#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Haydovchilik guvohnomasini my.gov.uz orqali ham rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi
“Milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish tartibini soddalashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (152-son, 12.04.2023-y.) qabul qilindi
✅ Qarorga ko‘ra, 2023-yil 15-apreldan milliy haydovchilik guvohnomasini, shu jumladan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ham ariza beruvchilarning bevosita ishtirokisiz rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi. Bunda:
🔹 milliy haydovchilik guvohnomasiga ariza beruvchilarning bosh barmoq izi ma’lumotlari joylashtiriladi, agar axborot tizimlarida ariza beruvchilarning bosh barmoq izi ma’lumotlari mavjud bo‘lmagan taqdirda ariza beruvchilar o‘zlarining imzo namunasini elektron shaklda taqdim etadi;
🔹 milliy haydovchilik guvohnomalarini olish hamda eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish bo‘yicha arizalar ariza beruvchilarning YIDXPdagi shaxsiy kabineti orqali onlayn tarzda har kuni, dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar, 24 soat davomida yuborilishi mumkin;
🔹 yangi rasmiylashtirilgan milliy haydovchilik guvohnomalarini pochta orqali olish imkoniyati yaratiladi.
🗓 2023-yil yakunigacha barcha mavjud haydovchilik guvohnomalari jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamiga bog‘langan holda raqamlashtiriladi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat.uz

Kompozit xizmatlar soni yana 1 taga ko‘paydi!
⚡️ Auditorlik tashkilotini reyestrga kiritishni elektron ravishda va kompozit usulda amalga oshirish tartibi belgilandi.
✔️ Hukumat qarori (387-son, 15.08.2023 y.) bilan Auditorlik tashkilotini Auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
▶️ Endilikda, tadbirkorlik subyekti bo‘lgan yuridik shaxsni qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda, ariza beruvchi xohishigа ko‘ra, auditorlik tashkiloti sifatida qayta ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan yuridik shaxsni Auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritish bo‘yicha so‘rovnoma kompozit tarzda Iqtisodiyot va moliya vazirligi (vakolatli organ)ga yuborilishi mumkin.
🖥 Murojaatlar qabul qilinadi:
– Davlat xizmatlari markazlari;
– YIDXP — my.gov.uz orqali.
🤔 Xizmatdan foydalanuvchilar:
Yuridik shaxs
🗓 Vakolatli organ so‘rovnoma tushgan kundan boshlab 5 ish kuni mobaynida auditorlik tashkilotini reyestrga kiritadi yoki uni rad etadi.
🔍 Vakolatli organ quyidagi hollarda davlat xizmatini ko‘rsatishni rad etadi:
🔹 ariza beruvchi tomonidan tegishli kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmasa;
🔹 auditorlik tashkiloti “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunning 27-moddasi talablariga muvofiq bo‘lmasa.
💸 Makzur davlat xizmati ko‘rsatilganlik uchun to‘lov undirilmaydi.
😄 Kanalga ulanish 👇
https://t.iss.one/davxizmat
Kompozit xizmatlar soni yana 1 taga ko‘paydi!
– Davlat xizmatlari markazlari;
– YIDXP — my.gov.uz orqali.
Yuridik shaxs
💸 Makzur davlat xizmati ko‘rsatilganlik uchun to‘lov undirilmaydi.
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ Ekologik auditorga malaka sertifikati berish bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatiladi
✔️ Hukumat qarori (402-son, 19.08.2023 y.) bilan Ekologik auditorning malaka sertifikatini berish bo'yicha davlat xizmatlarini ko'rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi.
🏢 Qarorga muvofiq, ekologik auditorning malaka sertifikatini berish uchun malaka imtihonini tashkil etish, sertifikatni berish, ekologik auditorlar va ekologik auditorlik tashkilotlarining reestrlari yuritish bo'yicha Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi vakolatli organ hisoblanadi.
📝 Ma'muriy reglamentga ko'ra, malaka sertifikatini berish bo'yicha xizmatlar davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali ko'rsatiladi.
➡️ Buning uchun talabgor:
▫️Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasiga oid (biolog, geolog, gidrolog muhandis, yer geodeziya va kartografiyasi muhandisi, shuningdek, suv, atmosfera, yer va yer osti boyliklari muhofazasi mutaxassisliklari) oliy ma'lumotli;
▫️sohada yoki turdosh sohalarda ketma-ket kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo'lishi kerak.
🗓 Vakolatli organ murojaat kelib tushgan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida talabgorga malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki uni rad etish to'g'risida qaror qabul qiladi.
❕Malaka imtihoni kamida 3 nafar talabgordan iborat guruhning shakllanishiga ko'ra, biroq har chorakda kamida bir marta o'tkaziladi.
📝 Imtihon test ko'rinishida olinadi (jami 50 ta nazariy savol).
🧾 Imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan shaxsga ekologik auditor malaka sertifikati berilib, sertifikat 5 yil muddatga amal qiladi.
💰 Talabgorning murojaatini ko'rib chiqish bo'yicha davlat xizmati ko'rsatilganligi uchun BHMning 1 baravari (330 ming so'm) miqdorida yig'im undiriladi.
📌 Reglamentga ko'ra shuningdek, ekologik auditorlar har ikki yilda bir marta malaka oshirish kurslaridan o'tishlari shart.
😄 Kanalga ulanish👇👇👇

Davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda ko‘rsatish tartibi belgilandi
Hukumat qarori (435-son, 31.08.2023 y.) bilan Davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda ko‘rsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi
📝 Reglamentga ko‘ra, davlat xizmatlari Adliya vazirligining Aloqa markaziga (“Call-markaz”) yoki uning rasmiy veb-saytiga murojaat qilish orqali ko‘rsatiladi.
⏳ “Call-markaz” orqali so‘rovnomalar soat 09:00 dan 18:00 gacha ish vaqti davomida qabul qilinadi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
❕Rasmiy veb-sayt orqali sutkaning istalgan vaqtida murojaat qilinishi mumkin.
☑️ Davlat xizmatlarini ko‘rsatish vaqti Davlat xizmatlari markazlari (vakolatli organ)ning ish vaqti doirasida belgilanadi.
➡️ “Call-markaz” masʼul xodimi ariza beruvchi nomidan so‘rovnomani to‘ldiradi va so‘rovnomadagi maʼlumotlar tasdiqlangandan so‘ng ariza beruvchiga to‘lov invoysini yuboradi.
🗓 So‘ng masʼul xodim ariza beruvchi bilan telefon orqali bog‘lanib, so‘rovnomada ko‘rsatilgan joyga chiqadi hamda maxsus texnik qurilmalar yordamida (planshet yoki kompyuterga o‘rnatilgan daktiloskopiya, printer va boshqalar) davlat xizmatini ko‘rsatadi yoki davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ariza yuboradi (so‘rovnomada belgilangan muddatlarda).
💰Davlat xizmatlarini joyiga chiqqan holda ko‘rsatish yoki davlat xizmatlaridan foydalanishga ariza yuborish uchun Toshkent shahrida BHMning 50 foizi, viloyat markazlarida BHMning 40 foizi, tuman (shahar)larda BHMning 30 foizi miqdorida bir martalik to‘lov undiriladi.
❌ O‘zgalar yordamiga muhtoj qariyalar, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mustaqil harakatlanish imkoniyati cheklangan hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘lov undirilmaydi.
❗️Shuningdek, ushbu Reglament quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
🔸milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirishga;
🔸O‘zbekiston fuqarosi, O‘zbekistonda doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning identifikatsiyalovchi ID-kartasini hamda xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishga;
🔸jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishga.

❗️Naslchilik xo'jaligi maqomini berish bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatiladi
Hukumat qarori (449-son, 05.09.2023 y.) bilan Naslchilik xo'jaligi maqomini berish bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi
☑️ Reglamentga ko'ra, naslchilik xo'jaligi maqomi talabgorning murojaatida ko'rsatilgan muayyan toifaga mansub zotdagi chorva hayvonlari (yovvoyi va xonaki hayvonlar, shuningdek, parrandalar, baliqlar, muayyan hayvonlar hamda asalarilar) turiga yoki faoliyat yo'nalishiga qarab beriladi.
📝 Talabgor yoki uning vakili davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o'zi kelib murojaat qiladi yoki YIDXP (my.gov.uz)da ro'yxatdan o'tadi.
🔰 So'rovnoma to'ldirilib, unga quyidagilar ilova qilinadi:
▫️naslchilik zavodi, naslchilik xo'jaligi, genofoid xo'jaligi maqomini olishga talabgorlar uchun – so'nggi 3 yilda o'tkazilgan naslli mahsulotlar (materiallar) bonitirovkasi natijalari bo'yicha ma'lumotnomalar nusxasi;
▫️nasldor chorva hayvonlarining identifikasiya qilinganligi to'g'risidagi ma'lumot;
▫️tegishli chorva hayvonlari turlari bo'yicha naslchilik xo'jaligi maqomini olish uchun minimal talablarga muvofiqligi bo'yicha talabgor tomonidan tasdiqlangan ma'lumotlar.
💰Davlat xizmati ko'rsatganlik uchun BHMning 2 baravari (660 ming so'm) miqdorida yig'im undiriladi.
➡️ YIDXP orqali murojaat etilganda mazkur miqdor 594 ming so'mni tashkil etadi.
🗓 Vakolatli organ so'rovnomadagi ma'lumotlarning to'g'riligini aniqlash uchun 10 ish kuni ichida joyiga chiqqan holda o'rganadi.
Shuningdek, o'rganish vaqtida tumanlar (shaharlar) veterinariya bo'limlari orqali talabgorning epizootik barqarorligi, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalari ham o'rganiladi.
🧾Naslchilik xo'jaligi maqomi berilganligi to'g'risidagi guvohnoma 5 yil muddatga beriladi.
🚫Guvohnoma olgan shaxs uni boshqa shaxsga foydalanish uchun berishi mumkin emas.

❗️Yangi davlat xizmatlarini ko'rsatish yo'lga qo'yiladi
Hukumat qarori (544-son, 17.10.2023 y.) bilan “Professional mediatorlar reestriga kiritish bo'yicha davlat xizmatlarini ko'rsatishning ma'muriy reglamenti” tasdiqlandi
🔰 Unga ko'ra, maxsus o'quv kursidan o'tganligi haqida sertifikatga ega bo'lgan va Reestrga kirish istagini bildirgan jismoniy shaxs (talabgor) eksterritoriallik tamoyili asosida istalgan Davlat xizmatlari markaziga o'zi kelib yoki YIDXP orqali onlayn murojaat qiladi.
✅ Zarur ma'lumotlar so'rovnomaga kiritilgandan so'ng talabgor ma'lumotlarning to'g'riligini tekshiradi hamda imzolaydi.
❗️ Davlat xizmatlarini ko'rsatganlik uchun to'lov undirilmaydi.
⏰ Talabgor murojaat etganda, uning so'rovnomasi to'ldirilib, talabgor tomonidan tasdiqlangandan so'ng 10 daqiqada tegishli hududiy adliya organiga elektron shaklda yuboriladi.
📝 Professional mediatorlar reestri elektron shaklda shakllantiriladi va yuritiladi.
📁 Professional mediator quyidagi hollarda Reestrdan chiqarilishi mumkin:
➖Reestrdan chiqarish to'g'risida ariza bilan murojaat etganda;
➖vafot etganda yoki sudning uni vafot etgan deb e'lon qilish haqidagi qarori qonuniy kuchga kirganda;
➖muomala layoqati cheklanganda yoki u belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
➖sudning mediatorni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish haqidagi ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
➖davlat vazifalarini amalga oshiradigan lavozimga tayinlanganda yoki saylanganda, notariuslar bundan mustasno;
➖mediatorga nisbatan jinoiy ta'qib amalga oshirilayotganda;
➖bir yildan ortiq muddat mobaynida u to'g'risida ma'lumot olish imkoni bo'lmaganda, hududiy adliya organining tegishli tarkibiy tuzilmasi xulosasiga ko'ra;
➖doimiy yashash uchun O'zbekistondan tashqariga chiqib ketganda.
📌 Professional mediator Reestrdan hududiy adliya organining qarori asosida chiqariladi.
🗓 Mazkur reglament 2024 yil 1 yanvardan amalga kiritiladi.

❗️Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi hujjatlar tizimlashtiriladi
“Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish to'g'risida”gi Hukumat qarori (550-son, 20.10.2023 y.) qabul qilindi
🔰 Qarorga ko'ra, quyidagilar tasdiqlandi:
➖Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari to'g'risidagi nizom;
➖Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari xodimlarining sonini belgilash tartibi to'g'risidagi nizom;
➖Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari;
➖Tug'ilganlikni qayd etish bilan bog'liq kompleks davlat xizmatlarini ko'rsatishning ma'muriy reglamenti;
➖O'limni qayd qilish bilan bog'liq kompozit davlat xizmatlarini ko'rsatishning ma'muriy reglamenti.
📋 Yangi gerbli guvohnomalar berganlik uchun (o'lim haqidagi gerbli guvohnomalar hamda yetim bolalar va ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni tarbiya muassasalariga joylashtirishda berilgan tug'ilganlik haqidagi gerbli guvohnomalar bundan mustasno) gerb yig'imi BHMning 15 foizi miqdorida undiriladi.
☑️ Shuningdek, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining arxiv ma'lumotlarini raqamlashtirish natijasida turli yillar davomida bir xil seriya va raqamli tug'ilganlik haqidagi guvohnomalar rasmiylashtirib berilganligi holatlari aniqlangan taqdirda, ushbu guvohnomalarni qayta rasmiylashtirganlik uchun gerb yig'imi undirilmaydi;
📁 FHDY organlari tegishli yozuvlar orqali quyidagi fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etadi:
🔹tug'ilganlik haqida;
🔹nikoh tuzish haqida;
🔹nikohdan ajralish haqida;
🔹o'lim haqida.
🗓 Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari davlat ahamiyatiga molik hujjatlar hisoblanadi, bir nusxada tuziladi va FHDY organlarida qayd etilgan vaqtdan boshlab 75 yil mobaynida saqlanadi.
📝 Farzandlikka olish, otalikni belgilash, familiya, ism va ota ismini o'zgartirish, jinsni o'zgartirish kabi voqea va faktlar yuqorida sanab o'tilgan fuqarolik holatlari dalolatnomalarida ularga tegishli o'zgartirishlar kiritish orqali aks ettiriladi.

Chet el fuqarolarini O'zbekistonga taklif qilish bo'yicha davlat xizmati ko'rsatiladi
Hukumat qarori (589-son, 06.11.2023-y.) bilan Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni O'zbekistonga taklif qilish bo'yicha davlat xizmatini ko'rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi
🔰Qarorga ko'ra, davlat xizmati ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'limlariga (vakolatli organ) bevosita murojaat etish yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali vakolatli organ tomonidan ko'rsatiladi.
✍️ Buning uchun ariza beruvchi o'z xohishiga ko'ra doimiy yoki vaqtincha ro'yxatdan o'tgan manzilidan qat'i nazar, istalgan vakolatli organga o'zi kelib yoki YIDXP orqali murojaat etadi.
📋 So'rovnoma to'ldirilib, tegishli hujjatlar ilova qilinadi.
🗓 Vakolatli organ tomonidan so'rovnomaga kiritilgan ma'lumotlarning haqqoniyligi 2 ish kuni ichida tekshiriladi.
💰 Ariza beruvchi davlat xizmati ko'rsatilganligi uchun BHMning 5 foizi miqdorida davlat boji to'laydi.
❕So'rovnomasi qaytarilgan ariza beruvchi tegishli kamchiliklarni bartaraf etgandan so'ng vakolatli organga 5 ish kunidan ko'p bo'lmagan muddatda qayta murojaat qilishga haqli.
Bunda undan qo'shimcha yig'im undirilmaydi.
🏢 Ma'lumotlar tekshirilgach, so'rovnoma Davlat xavfsizlik xizmati hududiy boshqarmasiga (maxsus vakolatli organ) yuboriladi.
➡️ Maxsus vakolatli organ 7 ish kuni ichida chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxsni O'zbekistonga taklif qilinishi maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to'g'risida fikrini bildiradi.
🧾 Shunga ko'ra, vakolatli organ tomonidan 1 ish kunida QR-kod (martik shtrixli kod) qo'yilgan taklifnoma rasmiylashtiriladi hamda ariza beruvchiga taqdim etiladi.
📌 Taklifnoma berilgan kundan boshlab 3 oy davomida amal qiladi.

❗️Sport sohasida davlat xizmatlarini ko'rsatish yanada takomillashtiriladi
“Sport sohasida davlat xizmatlarini ko'rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat qarori (583-son, 03.11.2023-y.) qabul qilindi
🔰 Qaror bilan davlat sport ta'lim muassasalariga hamda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalariga o'quvchilarning hujjatlarini qabul qilish, ularning o'qishini ko'chirish bo'yicha davlat xizmatlarini ko'rsatishning ma'muriy reglamentlari taqdiqlandi:
📋 Reglamentga ko'ra, davlat sport ta'lim muassasalariga o'quvchilarning hujjatlarini qabul qilish uchun ariza beruvchilar har yili quyidagi muddatlarda Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi:
🔹Olimpia va milliy sport turlari bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari uchun 20-iyundan 20-iyulgacha (shu kuni ham);
🔹Sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablari, Olimpia va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari uchun 1-avgustdan 21-avgustgacha (shu kuni ham).
✍️ So'rovnoma to'ldirilib, 3 ish kunida ko'rib chiqiladi.
☑️ Ariza beruvchi murojaati bo'yicha yuborilgan sport ta'lim muassasasiga onlayn navbat bo'yicha boradi va tegishli hujjatlarni taqdim etadi.
❕Qabul komissiyasi 1 ish kunida hujjatlarni imtihon topshirish uchun qabul qilish yoki sababini aniq ko'rsatgan holda uni rad etish to'g'risida qaror qabul qiladi.
⚠️ Murojaat rad etilganda, 5 ish kunida avvalgi ariza raqamini ko'rsatib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta murojaat qilishi mumkin.
❌ Davlat xizmati ko'rsatilganligi uchun ariza beruvchidan yig'im undirilmaydi.
🗓 Mazkur davlat xizmati 2023-yil 1-dekabrdan boshlab ko'rsatilishi belgilangan.
➡️ Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan har yili 1-yanvargacha davlat xizmati ko'rsatiladigan hududlar ro'yxati, qabul muddatlari tasdiqlanib, o'z rasmiy saytida e'lon qilinadi.

#Qonunchilikdagi_yangiliklar #Qurilish
🔷Qarorga muvofiq, Vazirlar mahkamasining 2020-yil 20-avgustdagi 496-son qarori bilan tasdiqlangan Obyektlarda davlat qurilish nazoratini amalga oshirish bo'yicha ma'muriy reglamentning 2-ilovasining 1.4-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilishi belgilanmoqda:
🔹Fotoelektr stansiyasi:
➖quvvati 500 kVt.gacha - II toifa;
➖quvvati 500 kVt.dan quvvati 1 MVt gacha - III toifa;
➖quvvati 1 MVt dan yuqori - IV toifa
🔷14.1-14.4-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilishi belgilanmoqda:
🔹Kottejlar, shu jumladan, yakka tartibda quriladigan uy-joylar:
➖ikki qavatgacha (ikkinchi qavat ham kiradi, sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan past va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrgacha - I toifa;
➖ikki qavatdan yuqori (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq - II toifa.
🔹Villalar, dala hovlilar:

🔹Kam qavatli uy-joylar, yotoqxonalar:
➖5 qavatgacha (5-qavati ham) - II toifa.
🔹O‘rta qavatli uy-joylar, yotoqxonalar:
➖6 dan - 12 qavatgacha - III toifa.
🔷14.10-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilishi belgilanmoqda:
🔹Dala hovlilar, uy-bog‘chalar (1 qavatli vaqtincha uy-joylar) - I toifa.
🔷15.1-15.3-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilishi belgilanmoqda:
🔹Maktabgacha ta’lim muassasalari:
➖1000 o'ringacha - II toifa;
➖1000 o'rindan ortiq - III toifa.
🔹Umumta’lim maktablari, maktab-internatlar, shu jumladan, qo‘shimcha o‘quv bloklari:
➖1000 o'ringacha - II toifa;
➖1000 o'rindan ortiq - III toifa.
🔹Litseylar, kasb-hunar ta’limi muassasalari:
➖1000 o'quvchi o'ringacha - II toifa;
➖1000 o'quvchi o'rindan ortiq - III toifa.
🔷Quyidagi mazmundagi izoh bilan to'ldirilmoqda:
"Izoh. Obyektlar qaytadan qurilganda yoki rekonstruksiya qilinganda, yangi rejalashtirilgan obyektlar toifasi qo'llaniladi"
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.07.2024 yildagi 424-son qarori