Davlat xizmatlari yangiliklari
50.2K subscribers
9.86K photos
880 videos
8 files
8.29K links
Download Telegram
#Bilasizmi

🔰 Hozirgi kunda Oʻzbekiston hududida:

🔹 mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori920 000 soʻm;

🔹 bazaviy hisoblash miqdori300 000 soʻm;

🔹 pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori324 000 soʻm;

🔹 yoshga doir eng kam pensiyalar633 000 soʻm;

🔹 bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan nafaqa 698 000 soʻm;

🔹 zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa500 000 soʻm;

🔹 ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi pensiyalarning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda500 000 soʻm;

🔹 belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 698 000 soʻmgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik boʻyicha pensiyalari miqdori698 000 soʻmdan iborat.

Kanalga
ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Foydali

🔈Hurmatli fuqarolar!

🔅Davlat xizmatlari yo‘nalishida ariza, shikoyat yoki taklif bilan murojaat qilish uchun nafaqat 1148 ishonch telefoni orqali, balki telegramdagi @tezkor_murojaat_bot orqali ham murojaatingizni yo‘llashingiz mumkin.

📌Sizlarga ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida ishga tushirilgan ushbu bot, nafaqat 📝 yozma balki 🔈ovozli va 🎥video murojatlarni ham qabul qiladi.

Murojaatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartiblarda ko'rib chiqiladi.

🔗Kanalga ulanish 👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Farmatsevtika faoliyati uchun litsenziya" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: yuridik shaxslar;

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

🔸Umumiy tartibda — 600 000 so'm (BHMning 2 baravari);

🔸Tezlashtirilgan tartibda — 1 200 000 so'm (BHMning 4 baravari).

💸Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori - 3 000 000 so'm (BHMning 10 baravari)

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

🔹umumiy tartibda — 15 ish kuni;

🔹tezlashtirilgan tartibda — 5 ish kuni.

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: 5 yil

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

🔅Manzil-maʼlumot axborotlarini olish tartibini bilasizmi?

🙎‍♂️ Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy shaxslar

ℹ️ Manzil-maʼlumot axborotlari – fuqaroning doimiy propiskada turganligi, propiskadan chiqqanligi, turgan joyi boʻyicha hisobga olinganligi, vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtganligi, shuningdek, maʼlumot mavjud emasligi haqida maʼlumotlardir.

🔄 Xizmatni koʻrsatish tartibi:

🔹 Bu axborotlarni olish uchun ariza beruvchilar Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXP (my.gov.uz) orqali roʻyxatdan oʻtadi.

🔹 Soʻrovnoma toʻldirilgach, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanib, vakolatli organ (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Manzil-maʼlumot byurolari)ga yuboriladi.

🔹 Vakolatli organ soʻrovnoma kelib tushgan kundan boshlab 1 ish kunida QR-kod qoʻyilgan manzil-maʼlumot axborotni rasmiylashtiradi hamda uni tegishli Davlat xizmatlari markaziga yoki arizachiga YIDXP orqali elektron ravishda yuboradi.

📝 Ariza beruvchilar faqat oʻzlariga tegishli manzil-maʼlumot axborotlarini olishlari mumkin. Boshqa shaxslarga tegishli manzil-maʼlumot axborotlari berilmaydi.

🗓 Xizmatni koʻrsatish muddati: 1 ish kunida

🔰 Xizmat narxi:

BHMning 3 foizi miqdorida – 9 000 soʻm;
Yagona portal orqali topshirilganda miqdori – 8 100 soʻm.

📋 Huquqiy asos: Hukumat qarori (797-son, 04.10.2018-y.)

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

📜Franshizing shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish bo‘yicha davlat xizmati haqida bilasizmi?

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan (346-son, 24.06.2022-y.) Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga asosan:

💠Franshizing shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali amalga oshiriladi.

💸 Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun BHMning uchdan bir qismi miqdorida yigʻim undiriladi.

🔅 Quyidagi hollarda yigʻim toʻlanmaydi:

🔹 sud hujjati asosida franshizing shartnomasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni roʻyxatdan oʻtkazishda;
🔹 roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha hujjatlar qaytadan koʻrib chiqilganda.

📑Taqdim qilingan hujjatlar mazkur Ma’muriy reglament talablariga muvofiq bo‘lganda, davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkaziladi.

📃Reglament talablariga nomuvofiq bo‘lganda franshizing shartnomasini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish rad qilinadi, bu haqida ariza beruvchini xabardor qilanadi.

📌 Roʻyxatdan oʻtkazish rad etilgan taqdirda, ariza beruvchi 3 oyda kamchiliklarni bartaraf qilib yigʻim toʻlamasdan, qayta murojaat qilishi mumkin.

❗️Bu muhim!!!:
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 863-moddasiga muvofiq kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi yozma ravishda tuzilishi kerak va u shartnomaga muvofiq litsenziar sifatida ish koʻradigan yuridik shaxsni yoki yakka tadbirkorni roʻyxatga olgan organ tomonidan roʻyxatga olinishi kerak. Ushbu qoidaga rioya qilmaslik shartnomaning haqiqiy hisoblanmasligiga sabab boʻladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yo'nalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Yuridik shaxslarda ta’sischi qanday tartibda o‘zgartiriladi?

Yuridik shaxslarning ta’sischisilarini o‘zgartirish Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

💠Ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq, muassislarning (ishtirokchilarning) ustav fondidagi ulushlari (hissalari) o‘zgarishi (aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno) tegishli bitim amalga oshirilgan paytdan boshlab 30 kun mobaynida majburiy qayta ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

📌Yuridik shaxs ta’sischisi o‘zgartirilayotganda Tizim vositasida ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan talablarni inobatga olgan holda quyidagi hujjatlar so‘rovnomaga ilova qilinadi:

🔹tadbirkorlik subyekti vakolatli boshqaruv organining ta’sis hujjatlariga ustav fondi miqdorining oshirilishi, ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qarori;
davlat tilidagi ta’sis hujjatlari;

🔹ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat (shartnoma, xat, huquqiy vorislik, meros, sud qarori va shu kabilar) — ulush (hissa) boshqa shaxsga o‘tganda. Bunda ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tishi bilan bog‘liq o‘zgartirish va qo‘shimchalarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda, muassislarning so‘rovnomada ko‘rsatilgan elektron pochta manziliga Tizim tomonidan yuborilgan xabarnoma va ularning muassisligini Yagona identifikatsiyalash tizimi orqali identifikatsiyalashni tasdiqlash yo‘li bilan har bir muassisning roziligi mavjud bo‘lishi kerak.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlaridan_qulaylik

📱“Litsenziya” axborot tizimining mobil ilovalasi haqida bilasizmi?

Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish hamda byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish orqali tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun yanada keng shart-sharoitlarni yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentinig PF-6044-sonli Farmoniga asosan “Litsenziya” axborot tizimi ishga tushirilgan.

📌Tizim foydalanuvchilariga yanada qulaylik yaratish maqsadida iOS va Android mobil ilovalari orqali xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratilgan.

📲Ushbu mobil ilova orqali litsenziyalash va ruxsat berish hujjatlarini olish uchun ariza berish, kabinet orqali tashkilotga tegishli boʻlgan litsenziya va ruxsat berish hujjatlari boʻyicha maʼlumotlarni olish, litsenziyalar reyestridan maʼlumotlar izlash va yana boshqa imkoniyatlardan foydalanish mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

🔍 Pensiya (nafaqa) haqida ma’lumot olish tartibini bilasizmi?

📎
Pensiya (nafaqa) miqdori to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali amalga oshiriladi.

📌 Davlat xizmatlari Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan ko‘rsatiladi;

📝 Davlat xizmatidan foydalanish uchun elektron shaklda so‘rovnoma to‘ldiriladi;

❗️Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi;

So‘rovnoma olinganidan so‘ng 5 daqiqa mobaynida QR-kodli ma’lumotnoma shakllanadi hamda elektron tarzda yuboradi;

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

⚡️Narkologiya dispanseri hisobida turish yoki turmaslik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani olish tartibidan xabardormisiz?

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
– Davlat xizmatlari markazi;
– YIDXP
my.gov.uz orqali.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

👨‍💼Jismoniy shaxslar

💠Davlat
xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 6 000 so'm (BHMning 2,0 foizi)

💠Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

🧾Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun belgilangan yig‘imning 50 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati –real vaqt rejimida.

❗️Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6191-son Farmoni bilan 2021-yil 1-iyundan boshlab davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari tomonidan Narkologiya dispanseri hisobida turish yoki turmaslik to‘g'risidagi ma'lumotnoma talab qilinmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bu_muhim

❗️Elektron hukumat - barcha uchun ochiq

O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to'g'risida”gi Qonunining maqsadi davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llash yo‘li bilan davlat xizmatlari ko'rsatishga doir faoliyatini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bu_muhim

🔊Avtomobil transportida yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya olish tartibidan xabardormisiz?

🏢Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
– Davlat xizmatlari markazi;
YIDXPmy.gov.uz orqali.

📑Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi.

O‘zi kelib murojaat etgan taqdirda so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

👨‍💼Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar

💠Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 300 000 so'm (BHMning 1 baravari)

💠Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati – 2 ish kuni.

❗️Muhim ma'lumot: Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya varaqalari berilganligi uchun undiriladigan davlat boji miqdorlarlari bilan quydagi ILOVA 👈 orqali tanishishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yo'nalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Qanday turdagi yuridik shaxslar Davlat xizmatlari markazlari orqali davlat roʻyxatidan o‘tkazilmaydi?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 66-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 1-bobi 1-bandi 1-xatboshisiga koʻra, ushbu Nizom talablari davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan banklar va kredit byurolari, ularning vakolatxonalari hamda filiallari (Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 30-iyundagi 3252-son qarori asosida), shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishga (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom asosida) tatbiq etilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyati uchun litsenziya" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: yuridik shaxslar;

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori — 900 000 so'm (BHMning 3 baravari)

💸Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdorlari 👈

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 7 ish kuni

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: Cheklanmagan

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

👶🏻Bolalarni sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi ekspertlarni akkreditatsiya qilish tartibidan xabardormisiz?

Hukumat qarori (317-son, 07.06.2022-y.) bilan tasdiqlangan davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga asosan:

📝Ariza beruvchi DXMga bevosita yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali elektron murojaat qiladi.

🔹 Ariza beruvchi oliy maʼlumotga, pedagogika, yoshga oid psixologiya va fiziologiya, bolalar psixiatriyasi sohalarida bilimlarga (diplom yoki sertifikatga) ega boʻlishi kerak.

🔹 Soʻrovnoma toʻldirilgandan so'ng, 7 ish kunida oʻrganib chiqiladi.

🔹Ariza beruvchini akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingach, talabgor 1 kun ichida akkreditatsiyadan oʻtkaziladi.

🔹Ekspert akkreditatsiya qilinganligi toʻgʻrisida guvohnoma 5 yil muddatga beriladi.

📌 Mazkur davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali

⚡️Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi qanday?

“Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizom qabul qilingan.

🔸Murojaatlar:

▫️"Litsenziya" AT -
license.gov.uz;
▫️ YIDXPmy.gov.uz orqali qabul qilinadi;

💠 Xabarnoma yuborganlik uchun 150 000 s'om (BHMning 50 foizi) miqdorigacha yigʻim undiriladi (alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish va umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini sotishni boshlaganlik haqidagi xabarnomalar bundan mustasno).

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bu_muhim

🔅Davlat xizmatlarini taqdim etish muddatlari haqida nimalarni bilasiz?

Fuqarolar uchun davlat xizmatlari qanchalik tez taqdim etilsa, mamnunlik darajasi ham shu qadar yuqori bo'ladi.

❗️Demak, xizmat ko'rsatish muddati sifatida berilgan iboraga diqqat qilish juda ham muhim. Misol uchun, xizmat muddati 2 kun yoki 2 ish kuni deb belgilanishi mumkin.

Nima farqi bor dersiz?

📌Doim yodingizda bo'lsin, agarda talab va reglamentda ko'rsatilgan matndagi muddatda "ish kuni" jumlasidan foydalanilmagan bo'lsa, demak kalendar kunlari nazarda tutilgan bo'ladi.

📎Agarda "ish kuni" birikmasi qo'llanilgan bo'lsa, demak xizmat ko'rsatuvchi davlat organining ish kunlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

🗓Shunday qilib, 5 ish kuni deb belgilangan muddat haftaning 2 dam olish kunini inobatga olib hisoblaganda 7 kalendar kunga to'g'ri keladi. Boshqacha qilib aytganda, chorshanba kuni berilgan ariza bo'yicha keyingi haftaning seshanba kuni 5-ish kuni hisoblanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

💸Hisoblangan ish haqi summalari to‘g‘risidagi ma’lumotni qanday olish mumkin?

Foydalanuvchilar ushbu davlat xizmatidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-fevraldagi PQ-4193-son qarori 3-bandida keltirilgan “tadbirlar rejasi”ga asosan foydalanadilar.

👨‍💻Ariza beruvchilar mazkur davlat xizmatidan my.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘tib, so‘rov yuborish orqali istalgan vaqtda foydalanishlari mumkin.

⚡️ Eslatma!

➡️ xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul;
➡️ xizmat natijasi avtomatik ravishda (real vaqt rejimida) shakllanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Soliq kodeksiga muvofiq, soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlariga soliq solinmaydi.

📝 Shuningdek, belgilangan shaklda tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlari portali orqali
(ijara.soliq.uz) hisobga qo‘yishda to‘lov undirilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Birja faoliyati uchun litsenziya" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Aksiyadorlik jamiyati hisoblanadigan yuridik shaxslar

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

💸1 200 000 so'm (BHMning 4 baravari);

📑Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

💸1 200 000 so'm (BHMning 4 baravari);

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 20 ish kuni

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: Cheklanmagan

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat