Davlat xizmatlari yangiliklari
49.7K subscribers
9.82K photos
876 videos
8 files
8.25K links
Download Telegram
#litsenziyalash_xizmati

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Geodeziya va kartografiya ishlarini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qarorni" olish mumkin.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs;

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 60 000 so'm (BHMning 20 foizi);

💸Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori bilan ushbu 👉ilova orqali tanishishingiz mumkin.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

Geodeziya va kartografiya ishlarini amalga oshirishga texnik loyiha (dasturlar)ni ishlarning smeta bahosidan kelib chiqib muddatlar belgilanadi;

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: Cheklanmagan

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Pedagoglarga attestatsiya va malaka hujjatlarini topshirish qanday amalga oshiriladi?

❗️Hukumat qaroriga asosan, pedagoglar attestatsiyadan oʻtish uchun har yili 1-yanvardan 1-martgacha va 1-avgustdan 1-oktabrgacha bevosita DXM, YIDXP yoxud Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-saytida roʻyxatdan oʻtgan holda murojaat qiladi.

📁 Bunda ariza beruvchilar (jismoniy shaxslar) attestatsiyadan oʻtish boʻyicha soʻrovnoma toʻldiradi va unga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

▫️pedagogning ta’lim toʻgʻrisidagi hujjati (xorijiy davlatda ta’lim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni Oʻzbekistonda tan olish haqidagi guvohnoma);
▫️qayta tayyorlash kurslaridan oʻtganligi haqidagi diplom nusxasi (agar mavjud boʻlsa);
▫️ pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholash natijalari yuzasidan ma’lumotnoma.

Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi.
ERI kaliti bo‘lmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.

❗️ Pedagog kadrlarni navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun yigʻim undirilmaydi.

💰Navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun BHMning 1 baravari (330 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi.

🌐My.gov.uz yoki Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-sayti orqali murojaat qilinganda, 10 foiz chegirma beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#So'ragan_edingiz
#Xizmatlardan_onlayn_foydalanamiz
#Mutaxassisga_so'z_beramiz

📌"New.birdarcha.uz" avtomatlashtirilgan tizimi orqali "Tadbirkorlik subyektlari (yuridik shaxs)ni qayta ro'yxatdan o'tkazish tartibini bilasizmi?

✍️Mutaxassis Sizga mustaqil ravishda xizmatdan foydalanishga yordam beradi.

📹VIDEOQOʻLLANMA

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🏠Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi

🗓 Tegishli huquq paydo boʻlgandan keyin 1 oy ichida koʻchmas mulk davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.

📝 Roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoxud koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga murojaat qilinadi.

💰 Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻz vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari, mansabdor shaxslarga esa 15 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali_ma'lumot

🏦Markaziy bank 7-avgustdan boshlab amalda bo‘ladigan valyuta qiymatlarini belgiladi.

📁Batafsil yuqoridagi infografikada 👆👆👆

🔅Foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🚘Avtomobil transportida yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek, yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha davlat xizmati haqida bilasizmi?

📈Aynan shu haqida bizning infografikamiz orqali zarur ma'lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yo’nalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Ko‘chma savdo obyektlari haqida ma’lumot bersangiz?

👉Ko‘chma savdo obyektlari — 100 kvadrat metr maydondan ko‘p bo‘lmagan, vaqtinchalik asosda joylashtirilgan va (yoki) mavsumiy xususiyatga ega bo‘lgan, shuningdek, istalgan vaqtda boshqa joyga oson ko‘chirish va yig‘ish mumkin bo‘lgan ko‘chma savdo obyektlari (lotoklar, palatkalar, savdo aravalari, peshtaxtalar, avtodo‘konlar, avtotirkamalar, avtotsisternalar, fudtraklar, tonarlar, savdo avtomatlari, mobil konteynerlar, yengil konstruksiyalar, shu kabi va shunga o‘xshash boshqa ko‘chma savdo obyektlari).

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 485-son qarori.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziyalash_xizmati

⚡️Endilikda "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi nazoratidagi obyektlarda elektr qurilmalarini sozlash ishlarini bajarish uchun ruxsatnoma" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs

📲 Talabgor ruxsatnoma olish uchun arizani “Litsenziya” AT yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron yuboradi.

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori — 660 000 so'm (BHMning ikki baravari)

💸Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun — 660 000 so'm (BHMning ikki baravari);

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 20 kun;

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: 1 yil;

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🤔Xususiy korxona faoliyatini tashkil etish tartibini bilasizmi?

📈Aynan shu haqida bizning videoroligimiz orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Fuqarolarga qanday hollarda ID-karta rasmiylashtirish rad etiladi?

📌Agar fuqaro qo‘l barmoq izlari olinishidan bosh tortsa yoxud ko‘zoynakda yoki bosh kiyimda suratga tushish istagidan qaytmasa, ma’lumotlarni yig‘ish punkti fuqaroga ID-karta rasmiylashtirishni rad etadi.

✔️Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentyabrdagi PF-6065-son farmoni.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

📄Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan oʻtkazish qanday amalga oshiriladi?

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
Davlat xizmatlari markazi;
– YIDXP
my.gov.uz orqali.

🗓Sertifikati talabgorlarga 5 yil amal qilish muddati bilan beriladi.

🔸Shunindek, qarorda talabgorlar 2 turdagi malaka sertifikatidan birini olishlari mumkinligi belgilandi:

📝Endilikda malaka sertifikatini olish uchun faqat soʻrovnoma toʻldirish kifoya va tegishli hujjatlar vakolatli organ tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi.

🔹I toifali malaka sertifikatini olish uchun talabgorlar uchun 2 bosqichda amalga oshiriladi va test sinovi 90 ta savoldan iborat boʻladi.
🔹II toifali malaka sertifikatini olish uchun talabgor uchun 1 bosqichda amalga oshiriladi va test savollari qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishdagi umumiy bilim saviyasi va koʻnikmasini aniqlashga qaratilgan 60 ta savolni oʻz ichiga oladi.

📎Davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.

📌Malaka sertifikatini berish boʻyicha attestatsiyadan vakolatli organ tomonidan har oyning birinchi payshanba kunida oʻtkaziladi.

💳Vakolatli organ tomonidan malaka sertifikatini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilganda QR-kod qoʻyilgan malaka sertifikati rasmiylashtirib beriladi.

❗️Eslatma!

🛃 Moliya-iqtisod, huquqshunoslik sohasi bo‘yicha imtiyozli diplomga ega oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilari hamda CFA Institute, ACI, ACCA xalqaro tashkilotlari sertifikatiga ega talabgorlar attestatsiyadan o‘tmay va belgilangan yig‘imni to‘lamasdan ham II toifali malaka sertifikatini olishlari mumkin.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali_ma'lumot

🏦Markaziy bank 9-avgustdan boshlab amalda bo‘ladigan valyuta qiymatlarini belgiladi.

📁Batafsil yuqoridagi infografikada 👆👆👆

🔅Foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bilasizmi#

🚘Tonirovkaga ruxsatnomasi bo‘lgan avtotransportni sotib olganingizda yoki sotganingizda ruxsatnoma belgilangan muddatgacha amal qiladi

📝Hukumatning 2018-yil 18-iyuldagi 547-son qaroriga asosan:

🚗Oynalar tusini o‘zgartirishga ruxsat berilgan avtotransport vositasiga bo‘lgan egalik huquqi o‘zgarganda, davlat raqami belgisi almashtirilganda yoki avtotransport vositasi egasining ma’lumotlarida o‘zgarish bo‘lganda (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgarganda, yuridik shaxs qayta tashkil etilganda, uning joylashgan joyi (pochta manzili) yoki nomlanishi o‘zgartirilganda) avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga berilgan ruxsatnomaning amal qilish muddati 2022-yil 1-sentabrdan boshlab avtomatik tarzda saqlab qolinadi;

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yo’nalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Zarurat tufayli korxonamni yopmoqchi edim. Buning uchun davlat xizmatlari markaziga qanday hujjatlar taqdim etishim lozim? Korxona taʼsischisining korxonani ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qarorida qanday maʼlumotlar boʻlishi lozim?

👉Hukumatning 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qaroriga muvofiq, Siz korxona taʼsischisining yoki taʼsischilarini umumiy yigʻilish korxonani ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qarorini, qaror qabul qilingandan keyingi ish kunidan kechikmay ariza bilan Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilinigiz lozim.

🤔Korxona taʼsischisining korxonani ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qarorida quyidagilar koʻrsatiladi:

🔹tugatilayotgan korxona toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (toʻliq va qisqartirilgan nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, pochta manzili);
🔹tugatuvchi haqidagi maʼlumotlar (pasport maʼlumotlari, telefon raqami va elektron pochta manzili);
🔹tugatilayotgan korxona boʻyicha murojaatlarni qabul qilish joyi va muddati;
🔹korxonani tugatish sababi va moʻljallanayotgan tugatish muddati.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziyalash_xizmati

📝 "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Noshirlik faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma" yuborish mumkin.

✔️Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi.

🤔Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs

🖥Talabgor ruxsatnoma olish uchun arizani “Litsenziya” AT yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron yuboradi.

📄Xabarnomani yuborish uchun talab etiladigan ma’lumotlar👈

💠Xabarnomani yuborish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: — 165 000 so'm (BHMning 50 foizi)

👉Ma'lumot uchun: Ushbu talablar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sudlar, prokuratura organlari tomonidan rasmiy materiallar, normativ-huquqiy hujjatlar to‘plamlari va boshqa hujjatlarni nashr etishga, respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan nodavlat va notijorat tashkilotlari, shuningdek, korxonalar, tashkilotlar, o‘quv va ilmiy muassasalar tomonidan o‘z faoliyati uchun zarur bo‘lgan va qo‘lyozma huquqlari bilan ommaviy ravishda tarqatish yoki ko‘paytirish uchun mo‘ljallanmagan materiallarni nashr etishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

💠Elektron raqamli imzoni olish tartibidan xabardormisiz?

❗️Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi davlat organi: Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi.

📝Davlat xizmatidan foydalanish tartibi:

🔹 DXMga kelgan holda yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali so‘rovnoma yuboriladi.

🔹Onlayn tarzda murojaat etilganda:
pasporti yoki ID-kartaning nusxasi va asosiy sahifasi bilan “selfie” usulida olingan fotosurat.

📌ERIning paroli mobil telefon raqamga “SMS” xabar shaklida yuboriladi.

🔹Yig‘im miqdori:
– yuridik shaxslar va tadbirkorlik subyektlaridan – BHMning 10 foizi;
– jismoniy shaxslardan – BHMning 7 foizi;

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” ATda ro‘yxatga olingan va I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga 50 foizi miqdorida chegirma mavjud

🔹Xizmat ko‘rsatish muddati – real vaqt rejimida.

🔹ERIning amal qilish muddati – 2 yil.

❗️Ma'lumot uchun: Elektron imzo kalitingiz, login va parollaringizni hech qachon birovga bermang. Sizning nomingizdan boshqalar ish koʻrishlarga yoʻl qoʻymang. Oʻzingiz bilmagan holda noqonuniy harakatlarning ishtirokchisiga aylanmang!

⚡️Unutmang! Elektron kalitingiz orqali barcha mol-mulkingiz oʻzlashtirilishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

🤔Rieltorlarning malaka imtihonini o‘tkazish va ularga malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmati haqida bilasizmi?

📈Aynan shu haqida bizning infografikamiz orqali zarur ma'lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM