Davlat xizmatlari yangiliklari
49.9K subscribers
9.86K photos
879 videos
8 files
8.28K links
Download Telegram
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Menga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma o‘rniga tibbiyot muassasi tomonidan QR-kod tasviri tushirilgan ma’lumotnoma berildi. Bu tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma bilan tenglashtiriladimi?

📌Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-sentyabrdagi 540-son qaroriga ko‘ra, 2023-yil 1-iyundan boshlab tug‘ilganlik holati fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri tushirilgan ma’lumotnoma beriladi va ushbu ma’lumotnoma tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtirilishi hamda davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etish qat’iyan taqiqlanishi belgilandi. Ya’ni tibbiyot muassasalari tomonidan QR-kodli ma’lumotnoma tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnoma bilan bir xil kuchga ega.

📎Fuqarolarga tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnoma ularning istalgan vaqtdagi murojaatlariga asosan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlari tomonidan belgilangan miqdorda gerb yig‘imi undirilgan holda rasmiylashtirib beriladi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziyalash_xizmati

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasida faoliyat uchun litsenziya" olish mumkin.

🖥Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali;

📎Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs;

📝Litsenziya olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar:

📄Yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), to‘lov topshiriqnomasi raqami va sanasi, litsenziyalanayotgan faoliyatning (uning bir qismining) amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan turi ko‘rsatilgan litsenziya berish to‘g‘risida ariza.

🔹Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 1 320 000 so'm (BHMning 4baravari)

🔹Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

💸3 300 000 so'm (BHMning 10 baravari);

🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati: 15 kun

📌Litsenziyaning amal qilish muddati: Cheklanmagan

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

📄Yoʻqolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun nima qilish kerak?

🖥Yoʻqolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun ariza beruvchi DXMga oʻzi kelgan holda murojaat etishi yoki YIDXPda davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtishi kerak.

📎Agar siz o’zingiz kelib murojaat etgan taqdiringizda, DXM xodimlari sizning nomingizdan, YIDXP orqali murojaat etadilar va belgilangan shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda mustaqil toʻldiradilar.

📌Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, soʻrovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma hamda soʻrovnomaga koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinadi.

📝Kadastr(yigʻmajildi) pasporti yoʻqolganda(yaroqsiz holga kelganda), qogʻoz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Kompozit xizmatlar soni yana 1 taga ko‘paydi!

⚡️Auditorlik tashkilotini reyestrga kiritishni elektron ravishda va kompozit usulda amalga oshirish tartibi belgilandi.

✔️Hukumat qarori (387-son, 15.08.2023 y.) bilan Auditorlik tashkilotini Auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

▶️Endilikda, tadbirkorlik subyekti bo‘lgan yuridik shaxsni qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda, ariza beruvchi xohishigа ko‘ra, auditorlik tashkiloti sifatida qayta ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan yuridik shaxsni Auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritish bo‘yicha so‘rovnoma kompozit tarzda Iqtisodiyot va moliya vazirligi (vakolatli organ)ga yuborilishi mumkin.

🖥Murojaatlar qabul qilinadi:
– Davlat xizmatlari markazlari;
– YIDXP — my.gov.uz orqali.
 
🤔Xizmatdan foydalanuvchilar:
Yuridik shaxs

🗓Vakolatli organ so‘rovnoma tushgan kundan boshlab 5 ish kuni mobaynida auditorlik tashkilotini reyestrga kiritadi yoki uni rad etadi.

🔍Vakolatli organ quyidagi hollarda davlat xizmatini ko‘rsatishni rad etadi:

🔹ariza beruvchi tomonidan tegishli kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmasa;
🔹auditorlik tashkiloti “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunning 27-moddasi talablariga muvofiq bo‘lmasa.

💸 Makzur davlat xizmati ko‘rsatilganlik uchun to‘lov undirilmaydi.

😄Kanalga ulanish 👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Ruxsatnoma olish uchun berilgan arizani ko‘rib chiqish muddati qancha?

🗓15 ish kuni

📌Vakolatli organ qaror qabul qilish uchun tabiatdan foydalanuvchilar tomonidan harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish imkoniyatini aniqlash uchun zarur bo‘lsa, ruxsat berish tartib-taomili doirasida, mustaqil ravishda yoki jalb qilingan uchinchi shaxs tomonidan o‘rganishlar, tadqiq qilishlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlar o‘tkazish huquqiga ega. Bunda ko‘rib chiqish muddati 30 kungacha uzaytiriladi.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risida yagona nizom”.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️Nikoh yoshiga yetmagan farzandini turmushga bergan ota-ona javobgarlikka tortiladi

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Nikohni qayd etish jarayonida gerbli guvohnoma berganlik uchun qancha yig‘im undiriladi?

📝Yangi gerbli guvohnomalar berganlik uchun (o‘lim haqidagi gerbli guvohnomalar hamda yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiya muassasalariga joylashtirishda berilgan tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnomalar bundan mustasno) bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdorida gerb yig‘imi undiriladi.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 25-apreldagi 119-son qarori.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#litsenziyalash_xizmati

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Avtomototransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma" olish mumkin.

✔️Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
– O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi.

🔹Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT -
license.gov.uz orqali;
YIDXPmy.gov.uz;

📝Xizmatdan foydalanuvchilar:

Yuridik va jismoniy shaxslar

📎To‘lanadigan yig‘im miqdori:

– Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori – BHMning 30 foizi;

Xizmat ko‘rsatish muddati – 15 ish kuni.

📌Avtomototransport vositasi qayta jihozlangan deb tan olinadigan o‘zgarishlar ro‘yxati 👈👈👈

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#So'ragan_edingiz
#Xizmatlardan_onlayn_foydalanamiz
#Mutaxassisga_so'z_beramiz

📌"New.birdarcha.uz" avtomatlashtirilgan tizimi orqali "Tadbirkorlik subyektlari (yuridik shaxs)ni qayta ro'yxatdan o'tkazish tartibini bilasizmi?

✍️Mutaxassis Sizga mustaqil ravishda xizmatdan foydalanishga yordam beradi.

📹VIDEOQOʻLLANMA

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Tibbiyot tashkilotlarini ixtiyoriy akkreditatsiya qilish davlat xizmati haqida bilasizmi?

“Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish mexanizmlarni joriy etish to‘g‘risida”gi Hukumat qaroriga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish va sog‘liqni saqlash sohasida ekspertlarni sertifikatlash bo‘yicha vakolatli davlat organi hisoblanadi.

📋 Qaror bilan tasdiqlangan Tibbiyot tashkilotlarini ixtiyoriy akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentiga ko'ra:

🔰 Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyalash quyidagi bosqichlardan iborat:

o‘zini o‘zi baholash va baholash natijalarini tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga kiritish;
joyning o‘zida tashqi kompleks baholash;
inspeksiya nazorati.

🔰 Akkreditatsiyadan o‘tish uchun tibbiyot tashkilotlari akkreditatsiyalovchi organga quyidagilar orqali ariza taqdim etadi:

Davlat xizmatlari markazlari;
YAIDXP (my.gov.uz).

💰 Arizaga BHMning 2 baravari (600 ming so‘m) miqdorida to‘lov to‘langanligi haqidagi kvitansiya ilova qilinadi.

🔰 Akkreditatsiya guvohnomasini berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan taqdirda tibbiyot tashkilotiga akkreditatsiya standartlariga muvofiqligi darajasiga qarab quyidagi toifalar berilishi mumkin:

ikkinchi akkreditatsiya toifasi – standartlariga muvofiqligi kamida 75 foiz bo‘lganda;
birinchi akkreditatsiya toifasi – standartlariga muvofiqligi kamida 85 foiz bo‘lganda;
oliy akkreditatsiya toifasi – standartlariga muvofiqligi kamida 95 foiz bo‘lganda.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati haqida bilasizmi?

✔️Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
– O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi.

🤔Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy shaxslar

🖥Murojaatlar qabul qilinadiYIDXPmy.gov.uz;

📝Faoliyatni amalga oshirish istagini bildirgan jismoniy shaxsning patent vakiliga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida attestatsiyadan o‘tkaziladi.

🗓Patent vakillari attestatsiyasi har 5 yilda kamida bir marta o‘tkaziladi.

📌Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tuzilgan savollar asosida malaka imtihonini suhbat shaklida o‘tkazish:

🔹intellektual mulk huquqiga oid umumiy qoidalar;

🔹sanoat mulkiga oid O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi;

🔹sanoat mulki sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari.

📄Malaka imtihoni o‘tkazilgan kunning o‘zida suhbat natijasi e'lon qilinadi

📎 Patent vakilini Patent vakillari davlat reyestriga kiritish va patent vakili sifatida ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risida QR-kod qo‘yilgan guvohnomani malaka imtihoni o‘tkazilgan sanadan boshlab bir ish kuni ichida yuboriladi

🟣To‘lanadigan yig‘im miqdori:

💳 Ariza topshirish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori – 1 320 000 so'm (BHMning 4 baravari);

❗️Ma'lumot uchun: Patent vakili guvohnomaning amal qilish muddati tugaguniga qadar qayta attestatsiyadan o‘tmagan taqdirda belgilangan tartibda sudning qarori asosida reyestrdan o‘chiriladi

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Ekologik auditorga malaka sertifikati berish bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatiladi

✔️Hukumat qarori (402-son, 19.08.2023 y.) bilan Ekologik auditorning malaka sertifikatini berish bo'yicha davlat xizmatlarini ko'rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi.

🏢 Qarorga muvofiq, ekologik auditorning malaka sertifikatini berish uchun malaka imtihonini tashkil etish, sertifikatni berish, ekologik auditorlar va ekologik auditorlik tashkilotlarining reestrlari yuritish bo'yicha Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi vakolatli organ hisoblanadi.

📝Ma'muriy reglamentga ko'ra, malaka sertifikatini berish bo'yicha xizmatlar davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali ko'rsatiladi.

➡️ Buning uchun talabgor:

▫️Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasiga oid (biolog, geolog, gidrolog muhandis, yer geodeziya va kartografiyasi muhandisi, shuningdek, suv, atmosfera, yer va yer osti boyliklari muhofazasi mutaxassisliklari) oliy ma'lumotli;

▫️sohada yoki turdosh sohalarda ketma-ket kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo'lishi kerak.

🗓 Vakolatli organ murojaat kelib tushgan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida talabgorga malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki uni rad etish to'g'risida qaror qabul qiladi.

Malaka imtihoni kamida 3 nafar talabgordan iborat guruhning shakllanishiga ko'ra, biroq har chorakda kamida bir marta o'tkaziladi.

📝 Imtihon test ko'rinishida olinadi (jami 50 ta nazariy savol).

🧾 Imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan shaxsga ekologik auditor malaka sertifikati berilib, sertifikat 5 yil muddatga amal qiladi.

💰 Talabgorning murojaatini ko'rib chiqish bo'yicha davlat xizmati ko'rsatilganligi uchun BHMning 1 baravari (330 ming so'm) miqdorida yig'im undiriladi.

📌 Reglamentga ko'ra shuningdek, ekologik auditorlar har ikki yilda bir marta malaka oshirish kurslaridan o'tishlari shart.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha undiriladigan toʻlovlar qancha?

Javob
:

Hukumatning 620-son qaroriga asosan Xorijiy davlatlarda umumiy oʻrta va oʻrta taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish bepul amalga oshiriladi.

📌Xorijiy davlatlarda oʻrta maxsus, kasb-hunar, oliy taʼlim, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish taʼlimi olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun 990 000 so'm (BHMning 3 baravari) miqdorida yigʻim undiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#So'ragan_edingiz
#Xizmatlardan_onlayn_foydalanamiz
#Mutaxassisga_so'z_beramiz

📌"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Investitsiya maslahatchisi faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma" yuborish tartibini bilasizmi?

✍️Mutaxassis Sizga mustaqil ravishda xizmatdan foydalanishga yordam beradi.

📹VIDEOQOʻLLANMA

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#b-advice.uz

Tadbirkorlik faoliyatini yuritishda toʼsiqlarga duch keldingizmi?

💡Unda, “b-advice.uz” interfaol axborot portali murojaat qiling!

💻Ishonchli, qulay va eng muhimi bepul huquqiy maslahat beruvchi “b-advice.uz” portali sizga tadbirkorlik subʼektlari toʼgʼrisida hamda ularning faoliyatlariga bogʼliq boʼlgan barcha foydali maʼlumotlarni taqdim etadi.

🖥Mazkur portalda:

💼Tadbirkorlikka oid qonunchilik hujjatlari va ulardagi yangiliklar;

📄Biznesni boshlash va yuritish tartib-tamoyillari;

📎Litsenziyalash. Sertifikatlash. Ruxsatnoma olish tartiblari;

🏦Soliq, Bank, Bojxona organlarining tadbirkorlik bilan bogʼliq xizmatlari;

📂Biznesni tugatish tartibi;

🔍Tekshirishlar tartibi;

📌Qonunbuzarliklar uchun javobgarlik;

⚡️Hayotiy vaziyatlar;

📝Koʼp beriladigan savollar va ularga ekspertlar javoblari;

💳Kredit va ssuda olish tartiblari kabi masalalar yuzasidan maʼlumotlarga ega boʼlishingiz mumkin.

✔️b-advice.uz” portalidan foydalaning, vaqdingizni va naqdingizni tejang!

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_muhim

Ortiqcha hujjat talab qilganlik uchun javobgarlik muqarrar!

🤔Ijtimoiy tarmoqlarda Oliy ta’lim muassasalari tomonidan talabalardan qonunchilik hujjatlariga ko‘ra talab qilish taqiqlangan hujjatlar talab qilinayotganligi haqida ma’lumotlar tarqalmoqda.

📄O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF–6191-son va 2021-yil 24-iyuldagi PF–6269-son farmonlariga asosan aholidan:

🔹shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasini;
🔹shaxsning belgilangan shakldagi fotosuratini;
🔹jismoniy shaxs tomonidan o‘rta maxsus, professional (kasb-hunar) ta’lim muassasasi yoki umumiy o‘rta ta’lim muassasasi (11-sinf negizida) tugatilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlarni (hujjatlarni);
🔹kam ta’minlangan oila yoki oila a’zosi sifatida ro‘yxatga olinganligini tasdiqlovchi ma’lumotlarni (hujjatlarni);
🔹soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarning davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlarni (STIR);
🔹oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlarning imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat to‘g‘risida ma’lumotlarni talab qilish bekor qilingan.

❗️Shuningdek, ushbu hujjat va ma’lumotlarning talab qilinishi davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish deb hisoblanib, ushbu hujjatlarni talab etgan davlat idoralari javobgarlikka tortiladi!

⚡️Hurmatli fuqarolar, agarda Sizdan ushbu hujjatlarni talab qilish holatlari kuzatilsa, Adliya vazirligi va hududiy adliya organlarining quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz👈.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziya_axborot_tizimi

🖥“Litsenziya” axborot tizimi haqida bilasizmi?

📄Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish hamda byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish orqali tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun yanada keng shart-sharoitlarni yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentinig PF-6044-sonli Farmoniga asosan “Litsenziya” axborot tizimi ishga tushirilgan.

📱Tizim foydalanuvchilariga yanada qulaylik yaratish maqsadida iOS va Android mobil ilovalari orqali xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratilgan.

👉Batafsil videorolikda 👆👆👆

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Bir xarakatda Noturar obyektlarini kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mumkin!

Buning uchun:
Jismoniy
yoki yuridik shaxs Davlat xizmatlari markazlariga yoki onlayn - my.gov.uz orqali murojaat qilishi lozim.

Shu o'rinda davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun BHMning 1 barobaridan 80,5 barobarigacha yig‘im undiriladi.

Ariza 5-25 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi.

Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha kadastr pasporti (qog‘oz yoki plastik shaklda) taqdim etiladi.

Keyingi qadamda ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) DXMga yoki ariza beruvchiga YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.

BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha bo'lgan miqdorda yig'im undirilgandan, so'ng real vaqt rejimida Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquq ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi ko‘chirmani yuklab olish mumkin bo'ladi.

Ushbu qulaylik haqida do'stlaringiz bilan ulashishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_xabari #Yangi_xizmat #Yangi_qulaylik

⚡️1-kurs talabalari diqqatiga!

🏠Endilikda, yotoqxonaga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz orqali murojaat qilishingiz mumkin

🖥Yangi joriy qilingan davlat xizmati bu yil davlat OTMga kirgan talabalarga Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali bepul elektron ariza yuborgan holda yotoqxonaga joylashishlari imkonini beradi.

🗓 23-avgustdan qabul qilinadi.

📌 Talabalar yotoqxonasiga joylashish uchun taqdim etilgan yo'llanma 10 kungagina amal qiladi.

❗️Unutmang: 2-kurs va undan yuqori kurs talabalarini yotoqxonaga joylashtirish an'anaviy tarzda amalga oshiriladi.

👉Ushbu qulaylik haqida talaba bo'lgan tanishlaringizga yuborishni unutmang!

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM