Denov tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi
1.52K subscribers
6.97K photos
705 videos
6 files
1.9K links
Ushbu kanal orqali Denov tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limida olib borilayotgan islohotlar bilan tanishib borasiz.

Denov tuman mudiriga murojaat uchun: https://t.iss.one/denov_murojaat_bot
Download Telegram
🇺🇿 “JANUB- QALQONLARI” JAMOASI FAXIRLI I-O‘RINNI QO‘LGA KIRITDI...

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘quvchi-yoshlami chaqiruvga qadarboshlang‘ich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 15-noyabrdagi PQ-393-sonli qarorining ijrosi yuzasidan umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 10-11-sinflarida tahsil olayotgan “Vatan tayanchi” otryadlari aʼzosi boʻlgan oʻquvchilar oʻrtasida “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasi oʻtkazildi.

🇺🇿 Surxondaryo viloyatida joylashgan umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 10-11-sinflarida tahsil olayotgan “Vatan tayanchi” otryadlari aʼzosi boʻlgan oʻquvchilar oʻrtasida “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichida Denov tumani 67-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Janub- qalqonlari” jamoasi faxirli I o‘rinni qo‘lga kiritib Respiblika bosqichiga yo‘llanma oldi.

@denov_mmtb

Facebook  I Telegram I Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Iqtidor maktab ansambli" tanlovi

muxbir: Muqaddas Panjiyeva

#Surxondaryo viloyati

12:00 10.04.2025

@hududtv
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Denov tumanidagi 2-maktabda "Besh tashabbus-besh imkon" shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 5 ta asosiy tashabbusga e'tibor qaratiladi:

1. Ta'lim va ilmiy izlanishlarni qo'llab-quvvatlash: Yoshlarni ilmga bo'lgan qiziqishini oshirish, ularga zamonaviy ta'lim resurslari va imkoniyatlarini taqdim etish.

2. Madaniyat va san'atga qiziqishni oshirish: Yoshlarni milliy madaniyat va san'atga jalb qilish, ularning estetik dunyoqarashini kengaytirish.

3. Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish: Bo'sh vaqtni jismoniy faoliyat bilan o'tkazish, sport tadbirlari orqali yoshlarning sog'lig'ini mustahkamlash.

4. Ijtimoiy faollikni oshirish: Yoshlarni jamiyatda faol ishtirok etishga undash, ijtimoiy tadbirlarda ishtirok etishga rag'batlantirish.

5. Ekologik ongni rivojlantirish: Atrof-muhitni asrashga oid tadbirlar o’tkazish, yoshlarning ekologik mas'uliyatini oshirish.

Bu tashabbuslar doirasida tashkil etilgan tadbirlar yoshlarning ma'naviyatini rivojlantirish va ular uchun yangi imkoniyatlar yaratish maqsadida amalga oshirildi. Tadbir davomida qatnashchilarga ko’plab yangi ma'lumotlar, ko'nikmalar va tajribalar beriladi.


Chaganiyan.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🔰 KAMBAG‘ALLIKDAN FAROVONLIK SARI" DASTURI IJROSI AMALDA...

◽️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23 sentabrdagi "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-330-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 12-aprel kuni maktab direktorlari hamda maktabda o‘qiyotgan kambag‘al oila reestriga kiritilgan o‘quvchilarning ota-onalari ishtirokida onlayn tartibda yig‘ilish o‘tkazildi.

◽️ Yig‘ilishda Denov tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari F.Rasulov va maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i U.Xojiyev ishtirok etishdi.

◽️ Yig‘ilishda kambag‘al oila reestriga kiritilgan oilalarning farzandlarini umumiy o‘rta ta’lim ta’lim maktablarida ta’lim, fan va sport to‘garaklariga qamrab olish ishlarini yanada jonalantirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshirqlar berib o‘tildi.

@denov_mmtb

Facebook  I Telegram I Youtube