Sultonov kundaligi | Дневник Султонов’а
165 subscribers
259 photos
30 videos
21 files
254 links
Menejment, biznes va dasturlash bo'yicha shaxsiy tajribalar kundaligi.
~~~~~~~~~~
Дневник личного опыта в менеджменте, бизнесе и программировании.
~~~~~~~~~~
Website: https://sultonov.github.io
Creator: @Yura_Sultonov
Download Telegram
Инновация: умная фото-кормушка для птиц )

Новая штука так называемая Bird Buddy уведомляет вас о посетителях - птицах, делает снимки и объединяет их в красивую коллекцию!

https://www.youtube.com/watch?v=VPCGr5xcVtY
https://mybirdbuddy.com/

#инновация

@dev_story
Sultonov kundaligi | Дневник Султонов’а
Завтра — вы начнете писать первую страницу книги которая состоит из 365 страниц.📝📖 Я желаю чтобы вы написали ее как вы мечтаете, желаю чтобы каждая страница вашей книги содержала много улыбок, сотен хороших впечатлений, а главные персонаже этой книги были…
Хаммага байрам муборак булсин! Янги йилга ким нимаики яхши, оллох маъқуллайдиган ният қилган бўлса ҳаммасига эришсин, 2022-йил ҳамма учун эсда қоларли унутилмас йиллардан бўлсин (а так охирги вақтларда йил қанақа ўтиб кетаётганини сезмаяпти одам). Хаппи ню еар! Привет тигрица!)

Шу билан бирга, бугунги табриклар ичида энг яқин дўстларимдан бирининг мен учун энг "шедевр" бўлган табригини сизлар билан улашмоқчиман!
Yaqinlashib kelayotgan yangi 2022 yilda Google dek tez va aniq harakat, Facebook dek yorqinlik, Tiktokdek mashhurlik, fitfillion terrabayt bag'ri kenglik, Python kabi mukammal va aniq rejali hayotni, Javadek mustahkam sog'likni va albatta eng muhimi Javascript kuchini va serqirra qobiliyatini tilab qolaman!

Ps: Яна битта ҳамкасбимдан табрик:
С Наступающим! Пусть только 200 http статус радует вас весь год и прод никогда не падает 🙂🥳🎉

#праздник

@dev_story
🎉6👍5
Bir oydan oshiq intiqlik bilan kutilgan, pulini boshqa davlatlarga jo’natilgan va menga kerakli model bor yoki yo’qligini bilish uchun shu vaqt davomida tanishlarimni “apple store” magazinlariga har 3 kunda bir qatnattirilgan, nihoyat shuncha vaqt o’tib o’z egasini topib kelgan “MacBook”cha qo’limda turibdi ^_^ Barchasiga ollohimga shukurlar bo’lsin, alhamdulillah.

#праздник #лаптоп

@dev_story
🔥12👍8🎉71😱1
Oxirgi paytlar kinoga tushishga vaqt yo’q, bugun yakshanba va “Wakanda 2” chiqibdimikan deb anchagina vaqt ketgazib internetdan original sifatli videoformatda rus va ingliz tillarida qidirib topa olmadim. Qidiruv tizimlarining birida (ma’lumotlarni faqat google yordamida izlamayman) o’zimizning o’zbek saytlarida ushbu filmning o’zbek tiliga tarjima qilingan yaxshi sifatligini topdim. Tasavvur qilyapsizmi, rus va ingliz tillarida yaxshi sifatli videosi chiqmagan Wakanda 2 kinofilmi o’zbek tilida o’zbek saytlarida aylanyapti. Yaqinda “internet tarmog’ida o’zbek kontentini rivojlantirish” haqida ilg’or surilayotgan fikrlar anchagina rivojlanganligini hisobga olib, bu “piratizm”ni qilayotganlarni yomon ko’rmagan holda, bu filmning internetga joylanishi ham yuqorida aytgan o’zbek kontenti rivojiga qo’shilgan hissa ekan deb o’tib ketaverdim…😶

Wakanda forever! Kinoni hozir emas sal keyinroq ko’rarkanmiz ^_^

#имхо #марвел

@dev_story
👀7👍4🔥1
Коллега сегодня скинул фото с рецептом врача:
я: это у кого шизофрения?
он: получилось у тебя прочитать?
я: я даже умею читать чужой код который хуже этого

@dev_story
🤣11🤨2😁1
Qiziq, hali endi 15-aprel sanasiga o’tdik, lekin markaziy bank sayti 17-chi sana uchun ham dollar kursini ko’tarilishini ko’rsatyapti. Kurslar oldindan shunday belgilanarmikin-a?🤔🤔💭

