Digital Generation Uzbekistan
8.7K subscribers
2.67K photos
304 videos
1 file
899 links
O’zbekistondagi eng katta IT hamjamiyati!🇺🇿

Keling safimizga qo’shiling, bilimingizni oshiring, dasturlashni o’rganing, dunyoni o’zgartiring!


Facebook.com/digitalgeneration.uz
Instagram.com/DGUzbekistan
Telegram.me/digitalgeneration_uz
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹👨‍💻Bugunning ilm-fani ertaning texnologiyasi

Hech kimga sir emaski, yaxshi ta'lim hayotni o'zgartirishga qodir. Yangi texnologiyalar esa bu o'zgarishga bo'lgan talabdir. Sizning e'tiboringizga ilm-fanni o'rganish qanchalik hozirgi va kelajak hayotimizga ta'sir etishi haqidagi videoni taqdim etamiz.
====================
📹👨‍💻Сегодняшняя наука - это технология завтрашнего дня.

Не секрет, что хорошее образование может изменить нашу жизнь! И новые технологии являются требованием для этого изменения. Предлагаем вашему вниманию видео о том, как изучение науки влияет на наше настоящее и будущее.

🎬 Anvarbek Suvonkulov
___________
Digital Generation Uzbekistan 🤳🏼
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Videodarslar
Seedstars возвращается в Ташкент с Seedstars World Competition 2020/21 в онлайн формате!

Digital Generation Uzbekistan
рады поддержать данную инициативу и приглашают стартапы воспользоваться такой возможностью! Подавайте заявки сейчас, чтобы оказаться в числе 10 стартапов, которые получат доступ к 50 тысячам долларов инвестиции в growth program, а также смогут побороться за 500 тысяч долларов инвестиций и звание глобального победителя Seedstars World!

Каждый год Seedstars отбирает наиболее перспективные стартапы на развивающихся рынках, чтобы ускорить их развитие с помощью образовательных программ и инвестиций. Не упустите шанс представить Узбекистана в глобальном финале!

Подробнее: https://www.seedstarsworld.com/event/seedstars-tashkent-2020/?referrer_contact_id=4631480

#SSW2020
___________
Digital Generation Uzbekistan 🤳🏼
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Videodarslar
👨‍💻🏆Honor Cup 2020 от HUAWEI!

Huawei Honor Cup – это ежегодное евразийские соревнование в сфере инфотелекоммуникационных технологий, организованные нашим партнером компанией Huawei. Событие международного масштаба и уникальный шанс для молодых специалистов проявить себя!

Подробнее: https://telegra.ph/Honor-Cup-2020-ot-HUAWEI-07-29
__________
Digital Generation Uzbekistan 🤳🏼
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Videodarslar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌙🇺🇿 Aziz do‘stlar! Digital Generation Uzbekistan jamoasi sizlarni Qurbon Hayit bayrami bilan qutlaydi!

Dasturxoningizga to‘kin-sochinlik, qalbingizga quvonch, uyingizga baxt va osoyishtalik, ko‘nglingizga iliqlik tilaymiz. Yaqinlaringizga sog‘lik-salomatlik va doimo omad yor bo‘lsin! Bayramingiz muborak bo'lsin!
========⠀
🌙🇺🇿 Дорогие друзья! Команда Digital Generation Uzbekistan поздравляет вас с праздником Курбан Хайит!

Пусть на столах у вас всегда будет изобилие, а в душе радость. Желаем счастья и мира вашим домам и тепла в ваших сердцах. Пусть будут здоровы ваши близкие, пусть счастливыми растут ваши дети, пусть удача сопутствует вам всегда и во всём! С праздником вас!
__________
Digital Generation Uzbekistan 🤳🏼
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Videodarslar
Digital Generation Uzbekistan (Raqamli Avlod) jamoasi nomidan ushbu tashkilot ta'sischisi - 👩‍💼 Hilola Umarovani tavallud ayyomlari bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! 💐🎉Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik va ikki dunyo saodatini ko'rishingizni tilab qolamiz! 🙏

Digital Generation Uzbekistan jamoasi!
==============
От имени команды Digital Generation Uzbekistan хотим поздравить основателя нашей организации - неповторимую и самую любимую Хилолу Умарову с днем рождения! 💐🎉 Желаем Вам долгих лет жизни, здоровья и счастья! 🙏

Команда Digital Generation Uzbekistan!
__________
Digital Generation Uzbekistan 🤳🏼
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Videodarslar
📄"Digital Generation Uzbekistan" Nodavlat Notijorat Muassasa.

🙋‍♂️🙋‍♀️Biz haqimizda:
"Digital Generation Uzbekistan" (Raqamli Avlod) Nodavlat Notijorat Muassasa 2020-yil 21-may kuni O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatdan o'tgan (940-son).

☑️Maqsadlarimiz
-yoshlarni bilim va ilmga chorlash;
-yoshlarni mamalakatda amalga oshirilayotgan AKT islohotlarini chuqurlashtirishda faol ishtirok etishga jalb qilish
-axborot texnologiyalari sohasida ayollarning o‘rnini ko‘paytirishga ko‘maklashish;

📝Vazifalarimiz:
- Iqtidorli o‘g‘il-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy va intellektual qobiliyatlarini ro'yobga chiqarishlari uchun sharoit yaratish;
- O‘zbekistonning axborot texnologiyalari bo‘yicha dunyoning rivojlangan davlatlaridan biriga aylanish jarayoniga hissa qo‘shish;

🔜Yaqin kunlarda sizlarni jamoamiz tomonidan ko'plab loyihalar kutmoqda, bizni kuzatishda davom eting!
__________
Digital Generation Uzbekistan 🤳🏼
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Videodarslar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💻👩‍💻Onlayn Digital Camp "Raqamli Avlod-2020"!

“Digital Generation Uzbekistan” nodavlat notijorat muassasa va Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi bilan birgalikda O'zbekiston Respublikasi AKT rivojlantirish vazirligi ko'magida butun O‘zbekiston yoshlarini Online Digital Camp – “Raqamli avlod – 2020” onlayn oromgohiga taklif etamiz.

5 kun davom etuvchi mazkur motivatsiyaga boy tadbirda ishtirokchilarni AKTning eng dolzarb yo'nalishlari bo'yicha onlayn darslar hamda, xalqaro va mahalliy ekspertlar bilan uchrashuvlar kutmoqda!

Yo'nalishlar
Veb-dasturlash, Mobil-dasturlash, Desktop-ilova dasturlash, Media va Raqamli marketing, Dizayn, Robototexnika hamda Frilans.

🗓Qachon?
24-28-avgust

📝Ro'yxatdan o'tish
camp.digitalgeneration.uz

Ro'yxatdan o'tish muddati
23-avgust, 21:00

Imkoniyatni qo'ldan boy bermang, bizni kuzatishda davom eting!
______
Digital Generation Uzbekistan 🤳🏼
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Videodarslar
👨‍🏫👩‍🏫 Online Digital Camp loyiha ishtirokchilari nimalar o'rganishadi?

👨‍💻Veb-dasturlash
– HTML/CSS/JavaScript va Bootstrap kutubxonasi orqali landing sahifa yaratish va hostingga o'rnatish;

📱Mobil dasturlash – Android Studio dasturida Kotlin va Java orqali mobil ilova yaratish;

🖥Desktop-dasturlash – Microsoft Visual Studio orqali C# dasturiy tilida ilova yaratish;

📹Media va Raqamli marketing – Adobe Premiere Pro dasturi orqali videomontaj hamda, mobil reportyorlik va jurnalistika asoslari;

🎨Dizayn - Figma onlayn servisi orqali UI/UX prototiplar yaratish, Adobe Illustrator va Adobe Photoshop dasturlarida ish yurutish;

🤖Robototexnika – Onlayn simulyator orqali sxematexnika va robototexnika bilimlari Arduino asosida o‘rgatiladi;

👔Frilans – Barcha yo'nalish ishtirokchilari frilans birjalar sirlari va undan to‘g‘ri foydalanishni hamda, orzudagi mablag‘ topish yo‘llarini o‘rganib olishadi.

Ro'yxatdan o'tish
____
Digital Generation Uzbekistan 🤳🏼
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🗓Online Digital Camp - "Raqamli Avlod-2020" loyiha jadvali!

Loyiha davomida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan yo'nalishlari bo'yicha onlayn ravishda ta'lim olishadi hamda, jahon va mahalliy ekspertlar bilan onlayn uchrashuvlar tashkil qilinadi.

👨‍💻👩‍💻Barchangizni onlayn oromgohimizga chorlab qolamiz!

Ro'yxatdan o'tish!

PS: Ushbu loyiha yurtimizda AKT soxasini rivojiga hissa qo'shish maqsadida mutloq bepul o'tkazilmoqda.
__________
Digital Generation Uzbekistan 🤳🏼
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Videodarslar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💻👩‍💻 Online Digital Camp «Raqamli Avlod –2020»!

Приглашаем молодёжь Узбекистана в онлайн-лагерь Online Digital Camp «Raqamli Avlod –2020» (Цифровое поколение – 2020), организованный негосударственной некоммерческой организацией Digital Generation Uzbekistan совместно со специализированной школой им. Мухаммада аль-Хорезми при поддержке Министерства по развитию информационных технологий и коммуникаций Республики Узбекистан.
В течение пяти дней будут проводиться онлайн-уроки, посвящённые наиболее актуальным направлениям в сфере ИКТ, а также онлайн-встречи с международными и отечественными экспертами!

Направления:
Веб-программирование, мобильное программирование, desktop-программирование, медиа и цифровой маркетинг, графический дизайн, робототехника и фриланс.

🗓 Когда?
24–28 августа

📝Регистрация
camp.digitalgeneration.uz

Срок окончания регистрации
23 августа в 21:00

Участие в проекте является абсолютно бесплатным
__
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#BizningMentorlar
Web Dasturlash |Nuriddin Qamariddinov

Ishtirokchilar 5 kun davomida web dasturlash asoslarini, web sahifalar strukturasining tuzilishi, HTML teglar va atributlarni, CSS va Bootstrap kutubxonalari orqali landing page yasashni va hostinglar bilan ishlashni o’rganadilar.

Mentor: Nuriddin Qamariddinov, katta tajribaga ega web (backend) dasturchi, asosiy texnologiyalari bu PHP, Yii2. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bitiruvchisi va "Al-Xorazmiy" stipendiyasi sohibi hamda, effort.uz platformasi asoschisi.
__
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#BizningMentorlar
Mobil Dasturlash | Azamat Majidov

Mobil dasturlashda 4 yildan oshiq tajribaga ega mentorimiz Online Digital Camp ishtirokchilariga Android dasturlar yaratish bo'yicha saboq beradi. Ishtirokchilar Android Studio dasturida Kotlin va Java orqali mobil ilova yaratishni, xususan “Reminder” ilova dasturlashni o’rganadilar.

Mentor: DataSite Technology kompaniyasida Android dasturchi bo’lib ishlaydi, Toshkent shahridagi Inha Universitetini tamomlagan, Google Developers Group Tashkent hamjamiyatining tashkilot a’zosi hamda, Tickit.co, Everlast, Shipox kabi turli xil loyihalarda faoliyat yuritgan.
__
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Desktop-dasturlash | Muhammadkarim To’xtaboyev

O’quv jarayonida ishtirokchilar C# dasturlash tili asoslarini o’rganib, Microsoft Visual Studio orqali Windows dastur yaratishga qodir bo’ladilar. Bundan tashqari Windows formaga bo’lgan qulay UI dizayn yaratishni ham o’rganishadi. Onlayn kursning yakunida Youtube downloader desktop-ilovasini yaratishadi.

Mentor: 8 yillik dasturchi tajribasiga ega bo’lib, Mukhammadkarim 10dan ziyod dasturlash tillarida ilovalar yarata oladilar, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 3-kurs talabasi, “ROBOTICS LAB” markazida ilmiy ishlar va innovatsiyalar qo'llab-quvvatlash bo’yicha direktor lavozimida ish yuritib kelgan. “Genius Coders”, “ZLearning Academy”, “Sakhiya” roboti kabi ko’plab loyihalar asoschisi.
__
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Robototexnika | Mirzohid Abduhalilov

Bu yo’nalishimizda onlayn simulyator orqali sxematexnika va robototexnika bilimlari Arduino asosida o‘rgatiladi. Ishtirokchilar C++ va mantiqli algoritm asoslaridan boshlab professional darajagacha robototexnikadan o’z bilimlarini oshirishlari mumkin. Besh kun davomida “Small Car” va “Smart House” kabi ikkita loyiha yaratishga imkonlari bo’ladi.

Mentor: Robototexnika va dasturlash bo’yicha 6 yillik tajribaga ega Mirzohid turli tanlovlar, respublika va xalqaro olimpiadalarda ishtirok etib yutuqli o’rinlar so’vrindori. Andijon mashinasozlik institutini tamomlagan. Uning robototexnika soxasida olib borgan izlanishlari natijalari ilmiy maqolalar va ilmiy hulosalar hamda ilmiy tavsiyalar ko’rinishida chop ettirilgan.
__
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#BizningMentorlar
2D Dizayn | Elbek Nurmuhamedov

Tajribali mentorimiz tomonidan ishtirokchilar Figma, Adobe Illustrator va Photoshop kabi dasturlarda ish yuritish va dizayn bo’yicha saboq beriladi. Ranglar bilan ishlash, tipografika, vektor va rastr grafikalarni farqlashni, dizayn-fikrlash tamoyillari, UI/UX prototiplar va tizim dizaynini yaratish, hamda dizayn soxasidagi so’nggi tendentsiyalar haqida darslar bo’lib o’tadi.

Mentor: 5 yildan oshiq tajribaga ega Elbek, Toshkent shahridagi Inha Universiteti 4-kurs talabasi, Open Data Challenge 2018 birinchi o’rin sovrindori. Ko’plab mahalliy loyihalarni dizaynini yaratgan, “Digital Generation Uzbekistan” NNTning bosh grafik dizayneri.
__
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media & Raqamli Marketing | Otabek Abbosov

Bu yo’nalishda ishtirokchilar Adobe Premiere Pro dasturi orqali videomontaj hamda, mobil reportyorlik va jurnalistika asoslarini o’rganishadi. Xalqaro tajribaga ega mentorimiz professional montajerlik va operatorlikdan dars o’tkazadilar. Bundan tashqari rejissyorlik, jurnalistika va SMM(Instagram, YouTube, Telegram) bo’yicha master klasslarda o’z bilim va ko’nikmalarini oshirish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Mentor: 8 yillik operatorlik va videomontaj sohasida tajriba ega Otabek, “Khuda Hafiz” nomli filmning dron operator assistenti bo’lgan. "Yoshlar Media Markazi" NNTning bosh operator lavozimida ish yuritib kelgan. Hozirgi kunda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalariga chuqurlashtirib o’qitishga iqtisoslashtirilgan maktab bosh operatori bo’lib faoliyat yuritadi.
__
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Eslatma
Online Digital Camp - "Raqamli Avlod-2020" loyihasiga qabul qilingan ishtirokchilarga 3700 raqami orqali sms-xabarlar yuborilmoqda, telefoningizni tekshirib turishingizni so'rab qolamiz.
Sizga tanlagan yo'nalishingiz bo'yicha tashkil etilgan guruhga qo'shilish uchun havola hamda, darslarda ishtirok etish uchun maxsus ID raqam taqdim etiladi.
__
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Online Digital Camp - "Raqamli Avlod-2020" ishtirokchilari diqqatiga!

Ro'yxatdan o'tgan ishtirokchilarga maxsus tizim, login, parol va telegram guruh manzili yuborilmoqda.

Tizimga kirishda texnik muammoga uchrasangiz @master_robotics yoki +998979983936 telefon raqamiga murojaat etishiningiz mumkin.
_
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#BizningMentorlar
Media va Raqamli marketing | Doniyor Abdug'aniyev, Anvarbek Suvonkulov, Sarvar Bahodirov, Ulug'bek Ismatov

Doniyor Abdug'aniyev-montaj ishlari bo'yicha ko'p yillik tajribaga ega professional mutaxassis.
"Chegarasiz" va "Xulosa" loyihalari hamda Yoshlar Media Markazi NNT bosh montajchisi.

Anvarbek Suvonkulov- rejissor, "Chegarasiz" va "Xulosa" loyihasi, Yoshlar Media Markazi NNT va "BeCreative Media" bosh rejissori.

Sarvar Bahodirov-"Mening Yurtim" (MY5) telekanali jurnalisti va "Markaziy Studiya" media loyihasi rahbari.

Ulug'bek Ismatov - SMM va PR soxasida faoliyat yuritayotgan mutaxassis. Hozirda "Yoshlar Media Markazi" NNT va "BeCreative Media" rahbari.
_
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🤔Online Digital Camp o'zi nima?

Loyihamiz sizga qanday bilimlar bera oladi?

Mentorlarimiz siz uchun qanday darslar tayyorlab qo'yishgan?

Va, albatta, sizni qanday unutilmas uchrashuvlar kutib turibdi?

Bugun soat 17:00da ayni shu va boshqa ko'plab savollaringizga YouTube kanalimizda javob olishingiz mumkin. Shuningdek, sizni tanlagan yo'nalishingizga doir ajoyib taqdimotlar kutib turibdi!

Jonli efirga quyidagi havola orqali ulanishingiz mumkin 👇
https://youtu.be/vKyFq0GUkZU
_____
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🇺🇿🌐O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sadikov Shuxrat Muхamadjanovichning loyiha ishtirokchilariga murojaati.

Batafsil: https://camp.digitalgeneration.uz/vazir.html
_____
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube