Davlat xizmatlari yangiliklari
51.3K subscribers
9.99K photos
915 videos
8 files
8.47K links
Download Telegram
#Bilasizmi

Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati haqida bilasizmi?

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
– O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi.

👨‍💼Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy shaxslar

🔸Murojaatlar qabul qilinadiYIDXPmy.gov.uz;

🔰Faoliyatni amalga oshirish istagini bildirgan jismoniy shaxsning patent vakiliga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida attestatsiyadan o‘tkaziladi.

🔸Patent vakillari attestatsiyasi har 5 yilda kamida bir marta o‘tkaziladi.

💠Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tuzilgan savollar asosida malaka imtihonini suhbat shaklida o‘tkazish:

🔹intellektual mulk huquqiga oid umumiy qoidalar;

🔹sanoat mulkiga oid O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi;

🔹sanoat mulki sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari.

📃Malaka imtihoni o‘tkazilgan kunning o‘zida suhbat natijasi e'lon qilinadi

📌 Patent vakilini Patent vakillari davlat reyestriga kiritish va patent vakili sifatida ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risida QR-kod qo‘yilgan guvohnomani malaka imtihoni o‘tkazilgan sanadan boshlab bir ish kuni ichida yuboriladi

💠To‘lanadigan yig‘im miqdori:

— Ariza topshirish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori – 1 200 000 so'm (BHMning 4 baravari);

❗️Ma'lumot uchun: Patent vakili guvohnomaning amal qilish muddati tugaguniga qadar qayta attestatsiyadan o‘tmagan taqdirda belgilangan tartibda sudning qarori asosida reyestrdan o‘chiriladi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Doimiy (vaqtinchalik) yashash joyi bo‘yicha ma’lumotnomani qayerdan olsam bo‘ladi?

Javob:

👨‍💼Ariza beruvchilar mazkur davlat xizmatidan YIDXP (my.gov.uz) ro‘yxatdan o‘tib, so‘rov yuborish orqali istalgan vaqtda foydalanishlari mumkin.

📌Bunda fuqarolarga ortiqcha hujjatlarsiz, tizim orqali (real vaqt rejimida) ma’lumotnomani olish imkoniyati yaratilgan.

Ma’lumot uchun: Ushbu xizmatda faqatgina fuqarolar o‘zlariga tegishli bo‘lgan doimiy (vaqtinchalik) yashash joyi bo‘yicha ma’lumotnomalarni olishlari mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash" mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT -
license.gov.uz orqali;
YIDXPmy.gov.uz;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs

💸Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 600 000 so'm (BHMning 2 baravari)

💸Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: 3 000 000 so'm BHMning 10 baravari

Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: 15 ish kunida (oliy ta’lim turi bo‘yicha 30 ish kunida)

🔅Litsenziyaning amal qilish muddati: cheklanmagan

❗️Muhim ma’lumot: Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarga ta’limning har bir turi uchun alohida litsenziya beriladi. Litsenziyada faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ta’lim faoliyati yo‘nalishlari ro‘yxati va ta’lim shakllari aniq ko‘rsatiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Litsenziyalash_xizmati #Yangi_xizmat

🔅Litsenziya axborot tizimida yana bir xizmat ishga tushdi

⚡️Endilikda "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Portlash xavfi bo‘lgan texnologik yangi jarayonlar va asbob-uskunalarni, istirohat bog‘lari attraksionlarini montaj qilish, ta’mirlash va ishga tushirish, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qo‘llaniladigan texnik qurilmalardan foydalanish uchun ruxsatnoma" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs

📲 Talabgor ruxsatnoma olish uchun arizani “Litsenziya” AT yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron yuboradi.

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori — 600 000 so'm (BHMning ikki baravari)

💸Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun — 600 000 so'm (BHMning ikki baravari);

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 15 kun;

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati👈

Ma'lumot uchun: Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoki berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish uchun Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan obyektlar joyiga chiqib o‘rganiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

⚡️Iste’molchilar elektr tarmoqlariga ulanish uchun qayerga murojaat qilishlari lozim?

🔅Bugungi kunda elektr energiyasini o‘lchash vositasi va tizimini plombalash va elektr ta’minoti shartnomasini tuzish uchun fuqarolar o‘z xohishiga ko‘ra:

🏢Davlat xizmatlari markazlari

💻Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)

👨‍💻“ELEKTR” dasturiy ta’minoti (Onlayn platforma) orqali murojaat qilishlari mumkin.

Hukumatning 555-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 11-bandida iste’molchilar elektr tarmoqlariga ulanish uchun “ELEKTR” dasturiy ta’minoti (Onlayn platforma) orqali davlat xizmatidan elektron tarzda murojaat etganda yig‘im undirilmasligi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Foydali_ma'lumot

🏦Markaziy bank 28-dekabrdan boshlab amalda bo‘ladigan valyuta qiymatlarini belgiladi.

📁Batafsil yuqoridagi infografikada 👆👆👆

🔅Foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qanday hollarda xorijga chiqish biometrik pasport berilganligi uchun davlat boji toʻlanmaydi?

“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq, quyidagi hollarda xorijga chiqish biometrik pasporti berilganligi uchun davlat bojini toʻlashdan ozod qilinadi:

👨‍👩‍👦 Yaqin qarindoshlari vafot etgan yoki ular dafn etilgan joylarni ziyorat qilganda;

👮‍♀️fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalarga (bitimlarga) binoan ular xorij sudlariga fuqarolik va jinoyat ishlari yuzasidan taraflar, guvohlar va ekspertlar sifatida chaqirilgan taqdirda;

👨‍⚕️voyaga yetmagan shaxsga, shuningdek unga hamrohlik qiluvchi shaxsga xorijiy davlatda ixtisoslashgan tibbiy yordam koʻrsatilganda yoki jarrohlik amaliyoti oʻtkazilganda;

🏆voyaga yetmagan shaxs ilm-fan, taʼlim, sport yoki madaniyat sohalaridan biridagi xalqaro tadbirda yoki musobaqada ishtirok etganda;

🧑‍🦽“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan shaxsga, shuningdek, unga hamrohlik qiluvchi shaxsga xorijiy davlatda ixtisoslashgan tibbiy yordam koʻrsatilganda yoki jarrohlik amaliyoti oʻtkazilganda;

🌪Biometrik pasport Oʻzbekiston yoki chet davlatlar hududida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar yuz berganligi natijasida jabrlangan jismoniy shaxslar tomonidan yoʻqotilgan yoxud yaroqsiz holga kelganda.

🛫 Shuningdek, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan xorijga xizmat safariga yuboriladigan fuqarolarning xorijga chiqish huquqini beruvchi hujjatlar uchun davlat boji belgilangan tartibda ushbu korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan toʻlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Aktuariy malaka sertifikati nima?

❗️Javob:

📌Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 305-son qarori bilan tasdiqlangan “Aktuariy malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti”ga muvofiq, jismoniy shaxsga, agar ushbu shaxs aktuar tashkilot shtatida yoki u bilan aktuar tashkilot oʻrtasida fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzilgan boʻlsa, aktuar xizmatlar koʻrsatish huquqini beruvchi hujjat aktuariy malaka sertifikati hisoblanadi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 305-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#litsenziyalash_xizmati

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Avtomototransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
– O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT -
license.gov.uz orqali;
YIDXPmy.gov.uz;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

Yuridik va jismoniy shaxslar

💠To‘lanadigan yig‘im miqdori:

– Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori – BHMning 30 foizi;

Xizmat ko‘rsatish muddati – 15 ish kuni.

📌Avtomototransport vositasi qayta jihozlangan deb tan olinadigan o‘zgarishlar ro‘yxati 👈👈👈

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

Bino va inshootlar ijara shartnomasini davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibidan xabardormisiz?

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
– O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– D
avlat xizmatlari markazi;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

📋So‘rovnomaga ijara shartnomasi ilova qilinadi.

📑Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:


👨‍💼Yuridik va jismoniy shaxslarga

💠Davlat
xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 375 000 so'm (BHMning 1,5 baravari)

💠Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati – 1 ish kuni.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bu_muhim

❗️Elektron hukumat - barcha uchun ochiq

O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to'g'risida”gi Qonunining maqsadi davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llash yo‘li bilan davlat xizmatlari ko'rsatishga doir faoliyatini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

🔅 Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olish uchun davlat xizmatidan foydalanishda fuqarolarga qanday qulayliklar yaratilgan?

Qonunchilikka ko‘ra, ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olish istagida bo‘lgan fuqarolarga, jumladan, quyidagi qulayliklar mavjud:

🔹ariza beruvchining o‘rtacha oylik daromadi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 barobardan 2,7 barobarga kamaytirilgan;

🔹Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatga olingan fuqaro Toshkent viloyatida qurilgan uy-joylarni ipoteka krediti asosida sotib olishga haqli;

🔹ariza beruvchi ariza rasmiylashtirish jarayonida belgilangan ma’lumotnomalar va hujjatlar nusxalarini taqdim etmaydi, faqatgina so‘rovnomani to‘ldirishi kifoya;

🔹mas’ul tashkilotlar ariza beruvchining ijtimoiy mezonlarga muvofiqlini o‘rganib chiqish muddati 14 ish kunidan 7 ish kunga kamaytirilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bu_muhim

📑Kutilmaganda eng kerakli hujjatingizdan ayrilib qoldingizmi?

🔥Deylik, u ko’z oldingizda yonib yoki suvda oqib ketdi. Shunday hollarda nima qilish kerak?

Hujjatni qayta tiklash uchun darhol my.gov.uz imkoniyatlarini ishga solish darkor.

➡️ Ushbu holatda ikkita qulay xizmatdan foydalanishingizga to’gri keladi:

🔹dastlab topilmalar, yo‘qolgan buyumlar va hujjatlar bo‘yicha so‘rov yuborasiz;

🔹 so‘ngra yo‘qolgan ashyo topilmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani olish xizmatiga o‘tib, so’ralgan joyga birinchi jarayondagi ariza raqamini kiritasiz.

💰Xizmatlardan birinchisi bepul, ikkinchisi pullik (13500 so‘m)dir.

👏🏻Agar siz my.gov.uz foydalanuvchisi bo‘lsangiz, 10% chegirmasi bor (12000 so‘m).

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Foydali_ma'lumot

🏦Markaziy bank 29-dekabrdan boshlab amalda bo‘ladigan valyuta qiymatlarini belgiladi.

📁Batafsil yuqoridagi infografikada 👆👆👆

🔅Foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan oʻtkazish xizmati haqida bilasizmi?

💠Davlat xizmati davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali koʻrsatiladi.

📌Sertifikati talabgorlarga besh yil amal qilish muddati bilan beriladi.

🔸Shunindek, qarorda talabgorlar 2 turdagi malaka sertifikatidan birini olishlari mumkinligi belgilandi:

📝Endilikda malaka sertifikatini olish uchun faqat soʻrovnoma toʻldirish kifoya va tegishli hujjatlar vakolatli organ tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi.

🔹I toifali malaka sertifikatini olish uchun talabgorlar uchun 2 bosqichda amalga oshiriladi va test sinovi 90 ta savoldan iborat boʻladi.
🔹II toifali malaka sertifikatini olish uchun talabgor uchun 1 bosqichda amalga oshiriladi va test savollari qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishdagi umumiy bilim saviyasi va koʻnikmasini aniqlashga qaratilgan 60 ta savolni oʻz ichiga oladi.

💸Davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.

🗓Malaka sertifikatini berish boʻyicha attestatsiyadan vakolatli organ tomonidan har oyning birinchi payshanba kunida oʻtkaziladi.

📎Vakolatli organ tomonidan malaka sertifikatini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilganda QR-kod qoʻyilgan malaka sertifikati rasmiylashtirib beriladi.

❗️ Eslatma!

🛃 Moliya-iqtisod, huquqshunoslik sohasi bo‘yicha imtiyozli diplomga ega oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilari hamda CFA Institute, ACI, ACCA xalqaro tashkilotlari sertifikatiga ega talabgorlar attestatsiyadan o‘tmay va belgilangan yig‘imni to‘lamasdan ham II toifali malaka sertifikatini olishlari mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha undiriladigan toʻlovlar qancha?

Javob
:

Hukumatning 620-son qaroriga asosan Xorijiy davlatlarda umumiy oʻrta va oʻrta taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish bepul amalga oshiriladi.

📌Xorijiy davlatlarda oʻrta maxsus, kasb-hunar, oliy taʼlim, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish taʼlimi olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun 900 000 so'm (BHMning 3 baravari) miqdorida yigʻim undiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Geodeziya va kartografiya ishlarini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qarorni" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs;

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 60 000 so'm (BHMning 20 foizi);

💸Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori bilan ushbu 👉ilova orqali tanishishingiz mumkin.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

Geodeziya va kartografiya ishlarini amalga oshirishga texnik loyiha (dasturlar)ni ishlarning smeta bahosidan kelib chiqib muddatlar belgilanadi;

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: Cheklanmagan

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
🔊Hurmatli fuqarolar !

📌Bugungi kunda Adliya vazirligi tomonidan FHDY organlarining ish samaradorligini oshirish, fuqarolarga xizmat koʻrsatishda yanada qulay sharoitlar yaratish, xizmat koʻrsatish jarayonida turli xil qonun buzilishi holatlarining oldini olish boʻyicha bir qancha choralar koʻrilmoqda.

🔅Xususan, FHDY organlari tomonidan xizmat koʻrsatish natijasida fuqarolardan davlat boji va boshqa toʻlovlarni undirish jarayonida qonuniylikni taʼminlash maqsadida ariza beruvchining mobil raqamiga SMS yuborish amaliyoti yoʻlga qoʻyilgan.

💸Mazkur SMS xabarda Sizdan undirilishi kerak boʻlgan summa koʻrsatiladi. Bu orqali toʻlovlarni undirish jarayonida qonun buzilishi holatlari oldi olinadi.

❗️Shu sababli, Sizdan ortiqcha toʻlov undirilgan yoki SMS xabar yuborilmagan hollarda 1148 "ishonch telefoni"ga qoʻngʻiroq qilishingiz soʻraladi!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

🔅Ish staji yetarli boʼlmasa ham pensiya tayinlanadimi?

Oʼzbekiston Respublikasining «Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʼgʼrisida»gi Qonunining 7-moddasiga koʼra, yoshga doir pensiya olish huquqiga:

👨‍💼erkaklar — 60 yoshga toʼlganda va ish stajlari kamida 25 yil boʼlgan taqdirda;

🧑‍💼ayollar — 55 yoshga toʼlganda va ish stajlari kamida 20 yil boʼlgan taqdirda ega boʼladilar.

📌Аgar pensiya tayinlash uchun yetarlicha ish stajiga ega boʼlmagan shaxslarga yoshga doir pensiyalar ushbu Qonun 37-moddasi birinchi qismining «a», «b», «v» va «g» bandlarida nazarda tutilgan kamida 7 yil ish staji mavjud boʼlgan taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda (29-modda) tayinlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat