Davlat xizmatlari yangiliklari
49.8K subscribers
9.83K photos
879 videos
8 files
8.27K links
Download Telegram
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha undiriladigan toʻlovlar qancha?

Javob
:

Hukumatning 620-son qaroriga asosan Xorijiy davlatlarda umumiy oʻrta va oʻrta taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish bepul amalga oshiriladi.

📌Xorijiy davlatlarda oʻrta maxsus, kasb-hunar, oliy taʼlim, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish taʼlimi olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun 990 000 so'm (BHMning 3 baravari) miqdorida yigʻim undiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Litsenziyalash_xizmati

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasida faoliyat uchun litsenziya" olish mumkin.

🖥Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali;

📎Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs;

📝Litsenziya olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar:

📄Yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), to‘lov topshiriqnomasi raqami va sanasi, litsenziyalanayotgan faoliyatning (uning bir qismining) amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan turi ko‘rsatilgan litsenziya berish to‘g‘risida ariza.

🔹Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 1 320 000 so'm (BHMning 4baravari)

🔹Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

💸3 300 000 so'm (BHMning 10 baravari);

🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati: 15 kun

📌Litsenziyaning amal qilish muddati: Cheklanmagan

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliev G‘uzor tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.

G‘uzor tumanining Chanoq MFY da o‘tkazilgan qabulda adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliev, Qashqadaryo  viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i O‘.Ostanov hamda tuman mas‘ullari ishtirokida  jismoniy va yuridik shaxslarning muammolari  tingladi.

Qabul davomida fuqarolardan uy-joy, kadastr hujjatini shakllantirish, mehnat va bandlik munosabatlari, sud-huquq masalalarida duch kelinayotgan muammolar, ta‘lim, sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq  murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga 2 dona  davolanish uchun sanatoriyaga yo‘llanma, 3 dona eshitish moslamasi,1 dona nogironlik aravachasi va 1 dona hassa ham topshirildi.

Sayyor qabul davomida 70 ga yaqin fuqarolar ishtirok etishdi, shulardan 18 nafar fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi, 16 nafar fuqaroning murojaati ish yurituviga olindi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Infografika
#FHDY_xizmatlari
#Bu_qiziq

💍Oʻzbekistonda qayd etilgan nikohlar boʻyicha oʻrtacha nikoh yoshi haqida ma'lumot

🗓2023-yilning 9 oyi davomida FHDY organlari tomonidan respublika boʼyicha 184 469 ta nikohlar qayd etilgan.

🤔Shundan 168 707 tasi birinchi marotaba qurilgan nikohlarni tashkil qiladi.

O'RTACHA NIKOH YOSHI:

Erkaklar — 26 yosh

Ayollar — 22 yosh

📈Batafsil, yuqoridagi infografikada👆

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #FHDY_xizmatlari
#Mutaxassisga_sharhi

📌Tug'ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi qanday?

🔅Yaqinlaringiz bilan foydali ma'lumotlarni bo'lishishni unutmang!

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Milliy toifali sport hakami toifasini olish uchun ariza berish tartibidan xabardormisiz?

📄Murojaatlar qabul qilinadi:
-- Davlat xizmatlari markazlari orqali;
YIDXPmy.gov.uz;

👉Xizmatdan foydalanuvchilar:

📝Sport turi qoidalariga hamda sport musobaqasi to‘g‘risidagi nizomga (reglamentga) rioya etilishini ta’minlash uchun jismoniy tarbiya yoki sport tadbiri tashkilotchisi tomonidan vakolat berilgan, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli malaka toifasini olgan jismoniy shaxslar;

📎To‘lanadigan yig‘im miqdori:

🔹 Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda — 330 000 so'm (BHM ning 1 barobari);

🔹YIDXP orqali taqdim etilganda — 297 000 so'm (to‘lanadigan summaning 90 foizi miqdorida yig‘im to‘lanadi).

❗️Ma'lumot uchun: Milliy toifali sport hakami” malaka toifasi “Birinchi toifali sport hakami” malaka toifasiga ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkazilgan sport musobaqalarida, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi chempionati hamda kubok maqomiga ega bo‘lgan sport musobaqalarida hakamlik qilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi. Bunda “Birinchi toifali sport hakami” malaka toifasi berilganiga kamida 2 yil o‘tgan bo‘lishi lozim.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yo'nalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Tasviriy belgilarga qanday belgilar kiradi?

📝Javob: Tasviriy belgilarga jonli mavjudotlar, predmetlar, tabiiy va boshqa obyektlar tasvirlari, shuningdek, chiziqlar, dog‘lar, har qanday figuralarning tekislikdagi kompozitsiyalari (hajmlilaridan tashqari) kiradi.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-sentabrdagi 480-son qarori.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_qiziq

⚡️Qaysi vaqtda fuqarolar ko'proq tashrif buyuradi?

🕐Davlat xizmatlari markazlariga fuqarolarning tashrif buyurishi o‘rganilganda:

🔴Eng ko'p tashrif buyuradigan vaqt soat 09-00dan – 12-00gacha

🟡O'rtacha tashrish 12-00dan – 16-00gacha

🟢Hamda eng kam tashrif 16-00dan – 18-00gacha tashkil etishi aniqlandi.

🔅Yaqinlaringiz bilan foydali ma'lumotlarni bo'lishishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Qanday belgilar tovar belgilari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin?

📝Javob: Tasvirlar, so‘zlar, muayyan shakl tarzidagi belgilar va boshqa belgilar yoki ularning istalgan bir rangdagi yoki turli rangdagi jamlama ifodasi tovar belgilari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-sentabrdagi 480-son qarori.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziyalash_xizmati

📝"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Sug‘urtalovchilarning (qayta sug‘urtalovchilarning) va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyati uchun litsenziya" olish mumkin.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxslar

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

💸1 650 000 so'm (BHMning 5 baravari);

📑Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

💸3 300 000 so'm (BHMning 10 baravari);

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 20 ish kuni

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: Cheklanmagan

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi hujjatlar tizimlashtiriladi

“Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish to'g'risida”gi Hukumat qarori (550-son, 20.10.2023 y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga ko'ra, quyidagilar tasdiqlandi:

Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari to'g'risidagi nizom;

Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari xodimlarining sonini belgilash tartibi to'g'risidagi nizom;

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari;

Tug'ilganlikni qayd etish bilan bog'liq kompleks davlat xizmatlarini ko'rsatishning ma'muriy reglamenti;

O'limni qayd qilish bilan bog'liq kompozit davlat xizmatlarini ko'rsatishning ma'muriy reglamenti.

📋 Yangi gerbli guvohnomalar berganlik uchun (o'lim haqidagi gerbli guvohnomalar hamda yetim bolalar va ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni tarbiya muassasalariga joylashtirishda berilgan tug'ilganlik haqidagi gerbli guvohnomalar bundan mustasno) gerb yig'imi BHMning 15 foizi miqdorida undiriladi.

☑️ Shuningdek, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining arxiv ma'lumotlarini raqamlashtirish natijasida turli yillar davomida bir xil seriya va raqamli tug'ilganlik haqidagi guvohnomalar rasmiylashtirib berilganligi holatlari aniqlangan taqdirda, ushbu guvohnomalarni qayta rasmiylashtirganlik uchun gerb yig'imi undirilmaydi;

📁 FHDY organlari tegishli yozuvlar orqali quyidagi fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etadi:

🔹tug'ilganlik haqida;
🔹nikoh tuzish haqida;
🔹nikohdan ajralish haqida;
🔹o'lim haqida.

🗓 Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari davlat ahamiyatiga molik hujjatlar hisoblanadi, bir nusxada tuziladi va FHDY organlarida qayd etilgan vaqtdan boshlab 75 yil mobaynida saqlanadi.

📝 Farzandlikka olish, otalikni belgilash, familiya, ism va ota ismini o'zgartirish, jinsni o'zgartirish kabi voqea va faktlar yuqorida sanab o'tilgan fuqarolik holatlari dalolatnomalarida ularga tegishli o'zgartirishlar kiritish orqali aks ettiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziya_axborot_tizimi

🖥“Litsenziya” axborot tizimi haqida bilasizmi?

📄Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish hamda byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish orqali tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun yanada keng shart-sharoitlarni yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentinig PF-6044-sonli Farmoniga asosan “Litsenziya” axborot tizimi ishga tushirilgan.

📱Tizim foydalanuvchilariga yanada qulaylik yaratish maqsadida iOS va Android mobil ilovalari orqali xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratilgan.

👉Batafsil videorolikda 👆👆👆

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM