Davlat xizmatlari yangiliklari
49.9K subscribers
9.86K photos
879 videos
8 files
8.28K links
Download Telegram
#Davlat_xizmatlari_markazlari_5_yoshda #YIL_TANLOVI_2022

Avval xabar berganimizdek, Adliya vazirligi tomonidan BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Olmos” konvension markazida “Davlat xizmatlari markazlari tashkil etilganligining 5 yilligi” bayram tadbiri o‘tkazildi.

⚡️Tadbir doirasida 2022-yilda faol ishlagan, xalqqa eng yaqin boʻlgan, aholining talab va istaklarini amalga oshirishda yetakchi boʻlgan Davlat xizmatlari markazlari xodimlari aniqlandi va estalik sovgʻalari bilan tagʻdirlanishdi!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Yuridik shaxslar, jismoniy shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarning soliq qarzi mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma qanday olinadi?

❗️Javob:

Hukumatning 823-son qarori bilan tasdiqlangan “Jismoniy shaxs — soliq to‘lovchining soliqlar va yig‘imlardan soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning” ma’muriy reglamenti.

🔅Ariza beruvchilar mazkur davlat xizmatidan my.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘tib, so‘rov yuborish orqali istalgan vaqtda foydalanishlari mumkin.

⚡️ Eslatma!
- xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul;
- xizmat natijasi avtomatik ravishda (real vaqt rejimida) shakllanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Litsenziyalash_xizmati #Bilasizmi

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Kosmik texnologiyalarni qo‘llovchi tashkilotlarning faoliyati uchun litsenziya" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:

🏢 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi;

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs;

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

💸300 000 so'm (BHMning 1 baravari baravari);

📑Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun yig‘im undirilmaydi

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 20 ish kuni

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: Cheklanmagan

📌Ma'lumot uchun: Oxirgi iste’molchilarga kosmik xizmatlar ko‘rsatish litsenziyaning ushbu kichik turida oxirgi iste’molchilarga yo‘ldoshli aloqa va yo‘ldoshli navigatsiya xizmatlarini ko‘rsatish nazarda tutilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

🤷🏻‍♂️Agar uyingizga noma’lum shaxslar ro‘yxatga turib olgan bo‘lsa, nima qilishni bilasizmi?

🚶🏻Uyingizda kimlar ro‘yxatda turganini bilish uchun tegishli tashkilotga borish shart emas.

Buning uchun:

1️⃣ My.gov.uz saytiga kirish

2️⃣ "Shaxsiy kabinet"ga o‘tish

3️⃣"Fuqarolik" bo‘limini tanlash

4️⃣ “Doimiy yashash joyida yashovchilar ro‘yxatini to‘g‘rilatish uchun so‘rov yuborish”
tugmasini bosish kerak.

👨🏻‍💻Agar xonadoningizda notanish shaxslar ro‘yxatga olinganini aniqlasangiz, shu manzilning o‘zidayoq o‘chirishga elektron murojaat yuborishingiz mumkin.

🔅Yaqinlaringiz bilan foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bu_muhim

🔍Hujjatlaringizni ko'zdan kechirayotib, maktab shahodatnomasini topa olmadingizmi?

😀Хavotirga o’rin yo‘q, shahodatnoma dublikatini olish mumkin.

🏢Buning uchun 👩‍💻my.gov.uz sayti orqali ariza qoldirish orqali kerakli ta’lim tashkilotini tamomlaganlik to‘g‘risida tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma, umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab (maktab-internat)ni tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikat dublikatini olishingiz mumkin.

💰Xizmat narxi — Bepul

Xizmat ko'rsatish muddati — 5 ish kuni

❗️Ma'lumot uchun:
Ariza beruvchi ishonchnoma asosida harakat qilayotganda, so‘rovnomaga notarial tasdiqlangan ishonchnoma nusxasi ilova qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Foydali_ma'lumot

🏦Markaziy bank 27-dekabrdan boshlab amalda bo‘ladigan valyuta qiymatlarini belgiladi.

📁Batafsil yuqoridagi infografikada 👆👆👆

🔅Foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Chet elga chiqish taqiqini qanday aniqlash mumkin?

Chet elga sayohat qilishni rejalashtirishdan oldin barchasini tekshirib olgan maʼqul, xususan turli yoʻnalishdagi qarzdorliklarni mavjud yoki mavjudmasligini ham.

Maʼlum bir shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishga vaqtinchalik cheklov bor yoʻqligini onlayn tekshirish mumkin.

Buning uchun my.gov.uz portalida mavjud davlat xizmati orqali tekshirish mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati haqida bilasizmi?

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
– O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi.

👨‍💼Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy shaxslar

🔸Murojaatlar qabul qilinadiYIDXPmy.gov.uz;

🔰Faoliyatni amalga oshirish istagini bildirgan jismoniy shaxsning patent vakiliga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida attestatsiyadan o‘tkaziladi.

🔸Patent vakillari attestatsiyasi har 5 yilda kamida bir marta o‘tkaziladi.

💠Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tuzilgan savollar asosida malaka imtihonini suhbat shaklida o‘tkazish:

🔹intellektual mulk huquqiga oid umumiy qoidalar;

🔹sanoat mulkiga oid O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi;

🔹sanoat mulki sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari.

📃Malaka imtihoni o‘tkazilgan kunning o‘zida suhbat natijasi e'lon qilinadi

📌 Patent vakilini Patent vakillari davlat reyestriga kiritish va patent vakili sifatida ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risida QR-kod qo‘yilgan guvohnomani malaka imtihoni o‘tkazilgan sanadan boshlab bir ish kuni ichida yuboriladi

💠To‘lanadigan yig‘im miqdori:

— Ariza topshirish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori – 1 200 000 so'm (BHMning 4 baravari);

❗️Ma'lumot uchun: Patent vakili guvohnomaning amal qilish muddati tugaguniga qadar qayta attestatsiyadan o‘tmagan taqdirda belgilangan tartibda sudning qarori asosida reyestrdan o‘chiriladi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Doimiy (vaqtinchalik) yashash joyi bo‘yicha ma’lumotnomani qayerdan olsam bo‘ladi?

Javob:

👨‍💼Ariza beruvchilar mazkur davlat xizmatidan YIDXP (my.gov.uz) ro‘yxatdan o‘tib, so‘rov yuborish orqali istalgan vaqtda foydalanishlari mumkin.

📌Bunda fuqarolarga ortiqcha hujjatlarsiz, tizim orqali (real vaqt rejimida) ma’lumotnomani olish imkoniyati yaratilgan.

Ma’lumot uchun: Ushbu xizmatda faqatgina fuqarolar o‘zlariga tegishli bo‘lgan doimiy (vaqtinchalik) yashash joyi bo‘yicha ma’lumotnomalarni olishlari mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash" mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT -
license.gov.uz orqali;
YIDXPmy.gov.uz;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs

💸Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 600 000 so'm (BHMning 2 baravari)

💸Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: 3 000 000 so'm BHMning 10 baravari

Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: 15 ish kunida (oliy ta’lim turi bo‘yicha 30 ish kunida)

🔅Litsenziyaning amal qilish muddati: cheklanmagan

❗️Muhim ma’lumot: Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarga ta’limning har bir turi uchun alohida litsenziya beriladi. Litsenziyada faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ta’lim faoliyati yo‘nalishlari ro‘yxati va ta’lim shakllari aniq ko‘rsatiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Litsenziyalash_xizmati #Yangi_xizmat

🔅Litsenziya axborot tizimida yana bir xizmat ishga tushdi

⚡️Endilikda "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Portlash xavfi bo‘lgan texnologik yangi jarayonlar va asbob-uskunalarni, istirohat bog‘lari attraksionlarini montaj qilish, ta’mirlash va ishga tushirish, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qo‘llaniladigan texnik qurilmalardan foydalanish uchun ruxsatnoma" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs

📲 Talabgor ruxsatnoma olish uchun arizani “Litsenziya” AT yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron yuboradi.

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori — 600 000 so'm (BHMning ikki baravari)

💸Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun — 600 000 so'm (BHMning ikki baravari);

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 15 kun;

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati👈

Ma'lumot uchun: Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoki berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish uchun Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan obyektlar joyiga chiqib o‘rganiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

⚡️Iste’molchilar elektr tarmoqlariga ulanish uchun qayerga murojaat qilishlari lozim?

🔅Bugungi kunda elektr energiyasini o‘lchash vositasi va tizimini plombalash va elektr ta’minoti shartnomasini tuzish uchun fuqarolar o‘z xohishiga ko‘ra:

🏢Davlat xizmatlari markazlari

💻Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)

👨‍💻“ELEKTR” dasturiy ta’minoti (Onlayn platforma) orqali murojaat qilishlari mumkin.

Hukumatning 555-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 11-bandida iste’molchilar elektr tarmoqlariga ulanish uchun “ELEKTR” dasturiy ta’minoti (Onlayn platforma) orqali davlat xizmatidan elektron tarzda murojaat etganda yig‘im undirilmasligi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Foydali_ma'lumot

🏦Markaziy bank 28-dekabrdan boshlab amalda bo‘ladigan valyuta qiymatlarini belgiladi.

📁Batafsil yuqoridagi infografikada 👆👆👆

🔅Foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM