Channel name was changed to «Sultonov kundaligi | Дневник Султонов’а»
Biz xodimni urmaymiz!
Kecha kuni InBazar do‘konlar tarmog‘ida yuz bergan voqea ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvga sabab bo‘ldi: qo‘riqchi kichik xatosi uchun yosh xodimni shafqatsizlarcha kaltakladi, undan keyin rahbariyat jamoatchilikning noroziligiga javoban jabrlanuvchiga Spark avtomashinasini "sovg‘a" qilib uning lavozimini ko‘tarishni taklif qildi va uni kaltaklagan qo‘riqchini qo‘riqchi yoshidagi sportchi bilan “haqqoniy” kaltaklattirmoqchi bo‘ldi. Sal keyinroq esa Inbazar asoschisi xodimlarni mayda xatolari uchun kaltaklashga sportchilarni yollagani, kompaniyada qo‘rquv muhitini yaratgani aks etgan videolar birin-ketin paydo bo‘la boshladi. Bu yangi faktlar qora PR emasligiga shubhalarni kuchaytirdi va aholi tomonidan yanada ko‘proq g‘azabga sabab bo‘ldi.
Biznes egasi o‘z xodimini yoki xodim o‘zidan pastroq lavozimdagi xodimni urishi shunchaki axloqsizlik emas, bu jamoaning qadrsizlanishi va ishonchni yo‘q qilish yo‘lidir. Har qanday kompaniyada, ularning lavozimi va mas’uliyatidan qat’iy nazar, barcha xodimlar hurmatga loyiqdir. Ayniqsa rahbariyat tomonidan zo‘ravonlik nafaqat shaxsni kamsitadi, balki tashkilotni obro‘sizlantiradi, professionallik o‘rnini qo‘rquv bosadigan zaharli muhitni yaratadi. Shuni esda tutish kerakki, bunday hodisalar xodimlarda ergofobiyani keltirib chiqaradi va xodimlar ish yoki ish muhitidan qo‘rqishni boshdan kechirishi mumkin, bu oxir-oqibatda ruhiy salomatlik va mehnat unumdorligining pasayishiga olib keladi.
Ergofobiya shunchaki ish qo‘rquvi emas, bu stress, bosim va agressiya (zo‘ravonlik) fonida rivojlanishi mumkin bo‘lgan murakkab holat. Boshqaruvchilarning bunday xatti-harakati vaziyatni yanada og‘irlashtirishi va xodimlar keyingi mojarolar yoki jismoniy zo‘ravonlikdan qo‘rqib, o‘z vazifalarini samarali bajara olmaydigan qo‘rquv muhitini yaratishi mumkin.
Mojarolarni hal qilish muloqot, tinglash va murosaga kelishni talab qiladi. Agar jamoada intizomiy jazo choralarini talab qiladigan vaziyat yuzaga kelsa, ularni amalga oshirishning madaniyatli usullari mavjud - tanbeh berishdan tortib ma’muriy yoki moliyaviy jazoga qadar. Odamni urish kuchlilik emas, zaiflik belgisidir.
Bizning jamoamiz qadriyatlariga ko‘ra, jamoamizda qaysidir xodim tomonidan xatolarga ko‘p yo‘l qo‘yilgan paytda, dastlab suhbatlashish orqali sababini bilish va birgalikda yechim topish, agar yordam bermasa undan keyin boshqa xodimlar ishtirokisiz o‘ziga tanbeh berish, agar shunda ham xatolar davom etsa uning yoniga undan kuchliroq va u namuna olishi mumkin bo‘lgan xodimni biriktirish orqali harakat qilib ko‘ramiz. Agar bu ham samara bermasa, xodimga rasmiy ogohlantirish beriladi va uning kelgusidagi faoliyati sinchkovlik bilan kuzatib boriladi. Ushbu amallardan keyin ham o‘zgarish bo‘lmasa, odatda xodimni o‘zi o‘z lavozimiga loyiq ishlay olmayotganini aytadi va bizga biron yechim taklif qiladi. Agarda unday bo‘lmasa, barcha choralar ko‘rilganidan keyin ham xatolar davom etsa, xodimni boshqa lavozimga o‘tkazish yoki ish joyidan bo‘shatish masalasi ko‘rib chiqiladi. Shuni unutmaslik kerakki, har bir ishchi o‘ziga yarasha imkoniyat va qo‘llab-quvvatlashga loyiq, lekin shu bilan birga intizom va mas’uliyat me’yorlarini ham saqlash muhimdir. Jamoada zo‘ravonlik yoki qo‘rqitish yo‘li bilan hech qachon muammoni hal qilib bo‘lmaydi.
Shuni yodda tutish kerakki, biznes egasi va boshqaruvchilar o‘z xodimlari uchun namuna bo‘lishi kerak va zo‘ravonlikka asoslangan namuna faqat yangi nizolarga, motivatsiyaning pasayishiga va xodimlar o‘rtasida ergofobiya paydo bo‘lishiga olib keladi.
#имхо #менеджмент
@dev_story

👍13❤3👨💻1
Снова сериалы...
Нашел возможность и уже четыре дня подряд смотрю сериал «Лучше звоните Солу» (Better Call Saul). До 3 сезона 6 серии я не знал, в чем смысл названия. Теперь всё стало на свои места.
Я заинтересовался этим сериалом почти 6 лет назад, когда посмотрел сериал «Во все тяжкие» (Breaking Bad), где была запоминающаяся сцена с этим адвокатом. Недавно вспомнив этот сериал я понял, что за этим персонажем скрывается гораздо больше, чем кажется на первый взгляд.
Сериалы — это возможность глубже погружаться в историю, наблюдать за развитием персонажей и поглощать атмосферу сюжета, чего не хватит в рилсах или коротких видео на YouTube. За короткое время невозможно передать весь эмоциональный спектр, показать сложные связи и мотивы героев. Сравнивая «Лучше звоните Солу» и «Во все тяжкие», я осознал, насколько затягивающим и увлекательным может быть этот формат, оставляющий время на осмысление и полное погружение в мир, который сложно отпустить.
Хочу напомнить, что сериал «Во все тяжкие» занимает первое место в рейтинге IMDB, что лишь подтверждает его выдающееся качество и глубокую проработку сюжета и персонажей, а «Лучше звоните Солу» — 20-ое место.
Кстати, одновременно погружался в одну увлекательную книгу, и обязательно поделюсь впечатлениями о ней позже...
#кино

🔥3👍2
Forwarded from REVO Global LLC
🤔Yangiligimiz bor...
🚀REVO Global jamoasidan yaqin kunlarda siz uchun ajoyib yangilik bor...
Tez kunda e'lon qilmiz, bexabar qolib ketmang!
@RevolutionGlobalLLC
🚀REVO Global jamoasidan yaqin kunlarda siz uchun ajoyib yangilik bor...
@RevolutionGlobalLLC
🔥7⚡2🤩2👍1🎉1🏆1👨💻1
Forwarded from REVO Global LLC
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
REVO DAY’da choylashamiz 🫖
🚀 REVO Global kompaniyasi faoliyatining 5 yilligi munosabati IT yo‘nalishi vakillari va biznes egalari uchun REVO DAY tadbiri tashkil qilinmoqda.
💡 Ushbu tadbirda siz:
Barchangizni REVO DAY tadbirida kutib qolamiz!
🕛 5-aprel, soat 09:00 da
📍 Manzil: Urganch shahar IT park binosi
📃Ro'yxatdan o'tishni unutmang👇
➡️ RO'YXATDAN O'TISH ⬅️
@RevolutionGlobalLLC
- Mutaxassislar bilan MeetUp’larda
- 80 mln so‘mdan ortiq mukofot belgilangan REVO CUP musobaqasida hamda millionlab foydalanuvchi yig‘a olgan IT mahsulotlar va yangi loyihalar taqdimotlarida qatnashishingiz mumkin.
Barchangizni REVO DAY tadbirida kutib qolamiz!
🕛 5-aprel, soat 09:00 da
📃Ro'yxatdan o'tishni unutmang
@RevolutionGlobalLLC
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🤩2🔥1🎉1
Forwarded from REVO Global LLC
🏆 80 MLN so‘mdan ortiq mukofot belgilangan "REVO CUP" dasturlash musobaqasiga marhamat! 🎉
🚀 REVO Global kompaniyasi faoliyatining 5 yilligi munosabati REVO CUP - Sport dasturlash va Kiberxavfsizlik yo'nalishi bo'yicha musobaqa tashkillashtirmoqda.
Musobaqa tartibi:
Sport dasturlash: 2025-yil 29-mart, soat 20:00
Kiberxavfsizlik: 2025-yil 30-mart, soat 20:00
Sana: 2025-yil 5-aprel, soat 9:00
P.s Finalchilar har ikki yo‘nalishda ham ishtirok etishlari mumkin.
🏆 Har bir yoʻnalish boʻyicha gʻoliblar:
🥇 1-o‘rin — 12 000 000 so‘m
🥈 2-o‘rin — 9 000 000 so‘m
🥉 3-o‘rin — 6 000 000 so‘m
⭐️ 4-10-o'rinlar 1 000 000 so'm
🎁 Shuningdek, ishtirokchilar uchun qo'shimcha sovg'alar va sertifikatlar mavjud.
⚠️ Ro'yxatdan o'tish 29-mart, soat 19:00da yakunlanadi!
REVO CUP'da qatnashib o'z imkoniyatlaringizni sinab ko'ring va go'liblar safidan joy olib sovrinlarga ega bo'ling!
🔗 Musobaqada qatnashish uchun ro'yxatdan o'ting!
"REVO CUP" kompaniyaning 5 yilligi munosabati bilan tashkillashtirilyotgan "REVO DAY" tadbiri doirasida bo'lib o'tadi.
@RevolutionGlobalLLC
Musobaqa tartibi:
🗂 Saralash bosqichi (onlayn, kep.uz platformasida):
Sport dasturlash: 2025-yil 29-mart, soat 20:00
Kiberxavfsizlik: 2025-yil 30-mart, soat 20:00
🏁 Final bosqichi (oflayn, Urganch shahri, IT park binosi):
Sana: 2025-yil 5-aprel, soat 9:00
P.s Finalchilar har ikki yo‘nalishda ham ishtirok etishlari mumkin.
🥇 1-o‘rin — 12 000 000 so‘m
🥈 2-o‘rin — 9 000 000 so‘m
🥉 3-o‘rin — 6 000 000 so‘m
🎁 Shuningdek, ishtirokchilar uchun qo'shimcha sovg'alar va sertifikatlar mavjud.
⚠️ Ro'yxatdan o'tish 29-mart, soat 19:00da yakunlanadi!
REVO CUP'da qatnashib o'z imkoniyatlaringizni sinab ko'ring va go'liblar safidan joy olib sovrinlarga ega bo'ling!
🔗 Musobaqada qatnashish uchun ro'yxatdan o'ting!
"REVO CUP" kompaniyaning 5 yilligi munosabati bilan tashkillashtirilyotgan "REVO DAY" tadbiri doirasida bo'lib o'tadi.
@RevolutionGlobalLLC
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4⚡2🎉2🔥1🥰1
REVO DAY 2025: Jamoa kuchi, qadriyatlar va texnologiyalar bayrami
5-6 aprel kunlari Urganch shahridagi bo‘lib o‘tgan REVO DAY 2025 tadbirini muvaffaqiyatli yakunladik! Ushbu tadbir kompaniyamizning 5 yillik yubileyi munosabati bilan tashkil etildi va, ishonch bilan aytishim mumkinki, O‘zbekiston IT hamjamiyatidagi xususiy sektor tashabbusi asosida o‘tkazilgan eng yirik texno-uchrashuvlardan biriga aylandi.
REVO DAY 2025 doirasida:
- Mutaxassislar bilan MeetUp sessiyalari: IT sohasining faol vakillari — loyiha boshqaruvi, startup rivoji, texnik yetakchilik, dizayn va boshqa yo‘nalishlardagi tajribali mutaxassislar o‘z bilim va tajribalari bilan bo‘lishishdi.. Azimjon, G'ayratbek, Zafar, Shavkatbek, Abdusamad, Abduqodir — sizlarga alohida rahmat! O'ylaymanki tashrif buyurgan har bir mehmon uchun bu chiqishlar nafaqat bilim, balki yangi fikrlar va motivatsiya manbaiga aylandi.
- REVO CUP 2025 IT musobaqalari: Sport dasturlash (Competitive Programming) va kiberxavfsizlik (CTF) yo‘nalishlarida qizg‘in va kuchli raqobatga boy musobaqalar tashkil qilindi. 80 million so‘mdan ortiq mukofot jamg‘armasi g‘olib va sovrindorlarga topshirildi. Nazarbek, Husayn va Ilhomjon — sizlar qilgan tashkiliy ishlar musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazishga imkon berdi. Tashakkur!
- REVO CUP 2025 futbol musobaqasi: IT va fintech kompaniyalari o‘rtasidagi futbol turniri bo'lib o'tdi. Musobaqada yetakchi kompaniyalar jamoalari ishtirok etib, sog‘lom raqobat va do‘stona aloqalarni mustahkamlashdi. Uzoq-yaqindan kelgan barcha jamoalarga — sizlarning ishtirokingiz bu tadbirga jon, harakat va bayramona kayfiyat bag‘ishladi. Rahmat!
Xususiy sektor kompaniyalari orasida bunday keng ko‘lamli va mazmunli tadbirni birinchilardan bo‘lib tashkil etganimizdan faxrlanamiz. Bu orqali biz nafaqat REVO jamoasining salohiyatini, balki mamlakatimizdagi IT madaniyatiga bo‘lgan e’tiborimizni, sadoqatimizni va unga hissa qo‘shishga tayyor ekanligimizni ko‘rsatdik.
Tadbirning muvaffaqiyatli o‘tishida yelkadosh bo‘lgan hamkorlarimiz — TezPay, Asaxiy va IT Park Xorazm filialiga alohida minnatdorchilik bildiraman.
Eng katta tashakkur esa, albatta, REVO jamoasiga! Sizlarning tashkilotchilik, jamoaviy mas’uliyat va yurakdan ishlangan mehnat tufayli tadbir rejamizdan ham ortiq bo‘ldi! Biz faqat texnologiya emas, jamoa bilan yutamiz!
Bu faqat boshlanishi — oldinda bizni yanada katta rejalar, yangi g‘oyalar va tarix yozishga arzigulik imkoniyatlar kutmoqda!
#REVO
@dev_story
Barqaror rivojlanish – kuchli jamoa, mustahkam qadriyatlar va ulkan g‘oyalar bilan boshlanadi. REVO DAY 2025 aynan shu tamoyillarning yorqin namunasidir.

🔥16🎉8❤6⚡3🍾3👍2
Forwarded from Mobilchi Uz
Xorazm viloyati IT Park binosida bo'lib o'tgan REVO DAY musobaqasi ajoyib bo'ldi.
Musobaqa kun davomida turli xildagi qiziqarli suxbatlarga boy bo'lib o'tdi.
Mutaxasislar tomonidan soxa yuzasidan zo'r mavzularda ma'lumotlar berildi.
REVO DAY men kutganimdanda a'lo bo'ldi. Tadbirda kamina ham "Mobil ilovalar ishlab chiqishda xavsizlik" mavzusida nutq so'zladi.
Kun tavfsilotlari bilan @RevolutionGlobalLLC rasmiy telegram kanalida tanishishingiz mumkin.
Tadbirda biz jamoamiz bilan tashkilotchi sifatida qatnashdik. Tadbir baxonasida Urganch shahrida 4 kun bo'ldik va Xorazm xalqining samimiy mexmondo'st xalq ekaniga guvoh bo'ldik.
Tadbirdan olgan xulosam shuki siz qaysi ishxonada va qayerda ishlashingizdan qa'tiy nazar jamoani birlashtirib turuvchi narsa o'zaro bir birini tushunib ishlashdan tashqari ana shunday eventlar ham bo'lib turishi nihoyatda kerakli ekan.

❤8👍6🔥2
Forwarded from REVO Global LLC
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
5-6 aprel kunlari Urganch shahrida bo‘lib o‘tgan REVO DAY 2025 tadbirini muvaffaqiyatli yakunlandi! Ushbu tadbir REVO Global kompaniyasining 5 yillik yubileyi munosabati bilan tashkil etildi.
📌REVO DAY tadbiri davomida:
- Mutaxassislar bilan MeetUp’lar;
- Millionlab foydalanuvchilarni jalb qila olgan IT mahsulotlardagi foydali keyslar tahlili ;
- 80 000 000 so‘m mukofotga ega REVO CUP dasturlash musobaqasi;
- REVO CUP 2025 futbol musobaqalari tashkil etilib, jamoalar va ishtirokchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat va do‘stona aloqalar mustahkamlandi.
REVO DAY 2025 tadbiridan foto suratlarni bu yerdan yuklab olishingiz mumkin 👇
______
Ushbu tadbirni tashkil etishda yaqindan moliyaviy va amaliy yordam bergan homiylarga, TezPay, Asaxiy, KEP.uz va IT Park Xorazm filialiga o‘z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz!
@RevolutionGlobalLLC
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👍5❤4
Hozir Budapeshtdan Vena tomon ketayapman. Yo‘l bo‘yi faqat klassik musiqa eshitayapman - Vivaldi, Debussy, Rachmaninov, Schumann, Chopin… Ushbu 3 soat vaqt ichida Yevropada emas, o’z ichki olamimda sayohatda yurdim desam ham bo’ladi. Har bir klassik musiqa - his-tuyg‘ular, voqealar va xotiralar tilida yozilgan hayotning o‘zi men uchun.
Venaga yaqinlashayapman. U yerda musiqa tug‘ilgan, Mozart va Bethoven kabi legendalar ushbu shaxarda yashab ijod qilgan, shu shaxarda jon bergan. O’ziga xos kun bo’lyapti…
#thoughts

👍17🔥8❤4⚡3🍾3👨💻1
Yevropaning aynan shu jihatini yaxshi ko‘raman: Rossiyadagidek ko‘chada “проверка документов” degan gap yo‘q. Hatto aeroportda ham hech kim hujjatingni so‘ramaydi. Biletni olding, online check-in qilding, ryukzakingni rentgenga qo‘yding - tamom, yo‘l ochiq!
Hozir Vena shahridan Venetsiyaga uchish uchun aeroportdaman. Vena o‘zi menga birgina kartoshka salati tufayli “keldi-ketdi” joydek tuyulgandi. O’tgan safar ham birrovga salay yeyishga kirib o’tgandim holos ;) Boshida biroz zerikarli ko‘ringan bo‘lsa-da, “yana kelarmiding?” deyishsa, hech ikkilanmasdan “ha” deyman. Avstriya poytaxti xotiramda rassomchilik, musiqa va teatrning betakror markazi sifatida qoldi.
O‘tgan safar Yevropaga sayohatimda Venetsiyaga mashina bilan borib bo’lmasligi sabab uni o‘tkazib yuborgandim. Bu safar esa - nasib qilsa - u yerda meni ko‘plab yangi hissiyotlar kutyapti…
Ps: bu safar instagramga story qo’yishni ilojisi yo’q, biletim elektron ko’rinishda 🙂

🔥15👍3😁3⚡1👨💻1