Davlat xizmatlari yangiliklari
49.9K subscribers
9.86K photos
879 videos
8 files
8.28K links
Download Telegram
🔊Hurmatli fuqarolar !

📌Bugungi kunda Adliya vazirligi tomonidan FHDY organlarining ish samaradorligini oshirish, fuqarolarga xizmat koʻrsatishda yanada qulay sharoitlar yaratish, xizmat koʻrsatish jarayonida turli xil qonun buzilishi holatlarining oldini olish boʻyicha bir qancha choralar koʻrilmoqda.

🔅Xususan, FHDY organlari tomonidan xizmat koʻrsatish natijasida fuqarolardan davlat boji va boshqa toʻlovlarni undirish jarayonida qonuniylikni taʼminlash maqsadida ariza beruvchining mobil raqamiga SMS yuborish amaliyoti yoʻlga qoʻyilgan.

💸Mazkur SMS xabarda Sizdan undirilishi kerak boʻlgan summa koʻrsatiladi. Bu orqali toʻlovlarni undirish jarayonida qonun buzilishi holatlari oldi olinadi.

❗️Shu sababli, Sizdan ortiqcha toʻlov undirilgan yoki SMS xabar yuborilmagan hollarda 1148 "ishonch telefoni"ga qoʻngʻiroq qilishingiz soʻraladi!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_qiziq

⚡️Qaysi vaqtda fuqarolar ko'proq tashrif buyuradi?

🕐Davlat xizmatlari markazlariga fuqarolarning tashrif buyurishi o‘rganilganda:

🔴Eng ko'p tashrif buyuradigan vaqt soat 09-00dan – 12-00gacha

🟡O'rtacha tashrish 12-00dan – 16-00gacha

🟢Hamda eng kam tashrif 16-00dan – 18-00gacha tashkil etishi aniqlandi.

🔅Yaqinlaringiz bilan foydali ma'lumotlarni bo'lishishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Koʻchmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi toʻgʻrisida maʻlumotnoma olish uchun nima qilish kerak?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan “Koʻchmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi toʻgʻrisida maʻlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʻmuriy reglamenti”ga koʻra, ariza beruvchi ma’lumotnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki YIDXPda davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.

🔰Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, soʻrovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.

✳️Vakolatli organ arizani soʻrovnoma tushgan va toʻlov amalga oshirilgan vaqtdan boshlab uch ish kuni mobaynida koʻrib chiqadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Farmatsevtika faoliyati uchun litsenziya" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: yuridik shaxslar;

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

🔸Umumiy tartibda — 600 000 so'm (BHMning 2 baravari);

🔸Tezlashtirilgan tartibda — 1 200 000 so'm (BHMning 4 baravari).

💸Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori - 3 000 000 so'm (BHMning 10 baravari)

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

🔹umumiy tartibda — 15 ish kuni;

🔹tezlashtirilgan tartibda — 5 ish kuni.

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: 5 yil

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Foydali

🔈Hurmatli fuqarolar!

🔅Davlat xizmatlari yo‘nalishida ariza, shikoyat yoki taklif bilan murojaat qilish uchun nafaqat 1148 ishonch telefoni orqali, balki telegramdagi @tezkor_murojaat_bot orqali ham murojaatingizni yo‘llashingiz mumkin.

📌Sizlarga ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida ishga tushirilgan ushbu bot, nafaqat 📝 yozma balki 🔈ovozli va 🎥video murojatlarni ham qabul qiladi.

Murojaatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartiblarda ko'rib chiqiladi.

🔗Kanalga ulanish 👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_xabari #davlat_xizmatlari

Adliya vazirligi, Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot Dasturining “Oʻzbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlari taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qoʻshma loyihasi doirasida vazirlikning jamoatchilik bilan aloqalar boʻyicha mutaxasisslari uchun trening oʻz ishini boshladi.

3 kunlik amaliy mashgʻulotlar davomida maqsadli axborot uzatishning zamonaviy, taʼsirchan usullari, auditoriya bilan ishlash, ommaviy axborot vositalari bilan ishlashning oʻziga xos jihatlari kabi qator mavzularda malakalarini oshiradi.

Maʼlumot uchun: Ushbu loyiha qishloq joylarda xotin-qizlar, yoshlar va bolalar, keksalar, imkoniyati cheklanganlar va nogironligi bor aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va xizmat koʻrsatish sifatini oshirish yoʻli bilan ularning turmush darajasini oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qulaylik

To‘lovni amalga oshirish yanada osonlashdi❗️

Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirishda invoysdagi raqamlarni bittalab terib o‘tirish yoki “kassa”da navbat kutishga hojat yo‘q.

📲 Buning uchun ommabop to‘lov tizimlarida invoysdagi “QR-code”ni skaner qilib, to‘lovni osongina amalga oshiring.

💳 Mazkur imkoniyatdan hozircha “Payme”, “Click”, “U-pay” to‘lov tizimlari orqali foydalanishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

Qaysi organlar ma’muriy organlarga kiradi?

Ma’muriy organlar — ma’muriy-huquqiy faoliyat sohasida ma’muriy boshqaruv vakolati berilgan organlar, shu jumladan, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek, ushbu faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa tashkilotlar va maxsus tuzilgan komissiyalar.

Asos: O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonuni.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bu_muhim

yurxizmat.uz bilan o'z-o'zingizga huquqiy xizmat ko'rsating!

🔹Huquqiy hujjatlarni tayyorlashda vaqtdan yutishni xohlaysizmi?
🔹Yuristlar yoki advokatlar ishtirokisiz harakat qilishni-chi?

🌐 Adliya vazirligi tomonidan aholi va tadbirkorlar uchun ishlab chiqilgan www.yurxizmat.uz – O'z-o'ziga huquqiy xizmat ko'rsatish “Legal Tech” axborot tizimi bunda Sizga qo'l keladi.

Sayt huquqiy hujjatlarni, xususan yuridik shaxslar faoliyatida foydalaniladigan korporativ hujjatlar namunalarini, jismoniy shaxslar tomonidan foydalaniladigan shartnomalar, arizalar, iltimosnomalar, bitimlar, sudga oid hujjatlar va boshqa huquqiy hujjatlar namunalarini yuristlar yoki advokatlar ishtirokisiz avtomatlashtirilgan holda elektron shaklda tayyorlash, olish va foydalanish imkonini beradi.

❗️Barchasi bepul.

Saytda 800 dan ortiq hujjat namunalari mavjud bo'lib, saralab chiqilgan. Mazkur axborot tizimidan samarali foydalanish, shuningdek, fuqarolarning huquqiy hujjatlar bilan ishlash ko'nikmasini oshirish maqsadida quyida ayrim hujjat namunalarini taqdim etamiz:

▫️Kapital qurilish uchun pudrat shartnomasi | Hujjat namunasini shakllantirish

▫️Noturar joyni ijaraga berish shartnomasi | Hujjat namunasini shakllantirish

▫️Elektr energiya shartnomasi (ulgurji iste'molchilar uchun) | Hujjat namunasini shakllantirish

▫️Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish shartnoma | Hujjat namunasini shakllantirish

▫️Transport ekspedisiyasi shartnomasi | Hujjat namunasini shakllantirish

▫️Loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash shartnomasi | Hujjat namunasini shakllantirish

▫️Kafillik shartnomasi | Hujjat namunasini shakllantirish

▫️Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi | Hujjat namunasini shakllantirish

▫️Vositachilik shartnomasi | Hujjat namunasini shakllantirish

▫️Yuk tashish shartnomasi | Hujjat namunasini shakllantirish

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, oʻzgarishlar roʻy berdi? Ular haqida haftalik dayjesti.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan yo‘lovchilarni tashishga qo‘yiladigan talab va shartlar nimalardan iborat

🔹yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati bilan shug‘ullanadigan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar (keyingi o‘rinlarda — o‘zini o‘zi band qilgan tashuvchilar) bir yilda bir marotaba transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazishi shart;
🔹o‘zini o‘zi band qilgan tashuvchilar “Uztrans” axborot tizimi bazasiga kiritilgan ko‘p tarmoqli poliklinikalar va xususiy tibbiyot muassasalari orqali bir yilda bir marotaba tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart;
🔹yo‘nalishsiz taksi faoliyati uchun litsenziya varaqasi berilganligi uchun davlat boji barcha turdagi tashuvchilardan yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida undiriladi;
🔹yo‘nalishsiz taksi xizmati faoliyatiga ruxsat beruvchi litsenziya varaqalarida faoliyat hududi aks ettiriladi;
🔹o‘zini o‘zi band qilgan tashuvchilarning avtomobil transporti tom qismiga “TAXI” tanish belgili to‘q sariq rangli fonar o‘rnatiladi;
🔹boshqa sohalarda mehnat shartnomasiga asosan band bo‘lgan shaxslar bir vaqtning o‘zida yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati bilan o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan holda shug‘ullanishlari mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#So'ragan_edingiz
#Xizmatlardan_onlayn_foydalanamiz
#Mutaxassisga_so'z_beramiz

📌"New.birdarcha.uz" avtomatlashtirilgan tizimi orqali "Firma nomini zaxiraga olish va yuridik shaxsni davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibini bilasizmi?

✍️Mutaxassis Sizga mustaqil ravishda xizmatdan foydalanishga yordam beradi.

📹VIDEOQOʻLLANMA

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
🔴 #Adliya_live

🔊Ayini damda Adliya vazirligi tomonidan AOKAda «Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Prezident farmoni mazmun-mohiyati mavzusida matbuot anjumani oʻtkazilmoqda.

⚡️Matbuot anjumani translyatsiyasini JONLI tomosha qiling.

📹Onlayn translyatsiya

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Sug‘urtalovchilarning (qayta sug‘urtalovchilarning) va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyati uchun litsenziya" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:

🏢 Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi;

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxslar

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

💸1 500 000 so'm (BHMning 5 baravari);

📑Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

💸3 000 000 so'm (BHMning 10 baravari);

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 20 ish kuni

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: Cheklanmagan

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat