Davlat xizmatlari yangiliklari
50.3K subscribers
9.86K photos
880 videos
8 files
8.29K links
Download Telegram
#Davlat_xizmatlari_sohasida_yana_bir_yangilik

⚡️Endilikda, Radiotexnik inshootlarni oʻrnatish va ulardan foydalanish uchun sanitariya pasportini SESga borish shart emas

📝Buning uchun:
Jismoniy
yoki yuridik shaxs Davlat xizmatlari markazlariga yoki onlayn - my.gov.uz orqali murojaat qilishi lozim.

🔸Shu o'rinda davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun BHMning 2 baravarida (600 ming soʻm) yigʻim undiriladi.

🗓Soʻrovnoma kelib tushgach, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari 14 kun muddatda radiotexnik inshootlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligini joyiga chiqqan holda koʻrib chiqadi.

🖥Belgilangan muddat mobaynida, Qoʻmita va uning hududiy boshqarmalari tomonidan, sanitariya pasportini DXMga yoki ariza beruvchiga YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.

📌Bunda radiotexnik inshootning sanitariya pasporti aholi yashash joylari istiqbolli rivojlantirilishi hamda sanitariya muhofaza zonasi oʻzgarishi inobatga olingan holda 3 yil muddatga beriladi.

👉Ushbu qulaylik haqida do'stlaringiz bilan ulashishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM