Davlat xizmatlari yangiliklari
50.4K subscribers
9.87K photos
881 videos
8 files
8.3K links
Download Telegram
#Adliya_hudud

Jomboylik 74 yoshli onaxon tug‘ilganlik guvohnomasi oldi

Bugun adliya organlarining xalq orasiga kirib borayotgani o‘zining ijobiy samarasini bermoqda. Boisi, joylarda o‘tkazilayotgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari, sayyor qabullar, o‘tkazilayotgan monitoring va o‘rganishlar chog‘ida odamlarni uzoq yillar mobaynida qiynab kelgan muammolar yuzaga chiqmoqda va ular o‘z yechimini topmasdan qolayotgani yo‘q.

Jomboylik Oftob aya Ortiqova ham muammosi hal bo‘lishini bir oy, bir yil yo nari boring 10 yil kutgani yo‘q. Aya umrining 74 yilini shaxsini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lish orzusida o‘tkazdi. Eshigini taqillatib borgan mas'ullar esa ishni paysalga solishgan. O‘z haq-huquqlarini bilmagan, huquqiy savodxonligi bo‘lmagan oddiy bir ayol shu asnoda 70 yildan oshiq vaqtni kutish bilan o‘tkazdi.

Buning oqibatida fuqaro na pasport ololdi, na pensiyaga chiqoldi. Jomboy tuman adliya bo‘limining FHDY bo‘limiga murojaat qilgach, masala qisqa fursatda ijobiy hal bo‘ldi. FHDY bo‘limi mudirasi G.Bahriddinova boshchiligida 1948-yilda tug‘ilgan Oftob aya Ortiqovaning tug‘ilganligi muddatini o‘tkazib qayd qilinib, guvohnoma rasmiylashtirilib berildi.

Fuqaro endi ushbu guvohnoma asosida shaxsini tasdiqlovchi pasport olib, pensiyaga chiqishni rejalashtirgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_hudud

🔊Davlat xizmatlari koʻrsatishni soddalashtirish yuzasidan takliflar oʻrganildi

Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan joriy yilning 11-avgust kuni davlat xizmatlari koʻrsatishni yanada soddalashtirish, byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish yuzasidan davra suhbati oʻtkazildi. Unda davlat xizmatlari koʻrsatuvchi hamkor tashkilot va idoralarning rahbar, masʼul xodimlari ishtirok etdi.

Dastlab, tadbirda jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari yuzasidan fikrlar almashildi. Slayd va koʻrgazmali materiallar asosida davlat xizmatlari koʻrsatilishida yuzaga keladigan eʼtirozlarning asl sabablari aniq misollar yordamida tahlil qilindi.

Bu kabi tadbirlarning tashkil etilishi hayotiy jarayonlar va amaliyot davomida yuzaga keladigan ortiqcha maʼmuriy tartib-taomillarni bartaraf etilishi va mutaxassislarning talab va takliflarini hayotga tatbiq etish orqali tezkor, qulay va sifatli davlat xizmatlari koʻrsatilishining taʼminlanishiga zamin yaratadi.

Tadbir davomida hamkor tashkilot mutaxassislarining 20dan ortiq amaliyotga joriy etilishi mumkin boʻlgan takliflari tinglandi. Ushbu masalalar yuzasidan mulohazalar va fikrlar oʻrtaga tashlandi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_hudud

Inson qadri uchun

Andijon viloyati Shahrixon tumanining Namozgoh mahallasida yashovchi 80 yoshli fuqaro, birinchi guruh nogironi Neʼmatjon ota Yusupov tuman Davlat xizmatlari markaziga qoʼngʼiroq qilib, murojaat yoʼlladi. Uning murojaatiga asosan Markaz xodimlari xonadoniga borib, sayyor tartibda xizmat koʼrsatib, kadastr hujjatlarini tayyorlashda yordam berdilar.

"— Аvvallari biror idoraga ishing tushsa bitgunicha oʼsha tashkilotning binosida sargʼayib turishga majbur edik. Oʼzingdan kichik boʼlsa ham aka, opa deb, majburiyati boʼlsa ham iltimoslar bilan ishni bitirardik. Bugun boʼlsa davlat idorasi xodimlari bir ogʼiz gapimizni yerda qoldirmasdan oʼzlari uyimizga kelib, ishimizni bitirib berishyapti. "Inson qadri uchun" deganlari shu boʼlsa kerakda", — deydi Neʼmatjon ota.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_hudud

Fuqaroning o‘limi 25 yildan so‘ng qayd etildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

💻Davlat xizmatlari markazlarida oʻz oʻziga xizmat koʻrsatish imkoniyati borligidan xabardormisiz?

🏢Bugungi kunda barcha zamonaviy Davlat xizmatlari markazlarida fuqarolar uchun qulay sharoitlarni yaratishga alohida eʼtibor qaratilgan.

📌Shu oʻrinda Fargʻona viloyatida mavjud Davlat xizmatlari markazlarida ham murojaatchilarga bir vaqtning oʻzida 170dan ortiq turdagi xizmatlarni koʻrsatish imkoni yaratilgan. DXMlarda elektron navbat tizimi, salomatlik burchaklari, bolalar maydonchasi hamda elektron xizmatlardan mustaqil foydalanish uchun oʻz oʻziga xizmat koʻrsatish burchaklari tashkil qilingan. Shu oʻrinda, eng ahamiyatlisi — oʻz oʻziga xizmat koʻrsatish burchaklari orqali fuqarolarimiz elektron xizmatlardan mustaqil foydalanishlari va oʻz vaqtlarini tejashlari mumkin.

🔅Yaqinlaringiz bilan foydali maʼlumotlarni boʻlishishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Hali ham “prava” almashtirmadingizmi?

📌Buni juda tez, oson va qulay tarzda amalga oshirish mumkin! Hali vaqtim bor ekan deb beparvo boʻlmang

📑Albatta, yaqinlaringiz bilan foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Mamlakatimizda shunday hududlar borki, ular viloyat, hatto tuman markazlaridan ancha olisda. Bu manzillarga borish uchun avtomashinada xatto bir kunni kech qilish mumkin.

Mana shunday hududlarda davlat xizmatlari markazlari filiallarining faoliyati aholiga keng imkoniyat va qulayliklar yaratmoqda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

🔅Bugungi kunda Davlat xizmatlari markazlari va FHDY boʻlimlari eksterritorial tamoyili asosida faoliyat yuritadi.

🔰Xo'sh, Eksterritorial tamoyil o'zi nima?

Eksterritorial tamoyil - yashash joyingizdan qatʼiy nazar, davlat xizmatlarini istalgan DXMdan yoki FHDY boʻlimidan olish imkoniyati.

✍️Yaʼni, Siz xizmat safari yoki biror yumush bilan Toshkentga yoinki respublikamizning boshqa hududiga tashrif buyurdingiz va u yerda Sizga FHDY xizmatlariga zarurat tugʻildi. Avvalgidek, roʻyxatdan oʻtgan joyingizdagi FHDY boʻlimiga qaytib borib, vaqt va naqdingizni sarflamay, hozir boʻlib turgan joyingizdagi istalgan FHDY boʻlimiga murojaat qilgan holda xizmatlardan foydalanishingiz mumkin.

💠Batafsil👆👆👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

🔅Eshitish va gapirishda nogironligi bor fuqarolar davlat xizmatlaridan qanday foydalandi?

🏢Farg‘ona shahar davlat xizmatlari markazida buning oddiy yechimi amaliyotga joriy qilingan.

📝Shartnoma asosida yollangan surdotarjimonga fuqaro maxsus planshet yordamida videoaloqa orqali bog‘lab berilmoqda.

📌Batafsil yuqoridagi lavha orqali tanishishingiz mumkin 👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Namanganda ortda qolgan 10 oyda 74 ming, bir haftada 1000ga yaqin sayyor xizmat koʻrsatildi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi, tuman, shahar davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan aholiga sifatli xizmat koʻrsatish bilan birga, haftaning belgilangan kunlari sayyor tartibda davlat xizmatlari koʻrsatib kelinmoqda. Bunda, markazdan uzoqda istiqomat qiluvchi aholi vakillari davlat xizmatlarida doir murojaatlari koʻrib chiqiladi.

Batafsil👈

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_hudud

"NAVOIYURAN" DAVLAT KORXONASIDA 7000DAN ORTIQ XODIMLAR MOBIL-ID TIZIMIGA IDENTIFIKATSIYA QILINMOQDA

🔹Maʼlumki, respubikamizda 2022-yilning 1-avgustdan boshlab davlat xizmatlaridan foydalanish uchun shaxsni identifikatsiyalashning mavjud tizim va vositalariga qoʻshimcha ravishda jismoniy shaxsni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimi joriy etildi.

🔹Mobil-ID tizimi - fuqarolarga elektron raqamli imzodan foydalanmagan holda barcha davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini yaratadi. Faqat bundan moliyaviy xizmatlar mustasno. Mobil-ID tizimi esa mobil aloqa xizmatlaridan foydalanayotgan barcha aholi uchun alohida flesh-kartani olib yurmasdan xizmatlardan foydalanish imkonini beradi.

🔹Mazkur jarayon joylardagi davlat xizmatlari markazlari xodimlarining huquqiy va amaliy koʻmagi bilan amalga oshirilmoqda. Karmana tumani adliya boʻlimi DXM xodimlari tomonidan Navoiy kon metallurgiya konbinati xodimlari mobile-ID tizimiga identifikatsiya qilinmoqda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat