Davlat xizmatlari yangiliklari
49.9K subscribers
9.83K photos
879 videos
8 files
8.27K links
Download Telegram
#Bilasizmi

Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati haqida bilasizmi?

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
– O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi.

👨‍💼Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy shaxslar

🔸Murojaatlar qabul qilinadiYIDXPmy.gov.uz;

🔰Faoliyatni amalga oshirish istagini bildirgan jismoniy shaxsning patent vakiliga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida attestatsiyadan o‘tkaziladi.

🔸Patent vakillari attestatsiyasi har 5 yilda kamida bir marta o‘tkaziladi.

💠Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tuzilgan savollar asosida malaka imtihonini suhbat shaklida o‘tkazish:

🔹intellektual mulk huquqiga oid umumiy qoidalar;

🔹sanoat mulkiga oid O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi;

🔹sanoat mulki sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari.

📃Malaka imtihoni o‘tkazilgan kunning o‘zida suhbat natijasi e'lon qilinadi

📌 Patent vakilini Patent vakillari davlat reyestriga kiritish va patent vakili sifatida ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risida QR-kod qo‘yilgan guvohnomani malaka imtihoni o‘tkazilgan sanadan boshlab bir ish kuni ichida yuboriladi

💠To‘lanadigan yig‘im miqdori:

— Ariza topshirish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori – 1 200 000 so'm (BHMning 4 baravari);

❗️Ma'lumot uchun: Patent vakili guvohnomaning amal qilish muddati tugaguniga qadar qayta attestatsiyadan o‘tmagan taqdirda belgilangan tartibda sudning qarori asosida reyestrdan o‘chiriladi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yo'nalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Qaysi toifadagi shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonidagi to‘lovlarda chegirma mavjud?

Quyidagi toifadagi shaxslarga Davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlar bo‘yicha 50 foiz miqdorida chegirma qo‘llaniladi:

🔹«Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga;
🔹I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga.

📌Tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#So'ragan_edingiz
#Xizmatlardan_onlayn_foydalanamiz
#Mutaxassisga_so'z_beramiz

📌"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Investitsiya maslahatchisi faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma" yuborish tartibini bilasizmi?

✍️Mutaxassis Sizga mustaqil ravishda xizmatdan foydalanishga yordam beradi.

📹VIDEOQOʻLLANMA

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

📋Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari haqida ma'lumotga egamisiz?

Hukumat qaroriga ko‘ra, ko‘chmas mulk ob’ektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.

👨‍💼Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP ro‘yxatdan o‘tadi.

🗂Ko‘chmas mulk ob’ektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🔷ko‘p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;
🔷yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;

🗂Ko‘chmas mulk ob’ektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

🔷umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 5 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1000 kv.m. gacha - 7 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 1000 kv.m. dan 5000 kv.m. gacha - 10 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 5000 kv.m. dan 15000 kv.m. gacha - 15 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 15000 kv.m. dan 50000 kv.m. gacha - 20 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 50000 kv.m. dan ortiq - 25 ish kunigacha.

💰Kadastr yig‘majildi shakllantirilgandan so‘ng kadastr pasportini berish uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.

Ariza beruvchi xabarnomani olgandan so‘ng 1 oy mobaynida to‘lov qiymatini to‘laydi.

‼️ Kadastr pasportini berish uchun to‘lov qiymatlari Hukumatning 186-son qarori bilan belgilanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_muqobil_energiya

⚡️7 ta Davlat xizmatlari markazlari binolariga quyosh elektr panellari oʻrnatildi

🏢Fargʻona viloyat adliya boshqarmasining maʼmuriy binosiga hamda Fargʻona va Margʻilon shahar, Fargʻona, Dangʻara, Furqat, Toshloq, Beshariq tumanlarida joylashgan Davlat xizmatlari markazlari binolariga jami 185 kVt.soat quvvatga ega quyosh elektr panellari oʻrnatildi.

🚰Boshqarma va 4 ta DXM binolariga (Fargʻona, Margʻilon, Quvasoy shaharlari, Toshloq tumani) hajmi 1000 litr boʻlgan 5 ta quyosh suv isitkichlari – geokollektorlar oʻrnatildi.

🔋Ushbu quyosh panellari bir yilda 387,9 ming kVt. soat elektr energiya manbai ishlab chiqarishi, yillik 310 million soʻmdan ortiq mablagʻni tejash imkonini beradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #FHDY_xizmatlari
#Mutaxassisga_sharhi

📌Tug'ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi qanday?

🔅Yaqinlaringiz bilan foydali ma'lumotlarni bo'lishishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Foydali_ma'lumot

🏦Markaziy bank 16-fevralrdan boshlab amalda bo‘ladigan valyuta qiymatlarini belgiladi.

📁Batafsil yuqoridagi infografikada 👆👆👆

🔅Foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_muhim

⚡️Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi
qonunchilikni buzish javobgarlikka sabab bo‘ladi!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha undiriladigan toʻlovlar qancha?

Javob
:

Hukumatning 620-son qaroriga asosan Xorijiy davlatlarda umumiy oʻrta va oʻrta taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish bepul amalga oshiriladi.

📌Xorijiy davlatlarda oʻrta maxsus, kasb-hunar, oliy taʼlim, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish taʼlimi olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun 900 000 so'm (BHMning 3 baravari) miqdorida yigʻim undiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Litsenziyalash_xizmati

"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Geodeziya va kartografiya ishlarini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qarorni" olish mumkin.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs;

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 60 000 so'm (BHMning 20 foizi);

💸Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori bilan ushbu 👉ilova orqali tanishishingiz mumkin.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

Geodeziya va kartografiya ishlarini amalga oshirishga texnik loyiha (dasturlar)ni ishlarning smeta bahosidan kelib chiqib muddatlar belgilanadi;

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: Cheklanmagan

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi #litsenziyalash_xizmati

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan zaxira yerlarida pichan o‘rish va chorva mollarini o‘tlatish uchun ruxsatnoma" olish mumkin.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT -
license.gov.uz orqali;
YIDXPmy.gov.uz;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

Yuridik va jismoniy shaxslar

💠To‘lanadigan yig‘im miqdori:

— Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori – Bepul;
— Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori — Bepul;

Arizani ko‘rib chiqish muddati – 5 ish kuni.

📌Amal qilish muddati — Ruxsatnomada ko‘rsatilgan muddatda beriladi. Bunda ruxsatnomalarning amal qilish muddati 31-dekabrdan kech bo‘lmagan muddatda tugaydi.

❗️Ma'lumot uchun: Pichan o‘rish hamda tabiiy pichanzorlar va yaylovlarda chorva mollarini o‘tlatish me’yorlari va muddatlari tegishli qishloq xo‘jaligi, shuningdek, o‘rmon xo‘jaligi davlat organlarining taqdimnomasi bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
🔊Hurmatli fuqarolar !

📌Bugungi kunda Adliya vazirligi tomonidan FHDY organlarining ish samaradorligini oshirish, fuqarolarga xizmat koʻrsatishda yanada qulay sharoitlar yaratish, xizmat koʻrsatish jarayonida turli xil qonun buzilishi holatlarining oldini olish boʻyicha bir qancha choralar koʻrilmoqda.

🔅Xususan, FHDY organlari tomonidan xizmat koʻrsatish natijasida fuqarolardan davlat boji va boshqa toʻlovlarni undirish jarayonida qonuniylikni taʼminlash maqsadida ariza beruvchining mobil raqamiga SMS yuborish amaliyoti yoʻlga qoʻyilgan.

💸Mazkur SMS xabarda Sizdan undirilishi kerak boʻlgan summa koʻrsatiladi. Bu orqali toʻlovlarni undirish jarayonida qonun buzilishi holatlari oldi olinadi.

❗️Shu sababli, Sizdan ortiqcha toʻlov undirilgan yoki SMS xabar yuborilmagan hollarda 1148 "ishonch telefoni"ga qoʻngʻiroq qilishingiz soʻraladi!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

🔅Ish staji yetarli boʼlmasa ham pensiya tayinlanadimi?

Oʼzbekiston Respublikasining «Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʼgʼrisida»gi Qonunining 7-moddasiga koʼra, yoshga doir pensiya olish huquqiga:

👨‍💼erkaklar — 60 yoshga toʼlganda va ish stajlari kamida 25 yil boʼlgan taqdirda;

🧑‍💼ayollar — 55 yoshga toʼlganda va ish stajlari kamida 20 yil boʼlgan taqdirda ega boʼladilar.

📌Аgar pensiya tayinlash uchun yetarlicha ish stajiga ega boʼlmagan shaxslarga yoshga doir pensiyalar ushbu Qonun 37-moddasi birinchi qismining «a», «b», «v» va «g» bandlarida nazarda tutilgan kamida 7 yil ish staji mavjud boʼlgan taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda (29-modda) tayinlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

Kadastr pasportini shakllantirish qaysi holatlarda rad etilishi haqida bilasizmi?

Hukumatning 535-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga muvofiq quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

💳belgilangan muddatda tegishli to‘lov miqdori to‘lanmasligi;

📑so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;

📰ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;

📍ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;

📌vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#OAV_biz_haqimizda

Bundan besh yil muqaddam O‘zbekistonda aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish bilan bog‘liq vaqt va moliyaviy xarajatlarni kamaytirish maqsadida davlat xizmatlari markazlari tashkil etildi. Sohaga “Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi” tamoyili joriy etildi.

Bu tamoyil qanday ishlamoqda? Adliya vazirining o‘rinbosari Xudoyor Meliyev shu haqda so‘zlab berdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Foydali_ma'lumot

🏦Markaziy bank 17-fevralrdan boshlab amalda bo‘ladigan valyuta qiymatlarini belgiladi.

📁Batafsil yuqoridagi infografikada 👆👆👆

🔅Foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziyalash_xizmati

Maktabdan tashqari taʼlim faoliyati bilan shugʻullanmoqchimisiz?

Unda siz "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Maktabdan tashqari taʼlim faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik toʻgʻrisida xabarnomani" vakolatli organga yuborishingiz zarur!

Ushbu xabarnoma orqali nodavlat maktabdan tashqari taʼlim, shu jumladan, chet tillarini oʻrgatish faoliyati bilan shugʻullanishingiz mumkin.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT -
license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
—Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

💠To‘lanadigan yig‘im miqdori: 150 000 so'm (BHMning 50 foizi)

❗️Muhim ma'lumot:
Chet tillarga oʻqitgan hollarda, pedagog kadrlarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan beriladigan bilimlar darajasi va chet tilini bilish va egallab olganlik darajasi toʻgʻrisida davlat namunasidagi malaka sertifikati yoki yetakchi xalqaro va baholash tizimlarining amaldagi sertifikati (IELTS, CEFR, TOEFL IBT) mavjud boʻlishi lozim.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yo’nalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Iste’molchilarni gaz tarmoqlariga ulash jarayoni nimalarni nazarda tutadi?

❗️Javob:

💠Iste’molchilarni gaz tarmoqlariga ulash jarayoni quyidagilarni nazarda tutadi:

🔹texnik shartlarni ishlab chiqish;
🔹gaz ta’minoti loyihasini ishlab chiqish va kelishish;
🔹qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish;
🔹tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash;
🔹sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish uchun, yiliga 100 000 va undan ortiq kubmetr tabiiy gazdan bitta pribor uchun yoqilg‘i sifatida foydalanuvchi yuridik shaxslar gaz xo‘jaligining mavsumiy va uzoq muddat ishlovchi gaz iste’moli obyektlarini ishga tushirish uchun ruxsatnomalar berish;
🔹gaz ta’minoti shartnomasini tuzish;
🔹sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish;
🔹tabiiy gazni yetkazib berish.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 256-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziyalash_xizmati

🔅"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini koʻrsatish uchun litsenziya" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori — 300 000 so'm (BHMning bir baravari)

💸Litsenziya berilganligi uchun davlat boji haqida ushbu👉havola orqali tanishishingiz mumkin

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 10 ish kuni

❗️Eslatma: Litsenziyalashda Vazirlar Mahkamasining Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi bilan kelishish lozim boʻlgan hollarda 25 ish kuni.

🗓Litsenziyaning amal qilish muddati:

🔹teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlaridan foydalanish va xizmatlarini koʻrsatish faoliyatiga beriladigan litsenziyaning amal qilish muddati — 5 yil;

🔹koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlaridan foydalanish va xizmatlar koʻrsatish faoliyatiga beriladigan litsenziyaning amal qilish muddati — 15 yil;

🔹litsenziyalanadigan faoliyatlarning qolgan turlariga litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bu_muhim
#Davlat_xizmatlaridan_qulaylik

FHDY BOʻLIMLARIDA HAM EKSTERRITORIALLIK AMALDA.

Xabaringiz bor fuqarolarning doimiy (vaqtincha) roʻyxatdan oʻtgan joyidan qatʼi nazar fuqarolik holati dalolatnomalari

tugʻilish

nikoh

oʻlim

nikohdan ajratishni qayd etish eksterritorial tamoyil asosida amalga oshiriladi.

Xoʻsh, xizmatlardan eksterritorial tamoyil asosida foydalanish oʻzi nima?

❗️Eksterritorial tamoyil - yashash joyingizdan qatʼiy nazar, yuqorida qayd etilgan davlat xizmatlarini istalgan FHDY boʻlimidan olish imkoniyati.

Yaʼni, Siz xizmat safari yoki biror yumush bilan Toshkentga yoinki respublikamizning boshqa hududiga tashrif buyurdingiz va u yerda Sizga FHDY xizmatlariga zarurat tugʻildi. Avvalgidek, roʻyxatdan oʻtgan joyingizdagi FHDY boʻlimiga qaytib borib, vaqt va naqdingizni sarflamay, hozir boʻlib turgan joyingizdagi istalgan FHDY boʻlimiga murojaat qilgan holda xizmatlardan foydalanishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat