Davlat xizmatlari yangiliklari
50K subscribers
9.86K photos
879 videos
8 files
8.29K links
Download Telegram
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Menga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma o‘rniga tibbiyot muassasi tomonidan QR-kod tasviri tushirilgan ma’lumotnoma berildi. Bu tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma bilan tenglashtiriladimi?

📌Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-sentyabrdagi 540-son qaroriga ko‘ra, 2023-yil 1-iyundan boshlab tug‘ilganlik holati fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri tushirilgan ma’lumotnoma beriladi va ushbu ma’lumotnoma tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtirilishi hamda davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etish qat’iyan taqiqlanishi belgilandi. Ya’ni tibbiyot muassasalari tomonidan QR-kodli ma’lumotnoma tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnoma bilan bir xil kuchga ega.

📎Fuqarolarga tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnoma ularning istalgan vaqtdagi murojaatlariga asosan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlari tomonidan belgilangan miqdorda gerb yig‘imi undirilgan holda rasmiylashtirib beriladi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziya_axborot_tizimi

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Erkin ombor faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya" olish mumkin.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs — O‘zbekiston Respublikasi rezidenti.

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori — 165 000 so'm (BHMning 50 foizi)

❗️Litsenziya qayta rasmiylashtirilayotganda, litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqqanlik uchun to‘lanadigan summaning ellik foizi miqdorida.

💸Litsenziya berilganligi uchun davlat boji 1 650 000 so'm (BHMning 5 baravari)

❗️Litsenziya qayta rasmiylashtirilayotganda, davlat boji undirilmaydi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 20 ish kuni

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: Cheklanmagan

🔅Izoh
: Erkin ombor faoliyatini litsenziyalash pasporti mazkur faoliyatni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa norma va qoidalarning talabgor va litsenziat tomonidan bajarilishini istisno etmaydi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

QASHQADARYONING KO'KDALA TUMANIDA ZAMONAVIY DAVLAT XIZMATLARI MARKAZI ISHGA TUSHDI

Davlat xizmatlari markazining ochilishi nafaqat Ko’kdalaliklar uchun, balki barchamiz uchun muhim voqeadir. Endlikda ushbu markaz orqali fuqarolar 250 dan ortiq  davlat xizmatlaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Ko’kdala tuman davlat xizmatlari markazi 180 000 dan ortiq tuman  aholisiga xizmat ko‘rsatish uchun qulay sharoitga ega.

Tuman davlat xizmatlari markazida tashrif buyuruvchilarning farzandlari uchun bolalar maydonchasi ham tashkil etilgan.
Bundan tashqari, nogironligi bо‘lgan shaxslarga qulayliklar yaratish maqsadida, markaz binosiga kirishda alohida yо‘lakchalar bilan ta’minlangan.

Albatta, bunday ish kо‘lami jarayonida xodimlar, xizmat oluvchilar uchun markazning avvalgi binosi torlik qilgan. Endi bunday noqulayliklar ortda qoldi.
Qariyib 6 500 mlrdga yaqin mablag’ sarflangan bino 2 qavatdan iborat bo’lib, zamonaviylik hamda milliylikni o’z ichiga olgan.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

KO'KDALA DXM FUQAROLARGA SIFATLI XIZMAT KO'RSATISHGA TAYYOR

Markazda 12 ta davlat xizmati kо‘rsatish uchun qabul oynasidan tashqari, elektron navbat, kutish manzili, 4 ta monitor, tо‘lov amalga oshirish uchun kassa, bolalar maydonchasi, kitob javoni, majlislar xonasi mijozlar xizmatida. Shuningdek, adliya xizmati kо‘rsatish uchun alohida hudud va arxiv ma’lumotlari saqlash xonalari mavjud.  

Bu barcha tashrif buyuruvchilarning kelib chiqishi yoki sharoitlaridan qatʼiy nazar, kerakli xizmatlardan bir xil darajada foydalanish imkonini beradi.

Markaz binosida fuqarolarga davlat xizmatlari kо‘rsatish uchun 12 ta davlat xizmatlari markazi operatorlari tashkil etilgan.

Tuman aholisiga yana bir qulaylik yaratish hamda davlat xizmatlaridan foydalanish bilan bir qatorda, ushbu markaz binosida adliya bо‘limi, yuridik xizmat kо‘rsatish markazi , fuqarolik holati dalolatnomalari yozish bо‘limlari hamda notarius ham faoliyat kо‘rsatib kelmoqda.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

⚡️Yengil avtomobilda yoʻlovchi tashish litsenziya varaqasini olishning tartibidan xabardormisiz?

Bunda haydovchi avvalo Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali masofadan yoki Davlat soliq inspeksiyasi hududiy boʻlimiga borgan holda oʻzini oʻzi band boʻlgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtishi lozim. Roʻyxatdan oʻtish va guvohnoma olish bepul.

📑Soʻngra haydovchi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoki Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan holda, yengil avtomobilda yoʻlovchi tashish litsenziya varaqasini olish uchun 1 yilga 300 ming soʻm davlat boji toʻlab, litsenziya varaqasi oladi.

🔅Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qilinganda 10 foiz chegirma qoʻllaniladi, yaʼni 270 000 soʻm toʻlashning oʻzi yetarli.

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan haydovchi rasmiy ish stajiga ega boʻlishni istasa, ixtiyoriy ravishda 1 yil uchun 300 ming soʻm ijtimoiy soliq toʻlashi mumkin. Takrorlab oʻtamiz, ijtimoiy soliq toʻlash oʻzini oʻzi band qilganlar uchun ixtiyoriy sanaladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

📋Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari haqida ma'lumotga egamisiz?

Hukumat qaroriga ko‘ra, ko‘chmas mulk ob’ektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.

👨‍💼Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP ro‘yxatdan o‘tadi.

🗂Ko‘chmas mulk ob’ektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🔷ko‘p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;
🔷yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;

🗂Ko‘chmas mulk ob’ektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

🔷umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 5 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1000 kv.m. gacha - 7 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 1000 kv.m. dan 5000 kv.m. gacha - 10 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 5000 kv.m. dan 15000 kv.m. gacha - 15 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 15000 kv.m. dan 50000 kv.m. gacha - 20 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 50000 kv.m. dan ortiq - 25 ish kunigacha.

💰Kadastr yig‘majildi shakllantirilgandan so‘ng kadastr pasportini berish uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.

Ariza beruvchi xabarnomani olgandan so‘ng 1 oy mobaynida to‘lov qiymatini to‘laydi.

‼️ Kadastr pasportini berish uchun to‘lov qiymatlari Hukumatning 186-son qarori bilan belgilanadi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

⚡️Iste’molchilar elektr tarmoqlariga ulanish uchun qayerga murojaat qilishlari lozim?

🔅Bugungi kunda elektr energiyasini o‘lchash vositasi va tizimini plombalash va elektr ta’minoti shartnomasini tuzish uchun fuqarolar o‘z xohishiga ko‘ra:

🏢Davlat xizmatlari markazlari

💻Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)

👨‍💻“ELEKTR” dasturiy ta’minoti (Onlayn platforma) orqali murojaat qilishlari mumkin.

Hukumatning 555-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 11-bandida iste’molchilar elektr tarmoqlariga ulanish uchun “ELEKTR” dasturiy ta’minoti (Onlayn platforma) orqali davlat xizmatidan elektron tarzda murojaat etganda yig‘im undirilmasligi belgilangan.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#So'ragan_edingiz
#Xizmatlardan_onlayn_foydalanamiz
#Mutaxassisga_so'z_beramiz

📌"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Avtomototransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnomani" onlayn rasmiylashtirish tartibini bilasizmi?

✍️Mutaxassis Sizga mustaqil ravishda xizmatdan foydalanishga yordam beradi.

📹VIDEOQOʻLLANMA

Kanalga
ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat