#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz
🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!
❓ Elektron hukumat nima va ushbu sohani davlat tomonidan tartibga solish qaysi organlar orqali amalga oshiradi?
👉 Javob: Elektron hukumat — davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir faoliyatini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi.
🔹 Elektron hukumat sohasini davlat tomonidan tartibga solishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, elektron hukumat sohasidagi vakolatli organ va boshqa davlat organlari amalga oshiradi.
✔️ Asos: O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 9-dekabrdagi O‘RQ-395-son Qonuni.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz
🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!
❓ Davlat xizmati va elektron davlat xizmati tushunchasini bering?
👉 avob: Davlat xizmati — ariza beruvchilarning so‘rovlariga ko‘ra amalga oshiriladigan, davlat organlarining vazifalarini bajarish bo‘yicha ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat. Agar qonunchilikka muvofiq davlat xizmatlari ko‘rsatish funksiyalari boshqa tashkilotlar zimmasiga yuklatilgan bo‘lsa, ular ham davlat xizmatini ko‘rsatishlari mumkin.
📝 Elektron davlat xizmati — axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilgan holda ko‘rsatiladigan davlat xizmati.
✔️ Asos: O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 9-dekabrdagi O‘RQ-395-son Qonuni.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz
🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!
❓ Sportchilarga qanday sport unvonlari va sport razryadlari beriladi?
👉 Javob: Sportchilarga sport unvonlari va sport razryadlarini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga muvofiq ariza beruvchiga:
📝 sport unvonlari:
🔹 Xalqaro toifadagi O‘zbekiston sport ustasi;
🔹 O‘zbekiston sport ustasi yoki O‘zbekiston grossmeysteri;
📝 sport razryadlari:
🔹 O‘zbekiston sport ustaligiga yoki O‘zbekiston grossmeysterligiga nomzod;
🔹 birinchi sport razryadi;
🔹 ikkinchi sport razryadi;
🔹 uchinchi sport razryadi;
🔹 o‘smirlar uchun birinchi sport razryadi;
🔹 o‘smirlar uchun ikkinchi sport razryadi;
🔹 o‘smirlar uchun uchinchi sport razryadi beriladi.
📌 Xalqaro grossmeyster sport unvoni tegishli xalqaro sport tashkiloti tomonidan beriladi. Xalqaro grossmeyster sport unvonini olgan sportchilar Xalqaro toifadagi O‘zbekiston sport ustasi sport unvonini olgan sportchilarga tenglashtiriladi.
✔️ Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-noyabrdagi 588-son qarori.