Davlat xizmatlari yangiliklari
49.9K subscribers
9.86K photos
879 videos
8 files
8.28K links
Download Telegram
#Bu_muhim
#Davlat_xizmatlaridan_qulaylik

FHDY BOʻLIMLARIDA HAM EKSTERRITORIALLIK AMALDA.

Xabaringiz bor fuqarolarning doimiy (vaqtincha) roʻyxatdan oʻtgan joyidan qatʼi nazar fuqarolik holati dalolatnomalari

tugʻilish

nikoh

oʻlim

nikohdan ajratishni qayd etish eksterritorial tamoyil asosida amalga oshiriladi.

Xoʻsh, xizmatlardan eksterritorial tamoyil asosida foydalanish oʻzi nima?

❗️Eksterritorial tamoyil - yashash joyingizdan qatʼiy nazar, yuqorida qayd etilgan davlat xizmatlarini istalgan FHDY boʻlimidan olish imkoniyati.

Yaʼni, Siz xizmat safari yoki biror yumush bilan Toshkentga yoinki respublikamizning boshqa hududiga tashrif buyurdingiz va u yerda Sizga FHDY xizmatlariga zarurat tugʻildi. Avvalgidek, roʻyxatdan oʻtgan joyingizdagi FHDY boʻlimiga qaytib borib, vaqt va naqdingizni sarflamay, hozir boʻlib turgan joyingizdagi istalgan FHDY boʻlimiga murojaat qilgan holda xizmatlardan foydalanishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

Nikoh yoshi to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun qanday javobgarlik bor?

🔰Qonunchilikka muvofiq, nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun 18 yosh etib belgilanadi.

Uzrli sabablar bo'lganida, alohida hollarda (homiladorlik, bola tug'ilishi, voyaga yetmagan shaxsning to'la muomalaga layoqatli deb e'lon qilinishi), nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga ko'ra tegishli tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko'pi bilan 1 yilga kamaytirishi mumkin.

☑️ Nikoh yoshi to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzish ma'muriy javobgarlikka sabab bo'ladi.

Xususan:

▫️ nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish 1,5 mln so'mdan 3 mln so'mgacha;

▫️ ota-ona yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish 2,1 mln so'mdan 4,5 mln so'mgacha;

▫️ nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish 3 mln so'mdan 6 mln so'mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

❗️Ushbu huqubuzarliklarni ma'muriy jazo chorasi qo'llanilgandan keyin takroran sodir etish jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Foydali_ma'lumot

🏦Markaziy bank 19-dekabrdan boshlab amalda bo‘ladigan valyuta qiymatlarini belgiladi.

📁Batafsil yuqoridagi infografikada 👆👆👆

🔅Foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmati va ijtimoiy innovatsiyalar bo‘yicha davlat agentligi raisi bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasining Ozarbayjon Respublikasiga tashrifi davomida 2022-yilning 15-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.Tashkulov Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmati va ijtimoiy innovatsiyalar boʻyicha davlat agentligi raisi Ulvi Mehdiyev bilan uchrashdi.

Uchrashuv boshida adliya vaziri mezbonlarni Adliya vazirligida mavjud axborot tizimlaridan (Litsenziya axborot tizimi (license.gov.uz), elektron raqamli imzo berish (ra.yt.uz), haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish, ID karta va xorijga chiqish biometrik pasportini olish va boshqa davlat xizmatlari koʻrsatilishi borasida amalga oshirilayetgan keng koʻlamli islohotlar bilan tanishtirdi.

Oʻz oʻrnida janob Ulvi Mehdiyev Agentlik oʻz faoliyatini davlat xizmatlari, raqamlashtirish, innovatsiyalar va ijtimoiy loyihalar kabi toʻrtta yoʻnalishda amalga oshirishi hamda “ASAN-XIDMET” markazlari faoliyati toʻgʻrisida gapirib berdi. Markazlarda davlat organlari, xususiy tashkilotlar, kommunal xizmatlarning 320 dan ortiq xizmatlari mavjudligi ham aytib oʻtildi.

Uchrasuv yakunida Ozarbayjon tomoni adliya vaziri A.Tashkulovni “ASAN-XIDMET” maqsad, vazifalari va uning faoliyati bilan tanishtirdi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Shaxsiy identifikatsiya raqamini shakllantirish muddatlari qanday?

💠Elektron talabnoma Davlat personallashtirish markazi tomonidan qabul qilib olingandan so‘ng:

🔹O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga shaxsiy identifikatsiya raqami axborot tizimi vositasida real vaqt rejimida;

🔹O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha va doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga bir ish kuni davomida shaxsiy identifikatsiya raqami shakllantirilib, ma’lumotlarni to‘plash punktiga elektron shaklda;

🔹xorijiy davlatda vaqtincha yoki doimiy yashaydigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning farzandlariga (shaxsiy identifikatsiya raqami mavjud bo‘lmaganda), chet el fuqarolariga hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun shaxsiy identifikatsiya raqami bir ish kuni davomida O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga yuboriladi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 177-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#So'ragan_edingiz
#Xizmatlardan_onlayn_foydalanamiz
#Mutaxassisga_so'z_beramiz

📌"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma" yuborish tartibini bilasizmi?

✍️Mutaxassis Sizga mustaqil ravishda xizmatdan foydalanishga yordam beradi.

📹VIDEOQOʻLLANMA

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

Chet eldan g'aroyib yovvoyi o'simlik olib kelish uchun nima qilish kerak?

🌿Ba'zan chet elda g'aroyib yovvoyi o'simlik sotib olishni va uni uyga olib kelishni yoki aksincha, mamlakatdan olib chiqishni xohlaysiz. Biroq ushbu harakatingiz kontrabandaga aylanmasligi uchun nima qilish kerak?

👮Qonuniy usullardan biri olib chiqish yoki olib kirish ruxsatnomasini olishdir. Ushbu ruxsatnomalar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan beriladi.

📄Qanday qilib ruxsatnoma olish mumkin:

💠Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz orqali murojaat qiling va quyidagi hujjatlarni taqdim eting

🔸 Ariza beruvchining ma'lumotlari;

🔸Turlar bo'yicha chetga olib chiqiladigan yoki olib kiriladigan o'simliklarning, ularning qismlari, mevalari, urug'lari va botanika kolleksiyalari miqdori va soni. Botanika kolleksiyalarini chetga olib chiqishda eksponatlar har bir nusxasining soni ko'rsatiladi;

🔸Chetga olib chiqish (mamlakat, shahar) yoki olib kirish joyi;

🔸 Olib chiqish uchun asos — yovvoyi o'simlikning qonuniy sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjat (yovvoyi o'simliklarni qonuniy g'amlash (to'plash) olishga ruxsatnomaning tartib raqami)

Xizmat ko’rsatish muddati: 15 ish kuni

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bu_muhim

Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish tartibi

🙎‍♂️ Xizmatdan foydalanuvchilar:
Jismoniy shaxslar

🔄 Xizmatni koʻrsatish tartibi:

👨‍👩‍👦 Ota-onalar, ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (farzandlikka oluvchilar, vasiylar va homiylar), bolalarning yaqin qarindoshlari (bobosi, buvisi, voyaga yetgan akasi yoki opasi) yoki uchinchi shaxslar (ariza beruvchilar) yoʻllanmalar olish uchun davlat xizmatlari markazlariga oʻzlari kelib murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) da roʻyxatdan oʻtadi.

Davlat xizmatidan kompleks tarzda foydalanish uchun FHDY organiga tugʻilishni qayd etish bilan bir vaqtda murojaat qilishlari ham mumkin.

📋Soʻrovnoma toʻldirilib, avtomatik ravishda Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimiga yuboriladi.

📃 Tegishli tashkilot va guruhda boʻsh oʻrin boʻlganda – yoʻllanma shakllantiriladi, boʻsh oʻrin boʻlmaganda – soʻrovnoma tegishlicha umumiy yoki imtiyozli roʻyxatga kiritiladi hamda xabarnoma shakllantiriladi.

🔘 Imtiyozli roʻyxatga kiritiladigan bolalar kontingenti:

● I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning bolalari;
● koʻp bolali oilalarning bolalari;
● yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;
● “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolgʻiz ayollarning bolalari;
● kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari xodimlarining bolalari;
● talabalar va pedagoglarning bolalari;
● akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan boʻlgan bolalar;
● koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlardan umumiy turdagi maktabgacha tashkilotlarga oʻtkazilayotgan sogʻaygan bolalar.

Ariza beruvchi bolalarni tashkilotga qabul qilishni yoʻllanma shakllangandan soʻng 15 ish kuni mobaynida rasmiylashtirmagan taqdirda, yoʻllanma haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Xizmat narxi: Bepul

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

🔅Katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashish uchun ruxsatnoma olish tartibidan xabardormisiz?

🏢Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
– “Litsenziya” axborot tizimi;
YIDXPmy.gov.uz orqali.

📑Zarur ma’lumotlar arizaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

👨‍💼Jismoniy yoki yuridik shaxslar (yuk tashuvchi yoki yuk jo‘natuvchi)

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: Undirilmaydi.

💠Ruxsat
etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘imlar miqdori bilan ushbu 👉 ilovaga muvofiq tanishishingiz mumkin.

💠Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

🔹Bir marta yuk tashish uchun beriladi.

📌Ma'lumot uchun: Ko‘p martalik ruxsatnomalar bir xil turdagi ma’lum miqdordagi yuklarni belgilangan qatnov bo‘yicha tashishga yoki belgilangan muddatga berilishi mumkin (bu holda tashilayotgan yuk hajmi, aniq bir obyektning qurilish muddati va boshqalar hisobga olinadi).

Arizani ko‘rib chiqish muddati – 8 ish kuni.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

🔅Mavzuli soʻrovlarni ijro etish davlat xizmati haqida bilasizmi?

❗️Siz biror hujjatingizni yoʻqotib qoʻydingiz yoki maʼlum davrdagi maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar talab etilganda qayerga murojaat etishni bilmasangiz, unda ushbu davlat xizmati ayni muddaо bo'ladi.

⚡️"Mavzuli soʻrovlarni ijro etish xizmati" yordamida siz alohida faktlar, maʼlumotlarni aniqlash (tasdiqlash), mulk huquqini aniqlash, turar joy boʻyicha maʼlumotlarni olish kabi koʻplab soʻrovlarni yuborishingiz mumkin.

📌Soʻrovnomada shaxsiy maʼlumotlarni aniq kiritish, qaysi organ tomonidan qabul qilinganligini, imkon qadar sanasi va raqamini kiritishingiz kerak boʻladi.

💠Davlat xizmatidan DXM orqali yoki YIDXP (my.gov.uz) yordamida foydalanishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Muhim

Davlat pensiyalarini tayinlash uchun fuqarolardan faqat pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi talab etiladi

Davlat pensiyalarini tayinlash YAMMT IDAKga kiritilgan elektron maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.

Hurmatli fuqarolar!!!
Pensiya tayinlashda fuqarolardan faqat pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi talab etilishini hisobga olib, Siz tomoningizdan ish staji va ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni raqamlashtirish lozim boʻladi. Maʼlumotlaringizni raqamlashtirilganlik holatini my.mehnat.uz yoki my.gov.uz portalidan roʻyxatdan oʻtgan holda tekshirishingiz mumkin.

Mehnat faoliyatini davom ettirayotgan fuqarolar diqqatiga:

Agar Siz bugungi kunda mehnat faoliyatingizni davom ettirayotgan boʻlsangiz, unda ish joyingizdagi kadrlar boʻlimiga murojaat qilishingiz va mehnat daftarchasi hamda diplom maʼlumotlaringizni “Yagona milliy mehnat tizimi” (YAMMT) idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritishni talab qilishingiz hamda toʻgʻri kiritilganligi boʻyicha tekshirib chiqishingiz soʻraladi.

Mehnat faoliyatini tugatgan fuqarolar diqqatiga:

Agar Siz bugungi kunda mehnat faoliyatingizni davom ettirmayotgan boʻlsangiz, unda istalgan Bandlikka koʻmaklashish markazlariga murojaat qilishingiz hamda mehnat daftarchangizdagi maʼlumotlarni “Yagona milliy mehnat tizimi” (YAMMT) idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritish xizmatidan foydalanish huquqiga egasiz.
(Ushbu xizmat bepul amalga oshiriladi.)

Eslatib oʻtamiz, pensiya miqdori ish staji va ish haqiga bogʻliqdir.

Qoʻshimcha savollar boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi “Ishonch telefoni” 11-40 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Yuridik shaxslar, jismoniy shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarning soliq qarzi mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma qanday olinadi?

❗️Javob:

Hukumatning 823-son qarori bilan tasdiqlangan “Jismoniy shaxs — soliq to‘lovchining soliqlar va yig‘imlardan soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning” ma’muriy reglamenti.

🔅Ariza beruvchilar mazkur davlat xizmatidan my.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘tib, so‘rov yuborish orqali istalgan vaqtda foydalanishlari mumkin.

⚡️ Eslatma!
- xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul;
- xizmat natijasi avtomatik ravishda (real vaqt rejimida) shakllanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bu_muhim

⚡️Biometrik pasportlaringizni ID-kartaga o'z vaqtida almashtiring

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–4262-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti to‘g‘risidagi nizomning 11-bandiga muvofiq, fuqaro pasportining amal qilish muddati tugagandan so‘ng yoki familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili va millati o‘zgargandan so‘ng pasporti bir oy muddatda ID-kartaga almashtirishi lozim.

📌Amal qilish muddati o'tgan biometrik pasportning o'z vaqtida ID kartaga almashtirmasligi — ya'ni fuqaroning pasportsiz yoki ID-kartasiz yashashi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 223-moddasiga binoan pasport tizimi qoidalarini buzish bilan bog‘liq maʻmuriy javobgarlikka sabab bo'ladi.

💸Bunday huquqbuzarlik BHMning ikkidan bir qismidan - uch baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

📍Eslatib o'tamiz, biometrik pasportlaringizni ID-kartaga almashtirish uchun istalgan ichki ishlar organlari yoki tegishli davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Eslatma #Bu_muhim

❗️Eski namunadagi haydovchilik guvohnomangizni yangisiga oʻz vaqtida almashtirish yodingizdan chiqmasin!

📌Buni juda tez, oson va qulay tarzda amalga oshirish mumkin! Hali vaqtim bor ekan deb beparvo boʻlmang

📑Albatta, yaqinlaringiz bilan foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bu_qiziq

Davlat xizmatlari markazlariga aholi vakillarining tashrif buyurishi o‘rganilganda murojaat etuvchilar soat 09-00dan – 12-00gacha ko‘p, 12-00dan – 16-00gacha o‘rtacha hamda 16-00dan – 18-00gacha kam sonni tashkil etishi aniqlandi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yo'nalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Migrantlarning pensiyasi qanday rasmiylashtiriladi?

❗️Javob:

Xorijda ishlangan davrlar quyidagi shartlarga koʻra mehnat stajiga qoʻshiladi:

🔹2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlangan taqdirda;

🔹2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun - yagona ijtimoiy toʻlov toʻlangan taqdirda.

Eslatma! Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining yollanma (bitim) asosda xorijda ishlaganligi hukumat tomonidan vakolat berilgan organlar mehnat daftarchasiga kiritgan qaydnomalarga qarab aniqlanadi.

Asos: Hukumatning 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#litsenziyalash_xizmati

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Geodeziya va kartografiya ishlarini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qarorni" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs;

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 60 000 so'm (BHMning 20 foizi);

💸Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori bilan ushbu 👉ilova orqali tanishishingiz mumkin.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

Geodeziya va kartografiya ishlarini amalga oshirishga texnik loyiha (dasturlar)ni ishlarning smeta bahosidan kelib chiqib muddatlar belgilanadi;

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: Cheklanmagan

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat