Davlat xizmatlari yangiliklari
50.2K subscribers
9.9K photos
896 videos
8 files
8.36K links
Download Telegram
🚀 Nodavlat arxivlarni tashkil etish bo‘yicha yangilik!

🖥 Endi ushbu faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma yuborish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki “Litsenziya” axborot tizimi orqali murojaat qilish mumkin.

⏱️ Ariza avtomatik tarzda ko‘rib chiqiladi.

Tezkor va qulay xizmatdan foydalanib, biznesingizni rivojlantiring!🌟

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash

Adliya vazirligi xodimlari “Ziyo ulash” aksiyasi doirasida kitoblar bilan o‘rtoqlashishni davom ettirmoqdalar. Navbatdagi manzil — Yashnobod tumani davlat xizmatlari markazi.

Endi markazga tashrif buyurgan har bir kishi kitob olib o‘qishi va keyinchalik o‘z kitobini boshqalar bilan baham ko‘rishi mumkin.

Tashabbusga qoʻshilmoqchimisiz?
Yagona sharti: oʻqib boʻlgach, boshqaga bering. Kitoblaringizni eng yaqin davlat xizmatlari markaziga topshiring. Ehtimol, aynan sizning kitobingiz kimnidir yangi yutuqlarga ilhomlantirishi mumkin.

💡Kitob ulashing — ziyo koʻpayadi.


📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

“Madaniyat va ma’rifat” telekanali “Ziyo ulash” ijtimoiy loyihasida safimizga qo‘shildi.

📌 Kanalga ulanish
#Bilasizmi

🔰 Ko‘chmas mulk sotish yoki sotib olishda "Ko‘chmas mulk tarixi haqida ma’lumot" olish xizmatidan foydalanib, mulkka nisbatan amaldagi va avvalgi huquqlar, mulk davlat ro‘yxatiga qachon kiritilgani, huquqni tasdiqlovchi hujjatlar turi, kim tomonidan berilgani, sanasi va raqami haqidagi ma’lumotlarni bilib olish mumkin.

📄Ma’lumotnomani olish uchun davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etish, yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YIDXP) yoki O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining davreestr.uz veb-saytida ro‘yxatdan o‘tish kerak.

🏢Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar):

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
BHMning 50 foizi. Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

🗓Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 3 ish kuni.

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 380-son qarori.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🆕 “Adliya-QR” axborot tizimi: fuqarolar uchun yangi qulayliklar!

2025-yildan boshlab Davlat xizmatlari markazlarida fuqarolar uchun “Adliya-QR” axborot tizimi joriy etildi. Ushbu tizim orqali fuqarolar:
🔹 Face-ID orqali ariza ma’lumotlarini tasdiqlash;
🔹 Arizaga tegishli to‘lovlarni amalga oshirish;
🔹 Arizada kiritilgan ma’lumotlar bilan tanishish;
🔹 Xizmat sifatini baholash;
🔹 Ariza natijalarini yuklab olish;
🔹 Zarur ma’lumotlarni markaz xodimi bilan almashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Bu yangilik quyidagi qulayliklarni yaratadi:
- Fuqarolar vaqtini tejaydi;
- Navbatlar sezilarli darajada kamayadi;
- Xizmat sifati oshadi;
- Ortiqcha xarajatlar qisqaradi.

Davlat xizmatlarini yanada qulay va sifatli qilish yo‘lida ishlashda davom etamiz!

📌 Kanalga ulanish
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 124-sonli qaroriga asosan, yangi uchta davlat xizmati ishga tushirildi.

Endilikda Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish bo‘yicha ariza yuborish uchun davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali ariza yuborish mumkin.

Davlat xizmatidan O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab turgan O‘zbekiston Respublikasining, boshqa davlatlarning fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar foydalanishi mumkin.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi organlar esa viloyat va tuman hokimliklari, shuningdek, davlat tashkilotlari hisoblanadi.

Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari.

Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 1 oy.

Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha mulk huquqini beruvchi davlat orderi taqdim etiladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💢 Tadbirkorlar uchun muhim yangilik!

Davlat xaridlari bo‘yicha Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kirish endi:
Davlat xizmatlari markazi
Yagona portal (my.gov.uz)
orqali BEPUL amalga oshiriladi!

🔗 Ariza topshirilgach, 2 ish kuni ichida taqdim etilgan ma'lumotlar jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi.
🚀 Bu jarayon OCHIQ va SHAFFOF bo‘ladi!

❗️Agar qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yagona yetkazib beruvchi deb belgilangan bo‘lsa yoki maxfiy hujjatlar bo‘lsa jamoatchilik muhokamasi bo‘lmaydi.

Asos: Vazirlar Mahkamasinig 2025-yil 18-fevraldagi 102-son qarori.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM