Davlat xizmatlari yangiliklari
49.5K subscribers
9.85K photos
879 videos
8 files
8.27K links
Download Telegram
#Adliya_nazorat

⚡️Davlat xizmatlarini ko'rsatishda 2023-yilning 1-choragi mobaynida eng ko‘p qonun buzilishi holatlari aniqlangan vazirlik va idoralar:

🔹Kommunal idoralar – 8 970 ta
🔹Kadastr idoralari – 4 274 ta
🔹
Qurilish idoralari – 3 875 ta
🔹Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi organlari - 2 279 ta
🔹
Bandlikka ko'maklashish organlari - 943 ta

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_nazorat

DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATISH TARTIBINI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK MUQARRAR!

Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda o‘z vazifasini sidqidildan bajarayotgan davlat idoralaridan tashqari davlat xizmatlarini o‘z vaqtida ko‘rsatmasdan, fuqarolarni sarson qilayotgan, ularning murojaatlarini eʼtiborsiz qoldirayotgan ayrim davlat idoralari ham uchrab turibdi.

Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning may oyida Sog‘liqni saqlash vazirligi va uning tarkibiy tuzilmalari tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilsh holati o‘rganildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra sog‘liqni saqlash organlari tomonidan 5 700 dan ortiq holatda (3000 dan ortiq holatda arizalar belgilangan muddatda ko‘rib chiqilmagan, 2000 dan ortiq holatda davlat xizmatini ko‘rsatish taribiga rioya etilmagan, 90 dan ortiq holatda fuqarolardan ortiqcha hujjat olingan) davlat xizmatlari ko‘rsatishda qonunchilik hujjatlariga rioya etilmaslik holatlari aniqlangan.

Natijada sog‘liqni saqlash organlarining 250 dan ortiq xodimlariga nisbatan davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida qonunchlik hujjatlarini buzganliklari uchun ma’muriy jazo choralari qo‘llanildi, aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan 300 dan ortiq taqdimnomalar kiritilib, 50 dan ortiq xodimlar intizomiy javobgarlikka tortildi.

👉Batafsil

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
#Adliya_nazorat

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev davlat xizmatlari ko‘rsatishga vakolatli bo‘lgan idoralar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlar faoliyati yuzasidan olib borilgan monitoringlar davomida ayrim tashkilotlar faoliyatida davlat xizmatlarini ko‘rsatishda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotganligi aniqlandi. Xususan, vakolatli organlar tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida 7 399 ta qonunbuzilish holatlari sodir etganligi aniqlangan bo‘lib, ularni bartaraf qilish bo‘yicha 30 ta taqdimnoma, 633 ta ogohnoma kiritildi hamda 259 nafar aybdor shaxslarga nisbatan maʼmuriy jarimalar qo‘llanildi.

Bugun Samarqand viloyat adliya boshqarmasida adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligida davlat xizmatlari ko‘rsatishda vakolatli bo‘lgan tashkilotlar vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv ayni mavzuga bag‘ishlandi.

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev qo‘llanilayotgan maʼmuriy jarimalardan hanuzgacha kerakli xulosa chiqarmasdan, takror va takror qonunlarni buzishga, xizmatlarni belgilangan talablar asosida ko‘rsatmaslikka urinishlar sodir etilayotganini qattiq tanqid qilib, bu markazlar xodimlarining ish sifatiga salbiy taʼsir ko‘rsatayotganini, oqibatda fuqaro sarson bo‘layotganini qayd etib o‘tdi. Shuningdek, ushbu vaziyatda davlat xizmatlari ko‘rsatishda vakolatli bo‘lgan idoralar rahbarlari murojaatlar bilan ishlashga panja orasidan qarayotganligini taʼkidladi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda ishtirokchilar murojaatlar bilan ishlash jarayonida duch kelayotgan ayrim tushunmovchiliklar, bartaraf etilishi lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha takliflarini bildirishdi. O‘zlarini qiziqtirgan savollarni o‘rtaga tashlashdi. X.Meliyev mazkur takliflar vazirlik tomonidan ko‘rib chiqilishini maʼlum qilar ekan, vakolatli idoralar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan holatlarni kelgusida oldini olish bo‘yicha zarur tavsiyalarni berib o‘tdi.

Batafsil👈

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_nazorat

Davlat xizmatidan foydalanish bo‘yicha kelib tushgan arizalarni asossiz ravishda rad etgan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining mas’ul xodimi ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Batafsil...

Kanalga ulanish👇🏻
https://t.iss.one/davxizmat