Davlat xizmatlari yangiliklari
50.2K subscribers
9.86K photos
880 videos
8 files
8.29K links
Download Telegram
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Yuridik shaxslar, jismoniy shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarning soliq qarzi mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma qanday olinadi?

❗️Javob:

Hukumatning 823-son qarori bilan tasdiqlangan “Jismoniy shaxs — soliq to‘lovchining soliqlar va yig‘imlardan soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning” ma’muriy reglamenti.

🔅Ariza beruvchilar mazkur davlat xizmatidan my.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘tib, so‘rov yuborish orqali istalgan vaqtda foydalanishlari mumkin.

⚡️ Eslatma!
- xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul;
- xizmat natijasi avtomatik ravishda (real vaqt rejimida) shakllanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

Maktabdan tashqari taʼlim faoliyati bilan shugʻullanmoqchimisiz?

Unda siz "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Maktabdan tashqari taʼlim faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik toʻgʻrisida xabarnomani" vakolatli organga yuborishingiz zarur!

Ushbu xabarnoma orqali nodavlat maktabdan tashqari taʼlim, shu jumladan, chet tillarini oʻrgatish faoliyati bilan shugʻullanishingiz mumkin.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT -
license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
—Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

💠To‘lanadigan yig‘im miqdori: 150 000 so'm (BHMning 50 foizi)

❗️Muhim ma'lumot:
Chet tillarga oʻqitgan hollarda, pedagog kadrlarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan beriladigan bilimlar darajasi va chet tilini bilish va egallab olganlik darajasi toʻgʻrisida davlat namunasidagi malaka sertifikati yoki yetakchi xalqaro va baholash tizimlarining amaldagi sertifikati (IELTS, CEFR, TOEFL IBT) mavjud boʻlishi lozim.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

🔅Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar olish xizmatidan foydalanish tartibi qanday?

Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar yoki ularning vakillari davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlari orqali yoki YIDXPda ro‘yxatdan o‘tgan holda onlayn murojaat qiladilar. Bunda, davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun yig‘im undirilmaydi.

🔹 imtiyozdan foydalanish huquqini beruvchi hujjat pensiya guvohnomasi;

🔹 tibbiy ma’lumotnoma (davolovchi shifokor tomonidan beriladigan sanatoriy-sog‘lomlashtirish tavsiya etiladigan ma’lumotnoma).

📌Yo‘llanmalar urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarga birinchi navbatda beriladi.

📝Yo‘llanmalar keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga 12 kunga, yo‘llanmalarning amal qilish muddati boshlanishidan 10 kun oldin (asosli sabablarga ko‘ra qaytarilgan yo‘llanmalar bundan mustasno) beriladi.

🧾Yo‘llanmalarning 12 kunlik amal qilish muddati o‘tgandan so‘ng 5 kun ichida yo‘llanmalardan foydalanuvchi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan yo‘llanma bo‘yicha sanatoriylarga murojaat qilinmaganda, berilgan yo‘llanmalar bekor qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#yashil_yoʻlak_tamoyili

Adliya: Koreyalik ishbilarmon Konimexda 20 daqiqada xorijiy korxonasiga asos soldi.

Xorijlik hamkorlarning imkoniyati kengaymoqda. Ayniqsa, Navoiy viloyatida. Tadbirkorlik qilish uchun qulay ishbilarmonlik muhiti va mahalliy xom-ashyo, ishchi kuchi mavjud. Mazkur jihatlar har qanday tadbirkorga omad va baraka keltirishi aniq.

Ma’lumki, qaysi bir investor kelmasin, u albatta o‘z biznesini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi. Demak, xorijlik ishbilarmonning birinchi galda kiradigan manzili bu Davlat xizmatlari markazidir. Konimex tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazidan koreyalik investorlar "SUNGYONG JANG" xorijiy korxonasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdilar. Bu hamkorlar uchun tumanning "Karakata" hududidan 300 gektar yer ajratildi. Unda quyosh panelli batareyalar o‘rnatiladi.

Markazda investorga "yashil yo‘lak" tamoyili asosida xizmat ko‘rsatildi.
#Bilasizmi

Avtomashinani kimlar ishonchnomasiz boshqarishi mumkin?

2019-yil 1-oktyabrdan transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisida ko’rsatilgan bo’lishi kerak.

🔹Transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) oʻrtasida transport vositasidan foydalanish va boshqarish toʻgʻrisidagi ishonchnomalarni majburiy notarial tasdiqlash tartibi bekor qilingan taqdirda ular avtomashinani boshqarishlari mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bu_muhim

⚡️Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi
qonunchilikni buzish javobgarlikka sabab bo‘ladi!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

YPX xodimi avtomashinani YIDXP orqali olingan elektron ishonchnoma haydovchining yonida bo‘lmaganligi sababli jarima maydonchasiga joylashtirishi mumkinmi?

❗️Yo’q mumkin emas
.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtotransport vositalarini boshqarishda va yo‘nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish to‘g‘risida”gi 2022-yil 7-iyuldagi PQ-311-son qarorining “v” bandiga muvofiq, elektron ishonchnoma mavjudligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan mobil qurilmalar orqali tekshirib olinishi kerakligi belgilangan.

❗️Hurmatli haydovchilar, avtomashinani boshqarishga oid bo’lgan hujjatlaringizni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Foydali_ma'lumot

🏦Markaziy bank 22-dekabrdan boshlab amalda bo‘ladigan valyuta qiymatlarini belgiladi.

📁Batafsil yuqoridagi infografikada 👆👆👆

🔅Foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Diplom dublikatini berish boʻyicha davlat xizmati haqida bilasizmi?

Hukumat qarori (395-son, 21.07.2022-y.) bilan Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning dublikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga ko’ra:

🔰 Taʼlim tashkilotini tamomlagan, maʼlumotini tasdiqlovchi hujjati (diplom, sertifikat) yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan, familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarganda jismoniy shaxslar hujjatning dublikatini berish uchun davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilishlari mumkin.

Dublikat asl nusxa bilan bir xil yuridik kuchga ega.

📝 Ariza beruvchi DXMga kelib murojaat etganda xodim ariza beruvchi nomidan soʻrovnomani elektron toʻldiradi.

Ariza beruvchi soʻrovnomani YAIDXP orqali toʻldirilganda, undan elektron raqamli imzo talab etilmaydi.

💰Davlat xizmati uchun BHM 1 baravari (300 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi.

❗️Yigʻimni toʻlamaslik xizmat koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.

Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilsa, ularni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga 5 ish kunlik muddat beriladi.

📋 Soʻrovnoma tushgandan boshlab 10 ish kunida hujjat dublikati rasmiylashtiriladi va bu haqida ariza beruvchiga xabar beriladi.

🏢Ariza beruvchi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikatini vakolatli organdan olib ketadi.

⚠️ Ariza beruvchining xohishiga koʻra, taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikati vakolatli organ tomonidan pochta xizmati orqali yuborilishi mumkin. Bunda pochta uchun toʻlovlarni ariza beruvchi toʻlaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar qaysi toifadagi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladi?

💠Sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar quyidagi shaxslar toifasiga beriladi:

🔹urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;
🔹halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan o‘tmagan beva xotinlari (beva erlari);
🔹respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;
🔹Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil AES halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslar;
🔹yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar;
🔹I va II-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, ko‘zi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;
🔹o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar;
🔹yoshga doir pensiya oluvchilar.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
🔅Xorijlik mutaxassisni ishga yollash istagidamisiz?

❗️Unda buni bilishingiz zarur!

📌Chet ellik mutaxassislarga O'zbekiston Respublikasi hududida ishlash huquqini beradigan tasdiqnomalarni olish uchun ish beruvchi tomonidan "Litsenziya" AT
(license.gov.uz) yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat yuborishlari kerak bo'ladi.

💠Ariza.

📌Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:

📕chet el fuqarosining F.I.O., telefon raqami, elektron pochta manzili, O‘zbekiston Respublikasida yashash manzili;

📘ma’lumoti, mutaxassisligi;

🧾ish beruvchining F.I.Sh yoki nomi, faoliyat turi, STIR (JSh ShIR);

💸taxmin qilingan ish haqi, muntazamligi, lavozimi;

📋migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlarida ro‘yxatdan o‘tish muddatlari (bor bo‘lsa);

💻chet el fuqarosi pasportining elektron nusxasi;

📃chet el fuqarosini O‘zbekiston Respublikasiga jalb qilish istagi va shartlari to‘g‘risida ish beruvchi bilan ish haqi (mukofot puli) hajmi ko‘rsatilgan dastlabki kelishuvni tasdiqlovchi mehnat shartnomasining loyihasi;

👨‍💼 chet el fuqarosining 3x4 sm hajmli elektron fotosurati;

📚 chet el fuqarosining malakasini tasdiqlovchi hujjatlar;

📖viza rejimi o‘rnatilgan xorijiy davlatlar fuqarolari kirish vizasining nusxasi (“E” mehnat vizasi, “V-1” va “V-2” ish vizasi, “S-3” xizmat vizasi yoki vatandoshlar uchun nazarda tutilgan boshqa turdagi vizalar).

Xizmat ko'rsatish muddati: 1️⃣5️⃣ ish kuni

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

📱Mobil-ID tizimi orqali davlat xizmatlaridan foydalanish tartibini bilasizmi?

Tez, oson, qulay va ishonchli onlayn xizmat

💠Batafsil👉
https://youtu.be/I9vzEepEKa0

🔅Yaqinlaringiz bilan foydali ma'lumotlarni bo'lishishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_nazorat

⚡️Davlat xizmatlarini ko'rsatishda joriy yilning o‘tgan 11 oyi mobaynida eng ko‘p qonun buzilishi holatlari aniqlangan vazirlik va idoralar:

🔹Kommunal idoralar – 51 556 ta
🔹Kadastr idoralari – 12 476 ta
🔹
Qurilish idoralari – 8 725 ta
🔹Sog‘liqni saqlash muassasalari – 5 479 ta
🔹
Hokimliklar – 5 415 ta

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

🔅Bugungi kunda Davlat xizmatlari markazlari va FHDY boʻlimlari eksterritorial tamoyili asosida faoliyat yuritadi.

🔰Xo'sh, Eksterritorial tamoyil o'zi nima?

Eksterritorial tamoyil - yashash joyingizdan qatʼiy nazar, davlat xizmatlarini istalgan DXMdan yoki FHDY boʻlimidan olish imkoniyati.

✍️Yaʼni, Siz xizmat safari yoki biror yumush bilan Toshkentga yoinki respublikamizning boshqa hududiga tashrif buyurdingiz va u yerda Sizga FHDY xizmatlariga zarurat tugʻildi. Avvalgidek, roʻyxatdan oʻtgan joyingizdagi FHDY boʻlimiga qaytib borib, vaqt va naqdingizni sarflamay, hozir boʻlib turgan joyingizdagi istalgan FHDY boʻlimiga murojaat qilgan holda xizmatlardan foydalanishingiz mumkin.

💠Batafsil👆👆👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Foydali_ma'lumot

🏦Markaziy bank 23-dekabrdan boshlab amalda bo‘ladigan valyuta qiymatlarini belgiladi.

📁Batafsil yuqoridagi infografikada 👆👆👆

🔅Foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziyalash_xizmati

⚡️Endilikda "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Obyektlar (xonalar)ning giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlashga doir texnik talablarga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmalari.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs

📲 Talabgor ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning olish uchun arizani “Litsenziya” AT yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron yuboradi.

📑Arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

🗂yuridik shaxsning nomi, uning pochta manzili, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lganda) hamda giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash bo‘yicha faoliyat amalga oshiriladigan manzil.

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im undirilmaydi;

💸Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun yig‘im undirilmaydi;

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 5 ish kuni;

🗓Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: Cheklanmagan;

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_xabari

📣📣Adliya vazirining sayyor qabuli bo‘lib o‘tadi

Joylarda aholini qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash hamda ularni tezkor hal etish maqsadida joriy yilning 23-dekabr kuni soat 15:00 da Uchtepa tumani adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi binosida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Toshqulovning sayyor qabuli bo‘lib o‘tadi.

Hurmatli fuqarolar! Ushbu sayyor qabulda adliya tizimiga oid sizlarni qiynab kelayotgan masala va muammolar bo‘yicha murojaat etishingiz mumkin.

Manzil: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Farhod ko‘chasi, 21-uy (lokatsiya).

@adliyangiliklari
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

💠O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha va doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga shaxsiy identifikatsiya raqami quyidagi hujjatlar asosida rasmiylashtirib beriladi:

🔹O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yashayotgan chet el fuqarolariga — xorijiy davlat fuqarosining pasporti;

🔹O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yashayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga — harakatlanish hujjati;
O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga — yashash guvohnomalari;

🔹O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z faoliyatini ishonchli vakili orqali amalga oshirayotgan chet el fuqarolariga — qonunchilikda belgilangan tartibda tan olingan ishonchnoma, xalqaro shartnoma va kelishuvlarda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno, ishonchnoma bergan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi va xalqaro standartlarga (ICAO) mos raqamli fotosurati, vakilning shaxsini tasdiqlovchi hujjat.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 177-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziyalash_xizmati

⚡️Endilikda "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi nazoratidagi obyektlarda elektr qurilmalarini sozlash ishlarini bajarish uchun ruxsatnoma" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs

📲 Talabgor ruxsatnoma olish uchun arizani “Litsenziya” AT yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron yuboradi.

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori — 600 000 so'm (BHMning ikki baravari)

💸Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun — 600 000 so'm (BHMning ikki baravari);

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 20 kun;

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: 1 yil;

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Litsenziyalash_xizmati

⚡️Endilikda "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Gaz quvurlari va gaz xo‘jaligining gaz iste’mol qiluvchi boshqa obyektlarini montaj qilish, ta’mirlash, ishga tushirish va foydalanish uchun ruxsatnoma" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs

📲 Talabgor ruxsatnoma olish uchun arizani “Litsenziya” AT yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron yuboradi.

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori — 600 000 so'm (BHMning ikki baravari)

💸Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun — 600 000 so'm (BHMning ikki baravari);

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 10 kun;

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati — 1 yil;

gaz xo‘jaligining gaz iste’mol qiluvchi obyektlarini ishga tushirish-sozlash ishlari bo‘yicha — 2 oy.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat