Davlat xizmatlari yangiliklari
49.8K subscribers
9.83K photos
878 videos
8 files
8.26K links
Download Telegram
#Infografika
#FHDY_xizmatlari
#Bu_qiziq

👶🏻FHDY organlari tomonidan 2021-2022-yil 6 oy davomida qayd etilgan tug’ilishlar o‘zaro nisbati haqidagi ma’lumotlar

📝2022 yilning 6 oy davomida FHDY organlari tomonidan respublika boʼyicha 417 812 ta bolalarning tug’ilish qayd etildi.

Bu koʼrsatkich oʼtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 22 355 taga ko’p.

📝Shular jumlasidan:

🔹2022 yilning 6 oyi davomida 216 216 ta o’g’il bolalarning tug’ilishi qayd etilgan bo’lib, 2021 yilga nisbatan 11 364 taga ko’paygan.

🔹2022 yilning 6 oyi davomida 201 587 ta qiz bolalarning tug’ilishi qayd etilgan bo’lib, 2021 yilga nisbatan 10 985 taga ko’paygan

📝Batafsil, yuqoridagi infografikada👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_xabari #Yangi_xizmat #Infografika

🔊Rasmiy hujjatlarga elektron apostil qoʼyish boʼyicha davlat xizmati koʼrsatish ishga tushdi

Adliya vazirligi tomonidan Hukumat qaroriga (732-son, 03.12.2021-y.) asosan O‘zbekiston Respublikasi hududida tuzilgan rasmiy hujjatlarga elektron apostil qoʼyish tizimini yo‘lga qo‘yildi.

⚡️Hozirda sifatli davlat xizmatini ko‘rsatish maqsadida rasmiy hujjatni imzolash vakolatiga ega mansabdor shaxslarning imzolari va tashkilot muhr izi namunalarini raqamlashtirish bosqichma bosqich amalga oshirilmoqda.

❗️ Birinchi bosqichda taʼlim va fan sohasiga tegishli rasmiy hujjatlarga apostil qoʼyish boʼyicha davlat xizmatidan foydalanishingiz mumkin.

Murojaat etuvchi davlat xizmati olish uchun DXMga oʻzi kelib yoki YAIDXPda roʻyxatdan oʻtgan holda elektron tarzda murojaat etadi.

💰Taʼlim va fan sohasiga tegishli rasmiy hujjatlar boʻyicha soʻrovnoma toʻldirilib, uni koʻrib chiqish uchun BHMning 20 foizi miqdorida yigʻim undiriladi:

YAIDXP orqali murojaat etilganda, yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.

➡️ Soʻrovnoma rasmiy hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 2 ish kuni ichida (zarur hollarda, 10 ish kuni ichida) koʻrib chiqiladi.

☑️ Rasmiy hujjatga elektron apostil qoʻyish bilan bogʻliq barcha jarayonlar “E-App” va “E-register” dasturlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.

🔰 Shuningdek, quyidagi hollarda apostil qoʻyish rad etiladi:

rasmiy hujjatda zarur rekvizitlarning hech boʻlmaganda biri mavjud boʻlmasa yoki mansabdor shaxslarning imzolari hamda muhr, shtamplarning haqiqiy emasligi aniqlansa;
rasmiy hujjatni imzolagan mansabdor shaxs uni imzolash vakolatiga ega boʻlmasa.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_xabari #Tadbirkorlik #Infografika

🔊2022-yilning birinchi yarim yilligida tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari, jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar haqida

Batafsil👈👈👈

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_xabari #Infografika

🔊Rasmiy hujjatlarga elektron apostil qoʼyish boʼyicha davlat xizmati koʼrsatish toliq ishga tushdi

Avval xabar berganimizdek, Adliya vazirligi tomonidan Hukumat qaroriga (732-son, 03.12.2021-y.) asosan O‘zbekiston Respublikasi hududida tuzilgan rasmiy hujjatlarga elektron apostil qoʼyish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

🔅 Birinchi bosqichda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga doir taʼlim va fan sohasiga tegishli rasmiy hujjatlarga apostil qoʼyish boʼyicha davlat xizmatidan foydalanishingiz mumkin edi.

❗️Endilikda tegishli hududdagi adliya organlari va muassasalaridan hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga;

🔹Sudlardan chiqadigan rasmiy hujjatlarga;

🔹Prokuratura, tergov, surishtiruv va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlardan chiqadigan rasmiy hujjatlarga;

⚡️Shu bilan birga boshqa rasmiy hujjatlarga Tashqi ishlar vazirligi tomonidan apostil qoʼyish boʼyicha davlat xizmati ishga tushdi.

🔸
Murojaatlar qabul qilinadi:
Davlat xizmatlari markazlari;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

💰So‘rovnomani ko‘rib chiqish uchun murojaat etuvchidan BHMning 20 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

YAIDXP orqali murojaat etilganda, yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.

➡️ Soʻrovnoma rasmiy hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 2 ish kuni ichida (zarur hollarda, 10 ish kuni ichida) koʻrib chiqiladi.

☑️ Rasmiy hujjatga elektron apostil qoʻyish bilan bogʻliq barcha jarayonlar “E-App” va “E-register” dasturlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.

🔰 Shuningdek, quyidagi hollarda apostil qoʻyish rad etiladi:

rasmiy hujjatda zarur rekvizitlarning hech boʻlmaganda biri mavjud boʻlmasa yoki mansabdor shaxslarning imzolari hamda muhr, shtamplarning haqiqiy emasligi aniqlansa;
rasmiy hujjatni imzolagan mansabdor shaxs uni imzolash vakolatiga ega boʻlmasa.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_xabari #Yangi_xizmat #Infografika

⚡️Endilikda istalgan avtomobil tarixiga oid maʼlumotlarni olish mumkin

📌Ushbu xizmat orqali avtomobil tarixiga oid maʼlumotlarni juda tez, oson va qulay tarzda amalga oshirish mumkin!

📑Albatta, yaqinlaringiz bilan foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

❗️“Avtomobil tarixi”ga oid ma’lumotlarni raqamlashtirish jarayonlari to‘liq oxiriga etmaganligi sababli mazkur xizmat TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Infografika #FHDY_xizmatlari #Bu_qiziq

🏫FHDY organlari tomonidan 2022-yilning 9 oyi davomida 688 421 ta tugʻilish holati qayd etilgan.

👶🏻O'g'il bolalar — 356 425 ta
👧🏻 Qiz bolalar — 331 988 ta

🔅Shu jumladan, ushbu davr mobaynida O'zbekistonda tug'ilgan o'g'il bolalarga Muhammadali ismi, qizlarga esa Soliha ismi eng ko'p qo'yilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat