Davlat xizmatlari yangiliklari
49.5K subscribers
9.85K photos
879 videos
8 files
8.28K links
Download Telegram
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Apostil qanday hujjatlarga qo‘yilmaydi?

📝Apostil:

🔹chet elda O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan sodir etilgan rasmiy hujjatlarga;

🔹tijorat yoki bojxona operatsiyalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqador bo‘lgan rasmiy hujjatlarga;

🔹O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasportiga, identifikatsiya ID-kartasiga, harbiy biletga qo‘yilmaydi.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi 732-son qarori bilan tasdiqlangan “Rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning” ma’muriy reglamenti.

Kanalga
ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziyalash_xizmati

⚡️Endilikda "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Foydalanish, tugatish va konservatsiya qilishda neft va gaz quduqlarini o‘tkazish dalolatnomasi, shuningdek, shaxtalarni (konlarni) bir toifadan boshqasiga o‘tkazishni tasdiqlash va kelishish to‘g‘risida xulosa" olish mumkin.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs

📲 Talabgor ruxsatnoma olish uchun arizani “Litsenziya” AT yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron yuboradi.

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im undirilmaydi

💸Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun — yig‘im undirilmaydi

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 10 kun;

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati:

🔹neft-gaz quduqlarini foydalanishga (ekspluatatsiya) o‘tkazish jarayonida — bir marotaba beriladi (cheklanmagan);

🔹neft-gaz quduqlarini tugatish jarayonida — bir marotaba beriladi (cheklanmagan);

🔹neft-gaz quduqlarini vaqtinchalik to‘xtatish (konservatsiya qilish) jarayonida — 5 yil;

🔹shaxtalar (konlar)ni bir toifadan boshqa toifaga o‘tkazish jarayonida — bir marotaba beriladi (cheklanmagan).

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_hudud

⚡️Adliya: Xorijlik hamkorlar mamnun.

Tadbirkorning omadi yurishdimi, biznesi ortidan boy bo‘lishi tayin. Ayniqsa, mahalliy ishbilarmonlarimiz bugun xorijiy hamkor bilan o‘z tadbirkorligini yanada mustahkamlab, jahon bozoridan o‘z o‘rnini izlamoqda... Masalan, Nurota marmari butun olamga mashhur. Ammo, dunyo investorlari Nurotaning o‘ziga kelib, bu mahsulotni qazib olishi, marmarga pardoz berishi, qayta ishlov berishi kimning xayoliga kelibdi.

Nurota tuman Adliya bo‘limi DXM xodimlari tomonidan Xitoy Xalq Respublikasi hamda o‘zbek tadbirkorlari ishtirokida tog‘-kon sanoatiga ixtisoslashtirilgan "SI FANG KUANG YE" MCHJ shaklidagi qo‘shma korxona tashkil etildi. Korxona marmar, granit va xarsang toshlarni qazib olish, qayta ishlash, ishlov berish, pardozlash va eksport qilish bilan shug‘ullanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi delegatsiyasi Finlyandiya Milliy politsiya kengashi va “Iso Omena” xizmat ko‘rsatish markazi faoliyati bilan tanishishdi

Adliya vazirligi delegatsiyasi Finlyandiyaga tashrifi doirasida joriy yilning 23-mart kuni Finlandiya Milliy politsiya kengashi tomonidan fuqarolarga shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar berish, jumladan ID-karta va pasport rasmiylashtirish faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Fuqarolarga ID-karta va pasport berish jarayonida Aholi registridan keng foydalanilishi, ushbu registrdan olingan ma’lumotlar yagona rasmiy manbaa bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.

Xususan, bola tug‘ilgan vaqtdan boshlab Aholi registrida ro‘yhatga olinib, unga o‘zgarmas shaxsiy raqam beriladi. Ushbu registrda fuqaro haqida to‘liq ma’lumotlar, jumladan uning familiyasi, ismi, tug‘ilgan sanasi, oila tarkibi, nikoh va ajrim ma’lumotlari, yashash manzili, fuqaroligi, ta’lim olganligi, kasbi, ko‘chmas mulklari va boshqa shaxsiy ma’lumotlari jamlanadi.

Aholi registri barcha davlat xizmatlarini ko‘rsatishda fuqaroning shaxsiga oid yagona rasmiy manbaa hisoblanadi. Finlar davlat xizmatlaridan foydalanishda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni ko‘rsatishi shart emas, shaxsiy identifikatsiya raqamini aytishning o‘zi kifoya.

Kun davomida delegatsiya a’zolari Espoo shahridagi “Iso Omena” xizmat ko‘rsatish markazining faoliyati bilan ham tanishishdi.

Ma’lumot uchun: “Iso Omena” xizmat ko‘rsatish markazi bir joyda bir nechta davlat xizmatlarini, jumladan sog‘liqni saqlash markazi, kutubxona, onalik va bolalik klinikasi, shahar/munisipalitet xizmatlari, bandlik ma’lumotlari va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha fuqarolarga xizmat ko’rsatadi.

Tashrif davom etmoqda…

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bu_muhim

⚡️Biometrik pasportlaringizni ID-kartaga o'z vaqtida almashtiring

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–4262-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti to‘g‘risidagi nizomning 11-bandiga muvofiq, fuqaro pasportining amal qilish muddati tugagandan so‘ng yoki familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili va millati o‘zgargandan so‘ng pasporti bir oy muddatda ID-kartaga almashtirishi lozim.

📌Amal qilish muddati o'tgan biometrik pasportning o'z vaqtida ID kartaga almashtirmasligi — ya'ni fuqaroning pasportsiz yoki ID-kartasiz yashashi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 223-moddasiga binoan pasport tizimi qoidalarini buzish bilan bog‘liq maʻmuriy javobgarlikka sabab bo'ladi.

💸Bunday huquqbuzarlik BHMning ikkidan bir qismidan - uch baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

📍Eslatib o'tamiz, biometrik pasportlaringizni ID-kartaga almashtirish uchun istalgan ichki ishlar organlari yoki tegishli davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

Doimiy (vaqtinchalik) yashash joyi bo‘yicha ma’lumotnomani qayerdan olish mumkin?

👨‍💼Ariza beruvchilar mazkur davlat xizmatidan YIDXP (my.gov.uz) ro‘yxatdan o‘tib, so‘rov yuborish orqali istalgan vaqtda foydalanishlari mumkin.

📌Bunda fuqarolarga ortiqcha hujjatlarsiz, tizim orqali (real vaqt rejimida) ma’lumotnomani olish imkoniyati yaratilgan.

Ma’lumot uchun: Ushbu xizmatda faqatgina fuqarolar o‘zlariga tegishli bo‘lgan doimiy (vaqtinchalik) yashash joyi bo‘yicha ma’lumotnomalarni olishlari mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Foydali_ma'lumot

🏦Markaziy bank 25-martdan boshlab amalda bo‘ladigan valyuta qiymatlarini belgiladi.

📁Batafsil yuqoridagi infografikada 👆👆👆

🔅Foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Nogironligi boʻlgan bolalarga nafaqa murojaat qilinganligidan qatʼiy nazar tayinlanadi

Hukumat qarori bilan (119-son, 23.03.2023-y.) “Ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizom” tasdiqlandi

🔰 Nizom bilan quyidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi shaxslarga nafaqalarni tayinlash tartiblari belgilandi:

▫️nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarga;
▫️oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolaning parvarishi bilan band boʻlgan qonuniy vakilga;
▫️davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega boʻlmagan I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga;
▫️davlat pensiyasini olish huquqiga ega boʻlmagan vafot etgan shaxsning qaramogʻidagi oilaning mehnatga layoqatsiz aʼzolariga;
▫️davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi shaxslar hamda bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandi bor (boʻlgan) onalarga.

Shunga koʻra, quyidagi nafaqalar tayinlanadi:

🔹 nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarga nogironlik nafaqasi;
🔹 parvarishlash nafaqasi;
🔹 nogironlik nafaqasi;
🔹 boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi;
🔹 yoshga doir nafaqa.

📄 Nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarga nafaqa hamda parvarishlash nafaqasi Pensiya jamgʻarmasi tomonidan “proaktiv shakl”da tayinlanadi.

📝 Nogironlik, boquvchisini yoʻqotganlik va yoshga doir nafaqalar tayinlanishi uchun davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilinadi.

📝 DXM maʼlumot olingandan soʻng 5 daqiqa ichida:

nafaqa tayinlangan taqdirda, nafaqani qachon va qayerdan olish toʻgʻrisida murojaat qiluvchini xabardor qiladi.

🔘 Nafaqalar nafaqa oluvchining xohishiga koʻra nafaqani yetkazib berish (topshirish) vakolati yuklangan tashkilot yoki fuqarolarning depozit hisobvaraqlariga pul oʻtkazish yoʻli bilan bank filiali orqali toʻlanadi.

🗓 Nafaqalar har oyda belgilangan muddatlarda, biroq joriy toʻlov oyidan kechikmay toʻlanadi.

➡️ Nafaqa oluvchi Oʻzbekiston hududida doimiy yashash uchun boshqa tuman (shahar)ga koʻchganda, nafaqani toʻlash yangi yashash joyi boʻyicha davom ettiriladi. Bunday holatda nafaqa toʻlash avvalgi yashash joyi boʻyicha nafaqa toʻlash toʻxtatilgan vaqtdan boshlab davom ettiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Apostil qo‘yish bo‘yicha yuborilgan so‘rovnomani ko‘rib chiqish uchun undiriladigan yig‘im miqdori qancha?

📝So‘rovnomani ko‘rib chiqish uchun:

🔹ta’lim va fan sohasi tashkilotlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlar bo‘yicha — bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida;
🔹adliya organlari va muassasalaridan hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlar bo‘yicha — bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida;
🔹boshqa hujjatlar bo‘yicha — bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

📄Murojaat etuvchi rasman murojaat etganidan so‘ng to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.

🗓So‘rovnoma takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.

📌Rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat tamom bo‘lgandan keyin berilgan so‘rovnoma yangidan berilgan hisoblanadi.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi 732-son qarori bilan tasdiqlangan “Rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning” ma’muriy reglamenti.

Kanalga
ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziyalash_xizmati

⚡️Endilikda "Litsenziya" axborot tizimi orqali Tog‘-kon ishlarini yuritish huquqini beruvchi ruxsatnoma olish mumkin.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs

📲 Talabgor ruxsatnoma olish uchun arizani “Litsenziya” AT yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron yuboradi.

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori — 600 000 so'm (BHMning ikki baravari)

💸Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun — 600 000 so'm (BHMning ikki baravari);

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 20 kun;

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: 1 yil;

Ma'lumot uchun:
Vakolatli organ arizani ko‘rib chiqish muddati davomida amalga oshiriladigan o‘rganishlarni o‘tkazish uchun xarajatlar (xizmat safarida va yo‘lda bo‘lgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport, maxsus kiyim-bosh va himoya vositalari) talabgor (ariza beruvchi) tomonidan yozma shartnomaga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

📜Franshizing shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish bo‘yicha davlat xizmati haqida bilasizmi?

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan (346-son, 24.06.2022-y.) Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga asosan:

💠Franshizing shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali amalga oshiriladi.

💸 Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun BHMning uchdan bir qismi miqdorida yigʻim undiriladi.

🔅 Quyidagi hollarda yigʻim toʻlanmaydi:

🔹 sud hujjati asosida franshizing shartnomasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni roʻyxatdan oʻtkazishda;
🔹 roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha hujjatlar qaytadan koʻrib chiqilganda.

📑Taqdim qilingan hujjatlar mazkur Ma’muriy reglament talablariga muvofiq bo‘lganda, davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkaziladi.

📃Reglament talablariga nomuvofiq bo‘lganda franshizing shartnomasini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish rad qilinadi, bu haqida ariza beruvchini xabardor qilanadi.

📌 Roʻyxatdan oʻtkazish rad etilgan taqdirda, ariza beruvchi 3 oyda kamchiliklarni bartaraf qilib yigʻim toʻlamasdan, qayta murojaat qilishi mumkin.

❗️Bu muhim!!!:
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 863-moddasiga muvofiq kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi yozma ravishda tuzilishi kerak va u shartnomaga muvofiq litsenziar sifatida ish koʻradigan yuridik shaxsni yoki yakka tadbirkorni roʻyxatga olgan organ tomonidan roʻyxatga olinishi kerak. Ushbu qoidaga rioya qilmaslik shartnomaning haqiqiy hisoblanmasligiga sabab boʻladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

Soliq kodeksiga muvofiq, soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlariga soliq solinmaydi.

📝 Shuningdek, belgilangan shaklda tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlari portali orqali
(ijara.soliq.uz) hisobga qo‘yishda to‘lov undirilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

💰Qishloqlardagi chet tillarini o'rgatuvchi nodavlat ta'lim tashkilotlari my.gov.uz orqali subsidiyaga ariza topshirishlari mumkin

Hukumat qarori (513-son, 20.09.2022-y.) bilan Qishloq hududlarida xorijiy tillarni o'qitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat ta'lim tashkilotlariga mahalliy byudjet mablag'lari hisobidan bir martalik subsidiya ajratish bo'yicha davlat xizmati ishga tushdi.

🔰Subsidiya nodavlat ta'lim tashkilotlariga quyidagi maqsadlarda ajratiladi:

🔹bino va o'quv xonalarini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari, mebel, asbob-uskunalar, o'qitishning texnik vositalari va boshqa anjomlar bilan jixozlashga;
🔹zarur darsliklar, o'quv-metodik adabiyotlar va boshqa kutubxona-axborot resurslari hamda vositalari bilan ta'minlash, ta'lim jarayonini tashkil etishga jalb etiladigan pedagog kadrlar mehnatiga haq to'lashga.

📝 Nodavlat ta'lim tashkiloti subsidiya olish uchun kalendar yilning har choragi birinchi oyining 10-sanasigacha YIDXPda elektron ro'yxatdan o'tgan holda murojaat qiladi.

Murojaatga quyidagilar ilova qilinadi:

▫️2 yilga mo'ljallangan biznes reja;
▫️mahsulot yetkazib berish yoki ishlarni, xizmatlarni bajarish to'g'risida tuzilgan xo'jalik shartnomalari;
▫️pedagog kadrlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari;
▫️pedagog kadrlarning xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatlari;
▫️ta'lim jarayonida foydalanilayotgan bino yoki o'quv xonalarining ijara shartnomasi (ko'chmas mulk ijarasi asosida faoliyat yuritayotgan nodavlat ta'lim tashkilotlari uchun).

🚫 Subsidiya talabgorlaridan yuqorida ko'rsatilmagan ma'lumot va hujjatlarni talab qilish qat'iyan taqiqlanadi.

Talabgor tomonidan davlat xizmatidan foydalanish uchun to'lov amalga oshirilmaydi.

Kanalga
ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

💸Hisoblangan ish haqi summalari to‘g‘risidagi ma’lumotni qanday olish mumkin?

Foydalanuvchilar ushbu davlat xizmatidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-fevraldagi PQ-4193-son qarori 3-bandida keltirilgan “tadbirlar rejasi”ga asosan foydalanadilar.

👨‍💻Ariza beruvchilar mazkur davlat xizmatidan my.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘tib, so‘rov yuborish orqali istalgan vaqtda foydalanishlari mumkin.

⚡️ Eslatma!

➡️ xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul;
➡️ xizmat natijasi avtomatik ravishda (real vaqt rejimida) shakllanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Apostil qo‘yish bo‘yicha yuborilgan so‘rovnoma qancha muddatda ko‘rib chiqiladi?

📄So‘rovnoma rasmiy hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab vakolatli organ tomonidan ikki ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.
Imzo namunasini va apostil qo‘yish uchun taqdim etilgan rasmiy hujjatni imzolagan aniq mansabdor shaxsning imzo qo‘yish vakolatlarini tasdiqlash va (yoki) rasmiy hujjat chiqadigan tashkilot muhri bosma izi namunasini talab qilish zarur bo‘lgan taqdirda, rasmiy hujjatga apostil qo‘yish to‘g‘risidagi so‘rovnomani ko‘rib chiqish muddati o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmasligi kerak.

📌Bunda, murojaat etuvchi vakolatli organ tomonidan so‘rovnomani ko‘rib chiqish muddatlari uzaytirilganligi haqida xabardor etilishi lozim.

📝Vakolatli davlat organi tomonidan apostil qo‘yish rad etilgan taqdirda, Reglamentga muvofiq rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma rad etish sabablari va murojaat etuvchi ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib, takroran ko‘rib chiqish uchun rasmiy hujjatlarni taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat (30 kalendar kun) ko‘rsatilgan holda murojaat etuvchiga (uning vakiliga) taqdim etiladi.

📱Vakolatli organ xodimi shu kunning o‘zida murojaat etuvchiga rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma haqida telefon yoki “SMS-xabar” orqali xabar beradi.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi 732-son qarori bilan tasdiqlangan “Rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning” ma’muriy reglamenti.

Kanalga
ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Bojxona ombori faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs — O‘zbekiston Respublikasi rezidenti.

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori — 150 000 so'm (BHMning 50 foizi)

❗️Litsenziya qayta rasmiylashtirilayotganda, litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqqanlik uchun to‘lanadigan summaning ellik foizi miqdorida.

💸Litsenziya berilganligi uchun davlat boji 1 500 000 so'm (BHMning 5 baravari)

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 20 ish kuni

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: Cheklanmagan

🔅Izoh
: Bojxona ombori faoliyatini litsenziyalash pasporti mazkur faoliyatni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa norma va qoidalarning talabgor va litsenziat tomonidan bajarilishini istisno etmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Eslatma #Bu_muhim

❗️Eski namunadagi haydovchilik guvohnomangizni yangisiga oʻz vaqtida almashtirish yodingizdan chiqmasin!

📌Buni juda tez, oson va qulay tarzda amalga oshirish mumkin! Hali vaqtim bor ekan deb beparvo boʻlmang

📑Albatta, yaqinlaringiz bilan foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

🔅Quyidagi yuridik shaxslar oʻz nomlari va ramzlarida “Oʻzbekiston Respublikasi” va “Oʻzbekiston” rasmiy nomlaridan, shuningdek ulardan hosila soʻzlardan foydalanish huquqiga ega:

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq tashkil etiladigan yoki faoliyatini tashkil etish amalga oshiriladigan yuridik shaxslar, agar ularning nomlari tegishli hujjatlarda toʻgʻridan-toʻgʻri nazarga tutilgan boʻlsa;

Hukumat qaroriga koʻra tashkil etiladigan davlat unitar korxonalari hamda davlat organlari va respublika ahamiyatiga molik tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan davlat muassasalari;

ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari;

yuridik shaxslar respublika ahamiyatiga ega boʻlgan birlashmalari;

respublika nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek nomlarida bosh tashkilotning toʻliq nomi koʻrsatiladigan ularning alohida boʻlinmalari;

davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etilgan murojaatlari asosida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat