Davlat xizmatlari yangiliklari
49.7K subscribers
9.83K photos
877 videos
8 files
8.26K links
Download Telegram
#Litsenziyalash_xizmati

⚡️ "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini koʻrsatish uchun litsenziya" olish mumkin.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs

📝Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori — 330 000 so'm (BHMning bir baravari)

💸Litsenziya berilganligi uchun davlat boji haqida ushbu👉havola orqali tanishishingiz mumkin

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 10 ish kuni

📌Eslatma: Litsenziyalashda Vazirlar Mahkamasining Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi bilan kelishish lozim boʻlgan hollarda 25 ish kuni.

🗓Litsenziyaning amal qilish muddati:

🔹teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlaridan foydalanish va xizmatlarini koʻrsatish faoliyatiga beriladigan litsenziyaning amal qilish muddati — 5 yil;

🔹koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlaridan foydalanish va xizmatlar koʻrsatish faoliyatiga beriladigan litsenziyaning amal qilish muddati — 15 yil;

🔹litsenziyalanadigan faoliyatlarning qolgan turlariga litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#So'ragan_edingiz
#Xizmatlardan_onlayn_foydalanamiz
#Mutaxassisga_so'z_beramiz

📌"New.birdarcha.uz" avtomatlashtirilgan tizimi orqali "Firma nomini zaxiraga olish va yuridik shaxsni davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibini bilasizmi?

✍️Mutaxassis Sizga mustaqil ravishda xizmatdan foydalanishga yordam beradi.

📹VIDEOQOʻLLANMA

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat🤫
#Bilasizmi

🔊Avtomobil transportida yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya olish tartibidan xabardormisiz?

🏢Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
– Davlat xizmatlari markazi;
YIDXPmy.gov.uz orqali.

📑Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi.

O‘zi kelib murojaat etgan taqdirda so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

👨‍💼Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar

💠Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 330 000 so'm (BHMning 1 baravari)

💠Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati – 2 ish kuni.

❗️Muhim ma'lumot: Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya varaqalari berilganligi uchun undiriladigan davlat boji miqdorlarlari bilan quydagi ILOVA 👈 orqali tanishishingiz mumkin.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh viloyatning eng olis va chekka hududlaridan bo‘lgan Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Paxtachi va Narpay tumanlari va Kattaqo‘rg‘on shahar adliya bo‘limlari Davlat xizmatlari markazlari va FHDY bo‘limlarida bo‘ldi.

Maʼlumki, mazkur tumanlar viloyatning eng olis hudularidan biri hisoblanadi. Ularning eng yaqinini viloyat markazidan 65-70 kilometrlik masofa ajratib turadi. Joriy yilning o‘tgan davrida viloyatdagi barcha davlat xizmatlari markazlari tomonidan jami 900 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lsa, ularning 130 mingdan ziyodi aynan yuqorida qayd etilgan tumanlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu mazkur hududlar aholisining davlat xizmatlariga bo‘lgan talablari yuqori ekanligini bildiradi.

Shundan kelib chiqib, X.Meliyev va ishchi guruh olis hududlarda aholi uchun davlat xizmatlarini olish tartibini yana-da soddalashtirish, markaz va FHDY binolarida fuqarolar uchun keng imkoniyatlarni yo‘lga qo‘yishni, bunda eng avvalo ushbu hududlardagi mavjud shart-sharoit, infratuzilmani inobatga olish muhim ahamiyatga egaligini taʼkidlashdi. Mazkur masalada zarur tavsiyalar, aniq chora-tadbirlarni belgilab berishdi.

Binolarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, zarur taʼmirlash ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish borasida topshiriqlar berildi.

Xodimlar bilan muloqotda davlat xizmati ko‘rsatish tizimini yana-da yaxshilash, bunda ham xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar, ham fuqarolarga xizmatlarni olishni osonlashtirish bo‘yicha takliflar o‘rganildi. Markazlar va FHDY xodimlari ish jarayonida duch kelayotgan va bartaraf etish mumkin bo‘lgan holatlar bo‘yicha taklif va mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Ishchi guruhning o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_xabari
#Adliya_nazorat

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev davlat xizmatlari ko‘rsatishga vakolatli bo‘lgan idoralar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlar faoliyati yuzasidan olib borilgan monitoringlar davomida ayrim tashkilotlar faoliyatida davlat xizmatlarini ko‘rsatishda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotganligi aniqlandi. Xususan, vakolatli organlar tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida 7 399 ta qonunbuzilish holatlari sodir etganligi aniqlangan bo‘lib, ularni bartaraf qilish bo‘yicha 30 ta taqdimnoma, 633 ta ogohnoma kiritildi hamda 259 nafar aybdor shaxslarga nisbatan maʼmuriy jarimalar qo‘llanildi.

Bugun Samarqand viloyat adliya boshqarmasida adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligida davlat xizmatlari ko‘rsatishda vakolatli bo‘lgan tashkilotlar vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv ayni mavzuga bag‘ishlandi.

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev qo‘llanilayotgan maʼmuriy jarimalardan hanuzgacha kerakli xulosa chiqarmasdan, takror va takror qonunlarni buzishga, xizmatlarni belgilangan talablar asosida ko‘rsatmaslikka urinishlar sodir etilayotganini qattiq tanqid qilib, bu markazlar xodimlarining ish sifatiga salbiy taʼsir ko‘rsatayotganini, oqibatda fuqaro sarson bo‘layotganini qayd etib o‘tdi. Shuningdek, ushbu vaziyatda davlat xizmatlari ko‘rsatishda vakolatli bo‘lgan idoralar rahbarlari murojaatlar bilan ishlashga panja orasidan qarayotganligini taʼkidladi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda ishtirokchilar murojaatlar bilan ishlash jarayonida duch kelayotgan ayrim tushunmovchiliklar, bartaraf etilishi lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha takliflarini bildirishdi. O‘zlarini qiziqtirgan savollarni o‘rtaga tashlashdi. X.Meliyev mazkur takliflar vazirlik tomonidan ko‘rib chiqilishini maʼlum qilar ekan, vakolatli idoralar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan holatlarni kelgusida oldini olish bo‘yicha zarur tavsiyalarni berib o‘tdi.

Batafsil👈

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisi deb nimaga aytiladi?

📄Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisi bu – bir yuridik va jismoniy shaxslar tovarlari va xizmatlarini boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning shu turdagi tovarlaridan farqlash uchun xizmat qiladigan, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan belgilardir.

✔️Asos: O‘zbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi qonuni.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziyalash_xizmati

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Kosmik texnologiyalarni qo‘llovchi tashkilotlarning faoliyati uchun litsenziya" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:

🏢 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi;

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs;

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

💸330 000 so'm (BHMning 1 baravari baravari);

📑Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun yig‘im undirilmaydi

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 20 ish kuni

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: Cheklanmagan

📌Ma'lumot uchun: Oxirgi iste’molchilarga kosmik xizmatlar ko‘rsatish litsenziyaning ushbu kichik turida oxirgi iste’molchilarga yo‘ldoshli aloqa va yo‘ldoshli navigatsiya xizmatlarini ko‘rsatish nazarda tutilmaydi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM