Denov tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi
8.12K subscribers
8.16K photos
977 videos
18 files
2.39K links
Ushbu kanal orqali Denov tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limida olib borilayotgan islohotlar bilan tanishib borasiz.

Denov tuman mudiriga murojaat uchun: https://t.iss.one/denov_murojaat_bot
Download Telegram
📖Bayramga tuhfa: Surxondaryoda 41 ta ta’lim muassasasi foydalanishga topshirildi

2025-yil 30-avgust sanasi — Surxondaryo ta’limi uchun tarixiy kun bo‘ldi. Sababi, viloyatning barcha tuman va shaharlari bo‘ylab umumiy hisobda 28 ta umumta’lim maktabi va 13 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti zamonaviy qiyofa kasb etdi va tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
Jumladan,
📍Angor tumani
"Xomkon" MFY: 120 o‘rinli yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti qurildi.
19-son maktab ("Yuqori Tallashqon" MFY): 300 o‘rinli qo‘shimcha bino.
38-son maktab ("Kayron" MFY): 300 o‘rinli bino.
43-son maktab ("Bahor" MFY): Sportzal (12x24 m) qurildi.
8-son maktab ("Kayron" MFY): 240 o‘rinli bino.


📍Bandixon tumani
15-son maktab ("Bahoriston" MFY): 240 o‘rinli qo‘shimcha bino.

📍Boysun tumani
"Tuzbozor" MFY: 25-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi 405 o‘rinli holda kapital ta’mirlandi.
4-son maktab ("Chorchinor" MFY): 270 o‘rinli yangi bino + 414 o‘rinli mavjud bino mukammal ta’mirlandi.


📍Denov tumani
"Dunyotepa" MFY – 32-sonli MTT: 90 o‘rinli bino.
"Minora" MFY – 23-sonli MTT: 90 o‘rinli bino.
"Navnihol" MFY – 8-sonli MTT: 180 o‘rinli bino.


📍Jarqo‘rg‘on tumani
"Paxtazavod" MFY – 3-sonli MTT: 90 o‘rinli bino.
47-son maktab ("Gulhovuz" MFY): 240 o‘rinli qo‘shimcha bino.
31-son maktab ("Qo‘ldovli" MFY): 300 o‘rinli bino mukammal ta’mirlandi.


📍Muzrabot tumani
"Anorzor" MFY – 7-sonli MTT: 150 o‘rinli bino qurildi.
41-son maktab ("Buyuk Ipak yo‘li" MFY): 310 o‘rinli bino kapital ta’mirlandi.


📍Oltinsoy tumani
"Xidirsho" MFY – 12-sonli MTT: 90 o‘rinli bino.
42-son maktab - "To‘xtamish" MFY: 120 o‘rinli bino.
2-son maktab - “Kumpaykal" MFY: 380 o‘rinli bino mukammal ta’mirlandi.


📍Qiziriq tumani
"Istiqlol" MFY – 5-sonli MTT: 90 o‘rinli bino.
46-son maktab - "Buyuk Kelajak" MFY: 240 o‘rinli bino.
20-son maktab - "Bog‘bonlar yurti" MFY: 620 o‘rinli bino mukammal ta’mirlandi.


📍Qumqo‘rg‘on tumani
"Ulug‘bek" MFY – 3-sonli MTT: 140 o‘rinli bino.
4-son maktab - "To‘g‘on" MFY: 240 o‘rinli yangi bino + 420 o‘rinli bino mukammal ta’mirlandi.
1-son maktab - "Ulug‘bek" MFY: 330 o‘rinli bino.
59-son maktab - "Cho‘kirli" MFY: 330 o‘rinli bino, 85% bajarilgan.
25-son maktab - "Gultepa" MFY: 360 o‘rinli yangi bino + 510 o‘rinli mavjud bino mukammal ta’mirlandi.


📍Sariosiyo tumani
"Terakzor" MFY – 21-sonli MTT: 90 o‘rinli bino.
9-son maktab - "Yangi hayot" MFY: 570 o‘rinli yangi bino qurilmoqda, 180 o‘rinli bino mukammal ta’mirlandi.


📍Sho‘rchi tumani
"Kushon" MFY – 35-sonli MTT: 90 o‘rinli bino.
"Ko‘klam" MFY – 4 va 13-sonli MTTlar: 150 o‘rinli yangi bino sifatida birlashtirildi.

62-son maktab - "Kushon" MFY: 300 o‘rinli bino.
34-son maktab - "Egarchi" MFY: 400 o‘rinli bino mukammal ta’mirlandi, 300 o‘rinli qo‘shimcha bino qurilmoqda.


📍Termiz tumani
"Kelajak" MFY – yangi 90 o‘rinli MTT.
"Ayritom" MFY – 11-sonli MTT: 90 o‘rinli bino rekonstruksiya qilindi.


📍Termiz shahar
19-son maktab ("Majnuntol" MFY): 300 o‘rinli bino.


📍Uzun tumani
"Tojikobod" MFY – 20-sonli MTT: 90 o‘rinli bino.
47-son maktab - 150 o‘rinli qo‘shimcha bino.
57-son maktab: 180 o‘rinli bino qurildi.


📍Sherobod tumani
5-son maktabga 360 o‘rinli yangi bino qurildi va 520 o‘rinli bino mukammal ta’mirlandi.

👍Telegram   👍Facebook
👍Instagram 👍You tube
👍Twitter       👍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Boʻlgʻusi Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sinolar

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda hurmatli Prezidentimiz nufuzli xalqaro fan olimpiadalaridagi natijalarga alohida to‘xtalib o‘tdilar va yurtimiz sharafini himoya qilgan ilm-fan yulduzlarini buyuk ajdodlarimizga qiyosladilar.

“Shu yilning o‘zida yoshlarimiz nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida 2 ta oltin, 8 ta kumush, 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Biz MDH mamlakatlari o‘rtasida kimyodan – ikkinchi, matematika va iqtisodiyotda – uchinchi, IT va geografiya bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinlarni egallagan o‘g‘il-qizlarimiz timsolida bo‘lg‘usi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolarni ko‘ramiz.

Saflari tobora kengayib borayotgan bunday intiluvchan, iste’dodli yoshlar – Yangi O‘zbekistonning oltin avlodi, g‘ururimiz timsolidir”, deya ta’kidladi davlatimiz rahbari.


Ukalarim va singillarim, bu katta mas’uliyat ekanligini his etyapsiz, deb o‘ylayman. Davlatimiz, xalqimiz va prezidentimiz ishonchini oqlash uchun ilm-fan yo‘lida mehnat qilishdan aslo to‘xtamang!

@hilola_umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘quvchi yoshlar — vaqt va umrning qadriga yetib yashang. Havoyi ishlar va foydasiz mashg‘ulotlarga berilib, hayotingizni erta yakunlab qo‘ymang.

Hurmatli ota-onalar, voyaga yetmagan, maktabda bilim olishi shart bo‘lgan farzandingizning ko‘chada avtomashina boshqarishiga yo‘l qo‘ymang. Ularni nazoratsiz qoldirmang.

Haydovchilik malakasi va ruxsatnomasi bo‘lmagan farzandingizga avtomashina kalitini berish — nafaqat uning, balki atrofdagilarning ham hayotini xavf ostiga qo‘yishdir!

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📖Yangi o‘quv yiliga yangicha ruh bilan!

Denov tumanidagi 41-maktabda yangi o‘quv yiliga qizg‘in tayyorgarlik amalga oshirildi.

Sinfxonalar ta’mirlanib, bezaklar yangilandi, maktab hovlisi obodonlashtirildi, darslar samarali o‘tishi uchun barcha sharoitlar yaratildi.

Yangi o‘quv yilini ustozlarimiz – yangi reja va g‘oyalari bilan, o‘quvchilarimiz esa – orzu va intilishlari bilan kutib olishga shay.

👍Telegram   👍Facebook
👍Instagram 👍You tube
👍Twitter       👍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1
🇺🇿 Aziz yurtdoshlar!
Hurmatli ustoz va murabbiylar, ta'lim jonkuyarlari!


🇺🇿 Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

🇺🇿 Mustaqillik — bizning eng ulug‘ bayramimiz, xalqimizning orzu-umidlari, ozodlik va erkinlikka bo‘lgan intilishlarining amaliy samarasidir. Shu qutlug‘ kun tufayli Vatanimizda tinchlik, barqarorlik va taraqqiyot qaror topdi, xalqimiz o‘z taqdiri va kelajagini o‘zi belgilash huquqiga ega bo‘ldi.

🇺🇿 Mustaqillik yillarida yurtimizda ulkan islohotlar amalga oshirildi, yangi imkoniyatlar eshiklari ochildi. Bugungi kunda ham mamlakatimiz jadal rivojlanib, yangi marralar sari qadam tashlamoqda.

🇺🇿 Ushbu qutlug‘ bayramda barchangizga sog‘lik-salomatlik, xonadonlaringizga baraka, yurtimizga tinchlik va farovonlik tilayman.


Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Yurtimiz ravnaq topsin, xalqimiz tinch va baxtli bo‘lsin!


Xojiyev Umid Abloqulovich
Denov tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig‘i
👍92
📖Yangi o‘quv yili oldidan tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminarlar o‘tkazildi

Viloyatimizning Angor, Muzrabot va Denov tumanlarida “Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish va istiqboldagi rejalar” mavzusida o‘quv-seminarlar bo‘lib o‘tdi.

Seminarlarda umumta’lim maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, amaliyotchi psixologlar hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdilar.


Kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 25-avgustdagi 308-sonli buyrug‘idan kelib chiqib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi.

Yakunda mas’ullarga aniq topshiriqlar va ko‘rsatmalar berildi.

👍Telegram   👍Facebook
👍Instagram 👍You tube
👍Twitter       👍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Media_tur

YANGI OʻQUV YILIGA YANGI MAKTAB


Denov tumani hokimligi
Axborot xizmati

gov.uz/denov

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2