Sahiya loyihasiga o'z hissangizni qo'shib, qo'llab quvvatlashingizni so'raymiz.

Loyiha haqida batafsil ma'lumot: https://telegra.ph/ENG-YAXSHI-DAVLAT-MOBIL-ILOVASI-TANLOVISAHIYA-LOYIHASI-09-28
Ovoz berish: @mGovAward_bot
_________
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🇺🇿👩‍💼Digital Generation Uzbekistan asoschisi - Hilola Umarova Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlandi.

Jamoamiz nomidan Sizga yangi lavozimda ko'plab g'alabalar, yangi yutuqlar va keng imkoniyatlar tilab qolamiz. 👏
========
🇺🇿👩‍💼Основатель Digital Generation Uzbekistan - Хилола Умарова назначена главой Агентства по развитию президентских, творческих и специализированных школ при Кабинете Министров.

От имени команды желаем вам приумноженных в разы побед и достижений на новом посту, желаем ещё большего потенциала, широких возможностей и постоянных перспектив. 👏
_________
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🇺🇿21-oktabr - O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!

O'zbek tili–asrlar davomida shakllangan, boy va go'zal til. Har bir fikrimiz ravon ifoda etiladigan hamda bu yil jahon minbarlarida yangragan beqiyos o'zbek tilimizga davlat tili maqomi berilganligining 31 yilligi siz-u bizga qutlug' bo'lsin!
_____
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🎉🤩Xushxabar!

Digital Generation Uzbekistan nodavlat notijorat tashkiloti "Raqamli avlod-2020" loyihasi uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo'llab-quvvatlash jamoat fondining grantiga sazovor bo'ldi.

Xalqimizning ulug‘vor qudrati, yoshlarimizning jo‘shqin g'ayrati bilan hozirgi zamonda O‘zbekistonda yangi bir uyg‘onish – Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda. Yurtboshimiz ta'kidlaganidek: "Bugungi O‘zbekiston – kechagi O‘zbekiston emas." Yangi O'zbekistonni barpo etishda zamonaviy sohalarni qo'llab-quvvatlash esa ayni vaqtda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bunday e'tirofdan so'ng, bizning yelkamizdagi mas'uliyat hissi ham yana bir necha marta oshdi. Endi katta g'ayrat bilan yangidan-yangi loyihalar tomon ildam qadam bosamiz!
____
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#DGNews: Oktabr oyi

Oktabr oyida ro'y bergan Digital Generation Uzbekistan faoliyatiga doir yangiliklarni siz bilan baham ko'ramiz.

Batafsil: https://telegra.ph/DGNews-Oktabr-oyi-11-02
___________
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Toshkent | Kun.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Тошкентдаги IT мактабида эшитиш қобилияти заиф болалар синфи очилди

Тошкентдаги Муҳаммад ал-Хоразмий номидаги ихтисослаштирилган мактабда "Zamin Education" синфи очилди.

"Zamin Education" эшитиш қобилияти заиф болалар учун ахборот технологиялари ўқув-ресурс маркази ҳисобланади.

Лойиҳа @itschooluz билан ҳамкорликда "Замин" фондининг "Эшитиш қобилияти заиф болалар учун таълимни ривожлантириш" дастури доирасида амалга оширилди.

👉 Пойтахт хабарлари
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
18-noyabr Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilingan kun.

29 yildan beri bayrogʻimiz yurtimiz va dunyoning nufuzli minbarlarida ozodlik, hurlik ifodasi sifatida hilpirab turibdi. Bugun bu bayroq nafaqat O‘zbekiston Respublikasi davlat ramzi, balki shu yurtda tug‘ilib, shu zaminning mehridan qonib yashayotgan barcha el-elatlarning tinchlik va ahillik timsoliga, qalblarni qalblarga yaqinlashtiradigan, dillarni dillarga ulaydigan vositaga aylangan.
____________
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Hilola Umarova Davlat idoralaridagi Top-40 istiqbolli rahbarlar ro'yxatiga kirdi.

''Yuksalish'' umumillliy harakati Ijtimoiy va iqtisodiy tashabbuslar instituti bilan hamkorlikda reytingni shakllantirishda rahbarlarning ma'lumoti, bilimi, jamoatchilik orasida tanilganlik, ularning islohotlar jarayonida ishtirok etish va ta'sir darajasi inobatga olganligi ta'kidlandi.

''Digital Generation Uzbekistan'' NNT ta'sischisi Hilola Umarovani DGUz nomidan tabriklaymiz!
_________
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Har bir davlat o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lini tanlar ekan, xalq farovonligini ta’minlashga xizmat qiladigan eng muhim maqsad va vazifalarini o‘zining Konstitutsiyasida mustahkamlab oladi.

Binobarin, o‘z xalqining xohish-irodasi, dili va tilidagi ezgu niyatlariga hamohang Konstitutsiyaga ega bo‘lgan mamlakat o‘zi belgilagan yuksak marralardan hech qachon og‘ishmasdan, doimo oldinga qarab boradi.

Digital Generation oilasi barcha yurtdoshlarimizni Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 28 yilligi bilan muborakbod etadi!
_____
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube