Davlat xizmatlari yangiliklari
50.3K subscribers
9.9K photos
896 videos
8 files
8.36K links
Download Telegram
#qulaylik

🌐Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo'lishi bilan bog'liq faoliyat uchun litsenziyani onlayn olish mumkin!

📝Endilikda arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va "Litsenziya" axborot tizimi orqali qabul qilinadi.

👫 Ariza beruvchilar toifasi:
yuridik shaxslar.

🏢 Litsenziyalovchi
organ: Sog'liqni saqlash vazirligi.

💵 Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning 5 baravari.

💰Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: BHMning 5 baravari.

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 15 ish kuni.

📆 Litsenziyaning amal qilish muddati: 5 yil.

Asos:
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-oktabrdagi 725-son qarori

Raqamli xizmatlar sizning qulayligingiz uchun!

📌 Kanalga ulanish!
#qulaylik

⚡️Noturar ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni ro'yxatdan o'tkazish yanada oson!

Endilikda noturar ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishga oid shartnomalarni rasmiylashtirish, unga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni kompozit tarzda ko'rsatamiz:

1️⃣ Ariza beruvchilar xizmatdan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladilar;

2️⃣ Markaz ariza beruvchilarning shaxsini aniqlaydi va shartnoma ular tomonidan shaxsan imzolanganligini tasdiqlaydi hamda shartnomani Davlat kadastrlari palatasiga yuboradi;

3️⃣ Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va davlat reyestridan ko‘chirmani Markazga yuboradi;

4️⃣ Markaz ko‘chirma kelib tushgandan so‘ng uni ariza beruvchilarning elektron manziliga yuboradi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-noyabrdagi 795-son qarori.

Unutmang, biz sizning qulayligingiz uchun ishlaymiz!

📌 Kanalga ulanish!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥 Face-ID orqali hujjatlarsiz davlat xizmatlaridan foydalaning!

👨‍💻 Adliya vazirligi barcha Davlat xizmatlari markazlarida yuz qiyofasi orqali shaxsni avtomatik aniqlash tizimini yo‘lga qo‘ydi!

📃 Hujjat ko‘rsatishga hojat yo‘q! Barcha kerakli ma'lumotlar avtomatik tarzda aniqlanadi!

Tezkor va qulay! Davlat xizmatlaridan foydalanish yanada yengil va tezkor bo‘ladi!

📌 Kanalga ulanish!
#bilasizmi

🏨Mehmonxona mavjud bo‘lmagan tuman (shahar)larda kichik otellar qurish va ularni jihozlash xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi!

💻 Murojaat qilish tartibi: Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali.

👫 Ariza beruvchilar toifasi:
yuridik shaxslar.

🏢 Vakolatli organ:
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi.

📆 Arizalarni ko'rib chiqish muddati: 10 ish kuni.

🗂 Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjatlar talab qilinmaydi.

💰 Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun to‘lov miqdori: bepul.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 919-son qarori.

🌟 Tezkor va qulay xizmatlardan foydalanib, biznesingizni rivojlantiring!


📌 Kanalga ulanish!
#statistika

Davlat xizmatlarining (turlari) soni 7 yilda 6 barobarga oshdi.

Davlat xizmatlari markazlari tomonidan 2018-yilda 63 ta xizmat turi ko'rsatilgan bo'lsa, 2024-yilga kelib bu ko'rsatkich 403 tani tashkil etmoqda.

📌 Kanalga ulanish!
#statistika

Davlat xizmatlari markazlari orqali ko'rsatilgan xizmatlari soni yillar hisobida.

📌 Kanalga ulanish!
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Korporativ munosabatlarda byurokratiyaning oldi olinadi

Qonun (O‘RQ-1025-son, 07.02.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Qonunga ko‘ra, ayrim qonun hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda:

unitar korxona va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat shakllarini tugatish;

yuridik shaxslarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish va tashkiliy-huquqiy shaklini o‘zgartirish orqali qayta tashkil etishda korxonalarning huquq va majburiyatlari topshirish hujjatida aks ettirilgan yoki aks ettirilmaganligidan qat’i nazar qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsga o‘tkazilishi;

korporativ shartnoma, konsorsium va konsorsium shartnomasi kabi institutlarning huquqiy maqomini belgilash;

mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning ta’sis shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi talabni bekor qilish;

xo‘jalik jamiyatlari kuzatuv kengashlarining aksiyalar, korporativ obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorlarini huquqiy hujjatlarga muvofiq muhim fakt sifatida oshkor etish;

qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi, shuningdek qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirishga doir lisenziya berilganligiga taalluqli axborotni e’lon qilish.

📌 Kanalga ulanish!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli kanalimiz obunachilari

Kanalimizda Sizga kerakli huquqiy ma’lumotlarni Siz istagan vaqtda va shaklda yetkazish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

Mazkur so‘rovnomada faol ishtirok etishga chaqiramiz.

📌 Kanalga ulanish
Huquqiy ma’lumotlarni qanday ko‘rinishda olishni xohlaysiz?
Anonymous Poll
50%
matn shaklida
15%
Infografika shaklida
30%
Video shaklida
5%
Audio shaklida
Kuniga nechta post joylashtirishimizni xohlaysiz
Anonymous Poll
26%
1-2 ta
25%
3-4 ta
14%
5-6 ta
35%
6 tadan ko'p
🚀 Mineral o‘g‘itlarni va o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji hamda chakana savdosi bo‘yicha yangilik!

🖥 Endi ushbu faoliyatga litsenziya olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki “Litsenziya” axborot tizimi orqali murojaat qilish mumkin.

⏱️ Ariza ko‘rib chiqish muddati: 10 kun.

Tezkor va qulay xizmatdan foydalanib, biznesingizni rivojlantiring!🌟

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-avgustdagi 481-sonli qarori.

📌 Kanalga ulanish
Bino (inshoot) va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa berish tartibidan xabardormisiz?

Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)da ro‘yxatdan o‘tadi.

🏢Xulosani berishga vakolatli organ(lar):
Favqulodda vaziyatlar vazirligining davlat yong‘in nazorati organlari.

💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning 10 foizi.

💰Xulosa berganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Yig‘im undirilmaydi.

🗓Xulosa berish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish muddati: 10 ish kuni.

Xulosaning amal qilish muddati cheklanmagan.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 169-son qarori.

📌 Kanalga ulanish
#Bilasizmi

Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilishni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma berish tartibini bilasizmi?

👫Xabardor qiluvchi toifasi:
Yuridik shaxs.

🏢Xabarnomani qabul qiluvchi organ(lar):
Tuman (shahar) soliq inspeksiyalari.

☑️Xabarnomani yuborish tartibi: “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali.

🏛 Bunda, xabardor qiluvchi kiritgan ma’lumotlar quyidagi davlat organlarining axborot tizimlari (ma’lumotlari) orqali tekshirilishi lozim:
▫️Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi;
▫️O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi;
▫️O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi.

💰Xabarnomani yuborish uchun to‘lanadigan yig‘im undirilmaydi.


Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori.

📌 Kanalga ulanish
#Bilasizmi

🔰 Ko‘chmas mulk sotish yoki sotib olishda "Ko‘chmas mulk tarixi haqida ma’lumot" olish xizmatidan foydalanib, mulkka nisbatan amaldagi va avvalgi huquqlar, mulk davlat ro‘yxatiga qachon kiritilgani, huquqni tasdiqlovchi hujjatlar turi, kim tomonidan berilgani, sanasi va raqami haqidagi ma’lumotlarni bilib olish mumkin.

📄Ma’lumotnomani olish uchun davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etish, yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YIDXP) yoki O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining davreestr.uz veb-saytida ro‘yxatdan o‘tish kerak.

🏢Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar):

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
BHMning 50 foizi. Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

🗓Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 3 ish kuni.

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 380-son qarori.

📌 Kanalga ulanish
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash

Bugungi kunda "Ziyo ulash" loyihasi O‘zbekistonning barcha hududlarini qamrab olmoqda va ishtirokchilar soni kundan-kunga ortib bormoqda.

Sanʼatkorlar ham “Ziyo ulash” aksiyasiga qoʻshilmoqdalar. Ular poytaxtdagi davlat xizmatlari markazlaridan biriga kitoblar topshirib, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va barcha uchun kitoblardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish tashabbusini qoʻllab-quvvatladilar.

Tashabbusga qoʻshilmoqchimisiz? Yagona sharti: oʻqib boʻlgach, boshqaga bering. Kitoblaringizni eng yaqin davlat xizmatlari markaziga topshiring. Ehtimol, aynan sizning kitobingiz kimnidir yangi yutuqlarga ilhomlantirishi mumkin.

Kitob ulashing — ziyo koʻpayadi.


📌 Kanalga ulanish