Denov tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi
8.85K subscribers
7.95K photos
898 videos
11 files
2.27K links
Ushbu kanal orqali Denov tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limida olib borilayotgan islohotlar bilan tanishib borasiz.

Denov tuman mudiriga murojaat uchun: https://t.iss.one/denov_murojaat_bot
Download Telegram
DENOV TUMANIDA MATEMATIKA FANIDAN “AT-TERMIZIY-2025” OLIMPIADASI O'TKAZILDI...

◾️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 11-aprel kuni Denov tumanidagi 11-AFCHO'SMUO'TMda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i kubogi uchun matematika fanidan “At-Termiziy-2025” olimpiadasi o'tkazildi.

◾️ Mazkur olimpiada umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining 5-, 6-, 7-, 8-sinf o‘quvchilari orasidan iqtidorli va qobiliyatli o‘quvchilarni saralash, ularning umumta’lim fanlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini orttirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish maqsadida ishlab chiqilgan.


@denov_mmtb

Facebook  I Telegram I Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Denov tumanidagi 2-maktabda "Besh tashabbus-besh imkon" shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 5 ta asosiy tashabbusga e'tibor qaratiladi:

1. Ta'lim va ilmiy izlanishlarni qo'llab-quvvatlash: Yoshlarni ilmga bo'lgan qiziqishini oshirish, ularga zamonaviy ta'lim resurslari va imkoniyatlarini taqdim etish.

2. Madaniyat va san'atga qiziqishni oshirish: Yoshlarni milliy madaniyat va san'atga jalb qilish, ularning estetik dunyoqarashini kengaytirish.

3. Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish: Bo'sh vaqtni jismoniy faoliyat bilan o'tkazish, sport tadbirlari orqali yoshlarning sog'lig'ini mustahkamlash.

4. Ijtimoiy faollikni oshirish: Yoshlarni jamiyatda faol ishtirok etishga undash, ijtimoiy tadbirlarda ishtirok etishga rag'batlantirish.

5. Ekologik ongni rivojlantirish: Atrof-muhitni asrashga oid tadbirlar o’tkazish, yoshlarning ekologik mas'uliyatini oshirish.

Bu tashabbuslar doirasida tashkil etilgan tadbirlar yoshlarning ma'naviyatini rivojlantirish va ular uchun yangi imkoniyatlar yaratish maqsadida amalga oshirildi. Tadbir davomida qatnashchilarga ko’plab yangi ma'lumotlar, ko'nikmalar va tajribalar beriladi.


Chaganiyan.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Milliy libos ma'naviyat ko'zgusi! 

Milliy liboslarda xalqimizning tarixi, qadimiy urf-odat va an'analari, didi, estetik qarashlari mujassam etgan bo'lib, hozirgi kunda milliy liboslar jozibasini yoshlar o'rtasida keng targ'ib etish g'oyat muhim ahamiyat kasb etadi.


        

Denov tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi tizimidagi maktablar o‘qituvchilari va o‘quvchilari hamda bog'cha bolalari "Milliy libos chellenji" da faol ishtirok etish tashabbusini qo‘llagan holda tumandagi 10-sonli Ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan sinflari mavjud maktabida "Milliy libos chellenji"ni davom etmoqda.




🔽 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:🔼


Chaganiyan.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
🔰 KAMBAG‘ALLIKDAN FAROVONLIK SARI" DASTURI IJROSI AMALDA...

◽️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23 sentabrdagi "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-330-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 12-aprel kuni maktab direktorlari hamda maktabda o‘qiyotgan kambag‘al oila reestriga kiritilgan o‘quvchilarning ota-onalari ishtirokida onlayn tartibda yig‘ilish o‘tkazildi.

◽️ Yig‘ilishda Denov tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari F.Rasulov va maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i U.Xojiyev ishtirok etishdi.

◽️ Yig‘ilishda kambag‘al oila reestriga kiritilgan oilalarning farzandlarini umumiy o‘rta ta’lim ta’lim maktablarida ta’lim, fan va sport to‘garaklariga qamrab olish ishlarini yanada jonalantirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshirqlar berib o‘tildi.

@denov_mmtb

Facebook  I Telegram I Youtube
👍1🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_haftalik_ommaviy_hashar #Jarayon

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov topshirig‘idan so‘ng

Barcha hududlarda bahorgi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish maqsadida "Bir haftalik ommaviy hashar"ni o'tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Ayni vaqtda Denov tumani hokimi Ilhom Abrorov boshchiligida "Bir haftalik ommaviy hashar" ishlarini boshlash tashkillashtirildi. Hashar doirasida tumanning barcha hududlarida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. Hashar doirasida tumanning barcha hududlarida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi hamkorligida 77- maktabda obodonlashtirish va ko‘kalamlashtirish ishlari olib borildi.

Barcha fuqarolarimizni ushbu tadbirda faol ishtirok etishga hamda yashash hududlarimiz, mahallalar, ziyoratgohlar, qabristonlar, ko‘chalar va xiyobonlarning obodligi va ozodaligini ta’minlashda o‘z hissalarini qo‘shishga chaqiramiz.


Denov tumani hokimligi
Axborot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📖Zamonaviy maktab - zamonaviy ta’lim

👍Denov tumanidagi 64-sonli umumiy oʼrta taʼlim maktabi 2 ta binodan iborat boʼlib, 1-bino 2007-yilda, 2-bino 2022-yilda qurilgan va zamonaviy tartibda jihozlangan.


👍Telegram   👍Facebook
👍Instagram 👍You tube
👍Twitter       👍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3👍1
📖"Iqtidor" maktab ansambli tanlovining Surxondaryo viloyati bosqichi g‘oliblari aniqlandi

📝O‘quvchilarning musiqa san'ati borasidagi bilimlarini oshirish, iqtidorlarini aniqlash va kashf etish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan "Iqtidor" maktab teatri tanlovining viloyat bosqichi qizg‘in kechdi.

🫥Natijalar quyidagicha:

1-o‘rin - Denov tumanidagi 27-maktab jamoasi;
2-o‘rin - Sho‘rchi tumanidagi 1-maktab jamoasi;
3-o‘rin - Termiz shahar 2-maktab jamoasi.


🫥G‘olib va sovrindorlar viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev hamda vazirlik mas'ullari tomonidan diplom, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

👍Telegram   👍Facebook
👍Instagram 👍You tube
👍Twitter       👍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏5👍2