Davlat xizmatlari yangiliklari
49.4K subscribers
9.85K photos
879 videos
8 files
8.27K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

O'ziga xos maskan orqali davlat xizmatlaridan foydalaning

Endilikda, Poytaxtimizning Chilonzor tuman Davlat xizmatlari markazida tashkil etilgan Navbatsiz xizmat maskani orqali fuqarolarimiz 300dan ortiq davlat xizmatlaridan foydalanishlari hamda bir vaqtning o‘zida qo‘shimcha qulayliklardan bahra olishlari mumkin.

Ushbu maskan haqida bizning videolavhamiz orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

Hurmatli fuqarolar!

Adliya vazirligi davlat xizmatlarini taqdim etish jarayonida qulayliklarni yaratishda davom etadi...

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Fuqaro ID-karta olish uchun o‘ziga qulay bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ish punktiga qaysi hujjatlarni taqdim etadi?

📌Fuqaro ma’lumotlarni yig‘ish punktiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

🔹belgilangan shakldagi ariza-anketa;

🔹ilgari berilgan pasport yoki ID-karta;

🔹tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma (ID-karta birinchi marotaba rasmiylashtirilayotganda);

🔹vakolatli organning qarori (ID-karta ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilganida);

🔹davlat boji to‘langanligi haqida kvitansiya (elektron to‘lov tizimlari orqali to‘langanda kvitansiya majburiy emas).

✔️Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentyabrdagi PF-6065-son farmoni.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziyalash_xizmati

"O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma" olish mumkin.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

🔸Yuridik shaxs (ish beruvchi)
🔸Jismoniy shaxs (ish beruvchi yoki chet el fuqarosi)

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

💸330 000 so'm (BHMning 1 baravari);

📑Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun yig‘im haqida ushbu 👉havola orqali tanishishingiz mumkin

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 15 ish kuni

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati haqida ushbu 👉havola orqali tanishishingiz mumkin

📌Ma'lumot uchun: Ish beruvchi bilan shartnoma muddatidan oldin bekor qilinsa, yuqori malakali va malakali mutaxassislar o‘ttiz ish kuni davomida yangi ish beruvchini topishga haqli. Bu davr mobaynida ularga avval berilgan tasdiqnomalar, vizalar va yashash guvohnomalarining amal qilishi saqlab qolinadi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#FHDY_xizmatlari

"Bobo, suyunchi, uyimizda chaqaloq tug'ildi"

Еvarali bo'lgan bobo hali ham "suyunchi puli"ni bankka borib olish kerak, deb o'ylaydi. Siz ham shunday fikrdamisiz? Unday bo'lsa, animatsion rolikni tomosha qiling!

Rolikdan so'ng pulni bankka bormasdan olish yo'lini bilib olasiz.😉

Ushbu xabarni farzand kutayotgan yaqinlaringiz bilan bo‘lishing!😊

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Davlat xizmatlari markazlarida yana bir qulaylik!

Endilikda Davlat xizmatlari markazidagi elektron navbat uskunalarida xizmatlar “oson”, “o‘rta” hamda “murakkab” toifalarga ajratilib, tashrif buyuruvchilarning navbatda turish vaqtini sezilarli darajada qisqartirish imkonini beradi.

Bugungi kunda ushbu qulaylik Chilonzor va Olmazor tumanlarida joriy etildi.

📹Ushbu qulaylik haqida bizning videolavhamiz orqali batafsil tanishishingiz mumkin.👆👆👆

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste'mol qilishga ruxsatnoma olish bo‘yicha davlat xizmati haqida bilasizmi?

📈Aynan shu haqida bizning infografikamiz orqali zarur ma'lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

💼Yakka tartibdagi tadbirkorlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyat turi bo‘yicha 5 nafargacha xodim yollash huquqiga ega

📌Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar MHTEKMning 3 baravari miqdorida JShODSdan ozod qilinadi.

📄Shuningdek, I va II guruh nogironlari uchun ijtimoiy soliq miqdori uning belgilangan eng kam miqdorining kamida 50 foizini tashkil etishi kerak.

📝Ushbu imtiyozlar pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi.

🖥YTT faoliyatini boshlamoqchi bo'lsangiz "New.birdarcha.uz" avtomatlashtirilgan tizimi orqali buni onlayn amalga oshirishingiz mumkin.

📎Mavzuga doir qo'shimcha ma'lumotlar:

🟣Tadbirkorlik subyektlari (yuridik shaxs)ni qayta ro'yxatdan o'tkazish tartibini bilasizmi?
🟣Firma nomini zaxiraga olish va yuridik shaxsni davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibini bilasizmi?

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar qaysi toifadagi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladi?

📝Sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar quyidagi shaxslar toifasiga beriladi:

🔹urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;
🔹halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan o‘tmagan beva xotinlari (beva erlari);
🔹respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;
🔹Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil AES halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslar;
🔹yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar;
🔹I va II-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, ko‘zi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;
🔹o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar;
🔹yoshga doir pensiya oluvchilar.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziyalash_xizmati

⚡️Endilikda "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Yer qa’ri bo‘yicha geologik materiallarning loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasi xulosasini" olish mumkin.

🔸Murojaatlar:

🟣 "Litsenziya" AT - license.gov.uz;
🟣YIDXP – my.gov.uz orqali qabul qilinadi;

🤔Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs;

📄Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar👈

👉Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

🔹Loyiha-smeta hujjatlariga ekspert xulosasini berish shartnoma asosida amalga oshiriladi.

🔹Bunda bitta loyihaning ekspertizasi uchun xarajatlar loyihaning bir foizgacha bo‘lgan qiymatda hisoblanadi.

📝Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun yig‘im miqdori:

💸Loyihaning bir foizgacha bo‘lgan qiymati;

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 30 kun

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati:

🔸Ekspert xulosasining amal qilish muddati geologik yoki texnik topshiriqqa muvofiq tuzilgan loyihada ko‘rsatilgan davr uchun beriladi;

Izoh:Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan yo‘riqnoma va smeta normalar to‘plamlari Davlat geologiya qo‘mitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

📌Kadastr pasportini shakllantirish qaysi holatlarda bepul rasmiylashtirilishi haqida bilasizmi?

Hukumatning 535-son qaroriga asosan quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:

🏢Ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

🏘Ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

📋Kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan).

❇️Mazkur davlat xizmatidan Davlat xizmatlari markaziga borgan holda yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron tarzda foydalanishingiz mumkin.

🔅Yaqinlaringiz bilan foydali ma'lumotlarni bo'lishishni unutmang!

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_muhim

⚡️Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi
qonunchilikni buzish javobgarlikka sabab bo‘ladi!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_muhim
#Davlat_xizmatlaridan_qulaylik

📱“Litsenziya” axborot tizimining mobil ilovalasi haqida bilasizmi?

Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish hamda byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish orqali tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun yanada keng shart-sharoitlarni yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentinig PF-6044-sonli Farmoniga asosan “Litsenziya” axborot tizimi ishga tushirilgan.

📌Tizim foydalanuvchilariga yanada qulaylik yaratish maqsadida iOS va Android mobil ilovalari orqali xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratilgan.

📲Ushbu mobil ilova orqali litsenziyalash va ruxsat berish hujjatlarini olish uchun ariza berish, kabinet orqali tashkilotga tegishli boʻlgan litsenziya va ruxsat berish hujjatlari boʻyicha maʼlumotlarni olish, litsenziyalar reyestridan maʼlumotlar izlash va yana boshqa imkoniyatlardan foydalanish mumkin.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uzbekiston24

Davlat xizmatlarini koʻrsatishda yangi qulayliklar

📹Batafsil videolavhada👆👆👆

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yo’nalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish uchun qanday hujjatlar ilova qilinadi?

❗️Javob:

🔹Tegishli ravishda tuman (shahar) qurilish bo‘limining bino va inshootni rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootni qurishga ruxsatnomasi;

🔹“E-auksion” yagona elektron savdo maydonchasida o‘tkazilgan elektron auksion natijalari haqidagi bayonnoma;

🔹Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining qarori.

📌Obyektda tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga (ehtiyojga ko‘ra elektr, gaz, suv ta’minoti va oqova suv tarmoqlari) ulanish nuqtalari va ularga obyektdan ulanish trassalari o‘tkazilishi zarurati mavjud bo‘lsa, texnik shartlar so‘rovnomaga ilova qilinadi.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarori.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#litsenziyalash_xizmati

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Geodeziya va kartografiya ishlarini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qarorni" olish mumkin.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs;

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 60 000 so'm (BHMning 20 foizi);

💸Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori bilan ushbu 👉ilova orqali tanishishingiz mumkin.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

Geodeziya va kartografiya ishlarini amalga oshirishga texnik loyiha (dasturlar)ni ishlarning smeta bahosidan kelib chiqib muddatlar belgilanadi;

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: Cheklanmagan

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Pedagoglarga attestatsiya va malaka hujjatlarini topshirish qanday amalga oshiriladi?

❗️Hukumat qaroriga asosan, pedagoglar attestatsiyadan oʻtish uchun har yili 1-yanvardan 1-martgacha va 1-avgustdan 1-oktabrgacha bevosita DXM, YIDXP yoxud Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-saytida roʻyxatdan oʻtgan holda murojaat qiladi.

📁 Bunda ariza beruvchilar (jismoniy shaxslar) attestatsiyadan oʻtish boʻyicha soʻrovnoma toʻldiradi va unga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

▫️pedagogning ta’lim toʻgʻrisidagi hujjati (xorijiy davlatda ta’lim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni Oʻzbekistonda tan olish haqidagi guvohnoma);
▫️qayta tayyorlash kurslaridan oʻtganligi haqidagi diplom nusxasi (agar mavjud boʻlsa);
▫️ pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholash natijalari yuzasidan ma’lumotnoma.

Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi.
ERI kaliti bo‘lmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.

❗️ Pedagog kadrlarni navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun yigʻim undirilmaydi.

💰Navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun BHMning 1 baravari (330 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi.

🌐My.gov.uz yoki Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-sayti orqali murojaat qilinganda, 10 foiz chegirma beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#So'ragan_edingiz
#Xizmatlardan_onlayn_foydalanamiz
#Mutaxassisga_so'z_beramiz

📌"New.birdarcha.uz" avtomatlashtirilgan tizimi orqali "Tadbirkorlik subyektlari (yuridik shaxs)ni qayta ro'yxatdan o'tkazish tartibini bilasizmi?

✍️Mutaxassis Sizga mustaqil ravishda xizmatdan foydalanishga yordam beradi.

📹VIDEOQOʻLLANMA

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🏠Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi

🗓 Tegishli huquq paydo boʻlgandan keyin 1 oy ichida koʻchmas mulk davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.

📝 Roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoxud koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga murojaat qilinadi.

💰 Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻz vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari, mansabdor shaxslarga esa 15 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM