Digital Generation Uzbekistan
8.65K subscribers
2.67K photos
305 videos
1 file
900 links
O’zbekistondagi eng katta IT hamjamiyati!🇺🇿

Keling safimizga qo’shiling, bilimingizni oshiring, dasturlashni o’rganing, dunyoni o’zgartiring!


Facebook.com/digitalgeneration.uz
Instagram.com/DGUzbekistan
Telegram.me/digitalgeneration_uz
Download Telegram
Robototexnikani bepul oʻrganishni xohlaysizmi?

Digital Generation
loyihasi sizlarga ajoyib imkoniyatni taklif qiladi. Endilikda barchangizda robototexnikani mutlaqo bepulga oʻrganishingiz va qiziqarli mashgʻulotlarga qatnashish imkoniyati mavjud! Robototexnika - bu injenerlik va dasturchilik kasblarining asosidir, imkoniyatni qoʻldan boy bermang! Joylar soni cheklangan, faqatgina 100 nafar qatnaschi qabul qilinadi.

Ushbu kursda yoshlar:
- C dasturlash tilini
- Elektronika asoslarini
- Sodda va murakkab sxemalar yasashni
- 3D dizayn va 3D modellashtirishni
- 3D printerdan 3D modellarni chiqarishni
- Arduino dasturlashni
- Tranzistor va mikrochiplar bilan ishlashni
- Qoʻshimcha modul va sensorlar bilan ishlashni (RGB, WiFi, PIR, LCD display, RFID)
- Mustaqil ravishda turli xildagi Arduino loyihalar yasashni oʻrganadilar!

Kursda qatnashish uchun:

1. Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna boʻling ( Facebook, Telegram, Instagram: @dguzbekistan )
2. Postga like bosing va ostida 3 nafar shu sohaga qiziqadigan doʻstingizni belgilang ( instagram yoki facebook)
3. Va oxirida ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻting: https://forms.gle/YJe3tLTa8vpPxLz16

P.S. Bu shartlar ko'proq do'stlarimizni loyihamizga jalb qilish maqsadida qilinmoqda!

Roʻyxatdan oʻtishning oxirgi muddati 5-dekabr!

Telegram | Facebook | Instagram
Хотите изучать робототехнику бесплатно?

Проект Digital Generation предлагает вам прекрасную возможность. Теперь у всех есть возможность абсолютно бесплатно изучить робототехнику и посетить несколько интересных сессий! А отберём для этого самых находчивых! Робототехника - основа профессии инженера и программиста, так что не упустите свой шанс!
Количество мест ограничено, всего мест на 100 человек.

Молодые ребята в данном курсе могут узнать:
- язык программирования "C"
- Основы электроники
- Разработка простых и сложных схем
- 3D дизайн и 3D моделирование
- Печать 3D-моделей с 3D-принтера
- программирование Arduino
- работа с транзисторами и микрочипами
- Дополнительные модули и датчики (RGB, WiFi, PIR, LCD-дисплей, RFID)
- Узнают, как сделать различные проекты Arduino самостоятельно!

Чтобы посетить этот курс:

1. Подпишитесь на наши страницы в социальных сетях (Facebook, Telegram, Instagram: @dguzbekistan)
2. Нажмите Like Post и выберите 3 друзей, которые заинтересованы в этом. ( instagram или facebook )
3. Наконец, зарегистрируйтесь по этой ссылке: https://forms.gle/YJe3tLTa8vpPxLz16

P.S. Эти условия призваны привлечь больше друзей в наш проект!

Последний срок регистрации - 5 декабря!

Telegram | Facebook | Instagram
Siz tayyormisiz?

Tez kunda bepul va professional darajadagi robototexnika kurslarining 1-qismi start oladi
! Digital Generation loyihasining Rabototexnika bo’yicha boshlangan bepul kursiga hozirga qadar 200 dan ortiq yigit qizlar ro’yxatdan o’tdi va ro’yxatdan o’tish jarayoni o’z nixoyasiga yetdi. Joylar soni cheklangani sababli biz faqatgina 100 nafar o’quvchilarni qabul qilamiz. Shartlarimizni to’liq bajargan va o’z iqtidoriga ishonuvchan bo'lajak robototexniklarni chaqirishni boshlaymiz!

Вы готовы?

Уже скоро начнется Первая часть бесплатных и профессиональных курсов по робототехнике!
Более 200 молодых ребят уже зарегистрировались на бесплатный курс Digital Generation по робототехнике, и процесс регистрации официально завершен. Из-за ограниченного количества мест мы можем принять только 100 учеников. Призываем будущих робототехников, выполнившие все условия полностью и верующие в свои силы таланта!

Бизнинг ижтимоий тармоқлардаги саҳималаримизга қўшилинг!
Telegram | Facebook | Instagram
Konstitutsiyamiz boy madaniy merosimiz hamda xalqimizning ko'p asrlik tarixiga asoslangan muhim hujjatdir. Uning jamiyatda tutgan o'rni mamlakatimiz rivoji, xalq ma'naviy boyliklarini ko'paytirish yo'lida ko'p qirrali va yorug' yo'llarni ochib berdi. Barcha yurtdoshlarimizni va Digital Generation oilasini xalqimizning buyuk bayrami - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27 yilligi bilan chin yurakdan muborakbod etamiz!



Конституция - важный документ, основанный на богатом культурном наследии и многовековой истории нашего народа. Её роль в обществе открыла многогранные пути для развития нашей страны. Искренне поздравляем всех наших соотечественников и команду Digital Generation со знаменательной датой - 27-й годовщиной Конституции Республики Узбекистан! Желаем вам стабильности, успехов в добрых начинаниях, мира и благополучия.


Telegram | Facebook | Instagram
O’zbekistonda ilk bor o’tkazilayotgan “mGovAward” “ENG YAXSHI DAVLAT MOBIL ILOVASI TANLOVI”

“mGovAward”
– davlat xizmatlari uchun eng yaxshi mobil ilovalarni ishlab chiqish bo’yicha respublika tanlovidir. Ta’kidlash joizki, u O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT – Park hamda Birlashgan Arab Amirliklari delegatsiyasi ko’magida tashkil etilmoqda. Ushbu tanlovni o’tkazishdan asosiy maqsad - Davlat xizmatlarini samarali, shaffof va uzluksiz ravishda qulay mobil ilova yordamida ko’rsatish orqali fuqarolarining hayotini yaxshilashga qaratilgan.

Tanlovda qatnashish shartlari:
🔸 Tanlovda nafaqat O’zbekiston Respublikasi davlat, balki xususiy universitetlarining talabalari ham qatnashishlari mumkin.
🔸 Talabalar yakka tartibda qatnasha olishmaydi.
🔸 Talabalar birdaniga bir necha ilovalar bilan qatnashishlari mumkin.
🔸 Mobil ilovalar universitet talabalari tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqilishi shart.
🔸 Barcha yuborilgan hujjatlar mobil ilovaning asosiy xususiyatlari va afzalliklari namoyish etilgan video lavhani o’z ichiga olishi kerak.
🔸 Universitetlar ular nomidan qatnashgan har bir jamoaga ro’yxatdan o’tish xatini berishlari lozim. Xat (ma’lumotnoma) barcha zarur ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, universitet rahbari yoki mutasaddi xodimi tomonidan imzolangan, universitet muhri bilan tasdiqlangan holda taqdim etilishi zarur.
🔸 Universitet O’zbekistonda akkreditatsiyadan o’tgan va tan olingan bo’lishi kerak.
🔸 Har bir talabalar jamoasi kamida 3 nafar a’zolardan tarkib topgan bo’lib, ulardan bir nafari g’oliblikka tavsiya etiladi.
🔸 Jamoada o’qituvchilar qatnashishi man etiladi.
🔸 Universitet nomidan qatnashadigan jamoalar soni cheklanmagan.
🔸 Har bir jamoa bir va undan ortiq ilova bilan qatnashishi mumkin.
🔸 Jamoalar fakultet yoki soha mutaxassislaridan o’zlariga murabbiy tanlash imkoniyatiga ega bo’lishadi.
🔸 Ro’yxatdan o’tish jarayonida barcha jamoa a’zolari “mGov Award 2019” tanlovi “Katta finali”da foydalanadigan barcha vosita-dasturlarning litsenziya va foydalanish shartlariga rioya qilishlarini imzo bilan tasdiqlab berishadi.

Tanlovda ishtirok etib, g’alaba qozongan talabalar uchun bir qator qimmatbaho sovg’alar berilishi ko’zda tutilgan.

👉 Tanlovda ishtirok etish uchun ushbu ilova orqali ro’yxatdan o’tishingiz mumkin. https://bit.ly/mgovaward_tg

Telegram | Facebook | Instagram
🔸 Joriy yilning 13-dekabr sanasida IT-parkdan tashrif buyurgan mutaxassislar tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o’quvchilariga IT-parkadagi shart-sharoitlar, imkoniyatlar, O’zbekistonda ilk bor o’tkazilayotgan “mGovAward” “ENG YAXSHI DAVLAT MOBIL ILOVASI TANLOVI”ning taqdimotini o’tkazishdi. Ushbu taqdimotda ta’lim, turizm, hamda tibbiyot sohasida mavjud ba’zi bir muammolar yoritildi.

🔹Eslatib o’tamiz, ushbu tanlov O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT Park shuningdek Birlashgan Arab Amirliklari delegatsiyasi ko’magida tashkil etilmoqda.



🔸13 декабря этого года, специалисты ИТ-парка прибывшие в специализированную школу имени Мухаммеда аль-Хорезми, презентовали условия и возможности ИТ-парка, первую в истории страны конкурс "mGovAward" на «ЛУЧШЕЕ ГОСУДАРСТВЕННОЕ МОБИЛЬНОЕ ПРИЛОЖЕНИЕ». В этой презентации были освещены некоторые проблемы в сфере образования, туризма и медицины.

🔹Конкурс организован при поддержке Министерства развития информационных технологий и коммуникаций Республики Узбекистан, IT-парка и делегации ОАЭ.

Telegram | Facebook | Instagram
🔸18 dekabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “ITWomenUz” loyihasida ishtirok etuvchi ayol dasturchilarni tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

🔹Eslatib o'tamiz, "ITWomenUz" loyihasining maqsadi ayollarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga jalb qilish, ularga mobil dasturlar, veb-saytlar, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, kompyuter grafikasi va dizaynida o'qitish, shuningdek dasturchi sifatida shaxsiy rivojlanishga ko’maklashish.
Ushbu loyiha uch bosqichda o'tdi.

🔹Ta'kidlash joizki, birinchi bosqichda, 2019 yil 19-24 avgust kunlari Toshkent shahridagi Inha universitetida hafta davomida o'tkazilgan o'quv mashg'ulotlari bo'lib o'tdi. Ayollarning mobil ilovalarni tayyorlash, veb-saytlar yaratish, dasturiy mahsulotlar, kompyuter grafikasi va dizaynini yaratish bo'yicha malakalari oshirildi. Nazariy bilimlarga ega bo'lgandan so'ng, loyiha ishtirokchilari universitetlar, tashkilotlar va korxonalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida amaliyot o'tashni yakunladilar.

🔹19 sentyabrda "ITWomenUz" loyihasining ikkinchi bosqichi boshlandi, unda guruh vazifalarini bajarish uchun bir nechta qizlardan iborat guruhlar tashkil etildi. "ITWomenUz" loyihasi ishtirokchilari o'zlari yaratgan veb-saytlar, dasturiy mahsulotlar va mobil ilovalar, elektron plakatlarni namoyish etdilar. Eng muvaffaqiyatli loyihalar "ITWomenUz" tanlovining yakuniy bosqichiga tavsiya etildi.

🔹Marosimda O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi raisi Elmira Bositxonova ishtirok etdi. IT-mutaxassislar uchun katta yordam va shart-sharoitlarni yaratish zarurligini ta'kidlab o'tdilar. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, mamlakatda 28,323 IT-mutaxassislar bor, ulardan 8383 nafari ayollardir.

🔹Uchinchi bosqichda ishtirokchilar "Eng yaxshi mobil ilova", "Eng yaxshi veb-sayt", "Eng yaxshi dasturiy mahsulot", "AKT sohasidagi eng yaxshi innovatsion loyiha", "Eng yaxshi elektron plakat" nominatsiyalarida ishtirok etishdi. Musobaqa g'oliblariga diplom va qimmatbaho sovg'alar topshirildi.



🔸18 декабря в Университете Инха в Ташкенте состоялась торжественная церемония награждения женщин-программисток, участниц проекта "ITWomenUz".

🔹Напомним, целью проекта “ITWomenUz” является привлечение женщин в сферу современных информационно-коммуникационных технологий, оказание им помощи в виде образовательных программ по разработке мобильных приложений, веб-сайтов, программных продуктов, обучения компьютерной графики и дизайну, а также развития личности в качестве программиста.

🔹Данный проект прошел в три этапа. Отметим, на первом этапе, 19-24 августа 2019г, в Университете Инха в Ташкенте были организованы учебно-практические занятия, которые проводились в течение недели. Была повышена квалификация женщин в подготовке мобильных приложений, создании сайтов, разработке программных продуктов, компьютерной графики и дизайна. После получения теоретических знаний участники проекта прошли практику в ВУЗах, организациях и предприятиях, работающих в сфере информационно-коммуникационных технологий.

🔹Второй этап проекта "ITWomenUz" стартовал 19 сентября, где были сформированы группы, состоящие из нескольких девушек, для выполнения групповых заданий. Участники проекта “ITWomenUz” продемонстрировали созданные самостоятельно сайты, программные продукты и мобильные приложения, электронные плакаты. Наиболее успешные были рекомендованы на заключительный этап конкурса "ITWomenUz".

🔹На церемонии присутствовала председатель Комитета женщин Узбекистана Эльмира Баситханова. Она подчеркнула необходимость большой поддержки и создания условий для ИТ-специалистов. Согласно официальным оценкам, в стране насчитывается 28 323 ИТ-специалистов, из которых 8 383 женщины.

🔹На третьем этапе участницы представили свои работы в номинациях "Лучшее мобильное приложение", "Лучший веб-сайт", "Лучший программный продукт", “Лучший инновационный проект в сфере ИКТ”, "Лучший электронный плакат". Победители конкурса получили дипломы и ценные призы.

Telegram | Facebook | Instagram
Forwarded from Tashkent City Park
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tarixiy janrdagi ilk o‘zbek video-o‘yini: “Bu o‘yinni xalqimiz o‘tmishining bir bo‘lagini jonlantirish maqsadida yaratgandik, lekin...”

👉 To'liq video:
https://xabardor.uz/x/812450

🌐 Xabardor.uz rasmiy kanallari👇

Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashgan maktab
Participate in Code Jam to I/O for Women - win tickets to Google I/O 2020 (Mountain View, CA) ✈️

Code Jam to I/O is Google's coding competition for women, which brings both students and professionals from around the globe together, working to solve tough algorithmic challenges in a 2.5 hour, single-round coding competition.

The top 150 on the scoreboard will receive a ticket and reimbursement to offset travel expenses to Google I/O! 🎉

Register here:
https://codingcompetitions.withgoogle.com/codejamio

Registration deadline:
February 15, 2020

@gdgtashkent
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿👨‍💻👩‍💻Digital Generation Uzbekistan - O'zbekistondagi eng katta AKT hamjamiyat.

Digital Generation Uzbekistan 2019-yil O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi, AKT vazirligi va Toshkentdagi INHA universiteti ko'magida tashkil etilgan. Hozirda ushbu hamkor tashkilotlar soni tobora ortib bormoqda. Biz natija haqida gapiramiz, rivojlanish uchun ishlaymiz. Quyidagi videolavha loyihaning deyarli bir yil davomida amalga oshirgan ishlari va faoliyatimizni qisman yoritib beradi.

Bugungi holat butun insoniyatga yaqin kelajakda ta'lim, tibbiyot, mehnat bozori, umuman, har qanday soha axborot texnologiyalari bilan bog'lanishini ko'rsatib qo'ydi.
Digital Generation Uzbekistanning bir qismiga aylanish vaqti keldi!

Bizning oldindagi yangi loyihalarimizga, raqamli avlodni biz bilan barpo etishga tayyormisiz?
_______________
Digital Generation Uzbekistan
🤳🏼
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Videodarslar
👨‍💻👩‍💻IT sohasini bepul o'rganmoqchimisiz?

Hammasi sizning qo'lingizda!

''Ustoz-shogird'' an'anasi asosida ish olib borayotgan mentorlarimiz sizga har daqiqada bu soha bo'yicha bilim berishga tayyor😎

Shunchaki, o'zingiz uchun vaqt ajrating va bizning video darslarimiz(@digitalgeneration_darslar)ga obuna bo'ling. Qaysi yo'nalish sizni qiziqtiradi: grafik dizayn, robototexnika, dasturlash, media yoki marketing, balki soft skills? Yo'nalishingizni tanlang va yosh mutaxassislarimizdan ta'lim oling.

Digital Generation Uzbekistan
Raqamli avlodni birga shakllantiramiz🇺🇿🤖💻📱🚀
_______________
Digital Generation Uzbekistan 🤳🏼
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Videodarslar
#Viktorina
Savol #1
"?" o'rnida qanday son bo'lishi lozim? 🤔 Javobingizni Facebook sahifamizda - https://www.facebook.com/digitalgeneration.uz izoh ko'rinishida qoldiring. Ham bilimingizni sinaysiz, ham sovg'a yutib olishingiz mumkin! 🎁

❗️Ushbu savolga to'g'ri javob bergan ikkita ishtirokchi ertaga 12:00da randomayzer orqali jonli efirda e'lon qilanadi.
_______________
Digital Generation Uzbekistan 🤳🏼
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Videodarslar
#Viktorina
Kecha e'lon qilgan 1-savolimizning javobi 1110 edi. 18 ishtirokchi ushbu savolga to'g'ri javob berdilar, ushbu 18ta ishtirokchilardan 2ta ishtirokchilar randomayzer orqali facebook sahifamizda jonli efirda aniqlandi.

G'oliblar:
Bobur Fozilov
Shakhrizoda Toshpulatova

Bobur Fozilov va Shakhrizoda Toshpulatova, siz bilan bog'lanamiz.

Bu hali hammasi emas, bizni kuzatishda davom eting!
_______________
Digital Generation Uzbekistan 🤳🏼
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Videodarslar
GDG Tashkent va Digital Generation Uzbekistandan Women Techmakers Tashkent onlayn-tadbiri! 😍

Bu yilgi onlayn-tadbirlar seriyasida dunyoning yetakchi kompaniyalarining xalqaro ma'ruzachilari, Google Developer mutaxassislari va O'zbekistonlik yosh mutaxassislar ishtirok etmoqda. Ushbu onlayn-tadbirda ayol-qizlarimiz o'zlarining AKTdagi o'rni, Google kompaniyasi faoliyati va u yerga qanday ishga kirishlari mumkinligi kabi ma'lumotlarga ega bo'ladilar.

8-10 may kunlari, soat 20:00da biz bilan birga onlayn-tadbirimizga qo'shiling!👇
https://bit.ly/yt-gdgtashkent

PS: Tadbir ingliz tilida bo'lib o'tadi.
___________

Digital Generation Uzbekistan 🤳🏼
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Videodarslar
#Viktorina
Savol #2
Masala javobi nechchi? 🤔 Javobingizni Facebook sahifamizda - https://www.facebook.com/digitalgeneration.uz izoh ko'rinishida qoldiring. Ham bilimingizni sinaysiz, ham sovg'a yutib olishingiz mumkin! 🎁

❗️Ushbu savolga to'g'ri javob bergan ikkita ishtirokchi 10-may kuni 12:00da randomayzer orqali jonli efirda e'lon qilanadi.
_______________
Digital Generation Uzbekistan 🤳🏼
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Videodarslar