Davlat xizmatlari yangiliklari
49.8K subscribers
9.83K photos
877 videos
8 files
8.26K links
Download Telegram
#Foydali_ma'lumot

🏦Markaziy bank 29-dekabrdan boshlab amalda bo‘ladigan valyuta qiymatlarini belgiladi.

📁Batafsil yuqoridagi infografikada 👆👆👆

🔅Foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan oʻtkazish xizmati haqida bilasizmi?

💠Davlat xizmati davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali koʻrsatiladi.

📌Sertifikati talabgorlarga besh yil amal qilish muddati bilan beriladi.

🔸Shunindek, qarorda talabgorlar 2 turdagi malaka sertifikatidan birini olishlari mumkinligi belgilandi:

📝Endilikda malaka sertifikatini olish uchun faqat soʻrovnoma toʻldirish kifoya va tegishli hujjatlar vakolatli organ tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi.

🔹I toifali malaka sertifikatini olish uchun talabgorlar uchun 2 bosqichda amalga oshiriladi va test sinovi 90 ta savoldan iborat boʻladi.
🔹II toifali malaka sertifikatini olish uchun talabgor uchun 1 bosqichda amalga oshiriladi va test savollari qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishdagi umumiy bilim saviyasi va koʻnikmasini aniqlashga qaratilgan 60 ta savolni oʻz ichiga oladi.

💸Davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.

🗓Malaka sertifikatini berish boʻyicha attestatsiyadan vakolatli organ tomonidan har oyning birinchi payshanba kunida oʻtkaziladi.

📎Vakolatli organ tomonidan malaka sertifikatini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilganda QR-kod qoʻyilgan malaka sertifikati rasmiylashtirib beriladi.

❗️ Eslatma!

🛃 Moliya-iqtisod, huquqshunoslik sohasi bo‘yicha imtiyozli diplomga ega oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilari hamda CFA Institute, ACI, ACCA xalqaro tashkilotlari sertifikatiga ega talabgorlar attestatsiyadan o‘tmay va belgilangan yig‘imni to‘lamasdan ham II toifali malaka sertifikatini olishlari mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha undiriladigan toʻlovlar qancha?

Javob
:

Hukumatning 620-son qaroriga asosan Xorijiy davlatlarda umumiy oʻrta va oʻrta taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish bepul amalga oshiriladi.

📌Xorijiy davlatlarda oʻrta maxsus, kasb-hunar, oliy taʼlim, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish taʼlimi olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun 900 000 so'm (BHMning 3 baravari) miqdorida yigʻim undiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Geodeziya va kartografiya ishlarini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qarorni" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs;

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 60 000 so'm (BHMning 20 foizi);

💸Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori bilan ushbu 👉ilova orqali tanishishingiz mumkin.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

Geodeziya va kartografiya ishlarini amalga oshirishga texnik loyiha (dasturlar)ni ishlarning smeta bahosidan kelib chiqib muddatlar belgilanadi;

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: Cheklanmagan

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
🔊Hurmatli fuqarolar !

📌Bugungi kunda Adliya vazirligi tomonidan FHDY organlarining ish samaradorligini oshirish, fuqarolarga xizmat koʻrsatishda yanada qulay sharoitlar yaratish, xizmat koʻrsatish jarayonida turli xil qonun buzilishi holatlarining oldini olish boʻyicha bir qancha choralar koʻrilmoqda.

🔅Xususan, FHDY organlari tomonidan xizmat koʻrsatish natijasida fuqarolardan davlat boji va boshqa toʻlovlarni undirish jarayonida qonuniylikni taʼminlash maqsadida ariza beruvchining mobil raqamiga SMS yuborish amaliyoti yoʻlga qoʻyilgan.

💸Mazkur SMS xabarda Sizdan undirilishi kerak boʻlgan summa koʻrsatiladi. Bu orqali toʻlovlarni undirish jarayonida qonun buzilishi holatlari oldi olinadi.

❗️Shu sababli, Sizdan ortiqcha toʻlov undirilgan yoki SMS xabar yuborilmagan hollarda 1148 "ishonch telefoni"ga qoʻngʻiroq qilishingiz soʻraladi!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

🔅Ish staji yetarli boʼlmasa ham pensiya tayinlanadimi?

Oʼzbekiston Respublikasining «Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʼgʼrisida»gi Qonunining 7-moddasiga koʼra, yoshga doir pensiya olish huquqiga:

👨‍💼erkaklar — 60 yoshga toʼlganda va ish stajlari kamida 25 yil boʼlgan taqdirda;

🧑‍💼ayollar — 55 yoshga toʼlganda va ish stajlari kamida 20 yil boʼlgan taqdirda ega boʼladilar.

📌Аgar pensiya tayinlash uchun yetarlicha ish stajiga ega boʼlmagan shaxslarga yoshga doir pensiyalar ushbu Qonun 37-moddasi birinchi qismining «a», «b», «v» va «g» bandlarida nazarda tutilgan kamida 7 yil ish staji mavjud boʼlgan taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda (29-modda) tayinlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Foydali_ma'lumot

🏦Markaziy bank 30-dekabrdan boshlab amalda bo‘ladigan valyuta qiymatlarini belgiladi.

📁Batafsil yuqoridagi infografikada 👆👆👆

🔅Foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔊Avtomobil transportida yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya olish tartibidan xabardormisiz?

🏢Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
– Davlat xizmatlari markazi;
YIDXPmy.gov.uz orqali.

📑Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi.

O‘zi kelib murojaat etgan taqdirda so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

👨‍💼Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar

💠Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 300 000 so'm (BHMning 1 baravari)

💠Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati – 2 ish kuni.

❗️Muhim ma'lumot: Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya varaqalari berilganligi uchun undiriladigan davlat boji miqdorlarlari bilan quydagi ILOVA 👈 orqali tanishishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Doimiy (vaqtinchalik) yashash joyi bo‘yicha ma’lumotnomani qayerdan olsam bo‘ladi?

Javob:

👨‍💼Ariza beruvchilar mazkur davlat xizmatidan YIDXP (my.gov.uz) ro‘yxatdan o‘tib, so‘rov yuborish orqali istalgan vaqtda foydalanishlari mumkin.

📌Bunda fuqarolarga ortiqcha hujjatlarsiz, tizim orqali (real vaqt rejimida) ma’lumotnomani olish imkoniyati yaratilgan.

Ma’lumot uchun: Ushbu xizmatda faqatgina fuqarolar o‘zlariga tegishli bo‘lgan doimiy (vaqtinchalik) yashash joyi bo‘yicha ma’lumotnomalarni olishlari mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Temir yo‘l shoxobcha yo‘llarini, shuningdek, yuklash, tushirish hamda vagon va konteynerlarni tozalash uchun mo‘ljallangan qurilmalarni qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini kelishish" mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi;

💠Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor;

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: Bepul

💠Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im: Bepul

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 20 ish kuni

🗓
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: 3 yil

❗️Ma'lumot
uchun: Ushbu pasportdagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat turi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi korxonalarning temir yo‘l yo‘laklarini qurish va rekonstruksiya qilishga nisbatan tatbiq qilinmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

Kadastr pasportini shakllantirish qaysi holatlarda rad etilishi haqida bilasizmi?

Hukumatning 535-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga muvofiq quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

💳belgilangan muddatda tegishli to‘lov miqdori to‘lanmasligi;

📑so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;

📰ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;

📍ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;

📌vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

👶🏻Bolalarni sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi ekspertlarni akkreditatsiya qilish tartibidan xabardormisiz?

Hukumat qarori (317-son, 07.06.2022-y.) bilan tasdiqlangan davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga asosan:

📝Ariza beruvchi DXMga bevosita yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali elektron murojaat qiladi.

🔹 Ariza beruvchi oliy maʼlumotga, pedagogika, yoshga oid psixologiya va fiziologiya, bolalar psixiatriyasi sohalarida bilimlarga (diplom yoki sertifikatga) ega boʻlishi kerak.

🔹 Soʻrovnoma toʻldirilgandan so'ng, 7 ish kunida oʻrganib chiqiladi.

🔹Ariza beruvchini akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingach, talabgor 1 kun ichida akkreditatsiyadan oʻtkaziladi.

🔹Ekspert akkreditatsiya qilinganligi toʻgʻrisida guvohnoma 5 yil muddatga beriladi.

📌 Mazkur davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Qulaylik

Mobil-🆔 tizimi

❗️Davlat xizmatlari koʻrsatishda foydalanuvchini roʻyxatga olish, identifikatsiyalash, autentifikatsiyalash, verifikatsiya qilish uchun faqatgina mobil telefon raqami yetarli boʻladi.

📊Batafsil bu haqida infografika orqali tanishishingiz mumkin.

🔅Yaqinlaringiz bilan foydali ma'lumotlarni bo'lishishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Eslatma #Bu_muhim

❗️Eski namunadagi haydovchilik guvohnomangizni yangisiga oʻz vaqtida almashtirish yodingizdan chiqmasin!

📌Buni juda tez, oson va qulay tarzda amalga oshirish mumkin! Hali vaqtim bor ekan deb beparvo boʻlmang

📑Albatta, yaqinlaringiz bilan foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #FHDY_xizmatlari
#Mutaxassisga_sharhi

📌Tug'ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi qanday?

🔅Yaqinlaringiz bilan foydali ma'lumotlarni bo'lishishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Foydali_ma'lumot

🏦Markaziy bank 30-dekabrdan boshlab amalda bo‘ladigan valyuta qiymatlarini belgiladi.

📁Batafsil yuqoridagi infografikada 👆👆👆

🔅Foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vazirligi barcha hamyurtlarimizni kirib kelayotgan Yangi – 2023-yil bilan qutlaydi!

Shu bilan birga, bayramni ko'ngildagidek o'tkazishda ayrim eslatmalarga e'tiboringizni qaratadi.
"Davlat xizmatlari yangiliklari" kanalining 2022-yil natijalari.