🇺🇿 “BIRINCHI QO‘NG‘IROQ” – YANGI O‘QUV YILIGA QADAM
✅ Denov tumanidagi 100-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi o‘quv yili tantanalari – “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri katta shodu-xurramlik bilan o‘tkazildi. “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida tashkil etilgan ushbu bayram o‘quvchilar, ota-onalar va ustozlar uchun haqiqiy quvonchga aylandi.
✅ Tadbirda 36691-Harbiy qism komandiri Ibrat Masharipov, Denov tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i Begali Xidirov, A.Jomiy MFY raisi Bahodir Mirzayevlar ishtirok etdi. 36691-Harbiy qism Faxriy Qorovuli va harbiy Orkestr jamoalarining chiqishlari tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.
✅ Tadbir davomida 1-sinf o‘quvchilariga "Prezident sovg‘alari" tantanali ravishda topshirildi. Shundan so‘ng Harbiy qism komandiri I.Masharipov "Jasorat sinfi" o‘qucilariga bir soatlik dars mashg‘uloti o‘tib, o‘qucilar bilan suhbat olib bordi.
◾️ Bizni kuzatishda davom eting: https://t.iss.one/denov_mmtb
▪️Telegram
▪️Youtube
❤1
Forwarded from SURXONDARYO TELERADIOKANALI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YOSHLAR VAQTI.
Surxonlik o‘quvchilar MDH davlatlari o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro olimpiada g‘olibi.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:
✅ TELEGRAM ✅ Facebook
✅ Instagram ✅ YouTube
✅ Web-site ✅ Efirni ko'rish
Surxonlik o‘quvchilar MDH davlatlari o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro olimpiada g‘olibi.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:
✅ TELEGRAM ✅ Facebook
✅ Instagram ✅ YouTube
✅ Web-site ✅ Efirni ko'rish
👍1
Forwarded from Surxondaryo viloyati hokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyatida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar
➖Viloyatda yangi o‘quv yili oldidan 41 ta ta’lim muassasasi foydalanishga topshirildi;
➖Termiz shahrida muhandislik maktabi faoliyat boshladi;
➖Vohadagi 97 ta maktab zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta’minlandi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Forwarded from Xusniddin Mamadiyev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
6 yil avval bildirgan taklifim Parlament tomonidan ma’qullandi
2019-yilda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi a’zosi sifatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputatlik uchun saylovoldi dasturimda kitob o‘qigan mahkumlarning jazo muddatini qisqartirish taklifini bildirgan edim.
Bugun ushbu tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Parlamenti tomonidan ma’qullandi.
Bu g‘oyaning qonunchilikka tatbiq etilishi nafaqat mahkumlarning ma’naviy kamolotiga xizmat qiladi, balki jamiyatimizda kitobxonlikni keng targ‘ib qilish uchun kuchli turtki bo‘ladi.
Ochig‘i, bu yangilikdan juda ham xursand bo‘ldim.
Telegram | Facebook

👍11❤3
Forwarded from Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿 (Dildora Musayeva)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston vaqti bilan | Surxondaryolik o'quvchilar xalqaro olimpiadada mutloq g'olib bo‘ldi
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍4
📣 DENOV TUMANIDA DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI DIREKTORLARI ISHTIROKIDA O‘QUV AMALIY SEMINAR O‘TKAZILDI
✅ Joriy ylning 5-sentabr kuni tumandagi Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari, direktor o‘rinbosarlari hamda tegishli mas’ul xodimlari ishtirokida o‘quv amaliy seminar o‘tkazildi.
✅ Seminarda Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mutaxassis xodimlari ishtirok etishib, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri tomonidan 2025-yil 29-avgust kuni “Maktabgacha ta’lim tashkiloti va pedagoglarning ish hujjatlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 323-sonli buyrug‘i mazmun mohiyati bilan seminar ishtirokchilarini tanishtirdi.
✅ Ushbu seminardan asosiy maqsad — pedagoglar ish faoliyatini samarali tashkil etish, ish yuritish jarayonlarini tartibga solish va ortiqcha qog‘ozbozlikka chek qo‘yishdir.
◾️ Bizni kuzatishda davom eting: https://t.iss.one/denov_mmtb
▪️Telegram
▪️Youtube