Davlat xizmatlari yangiliklari
50K subscribers
9.85K photos
879 videos
8 files
8.28K links
Download Telegram
#Bilasizmi

Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibidan xabardormisiz?

✔️Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
- Davlat xizmatlari markazlari.

🔹Murojaatlar qabul qilinadi:
-
Davlat xizmatlari markazi;
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) - my.gov.uz orqali.

📎Xizmatdan foydalanuvchilar:
👨‍💼
Litsenziat, litsenziar yoki ularning vakili.

🔸Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning uchdan bir miqdori.

🔸Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati: 1 ish kuni.

📄
Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha guvohnoma taqdim etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Hududiy adliya boshqarmalari hamda DXM xodimlari bilan onlayn seminar-tadbirlari o'tkazildi

Davlat xizmatlari ko'rsatilishini nazorat qilish boshqarmasi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining aholiga davlat xizmatlari ko'rsatilishini nazorat qilish bo'yicha joriy yilning 16-sentabrdan 4-oktabrgacha har bir hududiy adliya boshqarmasi, tuman adliya bo'limlari va DXM xodimlari ishtirokida "ZOOM" platformasi orqali muloqot o'tkazilib, tadbir ishtirokchilariga soha faoliyati yuzasidan uslubiy va amaliy maslahat hamda tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, tadbirda ishtirokchilar o‘rtasida davlat xizmatlari ko'rsatilishini nazorat qilish sohasida tajriba almashinuvi o‘tkazilib, bu yo‘nalishda mavjud muammo va takliflar muhokama qilinib, aholining davlat xizmatlaridan ortiqcha byurokratik to‘siqlarsiz va ovoragarchiliklarsiz foydalanishini ta'minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

📃Mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini berish

👫O‘zbekiston Respublikasida davlat ko‘chmas mulk obyektlari yoki davlat ulushlari xususiylashtirilganda, shartnomaga asosan mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini (tasarruf etish huquqisiz yoki tasarruf etish huquqi bilan) olish uchun ariza beruvchi (xaridor) o‘zlariga qulay bo‘lgan hududdagi davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat qilgan holda yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ariza yuboradi.

👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy va yuridik shaxslar (O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari).

🏛Vakolatli organ(lar):
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy boshqarmalari.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Bepul

📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:
7 ish kuni

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarori

Kanalga ulanish:👇🏻
@adliyaimd
#Adliya_aralashgach

Adliya vazirligining taqdimnomasiga asosan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan undirilgan ortiqcha toʻlovlar oʻz egalariga qaytarilishi ta’minlandi.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan Nashrlarga xalqaro standart tartib raqamlari berish va Nashrlarga kutubxona klassifikatsiya indekslarini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentiga muvofiq, davlat xizmatlari koʻrsatilishi monitoring qilindi.

▪️Monitoring jarayonida bolalar adabiyotlari, shuningdek nogironligi bo‘lgan shaxslarga mo‘ljallangan nashrlar uchun berilgan so‘rovnoma to‘lovlari miqdoriga 50% imtiyoz qo‘llanilishi belgilangan bo‘lsa-da, kutubxona tarafidan mazkur imtiyozni qo‘llamasdan 38 ta yuridik shaxslardan 146 marotaba ortiqcha to‘lovlar undirilgani aniqlandi.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi buzilganligi uchun Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining mansabdor shaxsi maʼmuriy javobgarlikka tortildi hamda ortiqcha undirilgan to‘lovlarni fuqarolarga tegishli tartibda qaytarish yuzasidan taqdimnoma kiritilib, natijada ortiqcha undirilgan to‘lovlar o‘z egalariga qaytarilishi ta’minlandi.
#Yangilik

📍Endilikda Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish bo‘yicha ariza yuborish uchun Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) - my.gov.uz orqali ariza yuborish mumkin.


👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy shaxslar.

🏢Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar):
Viloyat hamda tuman (shahar) hokimliklari;
Davlat tashkilotlari.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari.

🗓Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 1 oy.

📄
Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha mulk huquqini beruvchi davlat orderi taqdim etiladi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 124-sonli qarori

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Yangilik

📍Endilikda Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylarida joylashgan xizmat turar joylarini foydalanishga berish uchun Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) - my.gov.uz orqali ariza yuborish mumkin.


👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy shaxslar.

🏢Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar):
Viloyat hamda tuman (shahar) hokimliklari;
Davlat tashkilotlari.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Yig‘im undirilmaydi.

🗓Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 11 ish kuni.

📄
Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha turar joy uchun order taqdim etiladi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 124-sonli qarori

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Yangilik

📍Endilikda Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash uchun Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) - my.gov.uz orqali ariza yuborish mumkin.


👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy shaxslar.

🏢Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar):
Viloyat hamda tuman (shahar) hokimliklari;
Davlat tashkilotlari.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Yig‘im undirilmaydi.

🗓Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 11 ish kuni.

📄
Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha turar joy uchun order taqdim etiladi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 124-sonli qarori

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

Oilaviy mehmon uylari, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlarni Yagona reyestrga kiritish tartibidan xabardormisiz?

Murojaatlar qabul qilinadi:

Davlat xizmatlari markazlari;
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) - my.gov.uz orqali.

👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy va yuridik shaxslar.

🏢Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar):
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Yig‘im undirilmaydi.

🗓Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 6 ish kuni.

📄
Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha reyestrdan ko‘chirma taqdim etiladi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 622-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
🔔 Pivo va pivo ichimliklari ulgurji savdosi bo‘yicha yangilik!

Endi pivo va pivo ichimliklari (tabiiy vinodan tashqari) ulgurji savdosini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma berish xizmatini “Litsenziya” AT orqali amalga oshirishingiz mumkin.

✔️ Hozirda arizalar soni ortib bormoqda, bu esa xizmatga bo‘lgan yuqori talabni ko‘rsatadi.

🔹 Xizmat bir zumda ko‘rsatiladi
🔹 Cheklanmagan muddat amal qiladi

📲 Arizalarni elektron tarzda topshiring va savdo faoliyatingizni osongina rasmiylashtiring!

Talab va shartlar bilan tanishish
#yangilik

🔔 Farg'onada yangi davlat xizmatlari eksperiment qilinadi:

🔸Fеrmеr xo‘jaliklarini ko‘p tarmoqli fеrmеr xo‘jaliklari rеyеstriga kiritish
🔸Arxеologiya ashyosini davlat katalogiga kirgan yoki kirmaganligi haqida ma’lumot bеrish
🔸Moddiy madaniy mеros obyektini moddiy madaniy mеros obyektlarining davlat kadastriga kiritish
🔸Moddiy madaniy mеros obyеktini davlat kadastriga kirgan yoki kirmaganligi haqida ma’lumot
🔸Milliy muzеy fondining davlat katalogida muzеy ashyolari va muzеy kolleksiyalarining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma bеrish
🔸Nomoddiy madaniy mеros obyektlarini nomoddiy madaniy mеros obyektlarining ro‘yxatiga kiritish (chiqarish)
🔸Nomoddiy madaniy mеros obyektini nomoddiy madaniy mеros obyekti ro‘yxatiga kirgan yoki kirmaganligi haqida ma’lumot bеrish
🔸Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarini shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat rеyеstriga kiritish

🔰Ma'lumot uchun, eksperiment 6 oygacha davom etadi hamda natijasi bo‘yicha yangi tartibdagi davlat xizmatini ko‘rsatish to‘xtatiladi yoki uni butun respublikada joriy etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_statistika

📈 Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar eng ko‘p a’lo baholangan hududlar:
1. Farg‘ona viloyati – 97%
2. Toshkent viloyati – 96 %
3. Samarqand viloyati – 95%
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 94 %
5. Surxondaryo viloyati – 94 %

🔼Ko‘rsatilgan xizmatlar eng ko‘p a’lo baholangan davlat xizmatlari markazlari:
1. Nurafshon shahri davlat xizmatlari markazi – 99 %
2. Farg‘ona shahri davlat xizmatlari markazi – 99 %
3. Samarqand shahri davlat xizmatlari markazi – 99 %

📉 Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar eng kam a’lo baholangan hududlar:
1. Andijon viloyati – 55 %
2. Jizzax viloyati – 60 %
3. Qashqadaryo viloyati – 69 %

🔽Ko‘rsatilgan xizmatlar eng kam a’lo baholangan davlat xizmatlari markazlari:
1. Marhamat tumani davlat xizmatlari markazi
2. Jizzax shahri davlat xizmatlari markazi
3. Qarshi shahri davlat xizmatlari markazi

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Urug‘lik paxta chigitini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash bo‘yicha xulosa berish

Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)da ro‘yxatdan o‘tadi.

👫Xulosa olishni so‘rab murojaat qiladigan shaxslar toifasi:
Jismoniy va yuridik shaxslar.

🏢Xulosani berishga vakolatli organ(lar):
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi.

📑Xulosa olish uchun talab etiladigan ma’lumotlar va hujjatlar:
ariza. Arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
yuridik shaxslar uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa), nav namunasi saqlanayotgan manzil, nav namunasining navi, avlodi va soni;
jismoniy shaxslar uchun — FIO, JShShIR, yashash manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa);
faoliyatni amalga oshirish manzili, nav namunasining navi, avlodi va soni;
nav namunalari hujjatlari.

💰Xulosa berganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
BHMning 4,5 baravari.

🗓Xulosaning amal qilish muddati: Cheklanmagan.

Izoh: O‘zagroinspeksiya navdorlikni baholash ishlari bo‘yicha buyurtma berish muddati 1-martga qadar etib belgilanganligi haqida o‘zining rasmiy veb-saytida yanvar oyining birinchi o‘n kunligida e’lon beradi. Nav namunalarida nav tozaligi har yili avgust oyida nav muallifi tomonidan taqdim etilgan navlarning morfologik belgilari tavsifnomasi asosida aniqlanadi. Nav namunalarining tahlil natijalariga ko‘ra O‘zagroinspeksiya tomonidan ijobiy yoki salbiy xulosalar rasmiylashtiriladi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 169-son qarori.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari

❗️ Nomingizga rasmiylashtirilgan kreditlar haqida ma'lumotlarni (o‘z kredit tarixingizni) onlayn tekshirib boring va firibgarlardan ogoh bo'ling

Batafsil 👉videorolikda

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangilik

❗️ Pivo va pivo ichimliklari chakana savdosi bo‘yicha yangilik!

Endi pivo va pivo ichimliklari chakana savdosini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma berish xizmatini “Litsenziya” AT orqali amalga oshirishingiz mumkin.

🔹 Xizmat bir zumda ko‘rsatiladi
🔹 Cheklanmagan muddat amal qiladi

📲 Arizalarni elektron tarzda topshiring va savdo faoliyatingizni osongina rasmiylashtiring!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

Yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash tartibi qanday?

Talabgor ushbu davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)da ro‘yxatdan o‘tadi va so‘rovnomani elektron ravishda to‘ldiradi.

👫 Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Yuridik yoki jismoniy shaxs (shartnoma tomoni).

🏛 Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar):
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi.

📑 Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan hujjatlar:
shartnoma(lar), qo‘shimcha kelishuv(lar) (mavjud bo‘lgan taqdirda) hamda ularga spetsifikatsiya(lar) nusxasi;
shartnoma(lar) bo‘yicha bajarilgan majburiyatlarning hajmlarini tasdiqlovchi hujjatlar (bank tomonidan ko‘chirilgan mablag‘lar to‘g‘risida ma’lumotnoma, hisobvaraqlar va/yoki dalolatnomalar). Bunda hujjatlar shartnoma(lar)ning xususiyatidan kelib chiqib taqdim etiladi.

💰Sertifikat berish uchun undiriladigan yig‘im miqdori: BHMning 90 foizi miqdorida.

⏱️ Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 15 ish kuni.

🗓 Sertifikatning amal qilish muddati: Cheklanmagan.

‼️ Bir so‘rovnoma bilan birga bir nechta shartnomalar bir vaqtning o‘zida taqdim qilinsa, qo‘shimcha har bir shartnoma uchun BHMning 50 foizi miqdorida alohida yig‘im undiriladi.

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-oktabrdagi 625-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Davlat xizmatlarining ko‘lami kengaymoqda!

Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatilayotgan xizmatlar soni yildan-yilga oshib bormoqda. Raqamlarga e'tibor bering:

🔹 2022-yilda – 258 ta xizmat
🔹 2023-yilda – 332 ta xizmat
🔹 2024-yilning hozirgi davriga qadar – 382 ta xizmat!

Bu raqamlar davlat xizmatlari tizimining doimiy ravishda rivojlanib, fuqarolar uchun yanada ko'proq qulayliklar yaratayotganidan dalolat beradi.
Davlat xizmatlari endi ko‘proq sohalarni qamrab olmoqda va tezkorlik, shaffoflikni ta’minlamoqda!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
📊 "Litsenziya" AT orqali ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari:

Bugungi kunda "Litsenziya" axborot tizimi orqali 121 ta davlat xizmati ko‘rsatilmoqda. Ularning taqsimoti quyidagicha: 39 ta litsenziya; 46 ta ruxsatnoma; 36 tа xabarnoma

🔹 2022-yilda – 100 ta xizmat
🔹 2023-yilda – 115 ta xizmat
🔹 2024-yilning hozirgi davriga qadar – 121 ta xizmat!

"Litsenziya" axborot tizimi aholi va tadbirkorlar uchun litsenziya va ruxsatnomalar olishda, faoliyatni boshlaganlik haqida xabarnomalar yuborishda qulay va shaffof vositaga aylanmoqda!

📲 Siz ham "Litsenziya" AT orqali davlat xizmatlaridan foydalaning va o‘z faoliyatingizni rasmiylashtiring!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat