Davlat xizmatlari yangiliklari
49.9K subscribers
9.83K photos
879 videos
8 files
8.27K links
Download Telegram
#Bilasizmi #Pasport #Xorij

🪪Xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirishga ariza berish

📃Davlat xizmati YIDXP orqali O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari va davlat xizmatlari markazlari tomonidan ham ko‘rsatiladi.

👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi
:
Jismoniy shaxslar

🏥Vakolatli organ:
O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

🗂Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs uchun O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining ID kartasi
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston Respublikasida yashash ID kartasi

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari

📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:
10 ish kuni (16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun qo‘shimcha o‘rganishlar talab etiladigan alohida hollarda — 30 kun) ichida taqdim etiladi.

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.06.2022 yildagi PQ-282-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM