Davlat xizmatlari yangiliklari
51.4K subscribers
10.1K photos
930 videos
8 files
8.59K links
Download Telegram
#Bilasizmi

Jismoniy shaxslarni Professional mediatorlar reyestriga kiritish
tartibidan xabardormisiz?

Davlat xizmatidan foydalanish uchun talabgor Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi.

🏛 Vakolatli organ: Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari.

💰
Xizmat bepul korsatiladi.

Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 3 ish kuni.

❗️Eslatma: Professional asosdagi mediator faoliyatini Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan mediatorlarni tayyorlash dasturi bo‘yicha maxsus o‘quv kursidan o‘tgan, shuningdek Professional mediatorlar reyestriga kiritilgan shaxs amalga oshirishi mumkin.


Asos:
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-oktabrdagi 544-son
qarori.

Telegram
| Instagram | Facebook | YouTube | Bot
18👍7🔥3
#Bilasizmi

Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
tartibidan xabardormisiz?

💠NNT bayroq, emblema, vimpel va boshqa ramzlarga ega bo‘lishi mumkin.

Davlat xizmatidan foydalanish uchun NNTning vakili Davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Nodavlat notijorat tashkilotlarining elektron platformasi orqali murojaat qiladi.

🏛 Vakolatli organ: Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi va hududiy adliya boshqarmalari.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 1-3 baravari.

Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 15 ish kuni.

📋 Xizmat natijasi bo‘yicha guvohnoma taqdim etiladi.

Asos:
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son
qarori.

Telegram
| Instagram | Facebook | YouTube | Bot
15👍7🔥2
#Bilasizmi

Biologik himoya vositalarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan ko‘paytirilgan biologik himoya vositalarini sertifikatlashtirish
tartibidan xabardormisiz?

💠Biologik himoya vositalari — qishloq xo‘jaligi o‘simliklari va o‘simlik mahsulotlarining zararli organizmlariga qarshi kurashish uchun qo‘llaniladigan foydali organizmlar yoki ularning yashash faoliyati mahsulotlari.


Davlat xizmatidan foydalanish uchun tadbirkorlik subyekti Davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki “Biosifat” respublika markazining elektron tizimi orqali murojaat qiladi.

🏛 Vakolatli organ: “Biosifat” respublika markazi.

Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 13 ish kuni.

📋 Xizmat natijasi bo‘yicha sertifikat taqdim etiladi.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-sentabrdagi 595-son qarorida belgilangan miqdorlarda to'lov undiriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
11👍5🔥2
#bilasizmi?

🔑 ERI parolingizni unutdingizmi? Uni tiklash juda oson!


Agar siz elektron raqamli imzo (ERI) kalitingiz parolini unutib qo‘ygan bo‘lsangiz, xavotir olmang — uni bir necha bosqichda tiklashingiz mumkin! 💡

📲 1-qadam:
https://e-imzo.soliq.uz/ saytiga kiring.

🖱 2-qadam:
O‘ng tomondagi menyudan "ERI parolni olish" tugmasini tanlang.

🧩 3-qadam:
Chiqqan oynada rasmda ko‘rsatilgan tasdiqlovchi kodni kiriting.

📂 4-qadam:
Parolni tiklamoqchi bo‘lgan ERI kalitingizni yana bir bor tanlang va "Parolni olish" tugmasini bosing.

📩 TAYYOR! Parol sizning ERI kalitingiz bilan bog‘langan telefon raqamingizga SMS orqali yuboriladi.

⏱️ Butun jarayon atigi bir necha daqiqa vaqt oladi, qog‘ozbozliksiz va navbatsiz!

🔁 Do‘stlaringiz bilan ulashing — ERI parolini tiklash mumkin!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
12👍6🔥2
#bilasizmi

⁉️Nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlardan xabardormisiz?


📄 Oila kodeksining 16-moddasiga asosan quyidagi shaxslar o'rtasida nikoh tuzishga yo'l qo'yilmaydi:

🔹 loaqal bittasi ro‘yxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar o‘rtasida;

🔸 nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida;

🔹 loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar.

🌟 Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
12👍5🔥3
#bilasizmi

⁉️ Noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish, ya'ni tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan amalga oshirish qanday huquqiy oqibatlarga olib keladi?


1️⃣ Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 176-moddasiga asosan quyidagi harakatlar ma'muriy javobgarlikka sabab bo'ladi:

🔸 tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan amalga oshirish;

🔸 ushbu harakatni ancha miqdordagi, ko'p miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda sodir etish.

2️⃣ Jinoyat kodeksining 188-moddasiga asosan:

🔹 tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan juda ko‘p miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda amalga oshirish jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi.

Eslatma: tadbirkorlik subyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazlari va "new.birdarcha.uz" avtomatlashtirilgan tizimi orqali qabul qilinadi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
7👍6🔥2
#Bilasizmi

Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarni hisob ro‘yxatiga olish
tartibidan xabardormisiz?

🗓Xususiy notarial idora tashkil etilgan paytdan e’tiboran uch kun ichida adliya organlari bu haqida xabardor qilinishi lozim.

Davlat xizmatidan foydalanish uchun xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi.

🏛 Vakolatli organ: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi va hududiy adliya boshqarmalari.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi.

Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 2 ish kuni.

Asos:
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 156-son
qarori.

Telegram
| Instagram | Facebook | YouTube | Bot
13👍4🔥2
#Bilasizmi

📃Rentgen uskunasidan foydalanish uchun ruxsatnoma

🔹Litsenziya nomi:

Rentgen uskunasidan foydalanish uchun ruxsatnoma

👫Ariza beruvchilar toifasi:
Yuridik shaxslar

🏢Litsenziyalovchi organ(lar):
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi.


💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida

💰Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im:
bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari.

📆
Arizani ko‘rib chiqish muddatlari:
10 kun.

📆Litsenziyaning amal qilish muddati:
3 yil

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.02.2022 yildagi 86-son qarori

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
14👍4
#Bilasizmi

Sug‘urtalovchini qayta tashkil etishga doir ruxsatnoma

Talabgor yoki uning nomidan ish yuritish vakolatiga ega bo‘lgan shaxslar elektron raqamli imzosidan foydalangan holda (jismoniy shaxslar uchun ERI o‘rniga Mobil-ID tizimidan ham foydalanish mumkin) ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ariza yuboradi.

👫Ariza beruvchilar toifasi:
Yuridik shaxs.

🏢Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi.

💳Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori
: Yig‘im undirilmaydi.

💰Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im: Yig‘im undirilmaydi.

🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati: 10 ish kuni.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: Cheklanmagan.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
8👍2
#bilasizmi

⚡️ Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) olsangiz nafaqat imtihon topshirish, balki o‘qish xarajatlaringiz ham qoplab berilishidan xabardormisiz?

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
- davlat xizmatlari markazlari;
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali.

👫Ariza beruvchilar toifasi: imtihon topshirish paytida o‘ttiz bir yoshga to‘lmagan jismoniy shaxslar.

🏢Vakolatli organ: Yoshlar ishlari agentligi.

📝Xizmatdan foydalanish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
- imtihon topshirish xarajati to‘langanini tasdiqlovchi to‘lov kvitansiyasi;
- maxsus sertifikat;
- o‘quv markazi va arizachi o‘rtasida tuzilgan ikki tomonlama shartnoma nusxasi.

💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bepul.

📆Eslatma: kompensatsiya to‘lovini olish uchun maxsus sertifikat berilgan sanadan boshlab 180 kalendar kun mobaynida murojaat qilish lozim.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
13👍4
#Bilasizmi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi futbol akademiyalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish tartibidan xabardormisiz?

💠Akademiyaga o‘quvchilar 5-sinfga qabul qilinadilar.

Davlat xizmatidan foydalanish uchun ariza beruvchi (16 yoshga to‘lmagan shaxs nomidan uning qonuniy vakili) Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi.

🏛 Vakolatli organ: Futbol akademiyalaridagi qabul komissiyalari.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi.

Arizani ko'rib chiqish muddati: 4 ish kuni.

🟡Xizmat natijasi bo'yicha hujjatlarni imtihon topshirish uchun qabul qilish yoki qabul qilishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

🗓Arizalar har yili 15-iyundan 30-iyulga qadar qabul qilinadi.

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-noyabrdagi 583-son qarori.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
9👍3
#bilasizmi

⁉️Qanday holatlarda nikohdan ajratish fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari tomonidan amalga oshiriladi?


📑 Oila kodeksiga asosan quyidagi holatlarda nikohdan ajratish FHDY organlarida amalga oshiriladi:

1️⃣ voyaga yetmagan bolalari bo‘lmagan er-xotin nikohdan ajratishga o‘zaro rozi bo‘lsalar;

2️⃣ er-xotindan biri sud tomonidan bedarak yo‘qolgan deb topilgan bo‘lsa;

3️⃣ er-xotindan biri muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa;

4️⃣ er-xotindan biri sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan bo‘lsa.

🌟 Foydali ma'lumotlarni yaqinlaringiz bilan ulashing va bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
11👍4🔥2
#Bilasizmi

🔒 O‘zingiz tanlagan firma nomini qanday qilib vaqtincha band qilish mumkinligini bilasizmi?


📍Jismoniy va yuridik shaxslar o‘zlariga yoqqan firma nomini vaqtincha band qilishlari mumkin.

🔎 Buning uchun new.birdarcha.uz platformasi orqali yoki Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilib, tanlangan nomni 60 kun davomida zaxiraga olish xizmatidan foydalaniladi.

Bu imkoniyat hujjatlarni tayyorlash va ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida firma nomining saqlanib turishini ta’minlaydi.

🗓 Ko‘rib chiqish muddati – 2 ish kuni

💰 To‘lov – BHMning 50 foizi

📍 Vakolatli organ – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-fevraldagi 65-son qarori.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4👍3
#Bilasizmi

Vakolatli organlarning tegishli davlat xizmatlari yuzasidan qabul qilgan ma’muriy hujjatlari ustidan shikoyat yo‘llash tartibidan xabardormisiz?

Davlat xizmatidan foydalanish uchun ariza beruvchi (16 yoshga to‘lmagan shaxs nomidan uning qonuniy vakili) Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi.

🏛 Vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi.

Arizani ko'rib chiqish muddati: Ariza tushgan kundan boshlab oʻn besh kun ichida (qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan hollarda, arizani ko‘rib chiqish muddati ariza tushgan kundan boshlab bir oy muddatda).

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig’im undirilmaydi.

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PQ–188-son “Huquqiy eksperiment tariqasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq ma’muriy hujjatlar bo‘yicha nizolarni sudgacha ko‘rib chiqishning yangi tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi
qarori

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
8👍4
#Bilasizmi

✈️Parvozlar xavfsizligiga xavf solishi mumkin bo‘lgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish tartibidan xabardormisiz?

Arizalar “Litsenziya” AT va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.

👫Ariza beruvchilar toifasi: yuridik va jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkor).

🏛Vakolatli organ:
Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi.

💰Har bir obyektga ruxsatnoma berish uchun undiriladigan yig'im miqdori:
bazaviy hisoblash miqdorining 23 baravari.

📆 Arizani ko‘rib chiqish muddati: 15 kun.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
15👍4🔥2
#bilasizmi

🎙 Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash tartibidan xabardormisiz?

💻 Murojaatlar “Litsenziya” axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.

👫 Ariza beruvchilar toifasi: i
jrochilar - jismoniy shaxslar va ijodiy jamoalar - yuridik shaxslar.

🏢 Litsenziyalovchi organ:
Madaniyat vazirligi huzuridagi “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi.

⏱️ Arizalarni ko'rib chiqish muddati: 10 ish kuni.

💵 Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning 2 baravari.

💰Litsenziya berilganligi uchun undiriladigan davlat boji miqdori:
I reyting guruhi ijrochilari — BHMning 20 baravari;
II reyting guruhi ijrochilari — BHMning 10 baravari;
III reyting guruhi ijrochilari — BHMning 3 baravari.

⌛️Litsenziyaning amal qilish muddati: cheklanmagan.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori.

🌐 Raqamli davlat xizmatlari Sizning qulayligingiz uchun!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
14👍2🔥2
#Bilasizmi

Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari bo‘lgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramog‘idagi oila a’zolarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibidan xabardormisiz?

💠 NNT chet el fuqarolari bo‘lgan xodimlarining ota-onasi, eri/xotini, ular bilan birga yashaydigan bolalari ularning qaramog‘idagi oila a’zolari hisoblanadilar.

Arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.

🏛 Vakolatli organ: Adliya vazirligi.

💰 Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan davlat boji miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari.

Arizani ko'rib chiqish muddati: 1 oy.

📋 Xizmat natijasi bo‘yicha akkreditatsiya kartochkasi taqdim etiladi.

Chet el fuqarolarini akkreditatsiyadan o‘tkazish ko‘pi bilan 12 oy muddatga amalga oshiriladi.

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son
qarori.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
13👍4🔥1
#Bilasizmi

Ko‘p kvartirali uyni boshqarish organini elektron reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazish va ko‘p kvartirali uyni boshqarish organiga biriktirish tartibidan xabardormisiz?

Arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.

🏛 Vakolatli organ: Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig'im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi.

Arizani ko'rib chiqish muddati: 8 ish kuni

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 853-son
qarori.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
10👍2🔥1
#Bilasizmi

O‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan ayrim shaxslarga qarab turishning haqiqiy holatini tekshirish dalolatnomasini rasmiylashtirish tartibidan xabardormisiz?

💠 Parvarishga muhtoj shaxslar — I guruh nogironligi bo‘lgan shaxs yoki 18 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bor bola, shuningdek, o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan qariyalar.

Arizalar Davlat xizmatlari markazlari, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.

🏛 Vakolatli organ: Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig'im undirilmaydi.

Arizani ko'rib chiqish muddati: 5 ish kuni

Dalolatnoma 12 oy muddatga rasmiylashtiriladi.

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 318-son
qarori.

Telegram
| Instagram | Facebook | YouTube | Bot
8👍6🔥3
#Bilasizmi

💊 Dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalarni teleradiokanallar orqali reklama qilish uchun xulosa olish kerakligidan xabardormisiz?

Arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.

🏛 Vakolatli organ: Sog‘liqni saqlash vazirligi.

💰 Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig'im undirilmaydi.

Arizani ko'rib chiqish muddati: 5 ish kuni.

Xulosaning amal qilish muddati: cheklanmagan.

Asos:
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 169-son qarori.

Telegram
| Instagram | Facebook | YouTube | Bot
18👍5🔥2