Davlat xizmatlari yangiliklari
49.7K subscribers
9.82K photos
876 videos
8 files
8.25K links
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari To’raqo’rg’on tumani adliya bo‘limi faoliyatini o’rgandi.

Adliya vaziri o’rinbosari X.Meliyev To’raqo’rg’on tumani adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazlari, FHDY boʻlimi hamda yuridik xizmat koʻrsatish markaziga borib, jismoniy va yuridik shaxslarni davlat xizmatlaridan tez va sifatli foydalanishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganishlar davomida soha xodimlarini ish hajmini avtomatlashtirish, jamoaviy birdamlik ruhini ko‘tarish, kasb etikasiga rioya qilish va xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda fuqarolarga davlat xizmatlarini tez va sifatli ko‘rsatishni tashkil etishdan iborat.

Muloqotda adliya bo’limi faoliyatida duch kelinayotgan tizimli muammolar tahlil qilinib, ularning yechimi yuzasidan taklif va mulohazalar tinglandi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Ayrim OTMlar tomonidan talab qilish taqiqlangan hujjatlar soʻralayotganligi ma'lum bo'ldi.

Adliya vazirligi mas'ullari tomonidan joylarda o'tkazilgan o'rganishlar va aholi bilan uchrashuvlar davomida ayrim oliy taʼlim muassasalari tomonidan talab qilish taqiqlangan hujjatlar (shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi, shaxsning belgilangan shakldagi fotosurati) soʻralayotganligi maʼlum boʻldi.

Shunga koʻra, Adliya vazirligi tomonidan 5-sentabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritildi.

Eslatib o'tamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon va qarorlari bilan aholidan 120 turdagi maʼlumotnoma va hujjatlarni talab qilish bekor qilinib, ushbu hujjatlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda olinishi belgilangan.

Shuningdek, ushbu hujjatlarning talab qilinishi davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish deb hisoblanadi.

❗️Hurmatli fuqarolar, sizdan ushbu hujjatlarni talab qilish holatlari kuzatilsa, Adliya vazirligining “1008” va “1148” raqamli “Ishonch telefon”lariga murojaat qilishingizni soʻraymiz.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Tadbirkorlar
va yoshlar muammolari o'rganilmoqda

Adliya vaziri o'rinbosari Xudoyor Meliyev Qashqadaryo viloyatida amalga oshirilayotgan xizmat safari davomida Kasbi tumani “Qamashi” mahallasidagi yoshlar bilan uchrashdi. Ularning ishga joylashish, ijtimoiy himoya, mehnat munosabatlari va mulkiy huquqlarga oid ko'plab murojaatlari mas'ullar bilan birgalikda ko'rib chiqildi.

Kasbi tumanida 300 dan ortiq ish o'rinlarini yaratgan "Sultan tex group" MChJ faoliyati bilan tanishilib, ishlab chiqarish va mahsulotlarni eksport qilishda yuzaga kelayotgan muammo va takliflari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma‘muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas‘uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida"gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi Kasbi tumani misolida tahlil qilinib, mas'ullarga kerakli ko'rsatma va tavsiyalar berildi.

Kasbi tumani adliya bo'limi, davlat xizmatlari markazi, FHDY bo'limi hamda davlat arxivi tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligi o'rganilib, xodimlarning ish faoliyatidagi muammo va takliflari muhokama qilindi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Bugun, 10-sentabr kuni Samarqand shahrida Xalqaro notariuslar ittifoqi Osiyo ishlari komissiyasining 14-yalpi yigʻilishi konferensiya formatida boshlandi.

Tadbirda dunyoning 27 ta mamlakatidan, jumladan Markaziy Osiyo respublikalari, Xitoy, Turkiya, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Portugaliya, Gruziya, Armaniston, Benin, Vengriya, Meksika, Moʻgʻuliston va boshqa davlatlardan yuzdan ortiq xorijiy ekspertlar — notarial birlashmalar rahbarlari va notariuslar ishtirok etmoqda.

Bu yilgi tadbir Osiyoda notariat oldida turgan zamonaviy muammolar, xususan, notariat sohasini raqamlashtirishni takomillashtirish jihatlarini muhokama qilish uchun muhim maydon boʻladi.

Shuningdek, komissiyaning yillik faoliyati yakunlari boʻyicha hisobotlar tinglanadi, Osiyoning yangi davlatlarini Xalqaro notariuslar ittifoqiga aʼzolikka qabul qilish, Osiyo ishlari boʻyicha komissiyaning 2025-yilga moʻljallangan prezidentligiga nomzod koʻrsatish masalalari koʻrib chiqiladi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida oyning eng yaxshi xodimi aniqlandi

Adliya vazirligi Raqamlashtirish boshqarmasi bo'lim boshlig'i Baratov Usmon Ashirmatovich 2024-yilning avgust oyi uchun vazirlik tomonidan oyning eng yaxshi xodimi deb topildi.

Baratov Usmon Adliya vazirligi tizimidagi oʻz faoliyatini 2018-yilda Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida kompyuter tarmoqlari bo'yicha muhandis sifatida boshlagan. 2023-yildan boshlab esa bo'lim boshlig'i sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.

Baratov Usmon Adliya vazirligi faoliayatini raqamlashtirish sohasida o'zining salmoqli hissasini qo'shib kelmoqda. Xususan, mahallalarda onlayn davlat xizmatlaridan sodda va qulay tarzda foydalanish imkonini beruvchi interaktiv kiosklarni o'rnatish bo'yicha ishlarni amalga oshirishda, davlat xizmatlarini ko'rsatish tizimida katta hajmli ma'lumotlarni tahlil qilish dasturi (Qlik Sense) yaratilishida, boshqarmalarning raqamli pasporti va faoliyat arxitekturasini ishlab chiqishda, davlat xizmatlarini ko'rsatilishida Face-ID texnologiyasini joriy etishda sezilarli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Vazirlik jamoasi Usmon Baratovni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Shoxidaxon Yuldasheva
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Bugun, 17-sentabr kuni adliya vaziri Akbar Toshqulov Toshkent viloyatida boʻlib, “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini joyida oʻrganmoqda.

Xususan, xizmat safari davomida adliya vaziri Toshkent tumanidagi “Beruniy” mahallasidagi uchrashuvda “mahalla yettiligi” xodimlari va adliya hamkorligini kuchaytirish, mahallada jinoyat va turli koʻrinishdagi huquqbuzarliklarni oldini olish hamda fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish kabi masalalarga alohida toʻxtalib oʻtdi.

“Mahalla yettiligi”ga qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini oddiy va xalqchil tilda yetkazish, shuningdek ular tomonidan “Online-mahalla” platformasiga kiritilgan aholining kundalik hayotidagi huquqiy masalalarga oid muammolarini hal etib borish, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam koʻrsatilishini taʼminlash borasida koʻrsatmalar berildi.

Toshkent tumanidagi 18-sonli umumtaʼlim maktabida vazir maxsus elektron platforma orqali huquq fani oʻqituvchilarining kasbiy bilim va koʻnikmalarini uzluksiz oshirib borish hamda ularni metodik taʼminlash tizimi yoʻlga qoʻyilishi borasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

Navbatdagi manzil Zangiota tuman davlat xizmatlari markazida boʻldi. Akbar Toshqulov bevosita fuqarolar bilan ishlash jarayonlarini kuzatdi. Zangiota tumanida 173 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Markazda bir kunda 400–450 nafar fuqarolar tashrif buyursa, ularga 550–600 yaqin davlat xizmatlari koʻrsatilmoqda.

Vazir xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning ish sharoitlari, ish jarayonidagi muammolar va takliflarni oʻrgandi. Shuningdek, yuridik xizmat koʻrsatish markazi xodimlari, “Madad” NNT, xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyati bilan ham tanishib, tizim faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

https://t.iss.one/yuldasheva_shoxidaxon
#Adliya_xabari

Hurmatli fuqarolar!

📌 Xabaringiz bor, 2024-yil 23-sentyabrdan boshlab Davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) portali orqali ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini ajratish bo‘yicha arizalar qabuli boshlandi.

⚠️ Ko‘pgina fuqarolar tomonidan bir vaqtda murojaat qilinishi sababli Raqamli texnologiyalar vazirligining my.gov.uz portalida yuklama ortib ketishi oqibatida arizalarni qabul qilish faoliyatida uzilishlar va vaqtinchalik kechikishlar vujudga keldi.

Hozirda Davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) portali orqali ariza qoldirishda tizim faoliyati tiklanganligi hamda arizalarni qabul qilish qayta yo‘lga qo‘yilganligi maʼlum qilinadi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Xorazm viloyatida adliya organlari va “mahalla yettilik”lari faoliyati bilan tanishdi

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh hududiy adliya organlarining faoliyati hamda “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini joylarga chiqqan holda oʻrganmoqda.

Xususan, adliya vaziri oʻrinbosari Gurlan tumanidagi “Eshimjiron” mahallasida boʻlib, MFY “yettiligi” bilan uchrashdi. Asosiy eʼtibor aholining kundalik hayotida uchrayotgan huquqiy muammolar, ularni hal etish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, aholi bandligi taʼminlash, yoshlar boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, oilaviy zoʻravonlikni oldini olish kabi masalalarga qaratildi. “Mahalla yettiligi” faoliyatini yaxshilash boʻyicha xodimlarining taklif va fikr-mulohazalari tinglandi.

Vazir oʻrinbosari tuman markazida joylashgan “Gurlan sport majmuasi”da boʻlib, unda yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda sportni rivojlantirish imkoniyatlari koʻzdan kechirdi.

Shuningdek, X.Meliyev Gurlan tumanida davlat xizmatlari markazi, FHDY, Yuridik xizmat koʻrsatish markaz va adliya boʻlimi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Adliya vaziri oʻrinbosari Urganch shahrida “Thermo Plus” Khorezm insulation Group tadbirkorlik subyekti faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tadbirkorga sohaga oid qonunchilik boʻyicha tushuntirishlar berildi, uning muammolari oʻrganilib, takliflar tinglandi.

@davxizmat
#Adliya_xabari

Angor tumanida vazir oʻrinbosari aholi va tadbirkorlar murojaatlarini oʻrgandi

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Surxondaryo viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari doirasida Angor tumanidagi “Sharq guli” mahallasida joylashgan istirohat bogʻida sayyor qabul oʻtkazdi.

Sayyor qabul davomida 80 nafardan ortiq fuqaroning soliq imtiyozini qoʻllash, bepul davolanish uchun order olish, ishga joylashtirish, ijtimoiy himoya, mehnat munosabatlari, davlat xizmatlari, mulkiy huquqlarga oid va shu kabi boshqa turli sohalarga oid murojaatlari soha rahbarlari ishtirokida koʻrib chiqildi.

Shundan, 19 nafar fuqarolarning murojaati joyida hal etildi, 28 nafariga huquqiy tushuntirish berildi, 30 dan ortiq sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi, 36 nafar fuqaroning murojaatlari esa qoʻshimcha oʻrganish talab etganligi sababli ish yurituvga qabul qilinib, nazoratga olindi.

Vazir oʻrinbosari X.Meliyev Angor tumanida terini qayta ishlash “Top quality brand” MChJ zavodi faoliyati bilan tanishdi. Xorijiy investorlar ishtirokida tashkil etilgan mazkur obyekt hozirda oʻzining teri, charm mahsulotlari bilan jahon bozorini toʻldirmoqda. Uchrashuvda ishlab chiqarilayotgan tovarlarni mahalliy va chet el bozorlarga olib chiqish haqida fikr va mulohazalar bildirildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi ishchi guruhi Samarqandda

Koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish masʼullarning quyi boʻgʻinlar faoliyatiga boʻlgan eʼtiboriga ham bogʻliq. Boisi, tizimning nechogʻlik samaradorligi hududlarda yaqqol namoyon boʻladi.

Xususan, Adliya vazirligining ishchi guruhi viloyatdagi FHDY organlari, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlari, Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmalarida xizmat koʻrsatish sifati, raqamlashtirish jarayoni, bu borada amaliyotda uchrayotgan xato hamda kamchiliklar, tizimli muammolar, vakolatli idoralar bilan hamkorlik samaradorligi, bu borada tizim xodimlarining takliflarini oʻrganishmoqda.

Ishchi guruh vakillari Samarqand shahridagi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi, Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi viloyat boshqarmasi, Samarqand tuman FHDYo boʻlimidagi mazkur holatni koʻzdan kechirishdi. Mavjud kamchiliklarni oʻrganib, ularni bartaraf qilish yuzasidan takliflar berishdi. Sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan fikr-mulohazalar, takliflarni tinglashdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

O‘zbekiston davlat xizmatlarini raqamlashtirishni jadallashtirmoqda: Tojikistondagi forumda adliya vaziri o‘rinbosari sohadagi ustuvorliklar va yutuqlar haqida so‘zlab berdi

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Konstitutsiya kuni munosabati bilan davlat xizmatlari markazlarida bayram tadbirlari
oʻtkazildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Davlat xizmatlari va sunʼiy intellekt


Davlat xizmatlari sohasida amalga oshirilgan ishlar, kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan matbuot anjumanida adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev tizimga sunʼiy intellekt texnologiyalarni joriy etish, jarayonlarni optimallashtirishda uning imkoniyatlaridan foydalanish masalalari to'g'risidagi savolga javob berdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM