Davlat xizmatlari yangiliklari
49.7K subscribers
9.85K photos
879 videos
8 files
8.27K links
Download Telegram
#Bilasizmi #Gid #Malaka #Sertifikat

📃Gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilarga malaka sertifikatini berish

🔹Malaka sertifikatining nomi:

Gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilarga malaka sertifikati va identifikatsiya kartasi

👫So‘rovnoma beruvchilar toifasi:
Jismoniy shaxs

🏢Malaka sertifikatini beruvchi vakolatli organ(lar):
Turizm qo‘mitasi (Madaniy meros obyektlari muammolarini o‘rganish va turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti — Ishchi organ)

🗂Malaka sertifikatini olish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:
a) So‘rovnoma;
so‘rovnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi)
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR);
elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;
malaka oshirish kursini tugatganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (qachon va kim tomonidan berilgan, seriyasi va raqami);
malaka imtihoni yo‘nalishlari (gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilik);
davlat xizmatidan foydalanish sababi (attestatsiya imtihonini topshirish, ekspert guvohnomasini qayta rasmiylashtirish yoki amal qilish muddatini uzaytirish).
b) quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
oliy yoki o‘rta va o‘rta maxsus professional ma’lumotning tan olinganligi haqidagi sertifikat, yoki qayta tayyorlash kursidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
2 dona oq fonda fotosurat elektron variantda;
086 shaklidagi tibbiy ma’lumotnoma (yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilar uchun);
ekskursiya faoliyatida tajriba mavjudligini tasdiqlovchi hujjat (toifa berish uchun);
notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilinayotgan bo‘lsa).
Talabgorning oliy yoki o‘rta va o‘rta maxsus professional ma’lumot haqidagi diplomi vakolatli organ tomonidan mustaqil ravishda “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan so‘rab olinadi.

💰Malaka sertifikatini berganlik uchun undiriladigan to‘lov miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari.

📆
So‘rovnomalarni ko‘rib chiqish muddati:
5 ish kuni

📆Malaka sertifikatining amal qilish muddati:
3 yil

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.11.2023 yildagi 635-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM