Davlat xizmatlari yangiliklari
49.9K subscribers
9.86K photos
879 videos
8 files
8.28K links
Download Telegram
#Bilasizmi

"Veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish" xizmatidan kimlar foydalanishi mumkin?

🔹veterinariya xizmati tizimiga kiruvchi mutaxassislar;
🔹tasarrufida veterinariya xizmati mavjud bo‘lgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar mutaxassislari;
🔹ishlab chiqarishda veterinariya xizmatlari tashkil etilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar mutaxassislari;
🔹xususiy veterinariya xizmatlari mutaxassislari.

📌Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt: Samarqand veterinariya meditsinasi instituti huzuridagi Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi (Malaka oshirish markazi).

📝Xizmat uchun BHMning 20 foizi miqdorida yig‘im undiriladi (YIDXP orqali foydalanilganida 10 foiz miqdorida chegirma mavjud).

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Foydali_ma'lumot

🏦Markaziy bank 16-dekabrdan boshlab amalda bo‘ladigan valyuta qiymatlarini belgiladi.

📁Batafsil yuqoridagi infografikada 👆👆👆

🔅Foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

XORIJLIK HAMKORLAR OʻZBEKISTON TAJRIBASINI OʻRGANMOQDA

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Turkmaniston Adolat vazirligi vakillariga FHDY organlari faoliyati, axborot tizimini yaratish, yuritish va ulardan foydalanish shartlari bilan tanishtirish maqsadida onlayn seminar tashkil etildi.

Seminarda FHDY sohasida amalga oshirilgan islohotlar, shuningdek fuqarolarni ortiqcha ovoragarchiligiga olib keladigan byurokratik talablarni bekor qilinishi bilan bog‘liq qonunchilik hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlar, FHDY organlari mudiralari va xodimlariga qo‘yilgan talablar, ularni ishga qabul qilish va nazorat qilish tartiblari, nikoh tuzish va nikohdan ajrashish haqida arizalarni Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilish yuzasidan Sirdaryo viloyatida o‘tkazilayotgan huquqiy eksperimentning dastlabki natijalari haqida tanishtirildi.

Shuningdek, “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimida dalolatnoma yozuvlarini qayd etish, o‘zgartirish kiritish, arizalar qabul qilish jarayonlari, elektron tizim orqali FHDY organlari faoliyatini nazorat qilib borish funksiyalari haqida elektron taqdimotlar asosida tushuntirishlar berildi.

Muloqot soʻnggida, FHDY sohasida Turkmaniston vakillari bilan kelgusidagi hamkorlik rejalari yuzasidan kelishib olindi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yo’nalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda to‘lanadigan yig‘im miqdori qancha?

❗️Javob:

🔹Jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 100 kvadrat metrgacha bo‘lgan turar joy ko‘chmas mulk obyektlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari;
🔹Jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 101 kvadrat metrdan 300 kvadrat metrgacha bo‘lgan turar joy ko‘chmas mulk obyektlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2,0 baravari;
🔹Jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 301 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan turar joy ko‘chmas mulk obyektlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3,0 baravari;

🔸Yuridik shaxslarning turar joy ko‘chmas mulk obyektlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5,0 baravari;
🔸Jismoniy shaxslarning noturar joy ko‘chmas mulk obyektlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3,0 baravari;
🔸Yuridik shaxslarning noturar joy ko‘chmas mulk obyektlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5,0 baravari;
🔸Jismoniy shaxslarning yakka tartibda turar joy qurish uchun berilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,0 baravari;
🔸Jismoniy shaxslarning noturar joy obyektlari uchun berilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3,0 baravari;
🔸Yuridik shaxslarga berilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5,0 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Yovvoyi hayvonlarni ovlash uchun ruxsatnoma" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik va jismoniy shaxslar

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

🔹O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun — 30 000 so'm (BHMning 10 foizi);
🔹Tabiatdan foydalanuvchi yuridik shaxslar uchun — 60 000 so'm (BHMning 20 foizi);
🔹Xorijiy fuqarolar uchun — 10 AQSh dollari miqdorida.

💸Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im:

🔸Ov qilish huquqiga doir ruxsatnoma berganlik uchun 60 000 so'm (BHMning 20 foizi) miqdorida davlat boji undiriladi.

🔸Yovvoyi hayvonlarni tutish uchun “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan miqdorlarda to‘lovlar undiriladi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 15 ish kunidan 30 ish kunigacha

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunida muvofiq ruxsatnomada belgilangan muddatda

❗️Muhim ma'lumot: Pitomniklarda, hovuz xo‘jaliklarida yetishtirilgan va ularning hududidagi hayvonlarni tutish uchun ruxsatnoma talab etilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

Bir yoshga to‘lmagan bolaga Xorijga chiqish biometrik pasporti necha yil muddatga beriladi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qaroriga muvofiq:

💠Xorijga chiqish biometrik pasporti tug‘ilgan kunidan boshlab bir yoshgacha bolalarga — ikki yil muddatga beriladi.

📌Ma’lumot uchun:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti-xorijga chiqish hamda O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish, shuningdek, xorijda turish vaqtida egasining shaxsini va O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlaydigan, pasport egasining shaxsiy biografik ma’lumotlari va biometrik parametrlari saqlangan elektron axborot tashuvchiga (chipga) ega bo‘lgan hujjat hisoblanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bu_muhim
#Davlat_xizmatlaridan_qulaylik

FHDY BOʻLIMLARIDA HAM EKSTERRITORIALLIK AMALDA.

Xabaringiz bor fuqarolarning doimiy (vaqtincha) roʻyxatdan oʻtgan joyidan qatʼi nazar fuqarolik holati dalolatnomalari

tugʻilish

nikoh

oʻlim

nikohdan ajratishni qayd etish eksterritorial tamoyil asosida amalga oshiriladi.

Xoʻsh, xizmatlardan eksterritorial tamoyil asosida foydalanish oʻzi nima?

❗️Eksterritorial tamoyil - yashash joyingizdan qatʼiy nazar, yuqorida qayd etilgan davlat xizmatlarini istalgan FHDY boʻlimidan olish imkoniyati.

Yaʼni, Siz xizmat safari yoki biror yumush bilan Toshkentga yoinki respublikamizning boshqa hududiga tashrif buyurdingiz va u yerda Sizga FHDY xizmatlariga zarurat tugʻildi. Avvalgidek, roʻyxatdan oʻtgan joyingizdagi FHDY boʻlimiga qaytib borib, vaqt va naqdingizni sarflamay, hozir boʻlib turgan joyingizdagi istalgan FHDY boʻlimiga murojaat qilgan holda xizmatlardan foydalanishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

Nikoh yoshi to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun qanday javobgarlik bor?

🔰Qonunchilikka muvofiq, nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun 18 yosh etib belgilanadi.

Uzrli sabablar bo'lganida, alohida hollarda (homiladorlik, bola tug'ilishi, voyaga yetmagan shaxsning to'la muomalaga layoqatli deb e'lon qilinishi), nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga ko'ra tegishli tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko'pi bilan 1 yilga kamaytirishi mumkin.

☑️ Nikoh yoshi to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzish ma'muriy javobgarlikka sabab bo'ladi.

Xususan:

▫️ nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish 1,5 mln so'mdan 3 mln so'mgacha;

▫️ ota-ona yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish 2,1 mln so'mdan 4,5 mln so'mgacha;

▫️ nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish 3 mln so'mdan 6 mln so'mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

❗️Ushbu huqubuzarliklarni ma'muriy jazo chorasi qo'llanilgandan keyin takroran sodir etish jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Foydali_ma'lumot

🏦Markaziy bank 19-dekabrdan boshlab amalda bo‘ladigan valyuta qiymatlarini belgiladi.

📁Batafsil yuqoridagi infografikada 👆👆👆

🔅Foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmati va ijtimoiy innovatsiyalar bo‘yicha davlat agentligi raisi bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasining Ozarbayjon Respublikasiga tashrifi davomida 2022-yilning 15-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.Tashkulov Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmati va ijtimoiy innovatsiyalar boʻyicha davlat agentligi raisi Ulvi Mehdiyev bilan uchrashdi.

Uchrashuv boshida adliya vaziri mezbonlarni Adliya vazirligida mavjud axborot tizimlaridan (Litsenziya axborot tizimi (license.gov.uz), elektron raqamli imzo berish (ra.yt.uz), haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish, ID karta va xorijga chiqish biometrik pasportini olish va boshqa davlat xizmatlari koʻrsatilishi borasida amalga oshirilayetgan keng koʻlamli islohotlar bilan tanishtirdi.

Oʻz oʻrnida janob Ulvi Mehdiyev Agentlik oʻz faoliyatini davlat xizmatlari, raqamlashtirish, innovatsiyalar va ijtimoiy loyihalar kabi toʻrtta yoʻnalishda amalga oshirishi hamda “ASAN-XIDMET” markazlari faoliyati toʻgʻrisida gapirib berdi. Markazlarda davlat organlari, xususiy tashkilotlar, kommunal xizmatlarning 320 dan ortiq xizmatlari mavjudligi ham aytib oʻtildi.

Uchrasuv yakunida Ozarbayjon tomoni adliya vaziri A.Tashkulovni “ASAN-XIDMET” maqsad, vazifalari va uning faoliyati bilan tanishtirdi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Shaxsiy identifikatsiya raqamini shakllantirish muddatlari qanday?

💠Elektron talabnoma Davlat personallashtirish markazi tomonidan qabul qilib olingandan so‘ng:

🔹O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga shaxsiy identifikatsiya raqami axborot tizimi vositasida real vaqt rejimida;

🔹O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha va doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga bir ish kuni davomida shaxsiy identifikatsiya raqami shakllantirilib, ma’lumotlarni to‘plash punktiga elektron shaklda;

🔹xorijiy davlatda vaqtincha yoki doimiy yashaydigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning farzandlariga (shaxsiy identifikatsiya raqami mavjud bo‘lmaganda), chet el fuqarolariga hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun shaxsiy identifikatsiya raqami bir ish kuni davomida O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga yuboriladi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 177-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#So'ragan_edingiz
#Xizmatlardan_onlayn_foydalanamiz
#Mutaxassisga_so'z_beramiz

📌"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma" yuborish tartibini bilasizmi?

✍️Mutaxassis Sizga mustaqil ravishda xizmatdan foydalanishga yordam beradi.

📹VIDEOQOʻLLANMA

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

Chet eldan g'aroyib yovvoyi o'simlik olib kelish uchun nima qilish kerak?

🌿Ba'zan chet elda g'aroyib yovvoyi o'simlik sotib olishni va uni uyga olib kelishni yoki aksincha, mamlakatdan olib chiqishni xohlaysiz. Biroq ushbu harakatingiz kontrabandaga aylanmasligi uchun nima qilish kerak?

👮Qonuniy usullardan biri olib chiqish yoki olib kirish ruxsatnomasini olishdir. Ushbu ruxsatnomalar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan beriladi.

📄Qanday qilib ruxsatnoma olish mumkin:

💠Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz orqali murojaat qiling va quyidagi hujjatlarni taqdim eting

🔸 Ariza beruvchining ma'lumotlari;

🔸Turlar bo'yicha chetga olib chiqiladigan yoki olib kiriladigan o'simliklarning, ularning qismlari, mevalari, urug'lari va botanika kolleksiyalari miqdori va soni. Botanika kolleksiyalarini chetga olib chiqishda eksponatlar har bir nusxasining soni ko'rsatiladi;

🔸Chetga olib chiqish (mamlakat, shahar) yoki olib kirish joyi;

🔸 Olib chiqish uchun asos — yovvoyi o'simlikning qonuniy sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjat (yovvoyi o'simliklarni qonuniy g'amlash (to'plash) olishga ruxsatnomaning tartib raqami)

Xizmat ko’rsatish muddati: 15 ish kuni

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bu_muhim

Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish tartibi

🙎‍♂️ Xizmatdan foydalanuvchilar:
Jismoniy shaxslar

🔄 Xizmatni koʻrsatish tartibi:

👨‍👩‍👦 Ota-onalar, ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (farzandlikka oluvchilar, vasiylar va homiylar), bolalarning yaqin qarindoshlari (bobosi, buvisi, voyaga yetgan akasi yoki opasi) yoki uchinchi shaxslar (ariza beruvchilar) yoʻllanmalar olish uchun davlat xizmatlari markazlariga oʻzlari kelib murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) da roʻyxatdan oʻtadi.

Davlat xizmatidan kompleks tarzda foydalanish uchun FHDY organiga tugʻilishni qayd etish bilan bir vaqtda murojaat qilishlari ham mumkin.

📋Soʻrovnoma toʻldirilib, avtomatik ravishda Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimiga yuboriladi.

📃 Tegishli tashkilot va guruhda boʻsh oʻrin boʻlganda – yoʻllanma shakllantiriladi, boʻsh oʻrin boʻlmaganda – soʻrovnoma tegishlicha umumiy yoki imtiyozli roʻyxatga kiritiladi hamda xabarnoma shakllantiriladi.

🔘 Imtiyozli roʻyxatga kiritiladigan bolalar kontingenti:

● I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning bolalari;
● koʻp bolali oilalarning bolalari;
● yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;
● “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolgʻiz ayollarning bolalari;
● kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari xodimlarining bolalari;
● talabalar va pedagoglarning bolalari;
● akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan boʻlgan bolalar;
● koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlardan umumiy turdagi maktabgacha tashkilotlarga oʻtkazilayotgan sogʻaygan bolalar.

Ariza beruvchi bolalarni tashkilotga qabul qilishni yoʻllanma shakllangandan soʻng 15 ish kuni mobaynida rasmiylashtirmagan taqdirda, yoʻllanma haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Xizmat narxi: Bepul

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

🔅Katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashish uchun ruxsatnoma olish tartibidan xabardormisiz?

🏢Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
– “Litsenziya” axborot tizimi;
YIDXPmy.gov.uz orqali.

📑Zarur ma’lumotlar arizaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

👨‍💼Jismoniy yoki yuridik shaxslar (yuk tashuvchi yoki yuk jo‘natuvchi)

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: Undirilmaydi.

💠Ruxsat
etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘imlar miqdori bilan ushbu 👉 ilovaga muvofiq tanishishingiz mumkin.

💠Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

🔹Bir marta yuk tashish uchun beriladi.

📌Ma'lumot uchun: Ko‘p martalik ruxsatnomalar bir xil turdagi ma’lum miqdordagi yuklarni belgilangan qatnov bo‘yicha tashishga yoki belgilangan muddatga berilishi mumkin (bu holda tashilayotgan yuk hajmi, aniq bir obyektning qurilish muddati va boshqalar hisobga olinadi).

Arizani ko‘rib chiqish muddati – 8 ish kuni.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

🔅Mavzuli soʻrovlarni ijro etish davlat xizmati haqida bilasizmi?

❗️Siz biror hujjatingizni yoʻqotib qoʻydingiz yoki maʼlum davrdagi maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar talab etilganda qayerga murojaat etishni bilmasangiz, unda ushbu davlat xizmati ayni muddaо bo'ladi.

⚡️"Mavzuli soʻrovlarni ijro etish xizmati" yordamida siz alohida faktlar, maʼlumotlarni aniqlash (tasdiqlash), mulk huquqini aniqlash, turar joy boʻyicha maʼlumotlarni olish kabi koʻplab soʻrovlarni yuborishingiz mumkin.

📌Soʻrovnomada shaxsiy maʼlumotlarni aniq kiritish, qaysi organ tomonidan qabul qilinganligini, imkon qadar sanasi va raqamini kiritishingiz kerak boʻladi.

💠Davlat xizmatidan DXM orqali yoki YIDXP (my.gov.uz) yordamida foydalanishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat