Davlat xizmatlari yangiliklari
49.9K subscribers
9.86K photos
879 videos
8 files
8.28K links
Download Telegram
#Bilasizmi

Diplom dublikatini berish boʻyicha davlat xizmati haqida bilasizmi?

Hukumat qarori (395-son, 21.07.2022-y.) bilan Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning dublikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga ko’ra:

🔰 Taʼlim tashkilotini tamomlagan, maʼlumotini tasdiqlovchi hujjati (diplom, sertifikat) yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan, familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarganda jismoniy shaxslar hujjatning dublikatini berish uchun davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilishlari mumkin.

Dublikat asl nusxa bilan bir xil yuridik kuchga ega.

📝 Ariza beruvchi DXMga kelib murojaat etganda xodim ariza beruvchi nomidan soʻrovnomani elektron toʻldiradi.

Ariza beruvchi soʻrovnomani YAIDXP orqali toʻldirilganda, undan elektron raqamli imzo talab etilmaydi.

💰Davlat xizmati uchun BHM 1 baravari (300 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi.

❗️Yigʻimni toʻlamaslik xizmat koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.

Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilsa, ularni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga 5 ish kunlik muddat beriladi.

📋 Soʻrovnoma tushgandan boshlab 10 ish kunida hujjat dublikati rasmiylashtiriladi va bu haqida ariza beruvchiga xabar beriladi.

🏢Ariza beruvchi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikatini vakolatli organdan olib ketadi.

⚠️ Ariza beruvchining xohishiga koʻra, taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikati vakolatli organ tomonidan pochta xizmati orqali yuborilishi mumkin. Bunda pochta uchun toʻlovlarni ariza beruvchi toʻlaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar qaysi toifadagi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladi?

💠Sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar quyidagi shaxslar toifasiga beriladi:

🔹urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;
🔹halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan o‘tmagan beva xotinlari (beva erlari);
🔹respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;
🔹Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil AES halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslar;
🔹yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar;
🔹I va II-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, ko‘zi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;
🔹o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar;
🔹yoshga doir pensiya oluvchilar.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
🔅Xorijlik mutaxassisni ishga yollash istagidamisiz?

❗️Unda buni bilishingiz zarur!

📌Chet ellik mutaxassislarga O'zbekiston Respublikasi hududida ishlash huquqini beradigan tasdiqnomalarni olish uchun ish beruvchi tomonidan "Litsenziya" AT
(license.gov.uz) yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat yuborishlari kerak bo'ladi.

💠Ariza.

📌Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:

📕chet el fuqarosining F.I.O., telefon raqami, elektron pochta manzili, O‘zbekiston Respublikasida yashash manzili;

📘ma’lumoti, mutaxassisligi;

🧾ish beruvchining F.I.Sh yoki nomi, faoliyat turi, STIR (JSh ShIR);

💸taxmin qilingan ish haqi, muntazamligi, lavozimi;

📋migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlarida ro‘yxatdan o‘tish muddatlari (bor bo‘lsa);

💻chet el fuqarosi pasportining elektron nusxasi;

📃chet el fuqarosini O‘zbekiston Respublikasiga jalb qilish istagi va shartlari to‘g‘risida ish beruvchi bilan ish haqi (mukofot puli) hajmi ko‘rsatilgan dastlabki kelishuvni tasdiqlovchi mehnat shartnomasining loyihasi;

👨‍💼 chet el fuqarosining 3x4 sm hajmli elektron fotosurati;

📚 chet el fuqarosining malakasini tasdiqlovchi hujjatlar;

📖viza rejimi o‘rnatilgan xorijiy davlatlar fuqarolari kirish vizasining nusxasi (“E” mehnat vizasi, “V-1” va “V-2” ish vizasi, “S-3” xizmat vizasi yoki vatandoshlar uchun nazarda tutilgan boshqa turdagi vizalar).

Xizmat ko'rsatish muddati: 1️⃣5️⃣ ish kuni

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

📱Mobil-ID tizimi orqali davlat xizmatlaridan foydalanish tartibini bilasizmi?

Tez, oson, qulay va ishonchli onlayn xizmat

💠Batafsil👉
https://youtu.be/I9vzEepEKa0

🔅Yaqinlaringiz bilan foydali ma'lumotlarni bo'lishishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_nazorat

⚡️Davlat xizmatlarini ko'rsatishda joriy yilning o‘tgan 11 oyi mobaynida eng ko‘p qonun buzilishi holatlari aniqlangan vazirlik va idoralar:

🔹Kommunal idoralar – 51 556 ta
🔹Kadastr idoralari – 12 476 ta
🔹
Qurilish idoralari – 8 725 ta
🔹Sog‘liqni saqlash muassasalari – 5 479 ta
🔹
Hokimliklar – 5 415 ta

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

🔅Bugungi kunda Davlat xizmatlari markazlari va FHDY boʻlimlari eksterritorial tamoyili asosida faoliyat yuritadi.

🔰Xo'sh, Eksterritorial tamoyil o'zi nima?

Eksterritorial tamoyil - yashash joyingizdan qatʼiy nazar, davlat xizmatlarini istalgan DXMdan yoki FHDY boʻlimidan olish imkoniyati.

✍️Yaʼni, Siz xizmat safari yoki biror yumush bilan Toshkentga yoinki respublikamizning boshqa hududiga tashrif buyurdingiz va u yerda Sizga FHDY xizmatlariga zarurat tugʻildi. Avvalgidek, roʻyxatdan oʻtgan joyingizdagi FHDY boʻlimiga qaytib borib, vaqt va naqdingizni sarflamay, hozir boʻlib turgan joyingizdagi istalgan FHDY boʻlimiga murojaat qilgan holda xizmatlardan foydalanishingiz mumkin.

💠Batafsil👆👆👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Foydali_ma'lumot

🏦Markaziy bank 23-dekabrdan boshlab amalda bo‘ladigan valyuta qiymatlarini belgiladi.

📁Batafsil yuqoridagi infografikada 👆👆👆

🔅Foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziyalash_xizmati

⚡️Endilikda "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Obyektlar (xonalar)ning giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlashga doir texnik talablarga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmalari.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs

📲 Talabgor ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning olish uchun arizani “Litsenziya” AT yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron yuboradi.

📑Arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

🗂yuridik shaxsning nomi, uning pochta manzili, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lganda) hamda giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash bo‘yicha faoliyat amalga oshiriladigan manzil.

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im undirilmaydi;

💸Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun yig‘im undirilmaydi;

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 5 ish kuni;

🗓Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: Cheklanmagan;

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_xabari

📣📣Adliya vazirining sayyor qabuli bo‘lib o‘tadi

Joylarda aholini qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash hamda ularni tezkor hal etish maqsadida joriy yilning 23-dekabr kuni soat 15:00 da Uchtepa tumani adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi binosida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Toshqulovning sayyor qabuli bo‘lib o‘tadi.

Hurmatli fuqarolar! Ushbu sayyor qabulda adliya tizimiga oid sizlarni qiynab kelayotgan masala va muammolar bo‘yicha murojaat etishingiz mumkin.

Manzil: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Farhod ko‘chasi, 21-uy (lokatsiya).

@adliyangiliklari
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

💠O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha va doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga shaxsiy identifikatsiya raqami quyidagi hujjatlar asosida rasmiylashtirib beriladi:

🔹O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yashayotgan chet el fuqarolariga — xorijiy davlat fuqarosining pasporti;

🔹O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yashayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga — harakatlanish hujjati;
O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga — yashash guvohnomalari;

🔹O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z faoliyatini ishonchli vakili orqali amalga oshirayotgan chet el fuqarolariga — qonunchilikda belgilangan tartibda tan olingan ishonchnoma, xalqaro shartnoma va kelishuvlarda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno, ishonchnoma bergan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi va xalqaro standartlarga (ICAO) mos raqamli fotosurati, vakilning shaxsini tasdiqlovchi hujjat.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 177-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziyalash_xizmati

⚡️Endilikda "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi nazoratidagi obyektlarda elektr qurilmalarini sozlash ishlarini bajarish uchun ruxsatnoma" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs

📲 Talabgor ruxsatnoma olish uchun arizani “Litsenziya” AT yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron yuboradi.

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori — 600 000 so'm (BHMning ikki baravari)

💸Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun — 600 000 so'm (BHMning ikki baravari);

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 20 kun;

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: 1 yil;

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Litsenziyalash_xizmati

⚡️Endilikda "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Gaz quvurlari va gaz xo‘jaligining gaz iste’mol qiluvchi boshqa obyektlarini montaj qilish, ta’mirlash, ishga tushirish va foydalanish uchun ruxsatnoma" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs

📲 Talabgor ruxsatnoma olish uchun arizani “Litsenziya” AT yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron yuboradi.

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori — 600 000 so'm (BHMning ikki baravari)

💸Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun — 600 000 so'm (BHMning ikki baravari);

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 10 kun;

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati — 1 yil;

gaz xo‘jaligining gaz iste’mol qiluvchi obyektlarini ishga tushirish-sozlash ishlari bo‘yicha — 2 oy.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Xizmatlar_raqamlarda

Davlat xizmatlari markazlari orqali fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasportini olish bo'yicha davlat xizmati ko'rsatib kelinmoqda.

Ushbu xizmatdan bugungi kunga qadar qancha fuqaro foydalandi?

📊Infografika

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_muhim

🔅Mobil-ID tizimidan ro‘yhatdan o‘tishga shoshiling!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son Farmoniga ko‘ra davlat xizmatlari markazlari yoki notarial idora orqali fuqarolarni Mobil-ID tizimiga identifikatsiya qilish 2022-yil 31-dekabrga qadar to‘lov undirilmasdan, 2023-yil 1-yanvardan boshlab bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi miqdorida bir martalik to‘lov undirilgan holda amalga oshiriladi.

2023-yil 1-yanvarga qadar oz muddat qoldi!
#Xizmatlar_raqamlarda

🔅Davlat xizmatlari markazlari orqali fuqarolarning biometrik pasportlarni ID-kartalarga almashtirish bo'yicha davlat xizmati ko'rsatib kelinmoqda.

📌Bugungi kunga qadar biometrik pasportlarni ID-kartalarga almashtirganlar soni — 37 625 tashkil qildi.

📊Batafsil Infografikada👆👆👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Xizmatlar_raqamlarda

🔅Davlat xizmatlari markazlari orqali fuqarolarning eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish bo'yicha davlat xizmati ko'rsatib kelinmoqda.

📌2022-yil 1-iyundan 22-dekabr holatiga DXMlar orqali eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirilganlar soni — 79 302 tashkil qildi.

📊Batafsil Infografikada👆👆👆

❗️Eski namunadagi haydovchilik guvohnomangizni yangisiga oʻz vaqtida almashtirish yodingizdan chiqmasin!

📌Buni juda tez, oson va qulay tarzda amalga oshirish mumkin!

Hali vaqtim bor ekan deb beparvo boʻlmang.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Koʻchmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi toʻgʻrisida maʻlumotnoma olish uchun nima qilish kerak?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan “Koʻchmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi toʻgʻrisida maʻlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʻmuriy reglamenti”ga koʻra, ariza beruvchi ma’lumotnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki YIDXPda davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.

🔰Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, soʻrovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.

✳️Vakolatli organ arizani soʻrovnoma tushgan va toʻlov amalga oshirilgan vaqtdan boshlab uch ish kuni mobaynida koʻrib chiqadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi #litsenziyalash_xizmati

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesish uchun ruxsatnoma" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy organlari;

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT -
license.gov.uz orqali;
YIDXPmy.gov.uz;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

Yuridik va jismoniy shaxslar

💠To‘lanadigan yig‘im miqdori:

— Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori – 90 000 so'm (BHMning 30 foizi);

Arizani ko‘rib chiqish muddati – 5 ish kuni.

📌Amal qilish muddati — Ruxsatnomada ko‘rsatilgan muddatda beriladi. Bunda ruxsatnomalarning amal qilish muddati 31-dekabrdan kech bo‘lmagan muddatda tugaydi.

❗️Eslatma:
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi PF-46-son Farmoni bilan Davlat oʼrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga moratoriyning amal qilishi muddatsiz davrga uzaytirilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qulaylik

To‘lovlarni tez va oson amalga oshiring

Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirishda invoysdagi raqamlarni bittalab terib o‘tirish yoki “kassa”da navbat kutishga hojat yo‘q.

📲 Buning uchun ommabop to‘lov tizimlarida invoysdagi “QR-code”ni skaner qilib, to‘lovni osongina amalga oshiring.

💳 Mazkur imkoniyatdan hozircha “Payme”, “Click”, “U-pay” to‘lov tizimlari orqali foydalanishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Davlat_xizmatlari_markazlariga_5_yil

Ayni damda Adliya vazirligi tomonidan BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Olmos” konvension markazida “Davlat xizmatlari markazlari tashkil etilganligining 5 yilligi” bayram tadbiri o‘tkazilinmoqda.

Tadbirning birinchi kuni “Galstuksiz” uchrashuv boʻlib, unda tadbir ishtirokchilari oʻrtasida erkin seminar, timbilding hamda psixolog trening tadbirlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Qayd etish kerak, bunday tadbirlarning tashkil etilishi jamoada birdamlikni mustahkamlash, xodimlarni oʻzaro hamfikr boʻlishga, ishdagi unumdorlik sifatini oshirishga va boʻsh vaqtdan unumli foydalanishga xizmat qiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat