Davlat xizmatlari yangiliklari
49.7K subscribers
9.82K photos
876 videos
8 files
8.25K links
Download Telegram
🔍 Sizning fikringiz biz uchun muhim!

Adliya vazirligi tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini baholash uchun yangi tizim — baho.davxizmat.uz ishga tushirildi.

👥 Edilikda ko'rsatilgan davlat xizmatlarining sifatini baholash va taklif berish uchun Markazlarda joylashtirilgan QR-kodlarni skaner qiling hamda fikr bildiring!
Sizning fikringiz davlat xizmatlari sifatini oshirishda muhim rol o‘ynaydi!

📍Hozirda ushbu tizim Toshkent shahridagi Markazlarda test rejimida ishlatilmoqda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi qanday?

Talabgor davlat tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha sinov imtihonida qatnashish uchun davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali elektron shaklda murojaat qiladi.

👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs.

🏛Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar):
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi va uning hududiy bo‘linmalari.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori: BHMning 20 foizi miqdorida. YIDXP orqali murojaat etilganda to‘lov summasining 90 foizi undiriladi.

🗓Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: Hujjatlar qabul qilib olinganidan so‘ng bir oy muddatda davlat tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha imtihonlar o‘tkaziladi. Natijalar imtihon o‘tkazilganidan so‘ng uch kun muddatda e’lon qilinadi.

📄Imtihon natijalari e’lon qilingandan so‘ng uch kun muddatda imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga belgilangan shakldagi davlat tilini bilish to‘g‘risidagi malaka sertifikati beriladi.

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 592-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlat xizmatlari markazining situatsion markazi qanday ishlaydi?

Kanalga ulanish:👇🏻
@davxizmat
#Adliya_xabari

Angor tumanida vazir oʻrinbosari aholi va tadbirkorlar murojaatlarini oʻrgandi

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Surxondaryo viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari doirasida Angor tumanidagi “Sharq guli” mahallasida joylashgan istirohat bogʻida sayyor qabul oʻtkazdi.

Sayyor qabul davomida 80 nafardan ortiq fuqaroning soliq imtiyozini qoʻllash, bepul davolanish uchun order olish, ishga joylashtirish, ijtimoiy himoya, mehnat munosabatlari, davlat xizmatlari, mulkiy huquqlarga oid va shu kabi boshqa turli sohalarga oid murojaatlari soha rahbarlari ishtirokida koʻrib chiqildi.

Shundan, 19 nafar fuqarolarning murojaati joyida hal etildi, 28 nafariga huquqiy tushuntirish berildi, 30 dan ortiq sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi, 36 nafar fuqaroning murojaatlari esa qoʻshimcha oʻrganish talab etganligi sababli ish yurituvga qabul qilinib, nazoratga olindi.

Vazir oʻrinbosari X.Meliyev Angor tumanida terini qayta ishlash “Top quality brand” MChJ zavodi faoliyati bilan tanishdi. Xorijiy investorlar ishtirokida tashkil etilgan mazkur obyekt hozirda oʻzining teri, charm mahsulotlari bilan jahon bozorini toʻldirmoqda. Uchrashuvda ishlab chiqarilayotgan tovarlarni mahalliy va chet el bozorlarga olib chiqish haqida fikr va mulohazalar bildirildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Alohida uy-joyni (kvartira, uy, kvartiraning yoki uyning bir qismini) xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotnoma berish tartibidan xabardormisiz?

Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)da ro‘yxatdan o‘tadi.

👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy shaxslar (mulkdor, uning oila a’zolari, mulkdor tomonidan vakolat berilgan shaxslar va xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar).

🏛Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar):
Tuman (shahar) hokimligi.

📑So‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
alohida uy-joy, kvartira mulkdori ekanligini tasdiqlovchi hujjat;
mulkdorning oila a’zosi bo‘lgan taqdirda, ushbu faktni tasdiqlovchi hujjat (mulkka egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjat bilan birga);
vakilning vakolatini tasdiqlaydigan ishonchnoma.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi.

🗓Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 1 ish soati.

📄Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha ma’lumotnoma taqdim etiladi.

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 627-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
🚀 Davlat xizmatlaridan foydalanish yanada oson bo'ladi!💻

“O‘ZBEKISTON — 2030” Strategiyasiga asosan YIDXPda joriy etilgan davlat xizmatlari “3 qadam” tamoyili asosida soddalashtirilmoqda.

🔎 Hozirgi vaqtga qadar 100 ga yaqin ommabop davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonida talab etiladigan ortiqcha ma'lumotlar olib tashlandi. Bu esa fuqarolarga davlat xizmatlaridan yanada qulay va tezkor foydalanish imkoniyatini bermoqda.

🔺Kelgusida nimalar qilinadi?
Joriy yilning 15 oktabr kuni Adliya vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi mas'ul xodimlari tomonidan har bir davlat xizmatini avtomatlashtirish va talab qilinadigan hujjatlarni qisqartirish bo'yicha kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

💯 Asosiy maqsad – barcha xizmatlarni avtomatlashtirish va sodda shaklga keltirish hamda yangi texnologiyalar va innovatsion yondashuvlardan foydalanib, fuqarolarga eng sifatli xizmatlarni taqdim etishdir.

Kanalga ulanish👇🏻
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi o‘simlik turlarini tabiiy muhitdan olish uchun ruxsatnoma

Murojaatlar qabul qilinadi:

🔗“Litsenziya” axborot tizimi;
🔗Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP).

👫Ariza beruvchilar toifasi:
Yuridik va jismoniy shaxslar.

🏢Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi.

📑Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

ariza;
o‘simlik turi, uning g‘amlanadigan qismlarini — barglari, ildizlari, mevalari, sharbati va boshqalarni ko‘rsatgan holda;
g‘amlash yoki to‘plash usuli;
g‘amlash hududi (viloyat, tuman);
g‘amlash yoki to‘plash hajmi (kg, tn, dona, kubmetr);
g‘amlash (to‘plash) muddatlari;
o‘simlik turlarini g‘amlash (to‘plash), olish nazarda tutilayotgan hududlarning yer egalari, yerdan foydalanuvchilar yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining roziligi.

💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

▫️O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan jismoniy shaxslar — bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi;
▫️tabiatdan foydalanuvchi yuridik shaxslar — bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi;
▫️xorijiy fuqarolar uchun — 10 AQSh dollari miqdorida.
💰Ruxsatnoma berilganligi uchun undiriladigan yig‘im: foydalanish obyektlariga qarab belgilanadi.

🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati: 10 ish kuni.

📄
Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha ruxsatnoma taqdim etiladi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori.

Kanalga ulanish👇🏻
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

Xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamg‘armalar hamda ilmiy hamkorlik bo‘yicha xalqaro bitimlar doirasida xorijdan tekin, gumanitar va texnik yordam tariqasida keltirilayotgan pul mablag‘lari va asbob-uskunalarning ajratilgan grantlar maqsad va vazifalariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa berish tartibidan xabardormisiz?

Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)da ro‘yxatdan o‘tadi.

👫Xulosa olishni so‘rab murojaat qiladigan shaxslar toifasi:
Yuridik va jismoniy shaxslar.

🏢Xulosani berishga vakolatli organ(lar):
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi.

📑Xulosa olish uchun talab etiladigan ma’lumotlar va hujjatlar:
ariza;
xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamg‘armalardan grantlar ajratilganini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;
bajarish uchun olingan pul mablag‘lari va asbob-uskunalarni tasdiqlovchi xalqaro ilmiy va innovatsion dasturlardan ko‘chirma;
olingan pul mablag‘lari va asbob-uskunalarni tasdiqlovchi va ularning ajratilgan grantlar yoki xalqaro ilmiy dasturlar va ilmiy hamkorlik doirasidagi xalqaro shartnomalar bo‘yicha loyihalarning maqsadlari va vazifalariga muvofiqligi bo‘yicha tadqiqot ishlarini bajarish uchun ekspertizasini o‘tkazishga imkon beruvchi boshqa hujjatlar.

💰Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im
undirilmaydi.
💰Xulosa berganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
BHMning 10 barobari.
🗓Xulosa berish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish muddati: 7 ish kuni.
🗓Xulosaning amal qilish muddati: Cheklanmagan.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 169-son qarori.

Kanalga ulanish👇🏻
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_nazorat

Davlat xizmatidan foydalanish bo‘yicha kelib tushgan arizalarni asossiz ravishda rad etgan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining mas’ul xodimi ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Batafsil...

Kanalga ulanish👇🏻
https://t.iss.one/davxizmat
Forwarded from Shoxidaxon Yuldasheva
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Imkon_loyihasi

Adliya vazirligi tashabbusi bilan “Imkon” ijtimoiy-huquqiy loyihasi yoʻlga qoʻyildi.

Surxondaryo viloyati Denov tumanidan Dilorom Yuldasheva ushbu loyihaning ilk ishtirokchilaridan. U real voqealarga asoslangan “Matonat” filmining bosh qahramoni ham boʻldi.

Bugun, 18-oktabr kuni Toshkentda “Imkon” loyihasining taqdimoti hamda “Matonat” filmining premyerasi boʻlib oʻtadi.

❗️Filmning to‘lig‘ini 19-oktabr kuni soat 18:00 dan boshlab loyihaning YouTube kanalida tomosha qilishingiz mumkin.

https://t.iss.one/yuldasheva_shoxidaxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥 Face-ID orqali hujjatlarsiz davlat xizmatlaridan foydalaning!

👨‍💻 Adliya vazirligi barcha Davlat xizmatlari markazlarida yuz qiyofasi orqali shaxsni avtomatik aniqlash tizimini yo‘lga qo‘ydi!

📃 Hujjat ko‘rsatishga hojat yo‘q! Barcha kerakli ma'lumotlar avtomatik tarzda aniqlanadi!

Tezkor va qulay! Davlat xizmatlaridan foydalanish yanada yengil va tezkor bo‘ladi!

Kanalga ulanish👇🏻👇🏻👇🏻
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi ishchi guruhi Samarqandda


Koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish masʼullarning quyi boʻgʻinlar faoliyatiga boʻlgan eʼtiboriga ham bogʻliq. Boisi, tizimning nechogʻlik samaradorligi hududlarda yaqqol namoyon boʻladi.

Xususan, Adliya vazirligining ishchi guruhi viloyatdagi FHDY organlari, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlari, Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmalarida xizmat koʻrsatish sifati, raqamlashtirish jarayoni, bu borada amaliyotda uchrayotgan xato hamda kamchiliklar, tizimli muammolar, vakolatli idoralar bilan hamkorlik samaradorligi, bu borada tizim xodimlarining takliflarini oʻrganishmoqda.

Ishchi guruh vakillari Samarqand shahridagi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi, Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi viloyat boshqarmasi, Samarqand tuman FHDYo boʻlimidagi mazkur holatni koʻzdan kechirishdi. Mavjud kamchiliklarni oʻrganib, ularni bartaraf qilish yuzasidan takliflar berishdi. Sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan fikr-mulohazalar, takliflarni tinglashdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM