Davlat xizmatlari yangiliklari
50.6K subscribers
9.87K photos
885 videos
8 files
8.31K links
Download Telegram
#DXA #Tabriknoma

8 yanvar - Prokuratura organlari xodimlari kuni
.

Davlat xizmatlari agentligi jamoasi 8 yanvar — Prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan tizimning barcha xodimlarini samimiy muborakbod etadi.

Jamiyatda adolatni qaror toptirish, inson huquqlarini himoya qilish hamda qonun ustuvorligini taʼminlash, xalq manfaati yo‘lidagi sharafli xizmatingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Sihat-salomatlik, o‘zaro hurmat, totuvlik, hamfikrlik va farovonlik hamrohingiz bo‘lsin.

Hurmat bilan, Davlat xizmatlari agentligi jamoasi.

🔗Aloqada qoling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube ·
#DXA_nazorati

Doimiy nazorat besamar emas

2021-yil mobaynida Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida muddat buzilishi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat xizmati ko‘rsatish, asossiz rad etish, ortiqcha hujjat talab qilish, vakolatli organning qonuniy talabini bajarmaganlik kabi qonun buzilishi holatlari aniqlangan.

Qo‘llanilgan ta’sir choralari natijasida 1 452 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilib, ularning 71 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etildi hamda 3 077 nafar mas’ul shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.

BATAFSIL

🔗Aloqada qoling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube ·
⚡️ССВ: Юртимизда Omicron штамми аниқланди, эҳтиёт чоралари кучайтирилади

Республика махсус комиссиясининг навбатдаги йиғилишида мамлакатимизда коронавирус инфекцияси билан касалланиш ҳолатлари ортиб бораётгани, ушбу касалликка қарши зарур чоралар кўришни давом эттириш лозимлиги қайд этилди.

Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти томонидан коронавирус инфекциясининг янги Omicron штаммининг кенг тарқалаётганлиги ҳақида берган баёнотига кўра, дастлаб Африкада, кейинчалик Европа ва Осиё давлатларида аниқланган.

2021 йил декабрь ойидан бошлаб АҚШ, Дания, Жанубий Корея, Буюк Британия, Россия, Исроил, Нидерландия, Франция, Япония, Ҳиндистон каби бир қатор давлатларда коронавируснинг янги Omicron штамми кенг тарқалиб, эпидемиологик вазият кескинлашиб бораётганлиги муносабати билан бир қатор қўшимча карантин чекловлари жорий этилган.

🦠Маълум бўлишича, мамлакатимизга келган хорижий давлат фуқаросидан COVID-19нинг янги Omicron штамми жорий йилнинг 7 январь куни аниқланган.

Йиғилишда коронавирус пандемиясига қарши чоралар кўришни қатъий давом эттириш масаласи атрофлича муҳокама қилинди.

📌Хусусан, Республика махсус комиссиясининг қарори билан жамоат жойларида ниқоб тақиш, ижтимоий масофани сақлаш, шахсий гигиена қоидаларига қатъий риоя этиш устидан назорат кучайтирилмоқда.

🔺Бунда, барча ташкилот, корхона ва муассасаларда, йирик савдо мажмуалари, супермаркетлар, кўнгилочар муассасаларнинг кириш қисмида ниқобда бўлиш, ижтимоий масофани сақлаш, тана ҳароратини ўлчаш амалиётига қатъий риоя этилиши таъминланади.

Соғлиқни сақлаш вазирлиги, Ўзбекистон мусулмонлари идораси, Дин ишлари бўйича қўмитанинг фуқароларимизни Умра зиёратларидан қайтишларида короновирусга ПЗР ёки экспресс тестни Саудия Арабистони ҳудудида ўзбек тиббиёт ходимлари томонидан олиниши ва манфий натижасига мувофиқ кириб келишини ташкил этиш тўғрисидаги таклифига розилик берилди.

💉Аҳолини тўлиқ эмлаш ва бустер доза билан эмлаш ишлари жадаллаштирилади.

Вазирлик ва идора раҳбарлари, ташкилий шаклидан қатъий назар, барча ташкилотларда ишчиларнинг эмлангандан сўнг иш жойларига киритишга рухсат берилади. Мазкур тартибни бузган ташкилот раҳбарларига нисбатан қонун ҳужжатларида белгиланган тартибда қатъий чора кўрилади.

👨🏻‍🎓Олий таълим муассасалари талабалари ўртасида таътил давомида коронавирус инфекциясига қарши тўлиқ эмлаш чоралари кўрилади.
Ушбу тадбирларга ОТМ раҳбарлари шахсан масъул этиб белгиланади.

❗️Шунингдек, Республика махсус комиссиясининг қарори билан 2022 йил 15 январдан бошлаб қуйидаги тартиб жорий қилинмоқда:

🛡хорижий давлатлардан Ўзбекистон Республикасига ташриф буюрувчилар келишидан камида 48 соат олдин топширилган коронавирус инфекциясига ПЗР тест натижаси бўйича манфий кўрсаткичли маълумотга эга бўлиши;

🛡коронавирус инфекциясига ПЗР тест натижаси бўйича манфий кўрсаткичга эга маълумотнома бўлмаганда, аэропорт, темир йўл вокзаллари ва чегара ўтказиш пунктларида ташкил этилган коронавирус инфекциясига экспресс тест топшириши шарт.

🔻Вазирлик, идоралар ва бошқа давлат ташкилотлари ҳамда хўжалик бирлашмаларида мамлакатда амал қилаётган карантин чекловлари шароитида аҳоли саломатлигини таъминлаш, мамлакатимизда эпидемиологик вазият барқарорлигини сақлаш мақсадларини кўзда тутиб, турли тадбирлар ташкил этиш тақиқланди.

https://t.iss.one/Rasmiy_xabarlar_Official
#Sayyor_xizmat

102 yoshni qarshilagan mijoz.

Yurtimizda qariyalarni eʼzozlash, ularga hurmat va ehtirom koʻrsatish azaliy qadriyatlarimizdan sanaladi. Jumladan Davlat xizmatlari agentligi xodimlari ham koʻpni koʻrgan otaxonu, onaxonlarga xizmat koʻrsatish maqsadida joylarga chiqqan holda sayyor xizmatlar koʻrsatib keladi.

Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumani, “Quymozor” mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi 1920-yilda tavallud topgan onaxon Robaxon Gʻaniyeva yashash xonadoning hujjatlarini tartibga keltirish maqsadida tuman Davlat xizmatlari markaziga murojaat qildi.

Batafsil

🔗Aloqada qoling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube ·
#Eʼlon #Efirda_DXA!

– Aholi uchun davlat tomonidan ajratiladigan subsidiyalar berish tartibi qanday?

-To‘lov majburiyatlari va shartlari qanday?

-Subsidiya olishda yangiliklar bormi?

Shu va mavzuga oid boshqa savollaringizga javoblarni Davlat xizmatlari agentligi Andijon viloyati boshqarmasining Facebookdagi rasmiy sahifasida bo‘lib o‘tadigan jonli muloqot orqali olishingiz mumkin.

📆 Jonli muloqot 11 yanvar kuni soat 17:00 da bo‘lib o‘tadi.

🔗Aloqada qoling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube ·
#Filiallarimiz

Jizzax viloyatida o‘n birinchi filial ish boshladi.

“Barlos” qishloq fuqarolar yig‘ini. Mazkur hudud Jizzax viloyatining Samarqand zamini bilan tutash manzillaridan biri. Baxmal tumani markazidan 25 km., viloyat markazidan esa 60 km. uzoqlikda joylashgan. Qishloq fuqarolar yig‘ini 1964 yilda tashkil etilgan. O‘tgan yili ushbu hudud “Obod qishloq” davlat dasturi asosida yangicha qiyofa kasb etdi. Ana shu tugallik ortidan QFYning yangi binosida Davlat xizmatlari markazi filialining ochilgani aholining davlat xizmatlarini olishi uchun tumanga borish ovoragarchiligiga chek qo‘ydi.

Mazkur filial haftaning dushanba va payshanba kunlari “Barlos” qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 8 mingga yaqin aholiga xizmat ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, Jizzax viloyatida 13 ta Davlat xizmatlari markazlari va ularning olis hududlardagi 10 ta filiali aholiga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. 2021 yilda filiallar orqali 13 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatilgan.

Aloqada qoling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube
#Xizmatlardan_onlayn_foydalanamiz

Kadastr pasportini shakllantirishga elektron so‘rovnoma to‘ldirishrish tartibini bilasizmi?

VIDEOQO‘LLANMA

🔗Aloqada qoling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube ·
Давлат хизматларидан электрон шаклда фойдаланасизми?
Anonymous Poll
38%
Йўқ
62%
Ҳа
#Murojaat

Oʻzingiz va yaqinlaringizni asrang.


Azizlar!

Har biringiz Davlat xizmatlari agentligi uchun qadrlisiz. Siz va yaqinlaringiz sogʻligi haqida qaygʻuramiz.

Xabaringiz bor, yurtimizda koronavirusning Omicron shtammi aniqlanganligi sababli ehtiyot choralari kuchaytiriladi.

Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yigʻilishida mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari ortib borayotgani, ushbu kasallikka qarshi zarur choralar koʻrishni davom ettirish lozimligi qayd etildi.

Xususan, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan jamoat joylarida niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya etish ustidan nazorat kuchaytirilmoqda.

Bunda, barcha tashkilot, korxona va muassasalarda, yirik savdo majmualari, supermarketlar, koʻngilochar muassasalarning kirish qismida niqobda boʻlish, ijtimoiy masofani saqlash, tana haroratini oʻlchash amaliyotiga qatʼiy rioya etilishi taʼminlanishi belgilandi.

Shuning uchun ham, Davlat xizmatlari markazlari va FHDY boʻlimlariga tashrif buyurgan Sizlarni hamda xizmatda boʻlgan xodimlarimizni mazkur virusdan himoya qilish oldimizda turgan dolzarb masala.

Albatta, biz idoralarimizda barcha zarur choralarni koʻrmoqdamiz. Belgilangan grafik asosida binolar dezinfeksiya qilinmoqda, zaruriy himoya vositalari bilan taʼminlanmoqda.

Doʻstlar!

Davlat xizmatlari markazlari va FHDY boʻlimlari Sizning xizmatingizga shay.

Biroq, virus tarqalishi xavfini kamaytirish uchun Davlat xizmatlari markazlari va FHDY boʻlimlariga tashrif chogʻida tibbiy niqobda boʻlishingizni va ijtimoiy masofani saqlashingizni iltimos qilamiz.

Yana bir bor eslatib oʻtamiz, aksariyat xizmatlarni onlayn tarzda my.gov.uz portali orqali olish imkoni yaratilgan.

Elektron xizmatlardan foydalanish jarayoni Siz uchun qulay boʻlishiga koʻmaklashish maqsadida ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali videoqoʻllanmalarni taqdim etib kelmoqdamiz.

🔗Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube ·
Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 30 йиллиги ва Ватан ҳимоячилари куни муносабати билан байрам табриги

Праздничное поздравление в связи с 30-летием образования Вооруженных Сил Республики Узбекистан и Днем защитников Родины

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Байрамингиз муборак бўлсин, Ватан ҳимоячилари!

Ҳар бир фуқаро, ҳар куни Ватан ҳимоясига ўз хиссасини қўшиб келади.

Кимдир бўлажак ҳимоячиларни тарбиялаш билан, яна кимдир заводда машаққатли меҳнати билан, бошқа биров чегараларни ташқи ҳавфдан муҳофаза қилиб.

Давлат хизматлари агентлиги жамоаси бугунги байрам билан ҳар бирингизни чин кўнгилдан муборакбод этади. Мустаҳкам соғлик, оилада тинчлик ва тотувлик, юртимизда тинчлик ҳукмрон бўлишини тилаймиз.

-- - -- - -- - -- - -- - -- - -- - -- - -- - --

С праздником, защитники Родины!

Каждый гражданин, каждый день вносит свой вклад в дело защиты Родины. Кто-то, воспитывая будущих защитников, кто-то, трудясь на заводе, а кто-то, охраняя ее границы от внешних угроз.

Потому коллектив Агентства государственных услуг искренне поздравляет каждого из Вас с этим знаменательным днем! Желаем крепкого здоровья, покоя и уюта в семьях, ясного неба над головами.

Telegram · Instagram · Facebook · Youtube ·
#Sayyor_xizmatlar

Harbiylarga sayyor xizmatlar koʻrsatildi.

Shu kunlarda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni keng nishonlanmoqda.

14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurtida tashkil etilgan tadbirda harbiy xizmatchilarga Davlat xizmatlari agentligi faoliyati, tizimdagi yangiliklar, sohaga oid yangi qabul qilinayotgan huquqiy hujjatlar va amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyati yuzasidan maʼlumotlar berib oʻtildi.

Oʻtkazilgan tadbir davomida uy-joy, kadastr, farzandini bogʻchaga joylashtirish, kommunal xizmatlar boʻyicha 10 dan ortiq sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi.

Aloqada qoling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube
#Vakansiya

Diqqat, vakansiya!!!

Davlat xizmatlari agentligi Buxoro viloyati boshqarmasida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan quyidagi havola orqali tanishing👇

https://davxizmat.uz/oz/vacancy/davlat-xizmatlari-agentligi-buxoro-viloyat-boshqarmasi-tizimidagi-bosh-vakant-lavozimlar-boyicha-e-l-o-n
#Tayinlov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Muhammadiyev Ulugʻbek Islomovich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Davlat xizmatlari agentligi tizimi jamoasi Ulugʻbek Islomovichni tayinlov bilan muborakbod etadi. Kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.