Ps: oxirgi kunlarda kanalni qayta tiriltirish fikri kelgan, nasib bo’lsa tez-tez nimadirlar yozib turaman

#имхо #ночные_мысли

@dev_story
👍7🤔1
Assalomu alaykum!!! Ollohim qo'shaloq bayram - Juma ayyomi va Ramazon hayitini sizga, aziz oilangizga muborak qilsin!!! Robbim tutgan ro'zalarimizni, namoz va duolarimizni eng afzal ibodatlari qatorida qilsin. Shu ulug’ kunda tanangizga sog'lik, molingizga baraka, xonadoningizga xotirjamlik, hayotingizga mazmun ato etishini tilayman. Parvardigori olam hayr saxovat va barakotli Ramazon oyining ko'plariga oilamiz, yaqinlarimiz, va do'stlarimiz bilan o'rnimiz kamaymay yetishlikni nasib qilsin. Ummat orziqib kutgan bayram muborak aziz dindoshim!!!

@dev_story
12🎉3👍1
День программиста — профессиональный праздник программистов, отмечаемый на 256-й день года. Этот день наступил! Коллеги, с днем программиста вас! Желаю вам высокой оценки трудов, достойной зарплаты, лёгких будней, продвинутых пользователей, безнадежных юзеров, чтобы кипела работа, а отдых был в кайф. Пускай благодаря нашим неординарным умам воплотятся в жизнь самые невероятные теории. Пускай в нашей голове всегда роятся куча файлов, знаний и проектов, которые будут складываться в новое, прогрессивное, интеллектуальное достояние нашей страны. Желаю, чтобы каждый сумел проявить себя в интереснейшей сфере программирования!!!
Happy Programmers' Day!!!

#нюс #фототекст #копирайт

@dev_story
👍2🔥1
Intellekti yetarli bo’lgan insonlar uchun dasturchilardek “crazy” inson yo’qdek tuyiladi. Hozir bitta Geek ni YouTube kanali va Github sahifasiga ko’zim tushib qoldi. Haligacha o’zimga kelolmayapman ^_^:

https://www.youtube.com/@TodePond

https://github.com/TodePond/WhenWillProgrammersStopMakingDecisionsForOurSocietyAndJustLeaveUsAloneAlsoHackerNewsIsAVileWebsite/tree/Grammar

#joke #programming

@dev_story
😁5👍4
Внимание! Возможно вы поймете этот пост как дискриминация или унижение кого-то, но, я не хочу никого обижать, унижать или сломать репутацию, я только хочу выразить свое мнение и дать свои советы к моим коллегам и подписчикам.

Dasturchilarning O’zbekistondagi pulga rujo’ qo’yish va surbetlik darajasi shu darajaga yetdiki, sizga xuddi restoranda menyuda narxini ko’rgan buyurtmangiz oxirida ustiga 50% xizmat xaqi qo’shib chek bergani kabi haq talab qilganidan har qadamda shokka tushasiz. Bugun bittasi “men oy boshidaga sen aytgandek erkakchasiga aytilgan kelishuv bilan ishim yo’q, menga buncha berasan” deb do’q-po’psa va shontajlar bilan turib olgani bunga yaqqol misol va bundan haligacha o’zimga kelolganim yo’q, xatto 90-x yillaridagi kabi xovurimdan chiqquncha o’sha insonni do’pposlasam ham o’zimga kelolmasam kerak. Meni yaqindan taniganlar mendan “xudo va dasturchi” haqidagi anekdotni ko’p eshitishgan va yana bir marta ta’kidlashim joizki, dasturchi dunyodagi eng mukammal jonzot emas va u o’zini xudo o’rnida ko’rishi joiz emasdir(pul topish yoki soat stavkasi bo’yicha ham xattoki boshqalardan ustun emas). Hurmatli dasturchilar, sizlardan iltimos, azgina pastroqqa tushingizlar, o’quv markazlari va boshqalarning marketing qurboni bo’lmasdan hayotga real qarashni o’rganinglar (ayniqsa 2000+ yildagilar, lekin bizni misolimizdagi inson kap-katta 1990+ avlod). Byudjet borasida aytmayapman, shunchaki o’zlarizga shu darajada baho berasizlarki, xuddi sizlarsiz dunyo to’xtab qoladi, kechirasizlaru dasturlashsiz necha asrlardirki hayot to’xtagani yo’q, oylik borasida esa aslida davlatimizda bu darajalik ekonomika bo’lmasa ham O’zbekiston Yevropadan qolishmaydigan darajaga kelib qolgan, lekin Yevropa talabiga javob bermaydigan besh so’mga qimmat dasturchilar bilan to’lib qolgan bozorimiz. Eng achinarlisi, aynan ayrim shunday vijdonsiz va o’ziga bino qo’ygan shaxslar 5 ta farzimizni va boshqa amallarni to’kis ado etadigan insonlarligiga bir nima deyishga til ojiz… Hayf senlarga… Qayda qoldi erkaklik g’ururiyu, qayda qoldi Islom…

Ps: batafsilroq aytsam, gap aynan Xorazmdagi ishxonamizga stajer sifatda katta bir o’quv markazida front-end bo’yicha dars beruvchi va bizga part time (0.75) ishlashga kelgan, lekin xattoki “git”ni bizni ishxonamizga kelib o’rgangan, oilalik va oilasida “dada” deb yugurib oldiga chiqadigan farzandlari bor inson 20 kun ichida bitta oddiy 5 ta maydoni bor CRUD front-end qismini VueJS da qilib berganiga oyiga 8 mln so’m so’ragani haqida ketayapti, lekin oy boshida bu kishini stajer sifatida sinov muddatiga va bu summadan ancha past oylikka olganmiz, albatta bilimi va ish tajribasidan kelib chiqib (oldin real proyektda umuman qatnashmagan, xayronman o’quv markazlarida qanaqa qilib o’qitish uchun guruh berishgan, demak yana bir marta aminmanki o’quv kurslari ham faqat reklama). Yana bir achinarli tomoni shu insonni kimlardir “ustoz” deb yurganidir… Hayf yana bir marta…

Pss: o’sha insonni dadasi aloqaga chiqdi va muloyimlik bilan muammoni hal qildi, ollohga shukurki qo’shib bersam berganman lekin hech qachon gapimdan tolib kimgadir beriladi degan summani bermay birovni haqqini yegan inson emasman, va oy boshida kelishilgan summa egasiga yetkazildi (lekin u tomondan bitta rahmatsiz, shunisigayam shukur, vaqtida qutildim). Lekin katta hayotga qadam qo’yib bo’gam bunday insonlarning dadasi o’g’li uchun uzr so’rashi eng achinarlisidir… Hayf sandek o’g’illarga…

Psss: albatta ayb o’zimda, tan olaman, kadrni yaxshi to’liq tekshirmadim va ishonuvchanman, bu men uchun yana bir ish tajribasi va men bundan xursandman. Lekin dasturchilar bozori shu borishda ketsa aniq bir kun portlaydi vaO’zbekiston boshqa sohalarda yuz o’girgani yetmagandek bu sohada ham o’z davlatidagi ishchi kuchidan voz kechib chet el ishchi kuchiga o’tadi, keyin aqli yo’q dasturchilar davlatni yomonlab “bular xo’rozqand chet elniki desa yotib olib so’radi” deyishdan nariga o’tmaydi.

#shame #имхо

@dev_story
🤯6👎3😐3😁2👍1🤣1
Oxirgi vaqtlarda kundan kunga AI texnologiyalar ko’plab dasturlash kutubxonalari o’rnini bosa boshlayapti. Masalan, yaqinda chatGPT endilikda rasmni so’z orqali tavsiflashi ko’plab OCR yoki boshqa rasm ustida ishlovchi kutubxonalarni sindirdi desak ham bo’ladi. Bugun yana bitta shunday yangilik - Meta kompaniyasi tomonidan SeamlesM4T e’lon qilindi va bu ko’plab boshqa TTS/TTT/STT/STS kutubxonalarni sindirishi mumkin (sindiradiyam menimcha). Asosiysi ushbu model ancha tushunarli va ishlatish uchun juda qulay ko’rinyapti.

#news

@dev_story
Assalomu alaykum barchaga!

Deyarli bir yildan buyon post yozmadim va endilikda yana o'z bilimlar va tajribamni boshqalar bilan bo'lishish istagida blogni qayta yuritishga qaror qildim. Blog oldinlari aralash mavzulardan iborat bo'lgan bo'lsa, endilikda blog nomi o'zgargan holda mavzular aynan boshqaruv, biznes va dasturlashning nozik nuqtalari bo'yicha o'z shaxsiy fikrlarimga bag'ishlanadi.

So'nggi bir yil ichida software architect va dasturchilikdan boshqaruv va biznes tomonga intildim, jamoamizni yanada kenggaytirish va tizimlashtirish ustida ishladik, jamoamiz bilan yangi katta loyihalarni amalga oshirdik, biznes hamkorlar va yangi do'stlar orttirdik, respublikamizning yana bir nuqtasida yangi ofis va jamoaga asos soldik. Bu vaqt davomida tajribalar orttirdim va o'zim uchun katta xulosalar chiqardim. O'zgarishlar qiyin bo'lsa-da, ular doimiy o'sishga olib keladi. Ayniqsa, jamoa boshqaruvi va resurslarni samarali taqsimlashda o'zim uchun ko'plab yangi qoidalarga amal qilishni boshladim.

Endilikda blogimda ko'proq boshqaruv falsafasi, biznesni rivojlantirish strategiyalari, samarali dasturiy ta'minot arxitekturasi yaratish va jamoani muvaffaqiyat sari yetaklash haqida fikrlarimni o'rtoqlashmoqchiman. Bundan tashqari, o'zim duch kelgan qiyinchiliklar, ularga qanday yechim topganim va foydali maslahatlar ham bo'ladi. Har biringizga qiziqarli va foydali bo'lishiga umid qilaman!

Yaqin kunlarda yangi postlar bilan bo'lishaman. Barchaga omadlar tilayman, kuningiz yaxshi o'tsin!

#news #weareback

@dev_story
🔥9👍63👏3
Channel name was changed to «Sultonov kundaligi | Дневник Султонов’а»
Biz xodimni urmaymiz!

Kecha kuni InBazar do‘konlar tarmog‘ida yuz bergan voqea ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvga sabab bo‘ldi: qo‘riqchi kichik xatosi uchun yosh xodimni shafqatsizlarcha kaltakladi, undan keyin rahbariyat jamoatchilikning noroziligiga javoban jabrlanuvchiga Spark avtomashinasini "sovg‘a" qilib uning lavozimini ko‘tarishni taklif qildi va uni kaltaklagan qo‘riqchini qo‘riqchi yoshidagi sportchi bilan “haqqoniy” kaltaklattirmoqchi bo‘ldi. Sal keyinroq esa Inbazar asoschisi xodimlarni mayda xatolari uchun kaltaklashga sportchilarni yollagani, kompaniyada qo‘rquv muhitini yaratgani aks etgan videolar birin-ketin paydo bo‘la boshladi. Bu yangi faktlar qora PR emasligiga shubhalarni kuchaytirdi va aholi tomonidan yanada ko‘proq g‘azabga sabab bo‘ldi.

Biznes egasi o‘z xodimini yoki xodim o‘zidan pastroq lavozimdagi xodimni urishi shunchaki axloqsizlik emas, bu jamoaning qadrsizlanishi va ishonchni yo‘q qilish yo‘lidir. Har qanday kompaniyada, ularning lavozimi va mas’uliyatidan qat’iy nazar, barcha xodimlar hurmatga loyiqdir. Ayniqsa rahbariyat tomonidan zo‘ravonlik nafaqat shaxsni kamsitadi, balki tashkilotni obro‘sizlantiradi, professionallik o‘rnini qo‘rquv bosadigan zaharli muhitni yaratadi. Shuni esda tutish kerakki, bunday hodisalar xodimlarda ergofobiyani keltirib chiqaradi va xodimlar ish yoki ish muhitidan qo‘rqishni boshdan kechirishi mumkin, bu oxir-oqibatda ruhiy salomatlik va mehnat unumdorligining pasayishiga olib keladi.

Ergofobiya shunchaki ish qo‘rquvi emas, bu stress, bosim va agressiya (zo‘ravonlik) fonida rivojlanishi mumkin bo‘lgan murakkab holat. Boshqaruvchilarning bunday xatti-harakati vaziyatni yanada og‘irlashtirishi va xodimlar keyingi mojarolar yoki jismoniy zo‘ravonlikdan qo‘rqib, o‘z vazifalarini samarali bajara olmaydigan qo‘rquv muhitini yaratishi mumkin.

Mojarolarni hal qilish muloqot, tinglash va murosaga kelishni talab qiladi. Agar jamoada intizomiy jazo choralarini talab qiladigan vaziyat yuzaga kelsa, ularni amalga oshirishning madaniyatli usullari mavjud - tanbeh berishdan tortib ma’muriy yoki moliyaviy jazoga qadar. Odamni urish kuchlilik emas, zaiflik belgisidir.

Bizning jamoamiz qadriyatlariga ko‘ra, jamoamizda qaysidir xodim tomonidan xatolarga ko‘p yo‘l qo‘yilgan paytda, dastlab suhbatlashish orqali sababini bilish va birgalikda yechim topish, agar yordam bermasa undan keyin boshqa xodimlar ishtirokisiz o‘ziga tanbeh berish, agar shunda ham xatolar davom etsa uning yoniga undan kuchliroq va u namuna olishi mumkin bo‘lgan xodimni biriktirish orqali harakat qilib ko‘ramiz. Agar bu ham samara bermasa, xodimga rasmiy ogohlantirish beriladi va uning kelgusidagi faoliyati sinchkovlik bilan kuzatib boriladi. Ushbu amallardan keyin ham o‘zgarish bo‘lmasa, odatda xodimni o‘zi o‘z lavozimiga loyiq ishlay olmayotganini aytadi va bizga biron yechim taklif qiladi. Agarda unday bo‘lmasa, barcha choralar ko‘rilganidan keyin ham xatolar davom etsa, xodimni boshqa lavozimga o‘tkazish yoki ish joyidan bo‘shatish masalasi ko‘rib chiqiladi. Shuni unutmaslik kerakki, har bir ishchi o‘ziga yarasha imkoniyat va qo‘llab-quvvatlashga loyiq, lekin shu bilan birga intizom va mas’uliyat me’yorlarini ham saqlash muhimdir. Jamoada zo‘ravonlik yoki qo‘rqitish yo‘li bilan hech qachon muammoni hal qilib bo‘lmaydi.

Shuni yodda tutish kerakki, biznes egasi va boshqaruvchilar o‘z xodimlari uchun namuna bo‘lishi kerak va zo‘ravonlikka asoslangan namuna faqat yangi nizolarga, motivatsiyaning pasayishiga va xodimlar o‘rtasida ergofobiya paydo bo‘lishiga olib keladi.

#имхо #менеджмент

@dev_story
👍133👨‍💻1
Снова сериалы...

Нашел возможность и уже четыре дня подряд смотрю сериал «Лучше звоните Солу» (Better Call Saul). До 3 сезона 6 серии я не знал, в чем смысл названия. Теперь всё стало на свои места.

Я заинтересовался этим сериалом почти 6 лет назад, когда посмотрел сериал «Во все тяжкие» (Breaking Bad), где была запоминающаяся сцена с этим адвокатом. Недавно вспомнив этот сериал я понял, что за этим персонажем скрывается гораздо больше, чем кажется на первый взгляд.

Сериалы — это возможность глубже погружаться в историю, наблюдать за развитием персонажей и поглощать атмосферу сюжета, чего не хватит в рилсах или коротких видео на YouTube. За короткое время невозможно передать весь эмоциональный спектр, показать сложные связи и мотивы героев. Сравнивая «Лучше звоните Солу» и «Во все тяжкие», я осознал, насколько затягивающим и увлекательным может быть этот формат, оставляющий время на осмысление и полное погружение в мир, который сложно отпустить.

Хочу напомнить, что сериал «Во все тяжкие» занимает первое место в рейтинге IMDB, что лишь подтверждает его выдающееся качество и глубокую проработку сюжета и персонажей, а «Лучше звоните Солу» — 20-ое место.

Кстати, одновременно погружался в одну увлекательную книгу, и обязательно поделюсь впечатлениями о ней позже...

#кино

@dev_story
🔥3👍2
Forwarded from REVO Global LLC
🤔Yangiligimiz bor...

🚀REVO Global jamoasidan yaqin kunlarda siz uchun ajoyib yangilik bor...

Tez kunda e'lon qilmiz, bexabar qolib ketmang!

@RevolutionGlobalLLC
🔥72🤩2👍1🎉1🏆1👨‍💻1
Forwarded from REVO Global LLC
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
REVO DAY’da choylashamiz 🫖

🚀REVO Global kompaniyasi faoliyatining 5 yilligi munosabati IT yo‘nalishi vakillari va biznes egalari uchun REVO DAY tadbiri tashkil qilinmoqda.

💡Ushbu tadbirda siz:

- Mutaxassislar bilan MeetUp’larda
- 80 mln so‘mdan ortiq mukofot belgilangan REVO CUP musobaqasida hamda millionlab foydalanuvchi yig‘a olgan IT mahsulotlar va yangi loyihalar taqdimotlarida qatnashishingiz mumkin.


Barchangizni REVO DAY tadbirida kutib qolamiz!

🕛 5-aprel, soat 09:00 da
📍 Manzil: Urganch shahar IT park binosi

📃Ro'yxatdan o'tishni unutmang👇
➡️ RO'YXATDAN O'TISH ⬅️

@RevolutionGlobalLLC
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🤩2🔥1🎉1