Digital Generation Uzbekistan
4.5K subscribers
2.22K photos
225 videos
1 file
716 links
O’zbekistondagi eng katta IT hamjamiyati!🇺🇿

Keling safimizga qo’shiling, bilimingizni oshiring, dasturlashni o’rganing, dunyoni o’zgartiring!


Facebook.com/digitalgeneration.uz
Instagram.com/DGUzbekistan
Telegram.me/digitalgeneration_uz
Download Telegram
Forwarded from Zamin Foundation
Bu yil Bo‘stonliq tumanidagi Chorvoqning xushmanzara sohilida o‘tkazilgan Respublika inklyuziv IT oromgohi yakuniga yetdi. Bu yerda 5 kun davomida respublikaning barcha hududlaridan kelgan 160 nafar qiziquvchan bola veb-saytlar yaratish, ilovalar ishlab chiqish, tibbiyotda 3D modellashtirish, qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun uchuvchisiz uchish apparatlarini loyihalashda aerodinamika tamoyillarini chuqur o‘rganishdi. 3000 nafardan ortiq o‘quvchi esa DotNet, No Coding, Frontend, Python, Flutter, Web Design kabi yo‘nalishlar bo‘yicha onlayn tarzda mashg‘ulotlarga qo‘shilishdi.

Ziroat Mirziyoyeva bolalarning iqtidorini qo‘llab-quvvatlash uchun oromgoh yopilishiga tashrif buyurdi. Marosimda bolalar o‘zlarining dastlabki raqamli loyihalari va ijodiy yutuqlarini namoyish etishdi. "Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi yosh ITchilarga o‘z qobiliyatlarini yanada rivojlantirishni va tanlagan kasblarida muvaffaqiyatli mutaxassis bo‘lishlarini tiladi.

Завершился Республиканский инклюзивный IT-лагерь, который в этом году прошёл в живописном месте на берегу Чарвака в Бостанлыкском районе. Здесь в течении 5 дней 160 увлеченных ребят со всей республики углубляли свои знания по созданию сайтов, написанию приложений, изучали 3D-моделирование в медицине, принципы аэродинамики при разработке моделирования беспилотных летательных аппаратов для их использования в сельском хозяйстве. Более 3000 учащихся присоединялись к ребятам онлайн, обучаясь по таким направлениям, как DotNet, No Coding, Frontend, Python, Flutter, Web Design.

Выразить поддержку и восхищение талантами ребят приехала Зироат Мирзиёева. На закрытии лагеря ребята показали свои первые цифровые проекты и творческие достижения. Председатель Попечительского совета Фонда Zamin пожелала юным айтишникам и дальше развивать свои способности и стать успешными специалистами в выбранной профессии.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
#Mustaqillik_kuni_muborak_bo'lsin
#Happy_Independence_day

🇺🇿🇺🇿🇺🇿
___
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏕📹Raqamli Avlod Respublika inklyuziv IT oromgohi.

#UzEdu #IMA #IHMA #ZaminFoundation #OliyMajlis #RaqamliAvlod
___
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Forwarded from Zamin Foundation
"Zamin Creative" loyihasi doirasida Qarshi, Toshkent, Andijon, Nukus va Marg‘ilondagi inklyuziv ijodiy studiyalarga beshinchi qabul o‘tkazilmoqda. Ishtirokchilarning iltimosiga ko‘ra, ular ijodkorlik va o‘zini ifoda etishga ko‘proq vaqt ajrata olishlari uchun o‘qish muddati bir akademik yiligacha uzaytirildi. Qabul an’anaviy ravishda media, dizayn va teatr san’ati yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladi.

14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar 22-sentyabrgacha mana bu yerda ro‘yxatdan o‘tib, tanlov asosida "Zamin Creative" ishtirokchisi bo‘lishlari mumkin.

В рамках проекта Zamin Creative проводится пятый набор в инклюзивные творческие студии в Карши, Ташкенте, Андижане, Нукусе и Маргилане. По просьбам ребят длительность обучения увеличится до одного академического года, чтобы участники проекта могли больше времени посвящать творчеству и самовыражению. Набор традиционно будет проведён по направлениям: медиа, дизайн и театральное искусство.

Стать участником Zamin Creative на конкурсной основе могут подростки от 14 до 18 лет, зарегистрировавшись до 22 сентября здесь.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Zamin Foundation
"Zamin education" loyihasi doirasida 20 ta ta’lim muassasasiga mexatronika va robototexnika bo‘yicha darslikning ikkinchi nashri yetkazib berildi. Yangi darslik o‘quvchilar uchun fan va texnologiyalar olamiga yo‘l ko‘rsatuvchi qo‘llanma vazifasini o‘taydi. U har bir o‘quvchining individual ravishda rivojlanishi va tanlagan yo‘nalishida takomillashishiga imkon beradigan maxsus o‘qitish uslublari va turli murakkablikdagi vazifalarni o‘z ichiga olgan.

Shuningdek, yangi o‘quv yili boshida eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 19 ta maktabga robotlar va turli dasturlashtiriladigan qurilmalarni yig‘ish uchun 190 ta robototexnika to‘plami topshirildi.

В рамках проекта Zamin education 20 образовательных учреждений получили второе издание учебника по мехатронике и робототехнике. Новый учебник служит для ребят путеводителем в мир науки и технологий. Он содержит специальные методики обучения и задания различной сложности, позволяя каждому ученику индивидуально развиваться и совершенствоваться в выбранном направлении.

Также к началу нового учебного года 19 специализированных школ для детей с нарушениями слуха получили комплекты для сборки роботов и различных программируемых устройств.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
Bugun “Digital Generation Uzbekistan” NNM direktori Azamat Djalalovning tavallud ayyomlari!

Hurmatli, Azamat Djalalov, Sizni butun jamoamiz nomidan samimiy muborakbod etamiz. Sizga mustahkam sog’lik, oilaviy baxt hamda yurtimiz rivojiga hissa qo'shib kelayotgan ulkan ma'suliyatli ish faoliyatingizda katta muvaffaqiyatlarga erishishingizni tilab qolamiz.

Tavallud kuningiz muborak bo'lsin!
___

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
👨‍🏫👩‍🏫Aziz ustoz va murabbiylar! Sizlarni 1-oktabr – kasb bayramingiz bilan chin yurakdan tabriklaymiz!

Sizning ezgu va munosib mehnatingiz kelajagimiz uchun ishonchli poydevordir. Yangi avlodni yetishtirishda berayotgan bilimingiz, sabr-toqatingiz va donoligingiz tufayli Sizlar zamonamizning haqiqiy qahramonlarisiz. Sizga chin qalbdan kuchli matonat, mustahkam sogʻlik va ishingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! Minnatdor o‘quvchi va izdoshlaringiz safi yildan-yilga kengayaversin!

💐Bayramingiz muborak bo'lsin aziz ustoz va murabbiylar!
___

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM